Sport ilm-fanining dolzarb muammolari

Jurnalga jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar, professor-o‘qituvchilar, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, sport turlari bo‘yicha trenerlar, sport shifokorlari, fiziologlar, psixologlar, jismoniy tarbiya metodistlari, sport menejmenti va huquqi bo‘yicha mutaxassislar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar, doktorantlar hamda jismoniy tarbiya va sport masalalariga qiziqqan har bir kishiga qaratilgan ilmiy-uslubiy maqolalar qabul qiladi.

E'lonlar

2024-yil 10-11-may kunlari xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi

2024-05-16

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 18-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-iyundagi
PQ-200-son qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi 16-son buyrug‘ining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “2024-yilda o‘tkaziladigan xalqaro miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi”ga muvofiq 2024-yil 10-11-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida “Jismoniy tarbiya va sport sohasida uzluksiz kasbiy ta’lim tizimining zamonaviy holati va rivojlantirish yo‘llari” mavzusida Xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

Batafsil o'qish

Joriy nashr

Jild 4 № 4 (2026): Sport ilm-fanining dolzarb muammolari
Nashr qilingan: 2026-11-10

Jismoniy tarbiya va sport muammolari

Sport turizmida xavfsizlikni ta’minlashning tashkiliy-metodik mezonlari
Jonibek Dustov

Maqolaning maqsadi sport turizmi sayohatlarini tayyorlash va o‘tkazishda xavfsizlikni ta’minlashning tashkiliy-metodik mezonlarini tizimlashtirishdan iborat. Nazariy-tahliliy va qiyosiy yondashuvlar yordamida sport turizmining asosiy yo‘nalishlariga xos xavf omillari, sayohat tashkilotchilarining vazifalari hamda ishtirokchilar tayyorgarligi masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi Qonuni va ISO 21101:2014 standartining umumiy yondashuvlari asosida oltita o‘zaro bog‘liq mezon taklif qilindi: marshrut va muhitni baholash, ishtirokchilarning tayyorgarligi, rahbarlik va yo‘riqnoma, jihozlash, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik hamda doimiy monitoring. Mazkur mezonlarni qo‘llash uchun amaliy nazorat vositalari taklif etildi. Natijalar nazariy-uslubiy umumlashtirish xarakteriga ega bo‘lib, ularning samaradorligi empirik tarzda baholanmagan.

5-9 28 6

Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi

12–14 yoshli bokschi qizlarning mashg‘ulot va musobaqa faoliyatidagi texnik-taktik harakatlarining o‘ziga xos xususiyatlari
Baxodir Ishankulov

Maqolada 12–14 yoshli bokschi qizlarning mashg‘ulot janglari va rasmiy musobaqalardagi texnik-taktik harakatlari taqqoslanadi. Hujum, himoyalanish, qarshi hujum va qarshilovchi zarbalarning hajmi hamda natijadorligi, shuningdek, jang olib borishning taktik xususiyatlari tahlil qilinadi. Mashg‘ulot va musobaqa sharoitlari o‘rtasida ayrim harakatlarning qo‘llanish hajmi va natijadorligi farqlanishi qayd etilgan. Sportchi qizlarni tayyorlashda texnik-taktik vositalarni kengaytirish hamda mashg‘ulotda o‘zlashtirilgan ko‘nikmalarni musobaqada qo‘llash zarurligi asoslanadi.

10-17 28 10
12–14 yoshli voleybolchilarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligining yoshga xos xususiyatlari
Ulug‘bek Kattayev

Ushbu maqolada voleybol bilan shug‘ullanuvchi 12–14 yoshli o‘smirlarning jismoniy rivojlanish xususiyatlari hamda umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi yosh voleybolchilarning morfofunksional rivojlanishi va harakat tayyorgarligiga xos yosh xususiyatlarini ko‘rib chiqishdan iborat. Ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish va umumlashtirish, shuningdek, antropometrik hamda jismoniy tayyorgarlikning shartli-namunaviy ko‘rsatkichlarini qiyosiy ko‘rib chiqish usullaridan foydalanilgan. Namunaviy ma’lumotlar asosida bo‘y uzunligi, tana vazni, sakrovchanlik, tezkorlik va qo‘l panjasi kuchining yoshga qarab o‘zgarishi tasvirlangan. Mashg‘ulotlarni rejalashtirishda individual biologik yetilish sur’atlarini hisobga olish zarurligi ta’kidlangan. Keltirilgan shartli qiymatlar sportchilarning bevosita o‘lchash natijalari emas va statistik farqlarni isbotlash uchun mo‘ljallanmagan.

18-24 20 2
Malakali kurashchilarning kuch tayyorgarligini vestibulokinetik yuklamalar ta’sirini hisobga olgan holda takomillashtirish
Nuriddin Chorshamiyev

Mazkur maqolada malakali kurashchi-talabalarning qo‘l va gavda mushaklari maksimal hamda tezkor dinamik kuchini rivojlantirish, shuningdek, kuch ko‘rsatkichlarini vestibulokinetik yuklamalar ta’sirida barqaror saqlash imkoniyatlari o‘rganilgan. O‘n oy davom etgan pedagogik tajribada 16 nafar kurashchi ishtirok etib, ular nazorat va tajriba guruhlariga ajratilgan. Tajriba guruhining mashg‘ulotlarida to‘rt blokdan iborat maxsus mashqlar majmuasi va trenajerdan foydalanilgan. Tadqiqot davomida o‘ng va chap qo‘l panjasi mushaklarining maksimal kuchi, qo‘l-gavda mushaklari kuchi hamda turnikda tortilish ko‘rsatkichlarining tajribadan oldingi va keyingi o‘zgarishlari qiyosiy tahlil qilingan. Natijalar tajriba guruhida kuch ko‘rsatkichlarining o‘sishi, o‘ng va chap qo‘l kuchi o‘rtasidagi asimmetriyaning kamayishi hamda aylanma harakatlar ta’sirida kuch imkoniyatlarini saqlash ko‘rsatkichlarining yaxshilanganini ko‘rsatdi.

25-31 7 5
Malakali O‘zbek jang san’ati sportchilarining musobaqa va mashg‘ulot jarayonini pedagogik nazorat qilishning nazariy-metodik asoslarini takomillashtirish
Po‘lat Usmonov

Maqolada malakali O‘zbek jang san’ati sportchilarining mashg‘ulot va musobaqa faoliyatini kompleks pedagogik nazorat qilishning nazariy-metodik asoslari tizimlashtirilgan. Bosqichli, joriy va tezkor nazorat turlarining musobaqa faoliyati, tayyorgarlik jihatlari va organizmning funksional holatini baholash yo‘nalishlari bilan o‘zaro bog‘liqligi yoritilgan. Tadqiqotga 36 nafar sportchi jalb etilib, har biri 18 nafardan iborat nazorat va tajriba guruhlari shakllantirilgan. Jismoniy tayyorgarlikni baholovchi 15 ta testning barqarorlik va axborotlilik koeffitsiyentlari hamda vazn guruhlari bo‘yicha besh ballik baholash mezonlari tahlil qilingan. Test natijalarini umumlashtirish uchun 100 ballik normallashtirilgan indeksni hisoblash tartibi taklif etilgan. Yondashuv pedagogik nazoratni tashkil etishga xizmat qiladi; baholash mezonlari va ularning samaradorligi qo‘shimcha empirik tekshirishni talab etadi.

32-38 13 6
Belbog‘li kurashchilarning individual xususiyatlari asosida mashg‘ulot yuklamalarini rejalashtirishning metodik modeli
Toshkentboy Yaxshiboyev, Nafisa Ravshanova

Tadqiqotda belbog‘li kurashchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda mashg‘ulot yuklamalarini rejalashtirishning nazariy-metodik asoslari yoritilgan. Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini tizimlashtirish va metodik modellashtirish asosida olti bosqichli rejalashtirish modeli ishlab chiqilgan. Modelda sportchilarning yoshi, sport malakasi, jismoniy va texnik-taktik tayyorgarligi, yuklamaga individual javobi hamda tiklanish holati o‘zaro bog‘liq holda hisobga olinadi. Tashqi va ichki yuklama ko‘rsatkichlarini birgalikda baholash, mashg‘ulotdagi subyektiv zo‘riqishni qayd etish, texnik harakatlar sifatini nazorat qilish va tayyorgarlik dinamikasini kuzatish tartibi asoslangan. Jismoniy va texnik tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini monitoring qilish hamda mashg‘ulot rejasiga tuzatishlar kiritish uchun baholash mezonlari tizimlashtirilgan. Ishlab chiqilgan model belbog‘li kurashchilarning mashg‘ulot jarayonini individuallashtirish bo‘yicha metodik asos bo‘lib xizmat qiladi.

39-45 0 0
Barcha nashrlarni ko'rish

ISSN 3030-3087