Jurnal haqida

“Sport ilm-fanining dolzarb muammolari xalqaro ilmiy-nazariy jurnali - Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining ilmiy-uslubiy davriy nashri hisoblanadi.

Jurnal tahrir hay’ati tarkibiga taniqli mahalliy va xorijiy olimlar kiradi.

Jurnalning ishchi tillari: o‘zbek, ingliz, rus.

Tahrir hay’ati tomonidan mualliflarga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqilgan bo‘lib, Jurnal tahririyatiga taqdim etilgan barcha materiallar taqrizdan hamda jiddiy saralash jarayonidan o‘tadi.

Jurnalga jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar, professor-o‘qituvchilar, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, sport turlari bo‘yicha trenerlar, sport shifokorlari, fiziologlar, psixologlar, jismoniy tarbiya metodistlari, sport menejmenti va huquqi bo‘yicha mutaxassislar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar, doktorantlar hamda jismoniy tarbiya va sport masalalariga qiziqqan har bir kishiga qaratilgan ilmiy-uslubiy maqolalar qabul qiladi.

Jurnaldan quyidagi ruknlar joy olgan:

1) Jismoniy tarbiya va sport sohasida Menejment

2) Sport huquqi

3) Jismoniy tarbiya va sport muammolari

4) Bolalar va talaba-yoshlarning jismoniy tarbiyasi

5) Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi

6) Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarining tibbiy-biologik jihatlari

7) Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarining psixologik va pedagogik jihatlari

8) Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi professional ta’lim masalalari

9) Adaptiv jismoniy tarbiya masalalari

10) Olimpiya harakati va xalqaro hamkorlik

11) O‘qituvchiga, tarbiyachiga, trenerga

12) Yosh tadqiqotchilarga so‘z

13) Jismoniy tarbiya va sport sotsiologiyasi

Jurnalning ruknlari quyidagi ilmiy darajalar beriladi ilmiy ihtisosliklar nomenklaturasiga mos keladi:

- 03.00.00 - Biologiya fanlari:

- 05.00.00 - Texnika fanlari

- 08.00.00 - Iqtisodiѐt fanlari

- 09.00.00 - Falsafa fanlari

- 12.00.00 - Yuridik fanlar

- 13.00.00 - Pedagogika fanlari

- 14.00.00 - Tibbiyot fanlari

- 19.00.00 - Psixologiya fanlari

- 22.00.00 - Sotsiologiya fanlari

Bundan tashqari, fanlararo integratsiya qo‘llab-quvvatlanadi

Jurnal yiliga kamida 4 marta nashr etiladi.

Jurnal jamoatchilik va obunachilarning talablariga muvofiq ikki shaklda nashr etilishi mumkin:

Jurnalning har bir soni bosma shaklda chop etilgan holda, shunindek jurnalning hamda Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining rasmiy veb-saytlariga elektron shaklda joylashtiriladi.