O'quvchilar uchun ma'lumot

Hurmatli jurnalxonlar!

Sizni “Sport ilm-fanining dolzarb muammolari”, xalqaro ilmiy-nazariy jurnaliga obuna bo‘lishishga chaqiramiz.

Jurnalga O‘zbekiston va xalqaro miqiyosida jismoniy madaniyat va sport sohasida, shu jumladan jismoniy tarbiya tizimida faoliyat ko‘rsatuvchi olimlar, sport trenerlari, jismoniy tarbiya uslubchilari, sport shifokorlari, psixologlar, fiziologlar, menejerlar, marketologlar, yuristlari, maktabgacha taʼlim-tarbiya tashkilotlari jismoniy tarbiya yo‘riqchilari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus taʼlim muassasalari jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, oliy taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilar, talabalar va jismoniy madaniyat va sport bilan qiziquvchilarga ilmiy maqolalar, amaliy va uslubiy ishlanmalar, ilmiy sharhlar va izohlar chop etishga qaratilgan.

Jurnalning ishchi tillari: o‘zbek, ingliz, rus.

Jurnal yiliga kamida 4 marta nashr etiladi.

Jurnalning har bir soni elektron shaklda va bosma shaklda chop etiladi.

Jurnalning har bir soni, global Internet tarmog‘ida https://sport-science.uz elektron manzilidagi rasmiy veb-saytida hamda Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.

Jurnalga obuna quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Jurnalning bosma (nashr etiladigan) shakliga obuna narxi:

Bir yilga-500 000 so‘m;

Olti oyga - 300 000 so‘m;

Uch oyga-150 000 so‘m.

Jurnalning elektron shakliga obuna narxi:

Bir yilga -300 000 so‘m;

Olti oyga - 150 000 so‘m;

Uch oyga - 75 000 so‘m.

Jurnalga obuna uchun to‘lovlar: elektron to‘lovlar orqali (Onlayn formatida (rasmiy veb-sayt https://sport-science.uz)) amalga oshiriladi.

Tashkilotlar uchun obuna: elektron to‘lovlar orqali (Onlayn formatida (rasmiy veb-sayt https://sport-science.uz)) pul o‘tkazi yo‘li bilan amalga oshiriladi

Jurnal tahririyati manzili: 100042, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha darvoza ko‘chasi, 27-uy, «Sport ilm-fanining dolzarb muammolari» Xalqaro ilmiy-nazariy jurnali tahririyati.

Aloqa uchun:

tel. (998 71) 242 30 85;

faks: (71) 242-30-87;

Telegram mesenjeri (998 97) 412 05 60

Web-sayt: www.sportedu.uz,

e-mail: institut@sportedu.u