Tahririyat siyosati

“Sport ilm-fanining dolzarb muammolari” xalqaro ilmiy-nazariy jurnalining tahririyat siyosati 

Jurnal materiallarini chop etish uchun (keyingi o‘rinlarda Platforma) Tahririyat kengashi va tahririyat O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari normalariga rioya qilgan holda, Xalqaro hamjamiyat tomonidan qabul qilingan nashr etika tamoyillari, xususan, Ilmiy nashrlar axloq qo‘mitasi (Committee on Publication Ethics (COPE) tavsiyalarida aks ettirilgan, Ilmiy nashrlarning axloq kodeksi, shuningdek yetakchi nufuzli xalqaro jurnallar va nashriyotlarning qimmatli tajribasi hisobga olingan.

Maqolalarga qo‘yiladigan talablar

Qo‘lyozma Platforma orqali elektron shaklda taqdim etiladi va quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:

0,25 – 4,25 nashr b. orasida (10 - 170 ming bosma belgi, so‘zlar va tinish belgilarining orasidagi bo‘shliqlar ham hisobga olingan). Shu bilan birga, annotatsiya, kalit so‘zlar va keltirilgan manbalar ro‘yxati maqola xajmiga kiritilmaydi.

Maqolaning qo‘lyozmasida quyidagilar bo‘lishi kerak:

maqolaning nomi o‘zbek, rus va ingliz tillarida;

muallif(lar)ning ismi, otasining ismi bosh xarflari va familiyasi o‘zbek, rus va ingliz tillarida bosh kelishikda;

muallif haqida maʼlumot (ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, ish joyi, lavozimi, mashg‘ulot turi va shakli o‘zbek, rus va ingliz tillarida);

muallif(lar)ning elektron pochtasi;

o‘zbek, rus va ingliz tillarida 150-250 so‘zlardan iborat annotatsiya. Annotatsiya matni maqolaning asosiy mazmunini aks ettirishi kerak (tadqiqot natijalariga asoslangan mavzu, maqsad, metodologiya va xulosalar, shuningdek ulardan foydalanish istiqbollari to‘g‘risida maʼlumotlar), lekin maqola sarlavhasidagi maʼlumotlarni takrorlamasligi lozim. Uning matni ishlatilgan tadqiqot usullari ro‘yxatini o‘z ichiga oladi va natijalarni maqolada tavsiflash mantig‘iga amal qiladi;

kalit so‘zlar 5-10 ta so‘z va (yoki) barqaror so‘z birikmalaridan iborat bo‘lgan o‘zbek, rus va ingliz tillarida tadqiqot mavzusi va erishilgan natijalar haqida to‘liq fikr berish uchun yetarli;

maqola matni IMRAD formatida (IMRAD – bu Introduction (“Kirish”)– Materials and Methods («Materiallar i usullar») – Results (“Natijalar”)– Discussion (“Muxokama”) – Conclusions (“Xulosalar”);

foydalanilgan manbalar ro‘yxati. Maqola matnida to‘rtburchaklar ichida arabcha raqamlarda bibliografik manbalarga havolalar soni keltirilgan bo‘lib, ularning ketma-ketligi ularning matnda tilga olinish tartibiga to‘g‘ri keladi. Manbadan maʼlumotni so‘zma-so‘z keltirganda, qo‘shtirnoq ichiga olinadi va to‘rtburchaklar ichida faqat keltirilgan manbalar ro‘yxatiga mos yozuvlar raqami emas, balki ushbu iqtibos keltirilgan manbaning sahifa raqami ham (vergul bilan ajratilib) beriladi. O‘z so‘zlarini iqtibos qilish 20% dan oshmasligi lozim.

Taqriz qilish

Tahririyatga Platforma orqali chop etish uchun taqdim etilgan har bir Qo‘lyozma Qo‘lyozmalar talablariga muvofiqligi bo‘yicha texnik ekspertizadan o‘tkaziladi, so‘ngra uni ekspert baholash maqsadida taqriz qilish uchun taqdim etiladi.

Maqolani texnik ekspertizadan o‘tkazish natijalari maqola kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida muallifga elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Qo‘lyozma muallifi maqolani taqriz qilish uchun yuborilgan kundan boshlab 7 ish kuni ichida elektron pochta orqali taqriz qilish natijalari haqida xabardor qilinadi.

Indekslashtirish

Platformaning jurnallaridagi nashrlar mualliflar va jurnallar uchun iqtiboslar indekslarini hisoblash tizimlariga kiritilgan. "Iqtiboslar indeksi" - ushbu maqolaning ahamiyatini tavsiflovchi va ushbu asarga havola qilingan keyingi nashrlar asosida hisoblangan raqamli ko‘rsatkichdir.

Jurnallar quyidagi tizimlarda indekslangan:

Google Akademiyasi (Google Scholar) – barcha formatlar va fanlarning ilmiy nashrlarining to‘liq matnini indeksatsiya qiladigan, erkin foydalanish mumkin bo‘lgan qidiruv tizimi. Google Akademiyasi Indeksiga Yevropa va Amerikadagi eng yirik ilmiy noshirlarning ekspertlari tomonidan ko‘rib chiqilgan onlayn jurnallarning aksariyati kiritilgan.

Erkin kirish siyosati

Platforma quyidagi prinsip asosida foydalanuvchi uchun o‘z kontentiga ochiq kirishni taʼminlaydi: tadqiqot natijalariga erkin ochiq kirish, global bilim almashinuvining o‘sishiga yordam beradi. Shu bilan birga, kontentdan foydalanuvchi mualliflik huquqi va boshqa turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonunlarga rioya qilish uchun javobgardir.

O‘zlashtirish va plagiat

Maqolani ko‘rib chiqishda Tahririyat “Antiplagiat” tizimidan foydalangan holda materialni tekshirib chiqishi mumkin. Ko‘plab o‘zlashtirishlar aniqlanganda, Tahririyat CORE qoidalariga muvofiq harakat qiladi.