Mualliflar uchun ma'lumot

HURMATLI MUALLIFLAR!

Sizni o‘z maqolalaringizni “Sport ilm-fanining dolzarb muammolari”, xalqaro ilmiy-nazariy jurnalida nashr etishga taklif qilamiz.

Jurnalga jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, sport turlari bo‘yicha trenerlar, sport shifokorlari, fiziologlar, psixologlar, jismoniy tarbiya metodistlari, sport menejmenti va huquqi bo‘yicha mutaxassislar, maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus taʼlim muassasalari, professional taʼlim muassasalari, oliy taʼlim muassasalari xodimlari, talabalar, doktorantlar hamda jismoniy tarbiya va sport masalalariga qiziqqan har bir kishiga qaratilgan ilmiy-uslubiy maqolalar qabul qiladi.

Jurnalning ishchi tillari: o‘zbek, ingliz, rus.

To‘lov shartlari

Tashkiliy xarajatlarni qoplash uchun mualliflar quyidagi miqdorlarda tashkiliy to‘lovni to‘lashlari kerak:

O‘zbekistonlik mualliflar uchun 1 maqola uchun 350 000 so‘m;

MDH mamlakatlari mualliflari uchun 1 maqola uchun 30 dollar;

Chet ellik mualliflar uchun 1 maqola 40 dollar.

Maqolaning minimal hajmi 5 bet.

Maqolalarning maksimal hajmi 10 betgacha.

Maqola mualliflarining maksimal soni - 3 muallif.

Bitta muallifdan (hammualliflardan) bir nechta maqolalar yuborilishi mumkin.

Tashkiliy xarajatlarni qoplash uchun mualliflar tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar: elektron to‘lovlar jurnalning https://sport-science.uz manzilida joylashgan rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Eslatma: Yil boshidan jurnalga bir yilga obuna bo‘lgan mualliflardan maqolani nashr etish bo‘yicha tashkiliy xarajatlarni qoplash uchun to‘lov, obuna bo‘lganliklarini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish sharti bilan talab etilmaydi.

Nashr sertifikatlari va maʼlumotnomalar mualliflarga bepul taqdim etiladi.

Maqolalarga qo‘yiladigan talablar va ularni rasmiylashtirish shartlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni jurnalning rasmiy veb-saytidagi “Maqolalarga qo‘yiladigan talablar” bo‘limida topishingiz mumkin