Maqolalarni chop etish uchun qo‘yiladigan talablar
Maqola nomi
Mualliflarning familiyasi va ismi, otasining ismini bosh xarflari
Tashkilotning rasmiy nomi, shahar, mamlakat
Annotatsiya maqolaning tiliga muvofiq. Jumlalarning aksariyatini quyidagi namunalar asosida tuzish tavsiya etiladi: "...deb topildi", "...belgilandi", "...aniqlandi", "...ta’siri baholandi", "... qonuniyligi ta’riflandi", "... ko‘rib chiqildi" va h.k.
Kalit so‘zlar: 4-6 ta so‘z bo‘lib, ularning hech biri maqola sarlavhasidagi so‘zlarni takrorlamasligi kerak
Maqola nomi (ingliz tilida)
Mualliflarning familiyasi va ismi, otasining ismini bosh xarflari (ingliz tilida)
Tashkilotning rasmiy nomi, shahar, mamlakat (ingliz tilida)
Annotatsiya ingliz tilida. Xajmi 2200-2800 ta belgi. Annotatsiya aniq va ma’lumotli (umumiy gaplar, ikkinchi darajali ma’lumotlardan tashkil topmagan), original (rus tilidagi annotatsiyadan aynan ko‘chirilmagan), mazmunli (maqolaning asosiy mazmunini ifodalashi), strukturlangan (matn bitta xatboshi sifatida yozilgan, ammo maqolada natijalarni tavsiflash ketma-ketligiga rioya qilingan), “inglizcha” (ingliz tilida sifatli yozilgan) bo‘lishi kerak.
Annotatsiya maqsadni, tadqiqot usullarining qisqacha tavsifini, asosiy natijalarning tavsifini va ixcham xulosalarni o‘z ichiga olishi kerak. Matnda tadqiqot mavzusi bo‘yicha ixtisoslashgan xalqaro ingliz tilidagi jurnallarda ishlatiladigan atamalar qo‘llanilishi kerak. Annotatsiyaning o‘zi maqolaning asosiy mazmunini o‘qimasdan tushunarli bo‘lishi, muallif xalqaro auditoriya uchun yozayotgani inobatga olinishi lozim. Matn izchil bo‘lishi, jumlalarni birlashtirish uchun «consequently», «moreover», «for example», «the benefits of this study», «as a result» va boshqa iboralardan foydalanish kerak. Shuni yodda tutish kerakki, maqola jurnalda nashr etilgandan so‘ng olinadigan xalqaro ma’lumotlar bazalari hech narsani transliteratsiya yoki tarjima qilmaydi, ular muallifning familiyasi va ismi, otasining ismini bosh xarflarining, maqolada ko‘rsatilgan tashkilot nomining har qanday variantini, hatto xatolar bilan ham qabul qiladilar.
Maqolani tayyorlashda quyidagi talablarga rioya qilinishi lozim:
- Matnli materiallar, qoida tariqasida, MS Word (* .doc) redaktorida, matematik formulalar va tenglamalar – Microsoft Equation tenglamalar redaktorida tayyorlanishi kerak. Xalqaro o‘lchov birliklaridan foydalanish lozim.
- Maqola sarlavhasida uning mazmuni haqida qisqacha ma’lumot berilishi, shuningdek nashriyot tomonidan ruxsat etilgan so‘zlar yoki belgilarning maksimal sonidan oshmasligi kerak. UDKning bo‘lishi talab etiladi.
- Eksperimental maqola quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga olishi kerak: kirish, material va tadqiqot usullari, natijalar va munozara, xulosalar, bibliografik xavolalar.
- Sharh maqolasi erkin tanlangan sarlavhali, turlicha miqdordagi bo‘limlardan tashkil topishi mumkin, ammo xulosalar bo‘lishi talab qilinadi.
- Jadvallar va rasmlar maqola mazmuniga muvofiq raqamlangan bo‘lishi kerak. Statistik va boshqa ma’lumotlar jadval ostidagi eslatmalarda berilishi kerak. Jadvaldagi materiallar maqola matnida ular haqida birinchi marta aytib o‘tilganidan so‘ng darhol joylashtiriladi.
- Rasmlar matnda ularni muhokama qilish tartibida raqamlanadi. Tasvirlardagi barcha matn elementlari (grafikalar, diagrammalar, sxemalar), agar iloji bo‘lsa, TimesNewRoman shriftiga ega bo‘lishi kerak. Chop etib chiqarishda skanerdan keyingi tasvir aniq bo‘lishi, asosiy matnning ravshanligiga mos kelishi kerak.
- Maqolani qayta ko‘rib chiqishga qaytarishda muallif tahririyatning barcha taqrizlarini inobatga olishi va tuzatilgan materiallarni belgilangan muddatda tahririyatga yuborishi kerak. Qoida tariqasida, tahririyat matnni tuzatish va qisqartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Mualliflar taqdim etilgan materiallar tarkibining to‘g‘riligi uchun javobgardir.
- Namuna sifatida ish yuborilgan ilmiy jurnalning so‘nggi sonida chop etilgan maqolalardan foydalanish mumkin.
- Matndagi havolalar namuna (familiyasi, yili) bo‘yicha beriladi, masalan: 1 ta muallif — (Vinson, 1997), 2 ta muallif — (Vargoand Laurel, 1994; Vargoand Hulsey, 2000), 3 va undan ortiq mualliflar — (Jonesetal., 1978; Davisetal., 1989).
Maqola tuzilishi:
Kirish (Introduction)
Kirish qismida jahon ilmiy adabiyotida muammoni o‘rganish tavsifi bo‘lishi kerak (so‘nggi 5 yil ichida xalqaro nashrlarda ingliz tilidagi maqolalarga kamida 15-20 ta xavolalar keltirilgan bo‘lishi lozim). Kirish qismi Asarning maqsadini "ochib berish ...", "xarakterlash ...", "aniqlab olish ...", "ta’riflab berish ..." so‘zlari bilan tavsiflanishi, "o‘rganib chiqish ..." yoki "tadqiq qilish ..." so‘zlar esa maqsadni anglatmasligi bilan tugatiladi.
Material va tadqiqot usullari (Materials and methods)
Bo‘lim maqola muallifi tomonidan olingan ma’lumotlarni tekshirish uchun o‘tkazilgan tadqiqotlarning butun hajmini takrorlashga imkon yaratishi kerak. Agar lozim bo‘lsa, uni kichik bo‘linmalarga ajratish mumkin. Bo‘lim, asar muallifi tadqiqot natijalariga salbiy ta’sir qiladigan barcha mumkin bo‘lgan xato manbalarini bilishi haqida yaxlit ko‘rinishni yaratishi kerak.
Natijalar va ularning muxokamasi (Results and its discussion)
Bo‘lim, agar kerak bo‘lsa, kichik bo‘linmalarga bo‘linishi mumkin. Ushbu bo‘limni yozishga qo‘yiladigan talablar barcha xalqaro ilmiy nashrlar singari umumiydir.
Xulosalar (Conclusions)
Xulosalar - ro‘yxat shaklida yoki to‘liq matnda bo‘lishi mumkin.
Minnatdorchiliklar (Acknowlegements)
Minnatdorchiliklar bibliografik ma’lumotlardan oldin xulosalardan so‘ng bildiriladi.
Bibliografik ro‘yxat (References)
Adabiyotlar xavolalari ro‘yhati matnda qayd etilgan tartibida emas, alifbo tartibida keltiriladi.
Maqolaning tavsifiga mualliflarning sonini uch yoki to‘rttaga kamaytirmasdan, ularning barchasini kiritish kerak.
Xavolalar ro‘yxati APA - American Psychological Association (5th ed.) talablariga muvofiq keltiriladi.
Maqolalarga xavolalar:
Author, A.A., Author, B.B., Author, C.C., 2005. Title of article. Title of Journal 10(2), 49–53.
Kitoblarga xavolalar:
James, H., (2009) The ambassadors. Rockville, Serenity.
Kohno, N.A. (ed.), (1986) Derev’ja i kustarniki, kul’tivirueme v Ukrainskoj SSR [Trees and shrubs cultivated in the Ukrainian SSR]. Naukova Dumka, Kyiv (in Russian).
Sytnik, K.M. (ed.), (1988) Redkie i ischezajushhie rastenija i zhivotne Ukrainy [Rare and threatened plants and animals of Ukraine]. Naukova Dumka, Kiev (in Russian).
Girs, A., Novak, B., Kashpor, S., (2005) Lisovporjadkuvannja [Forest management]. Aristey, Kyiv (in Ukrainian).
Internet-nashrlariga xavolalar:
Last, F.M., EarPublished. Book. Retrievedfrom URL...
Maqolaning oxirida muallif(lar) va elektron pochta (e-mail) haqida ma’lumot beriladi.
To‘lov shartlari
Tashkiliy xarajatlarni qoplash uchun mualliflar quyidagi miqdorlarda tashkiliy to‘lovni to‘lashlari kerak:
O‘zbekistonlik mualliflar uchun 1 sahifa (to‘liq va to‘liq bo‘lmagan sahifa) uchun 75 000 so‘m;
MDH mamlakatlari mualliflari uchun 1 sahifa (to‘liq va to‘liq bo‘lmagan sahifa) uchun 10 dollar;
Chet ellik mualliflar uchun 1 sahifa (to‘liq va to‘liq bo‘lmagan sahifa) uchun 15 dollar.
Maqolaning minimal hajmi 5 bet.
Maqolalarning maksimal hajmi 10 betgacha.
Maqola mualliflarining maksimal soni - 3 muallif.
Bitta muallifdan (hammualliflardan) bir nechta maqolalar yuborilishi mumkin.
Bitta maqolani chop etish uchun to‘lov (hammualliflar sonidan qat’i nazar) jurnalining elektron versiyasini (saytda e’lon qilingan) o‘z ichiga oladi.
Eslatma: Yil boshidan (har yili) jurnalga bir yilga obuna bo‘lgan muallif(lar)dan maqolani nashr etish bo‘yicha tashkiliy xarajatlarni qoplash uchun to‘lov, obuna bo‘lganliklarini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish sharti bilan, talab etilmaydi.
A4 formatidagi nomli sertifikatlar va nashr etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar mualliflarga bepul beriladi.