Sport ilm-fanining dolzarb muammolari

Jurnalga jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar, professor-o‘qituvchilar, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, sport turlari bo‘yicha trenerlar, sport shifokorlari, fiziologlar, psixologlar, jismoniy tarbiya metodistlari, sport menejmenti va huquqi bo‘yicha mutaxassislar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar, doktorantlar hamda jismoniy tarbiya va sport masalalariga qiziqqan har bir kishiga qaratilgan ilmiy-uslubiy maqolalar qabul qiladi.

E'lonlar

2024-yil 10-11-may kunlari xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi

2024-05-16

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 18-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-iyundagi
PQ-200-son qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi 16-son buyrug‘ining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “2024-yilda o‘tkaziladigan xalqaro miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi”ga muvofiq 2024-yil 10-11-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida “Jismoniy tarbiya va sport sohasida uzluksiz kasbiy ta’lim tizimining zamonaviy holati va rivojlantirish yo‘llari” mavzusida Xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

Batafsil o'qish

Joriy nashr

Jild 4 № 3 (2026): Sport ilm-fanining dolzarb muammolari
Nashr qilingan: 2026-10-06

Jismoniy tarbiya va sport sotsiologiyasi

Sport yoshlar hayotidagi sotsiomadaniy fenomen sifatida
Akramov Xasan

Maqolada sportning yoshlar hayotidagi sotsiomadaniy o‘rni va roli, uning ijtimoiy institut sifatidagi mazmun-mohiyati hamda sport bilan bog‘liq kooperatsiya, raqobat, bellashuv va musobaqa kategoriyalarining ijtimoiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiya tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi hamda farqli jihatlari yoritiladi. Shuningdek, milliy sport o‘yinlari, xususan, o‘zbek kurashining tarixiy-madaniy ildizlari va yoshlar hayotiga sotsiomadaniy ta’siri ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari sportni yoshlarning ijtimoiylashuvi, sog‘lom turmush tarzi va madaniy qadriyatlarni o‘zlashtirishiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim sotsiomadaniy fenomen sifatida talqin etish imkonini beradi.

6-13 12 11

Jismoniy tarbiya va sport muammolari

11–12 yoshli dzyudochilarning texnik tayyorgarligini takomillashtirish metodikasi va uning pedagogik samaradorligi
Dilfuza Matqurbanova

Maqolada 11–12 yoshli dzyudochilarning texnik tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan pedagogik yondashuv va tajriba natijalari tahlil qilinadi. Tadqiqot Farg‘ona, Toshkent va Namangan viloyatlaridagi ixtisoslashtirilgan sport maktablarida o‘tkazilgan bo‘lib, unda tajriba va nazorat guruhlaridagi jami 60 nafar sportchining 15 ta texnik topshiriq bo‘yicha ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Tajriba guruhida vaqt bilan o‘lchanadigan topshiriqlarni bajarish davomiyligi qisqargani, bir daqiqalik uchi-komi takrorlari soni esa oshgani qayd etilgan. Natijalar tavsifiy tahlil qilinadi; statistik ahamiyatga oid dastlabki hisob-kitoblar birlamchi ma’lumotlar asosida qo‘shimcha tekshirishni talab qiladi. Material yosh dzyudochilarning texnik tayyorgarligini baholash va mashg‘ulotlarni rejalashtirish masalalarini muhokama qilishga xizmat qiladi.

14-23 15 7
Jismoniy tarbiya yo‘riqchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish: pedagogik shart-sharoitlar va tarkibiy-funksional model
Chulpan Nalibayeva

Tadqiqotning maqsadi jismoniy tarbiya yo‘riqchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlarni asoslash va tarkibiy-funksional modelni ishlab chiqishdan iborat. 2023–2026-yillarda 400 nafar yo‘riqchi ishtirokida so‘rovnoma, test, suhbat, pedagogik kuzatuv, ekspert baholash va matematik-statistik tahlil usullari qo‘llanildi. Kasbiy faoliyat motivatsion-qadriyatli, kognitiv-metodik, amaliy-faoliyatli, kommunikativ-tashkiliy va refleksiv-baholash komponentlari asosida baholandi. Diagnostika natijalariga tayangan holda oltita pedagogik shart-sharoit belgilandi va maqsadli, metodologik, mazmunli, tashkiliy-texnologik, diagnostik-baholash hamda natijaviy bloklardan iborat model taklif etildi. Model 72 soatlik maqsadli modul doirasida sinovdan o‘tkazildi. Kasbiy faoliyatning integral ko‘rsatkichi tajriba guruhida 57,5 foizdan 81,1 foizga, nazorat guruhida esa 57,8 foizdan 64,4 foizga o‘zgardi; guruhlar o‘sishi o‘rtasidagi farq 17,0 foiz punktni tashkil etdi. Natijalar kasbiy ehtiyojlarga moslashtirilgan amaliy topshiriqlar, videotahlil, refleksiv baholash va kursdan keyingi metodik qo‘llab-quvvatlashni malaka oshirish mazmuniga integratsiyalashning istiqbolli ekanini ko‘rsatadi.

46-51 8 2

Sport huquqi

O‘zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatining normativ-huquqiy asoslari: tahlil va takomillashtirish masalalari
Oybek Artikbayev

Maqolada O‘zbekistonda trenerlik faoliyatini huquqiy tartibga solishning amaldagi asoslari, trenerning huquqiy maqomi, kasbiy malaka talablari va malaka sertifikatining ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotning manbaviy bazasini 2026-yil 24-martdagi O‘RQ-1123-son Qonun, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-son va 2025-yil 5-avgustdagi 496-son qarorlari hamda O‘zbekistonda trenerlik faoliyati to‘g‘risidagi nizom tashkil etadi. Formal-yuridik va tizimli tahlil asosida malaka oshirish hamda trenerlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga oid talablar o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlashtiriladi. Shuningdek, sertifikatlash, trenerning huquq va majburiyatlari, mashg‘ulotlar xavfsizligi va kasbiy rivojlanishning o‘zaro aloqasi ko‘rsatib beriladi. Natijalar normativ qoidalarni izchil qo‘llash va trenerlarni huquqiy xabardor qilish uchun amaliy ahamiyatga ega.

24-28 12 6

Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi

Taekvondo (WT) sport turida qarshi hujum harakatlarini tasniflashning zamonaviy ilmiy yondashuvlari
Nargizaxon Qosimova

Mazkur maqola taekvondo WT yo‘nalishida qarshi hujum texnikasini tasniflashning zamonaviy ilmiy yondashuvlarini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqot maqsadi — taekvondo musobaqasida qarshi hujum texnikasini tasnif qilishning asosiy ilmiy mezonlarini aniqlash va xorijiy hamda mahalliy olimlar yondashuvlarini qiyosiy tahlil qilish. Tadqiqot metodlari: ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, musobaqa statistikasini o'rganish, qiyosiy tahlil. Natijalar shuni ko'rsatdiki, qarshi hujum texnikasi bajarilish vaqti, usuli va biomexanik tuzilishi bo'yicha tasniflanadi; yuqori malakali sportchilar g'alaba balllarining 35–45 foizini ushbu texnika orqali qo'lga kiritadi. Xulosa: uch o'lchovli tasnifni hisobga oluvchi ilmiy asoslangan o'qitish metodikasini ishlab chiqish zarur.

Yuqori malakali bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini raqamli texnologiyalar yordamida baholash
Farxod Turdiyev

Maqolada boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasiga jalb etilgan 15–18 yoshli bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Sportchilar organizmining individual xususiyatlari va funksional holatiga, jumladan, yillik tayyorgarlik davrlarida ish qobiliyatining o‘zgarish dinamikasiga moslashtirilgan mashg‘ulot rejasini ishlab chiqish yondashuvlari yoritiladi. Shuningdek, musobaqa sharoitlari va yurak qisqarishlari sonini hisobga olgan holda umumiy hamda maxsus mashqlarni tanlash, jismoniy sifatlarni rivojlantirish, kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik va chidamlilikni baholash, shuningdek, past va yuqori kuchlanishda berilgan zarbalar hamda ularning aniqligi ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi.

35-45 10 8
Barcha nashrlarni ko'rish

ISSN 3030-3087