Mazkur maqolada 7-8 yoshli stol tennischilar bilan oʻtkaziladigan anʼanaviy mashgʻulotlarda zarbalar aniqligini shakllantirish tajribasini oʻrganish muvozanat saqlash koʻrsatkichlari ostida tinch holatda namoyish etilgan 30 s. li zarbalar hajmi (soni) va ularning aniqligi gavdani 90o oldinga egilgan holatida kardiorespirator koʻrsatkichlar shu yoshli bolalar uchun oʻrnatilgan fiziologik meʼyori toʻgʻrisida bayon etilgan.
Mazkur maqolada stol tennisi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarning maxsus harakat tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-pedagogik tadqiqot natijalari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida yetakchi xorijiy terma jamoalar sportchilarining o‘yin faoliyati tahlil qilinib, zamonaviy stol tennisiga xos bo‘lgan yuqori tezlikdagi mokisimon harakatlarning ahamiyati asoslab berildi. O‘yin jarayonida bajariladigan harakatlarni obyektiv baholash hamda sportchilarning kardiorespirator imkoniyatlarini aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan “Archasimon yugurish” (54 m) maxsus testining amaliy ahamiyati ko‘rsatib berildi. Tadqiqot natijalari mazkur test va unga asoslangan eksperimental mashqlar majmuasini mashg‘ulot jarayoniga joriy etish sportchilarning harakat tezligini, zarbalar aniqligini va umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishga xizmat qilishini tasdiqlaydi.
Ushbu maqolada stol tennisida zarbalar aniqligini barqarorlashtirishda anaerob chidamlilikni erta yoshdan boshlab rivojlantirish, uni anaerob yuklamalar ta’sirida barqarorlashtirish zarurligi ochib berilgan. Shuningdek, zarbalar aniqligi anaerob yuklamalar ta’sirida yuzaga keladigan yurakning qisqarish va nafas olish chastotasiga bog‘liqligi bo‘yicha ma’lumotlar berilgan.