Mazkur maqola zamonaviy voleybolda hujum harakatlari samaradorligini oshirishga qaratilgan boʻlib, texnik-taktik, psixologik va jismoniy tayyorgarlik omillarining oʻzaro uygʻunligini tahlil qiladi. Tarixiy rivojlanish bosqichlari, pozitsion oʻyinchilarga qoʻyiladigan talablar, biomexanik harakatlar, aldamchi harakatlarning funksional va psixologik jihatlari hamda zamonaviy texnologiyalar yordamida amalga oshirilayotgan monitoring vositalari keng yoritilgan. Tadqiqot doirasida yaratilgan “Xaydarov dasturi” sportchilarning hujum harakatini bajarish mobaynidam oʻrtacha burchak gradusini avtomatik tarzda aniqlash imkonini berib, texnik-taktik tahlilni soddalashtirilishi bayon qilingan.