• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Sport ilm-fanining dolzarb muammolari
  • Hozirgi
  • Arxivlar
  • E'lonlar
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Kontaktlar
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 2.
Kurashchilarda mushak toliqishidan so‘ng qayta tiklanishning fiziologik mexanizmlari va ilmiy asoslangan strategiyalari
Baxtiyor Nurbayev

Maqolada kurashchilarda yuqori intensivlikdagi interval, izometrik va ekssentrik yuklamalardan so‘ng rivojlanadigan mushak toliqishi hamda qayta tiklanish jarayonlarining fiziologik mexanizmlari nazariy-tahliliy nuqtai nazardan yoritilgan. Energetik substratlar tiklanishi, laktat almashinuvi, mashqdan keyingi mushak shikastlanishi markerlari, vegetativ regulyatsiya va uyquning ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, aktiv qayta tiklanish, sovuq suvli immersiya, massaj, pnevmatik kompressiya, ovqatlanish, gidratatsiya va kreatin qo‘llashga oid zamonaviy dalillar tizimlashtirilgan. Tiklanish vositalarining samarasi yuklama turi, musobaqalar orasidagi vaqt va sportchining individual javobiga bog‘liq ekani asoslangan.

2026-09-25
  • PDF
157-163 98 31
Bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarligini kompleks tayyorgarlikning ilmiy-pedagogik tamoyillari asosida takomillashtirish
Ziyodullo Xadiyatullayev

Ushbu maqolada O‘zbekiston milliy boks terma jamoasi tarkibiga tayyorlanayotgan ayol bokschilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqot 12 nafar ayol bokschi ishtirokida o‘tkazilgan pedagogik tajribaga hamda tajriba mashg‘ulotlari davridan oldin va keyin amalga oshirilgan signal bo‘yicha zarba berish testiga asoslangan. Sportchilarning individual xususiyatlari, funksional holati, musobaqa talablari, shuningdek, umumiy va maxsus tayyorgarlik vositalaridan tabaqalashtirilgan holda foydalanishni hisobga olgan maxsus mashg‘ulot rejasi ishlab chiqilgan. Baholash jarayonida PDLT, PDHT va APD ko‘rsatkichlari, shuningdek, kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik va koordinatsion qobiliyatlarning rivojlanish darajasi tahlil qilindi. Mashg‘ulotlar mazmuniga umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik, texnik-taktik mashqlar, koordinatsion mashqlar, o‘yin usulidagi mashg‘ulotlar, nazorat testlari hamda tiklanish tadbirlari kiritildi. Tajriba oldidan va undan keyin olingan natijalarni tavsifiy taqqoslash ijobiy dinamikani ko‘rsatdi: PDLTning o‘rtacha ko‘rsatkichi 67,26 dan 56,07 gacha kamaydi, PDHTning o‘rtacha ko‘rsatkichi 184,53 dan 239,93 gacha, APDning o‘rtacha ko‘rsatkichi esa 77,08 foizdan 87,22 foizgacha oshdi. Tajribadan so‘ng yetti nafar sportchi zarba aniqligi bo‘yicha 90,00 foizlik natijaga erishdi. Olingan natijalar tizimli ravishda tashkil etilgan va individual yondashuvga asoslangan mashg‘ulot jarayoni yuqori malakali ayol bokschilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini yaxshilashi hamda ularni musobaqalarga yanada maqsadli tayyorlashga xizmat qilishini ko‘rsatadi.

2026-09-14
  • PDF (English)
47-54 92 35
1 - 2 from 2

 

Maqolalarga qo'yiladigan talablar

Tahririy kengash

Tahririyat siyosati

Materialni yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Ozbek

Ma `lumot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Obuna

Abonent resurslariga kirish uchun tizimga kiring.

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ЁШЛАРИ СИЁСАТИ ВА СПОРТ ВАЗИРЛИГИ

ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ БЎЙИЧА МУТАХАССИСЛАРНИ ҚАЙТА ТАЙЁРЛАШ ВА МАЛАКАСИНИ ОШИРИШ ИНСТИТУТИ

Sport ilm-fanining dolzarb muammolari

Jurnalga jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar, professor-o‘qituvchilar, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, sport turlari bo‘yicha trenerlar, sport shifokorlari, fiziologlar, psixologlar, jismoniy tarbiya metodistlari, sport menejmenti va huquqi bo‘yicha mutaxassislar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar, doktorantlar hamda jismoniy tarbiya va sport masalalariga qiziqqan har bir kishiga qaratilgan ilmiy-uslubiy maqolalar qabul qiladi.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Kontaktlar

KONTAKTLAR:

(+998)71 242-30-85

 

institut@sportedu.uz

 

100042, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 27-uy.

 
© Copyright 2026 Sport ilm-fanining dolzarb muammolari All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer