• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Sport ilm-fanining dolzarb muammolari
  • Hozirgi
  • Arxivlar
  • E'lonlar
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Kontaktlar
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 4.
Basketbolchilarni boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida qo‘llaniladigan vositalarni rejalashtirish va ularning nisbatini aniqlash muammolari
Fatima Ganiyeva

Maqolada Oʻzbekiston sport maktablarida basketbolchilarni boshlangʻich tayyorgarlik bosqichida qoʻllaniladigan vositalarni rejalashtirish xususiyatlari tahlil qilinadi. Oʻquv-mashgʻulot jarayonida tayyorgarlikning turli yoʻnalishlari nisbati koʻrib chiqiladi hamda u ilgʻor xorijiy mamlakatlar sport maktablari amaliyoti bilan qiyoslanadi. Bunday tahlil tayyorgarlik vositalari va soatlarini taqsimlashdagi mavjud muammolarni aniqlash, shuningdek, ularni basketbolni rivojlantirishga qoʻyilayotgan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqish zaruratini belgilash imkonini beradi. Bu esa, oʻz navbatida, mamlakat rahbariyati tomonidan sportni rivojlantirish boʻyicha belgilangan vazifalarni hal etishga, yosh basketbolchilar tayyorgarligi samaradorligini oshirishga hamda milliy terma jamoalarning nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishishiga xizmat qilishi mumkin.

2026-04-06
  • PDF
60-67 56 20
Ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida psixofiziologik kuzatishlarni tashkil etish
Sobir Nazarov

Mazkur maqolada sport maktablari trenerlari tomonidan sport zaxirasini tayyorlash bosqichlarida o‘quvchi-sportchilarni psixofiziologik kuzatishning ustuvor yo‘nalishlarining psixologik sharhi bayon qilingan. Shuningdek, maqolada o‘quvchi-sportchilarni texnik, taktik va psixologik tayyorlashdagi mexanizmlar psixofiziologik tadqiqotlar kontekstida o‘rganilgan.

2023-08-27
  • PDF
56-60 176 162
“Аrchаsimоn yugurish" mashqi yordamida stol tennisi o‘yinchilarining kardiorespirator ko‘rsatkichlarini oshirish
Asqar Amonov

Mazkur maqolada stol tennisi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarning maxsus harakat tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-pedagogik tadqiqot natijalari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida yetakchi xorijiy terma jamoalar sportchilarining o‘yin faoliyati tahlil qilinib, zamonaviy stol tennisiga xos bo‘lgan yuqori tezlikdagi mokisimon harakatlarning ahamiyati asoslab berildi. O‘yin jarayonida bajariladigan harakatlarni obyektiv baholash hamda sportchilarning kardiorespirator imkoniyatlarini aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan “Archasimon yugurish” (54 m) maxsus testining amaliy ahamiyati ko‘rsatib berildi. Tadqiqot natijalari mazkur test va unga asoslangan eksperimental mashqlar majmuasini mashg‘ulot jarayoniga joriy etish sportchilarning harakat tezligini, zarbalar aniqligini va umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishga xizmat qilishini tasdiqlaydi.

2025-10-01
  • PDF
68-71 74 56
Oʻquv-mashgʻulot bosqichidagi badiiy gimnastikachilarning mashgʻulot jarayonlarida ishlab chiqilgan metodikalarni qoʻllash texnologiyasi
Laylo Sobirova, Dilnur Astankulova , Mohinur Raxmonova

Maqolada oʻquv-mashgʻulot bosqichidagi badiiy gimnastikachilarning mashgʻulot jarayonini ishlab chiqish, mashgʻulotlarni  rejalashtirish, sogʻlomlashtiruvchi va maxsus vositalarni va badiiy gimnastikachilar yuqori natijalarga erishishi uchun tayyorlov va musobaqa oldi tayyorgarlik davrlarida badiiy gimnastikachilarni funksional tayyorgarligida paydo boʻlishi mumkin boʻlgan muammolar muhokama qilingan.

2024-12-15
  • PDF
80-84 241 42
1 - 4 from 4

 

Maqolalarga qo'yiladigan talablar

Tahririy kengash

Tahririyat siyosati

Materialni yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Ozbek

Ma `lumot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Obuna

Abonent resurslariga kirish uchun tizimga kiring.

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ЁШЛАРИ СИЁСАТИ ВА СПОРТ ВАЗИРЛИГИ

ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ БЎЙИЧА МУТАХАССИСЛАРНИ ҚАЙТА ТАЙЁРЛАШ ВА МАЛАКАСИНИ ОШИРИШ ИНСТИТУТИ

Sport ilm-fanining dolzarb muammolari

Jurnalga jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar, professor-o‘qituvchilar, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, sport turlari bo‘yicha trenerlar, sport shifokorlari, fiziologlar, psixologlar, jismoniy tarbiya metodistlari, sport menejmenti va huquqi bo‘yicha mutaxassislar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar, doktorantlar hamda jismoniy tarbiya va sport masalalariga qiziqqan har bir kishiga qaratilgan ilmiy-uslubiy maqolalar qabul qiladi.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Kontaktlar

KONTAKTLAR:

(+998)71 242-30-85

 

institut@sportedu.uz

 

100042, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 27-uy.

 
© Copyright 2026 Sport ilm-fanining dolzarb muammolari All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer