• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Sport ilm-fanining dolzarb muammolari
  • Hozirgi
  • Arxivlar
  • E'lonlar
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Kontaktlar
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 73.
Yosh basketbolchi qizlarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish
Nazirov Odiljon

Ushbu maqolada yosh basketbolchi qizlarning jismoniy tayyorgarlik darajasi JTDSS (Jismoniy tayyorgarlik darajasi sport sinovlari) test majmuasi asosida baholandi. Olingan natijalar sportchilarning aksariyati belgilangan I daraja talablariga toʻliq javob bermasligini koʻrsatdi. Jumladan, 60 metrga yugurish, turgan joyidan uzunlikka sakrash, past turnikda tortilish, tennis toʻpini uloqtirish va argʻamchida sakrash sinovlari boʻyicha natijalar II va III daraja talablariga mos keldi. Yangi JTDSS meʼyorlari “Alpomish va Barchinoy” testlariga nisbatan ancha murakkab boʻlib, bu yosh sportchilar uchun jiddiy qiyinchilik tugʻdiradi. Shuning uchun sport maktablarida mashgʻulot jarayonini takomillashtirish, JTDSS talablariga mos tayyorgarlik tizimini yaratish va sportchilarning jismoniy tayyorgarlik dinamikasini muntazam kuzatib borish tavsiya etiladi.

2024-09-27
  • PDF
49-54 71 8
14-15 yoshli erkin kurashchilarning psixofiziologik tayyorgarlik dinamikasi
Alisher Tangriev

Ushbu maqolada yosh erkin kurashchilarning mashgʻulot davomida jismoniy tayyorgarlik koʻrsatkichlari hamda psixofiziologik jarayonlari tadqiq etiladi. Yosh kurashchilarning psixofiziologik tayyorgarlik davrining umum tayyorlov bosqichida asosiy eʼtibor 14-15 yoshli erkin kurashchilarning har tomonlama umumiy jismoniy tayyorgarlik koʻrishlarigа hamda psixofiziologik holatlariga qaratiladi.

2023-08-27
  • PDF
65-67 137 59
Yosh bokschi qizlar jismoniy tayyorgarligining ilmiy-amaliy asoslari tahlili
Farhod Turdiyev, Ziyodulla Xadiyatullayev

Ushbu maqolada o‘smir bokschi qizlarning ko‘p yillik  tayyorgarlik darajasini takomillashtirishda maxsus va umumiy tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlarda qo‘llanilayotgan vosita va usullarni takomillashtirish va o‘smir bokschi qizlarni musobaqalarga tayyorlash haqida fikr yuritilgan

2023-10-10
  • PDF
20-23 139 6
Boshlang‘ich tayyorlov guruhidagi uch hatlab sakrovchilarni jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatgichlari orqali o‘quv-mashg‘ulot guruhlariga saralash
Shahribonu Mannonova

Ushbu maqolada boshlang‘ich o‘quv guruhida uch hatlab sakrovchilarning jismoniy tayyorgarligi darajasini aniqlash orqali o‘quv guruhlariga tanlash va yo‘naltirish samaradorligini oshirishga qaratilgan tadqiqot tahlili tasvirlangan.

2023-12-15
  • PDF
69-73 120 4
Bokschi qizlarning jismoniy va texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirish
Ziyodulla Xadiyatullayev

Ushbu maqolada yuqori malakali bokschi qizlarning ko‘p yillik tayyorgarlik darajasini takomillashtirishda maxsus va umumiy tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlarda qo‘llanilayotgan vosita va usullarni takomillashtirish va yuqori malakali bokschi qizlarni musobaqalarga tayyorlash haqida fikr yuritilgan.

2023-08-27
  • PDF
48-50 98 51
Gimnastika ko‘pkurashi turlariga oid mashqlarni tizimli o‘rgatishning turli tayyorgarlikka ega gimnastikachilar texnik mahorati darajasiga ta’siri
Sergey Eshtayev

Ushbu maqola sport gimnastikasi misolida sportchilarni ko‘p yillik tayyorlash tizimidagi ta’lim jarayonini tashkil etish shakllarining o‘zgarishini tadqiq etishga bag‘ishlangan. O‘qitishning uchta asosiy modeli - chiziqli, konsentrik va spiral modellar ko‘rib chiqilib, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, afzalliklari va gimnastikachilarning tayyorgarlik darajasiga ko‘ra optimal qo‘llash shartlari yoritib beriladi. Sportchilarning jismoniy, texnik va psixofiziologik rivojlanishidagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda, o‘quv-mashg‘ulot jarayonini rejalashtirish uchun moslashuvchan va individuallashtirilgan yondashuvning ahamiyati ta’kidlanadi. Ko‘p bosqichli nazorat va turli xil o‘qitish tuzilmalarini uyg‘unlashtirgan holda o‘tkazilgan pedagogik tajriba harakat ko‘nikmalarini shakllantirish samaradorligini oshirganligini ko‘rsatdi.

2025-10-01
  • PDF (Русский)
29-37 2 0
17-18 yoshli bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarlik koʻrsatkichlarini maxsus qopda ishlash yordamida aniqlash (signal boʻyicha berilgan zarbalar soni)
Ziyodullo Xadiyatullayev

Ushbu maqolada 17–18 yoshli qizlar-bokschilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi tadqiq etilgan. Oʻquvchilar sport mashgʻulotlarida maxsus qopda signal boʻyicha zarba ishlari orqali baholangan. Tadqiqot jarayonida kuch, chaqqonlik, tezlik, chidamlilik va moslashuvchanlik kabi maxsus jismoniy koʻrsatkichlar aniqlangan, bu esa sportchilarning maxsus tayyorgarlik darajasini va trening samaradorligini baholash imkonini beradi.

2025-10-01
  • PDF
83-89 5 0
15-16 yoshli bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini maxsus qopda (signal orqali berilgan zarbalar soni) aniqlash
Ziyodullo Xadiyatullayev, Oydin Umirzakova

Ushbu maqolada tadqiqotchilar tomonidan oʻtkazilgan tajriba natijalariga koʻra, boks sport turi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasiga jalb qilingan 15-16 yoshli bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarlik, jismoniy sifatlar, kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik, koʻrsatkichlari tahlili muhokama etiladi.

2025-04-02
  • PDF
48-53 56 1
Haftalik mikrosiklda yosh gimnastikachilar oʻquv-mashgʻulot jarayonini tuzilishi
Dilshod Ishtayev

Mazkur maqolada 11-13 yoshli gimnastikachilarni haftalik mikrotsiklda mashgʻulot yuklamasining hajmi va intensivligini turli taqsimlanishiga doir masalalari keng yoritilgan.

2025-10-01
  • PDF
72-76 3 0
15-16 yoshli bokschi qizlarning mashg‘ulot jarayonida texnik-taktik tayyorgarligini rivojlantirish
Ziyodulla Xadiyatullayev

ushbu maqolada bokschi qizlarning texnik-taktik tayyorgarlik darajasini takomillashtirishda maxsus tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlarda qo‘llanilayotgan vosita va usullarni takomillashtirish haqida fikr yuritilgan.

2023-10-10
  • PDF
50-52 120 10
Umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilarning sinflar boʻyicha jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash tizimini takomillashtirish
Orzubek Qambarov

Ushbu maqola umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini sinflar boʻyicha aniqlash tizimini takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan. Tadqiqotda jismoniy tarbiya dasturlarining hozirgi holati tahlil qilinib, xalqaro tajribalar va Oʻzbekistondagi normativ hujjatlar asosida yangi yondashuvlar taklif etiladi. Oʻquvchilarning yosh va jins xususiyatlariga moslashtirilgan testlar, zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish va oʻqituvchilar malakasini oshirish orqali tizimni yanada samarali qilish yoʻllari koʻrib chiqiladi. Tadqiqot natijalari maktablarda jismoniy tarbiyani rivojlantirish va sogʻlom avlod tarbiyalashga xizmat qiladi.

2025-04-02
  • PDF
28-32 49 0
Olimpiya va paralimpiya sport turlari tayyorgarlik markazlarida o‘quvchilarning sport tayyorgarligini psixofiziologik tashxislar va psixologik test-sinovlar orqali optimallashtirish
Egamberdi Usmonov

Ushbu tadqiqot Olimpiya va Paralimpiya sport turlari tayyorgarlik markazlarida o‘quvchilarning sport tayyorgarligini optimallashtirishga qaratilgan bo‘lib, psixofiziologik tashxislar va psixologik test-sinovlarning samaradorligini o‘rganadi. Tadqiqotda sportchilarning jismoniy va psixologik holatini baholash, ularning individual xususiyatlarini aniqlash va tayyorgarlik jarayonini shaxsiylashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Psixologik testlar va fiziologik ko‘rsatkichlar tahlili orqali sportchilarning stressga chidamliligi, diqqat jamlanishi va motivatsion holati aniqlanadi. Natijada, o‘quv jarayonini optimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi, bu esa sportchilarning yuqori natijalarga erishish imkoniyatlarini oshiradi.

2025-04-02
  • PDF
  • PDF
76-79 45 0 1
Akrobatlarning texnik tayyorgarligi tuzilmasi komponentlari
Kamola Raxmonova

Ushbu maqolada akrobatlarning texnik tayyorgarligi aso-slari yoritilgan. Sportchilarning harakat faoliyati tuzilmasi, harakatlar "makta-bi" asoslantirilgan. Yosh akrobat-sakrovchilarning umumiy tayyorgarlik tizim-ida "maxsus texnik tayyorgarlik"ning ahamiyati, o‘quv yillari davomida musobaqa mashqlari texnikasini takomillashtirishga yo‘naltirilganligi aniqla-nadi.

2024-04-03
  • PDF (Русский)
89-95 62 2
Malakali futbolchi qizlarning mashgʻulot yuklamalari tahlili
Nodir Yusupov

Maqolada futbolchi qizlarning yillik bosqich mashgʻulot yuklamalari oʻrganilib chiqilgan boʻlib turli davrlardagi umumiy va maxsus tayyorgarlik bosqichlarida har xil yoʻnalishdagi yuklamalarning taqsimlanishlari nisbatlari koʻrilgan. Musobaqa davridagi mashgʻulot yuklamalarida tezkor-kuch sifatiga qaratilgan nisbatlari yetarli emasligi ilmiy asoslab berildi.

2025-08-04
  • PDF
93-96 21 0
Yuqori malakali gandbolchilarni saralashda jismoniy tayyorgarligini nazorat qilish usullari
Zoir Yusupov

Mazkur maqolada yuqori malakali gandbolchilarning jismoniy tayyorgarlik aniqlash va tahlil qilish ishlari olib borilgan. Tadqiqotda  “SKIF” va “Xorazm” jamoalarning jismoniy tayyorgarlik darajasi tahlil qilingan holda natijalar bir biriga taqqoslangan va amaliy tavsiyalar berilgan.

2025-04-02
  • PDF
61-65 41 1
Ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida yuqori malakali gandbolchilarni saralab olish jarayonida kuch sifatini tahlil qilish usullari
Zoir Yusupov

Mazkur maqolada yuqori malakali gandbolchilarning umumiy jismoniy tayyorgarlik bosqichida kuch sifatini aniqlash va tahlil qilish ishlari olib borilgan. Tadqiqotda  “SKIF” va “Xorazm” jamoalarning kuch sifatlari tahlil qilingan holda natijalar bir biriga taqqoslangan va amaliy tavsiyalar berilgan.

2024-09-27
  • PDF
64-67 92 9
Stol tennisi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarni jismoniy tayyorgarligini shakllanish dinamikasi
Marhabo G‘aniyeva

Ushbu maqolada stol tennisi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarni umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasi tajriba oldidan maxsus testlar orqali o‘rganilgan, olingan natijalar jadvallar asosida ifodalangan hamda qiyosiy tahlil etilgan. Malakali stol tennischilarni tayyorlash jarayoni bo‘yicha xulosa va amaliy tavsiyalar bayon etilgan.

2024-04-03
  • PDF (Русский)
69-74 49 6
Gandbolchilarni saralash jarayonida jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish uslublari
Zoir Yusupov

Ushbu maqolada gandbolchilarni dastlabki tayyorgarlik bosqichiga saralash jarayoni koʻrib chiqiladi. Bu jarayon chidamlilik darajasini aniqlash va uni maxsus mashqlar orqali takomillashtirishni oʻz ichiga oladi. Tadqiqotda gandbol boʻyicha ixtisoslashtirilgan sport maktabida shugʻullanayotgan gandbolchilarning chidamliligi tahlil qilingan.

2024-12-15
  • PDF
61-65 184 12
Gandbolchilarni saralashda jismoniy sifatlarni rivojlantirish usullari
Zafarjon Yusupov

Mazkur maqolada boshlangʻich tayyorgarlik bosqichida 10–12 yoshli gandbolchilarni saralashda mashgʻulot yuklamalarini taqsimlash va jismoniy sifatlarni rivojlantirishga doir ilmiy uslubiy adabiyotlarni oʻrganish hamda maxsus ishlab chiqilgan mashqlar majmuasi asosida gandbolchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish hamda nazorat qilish boʻyicha amaliy natijalar va tavsiyalar berilgan.

2025-04-02
  • PDF
54-60 66 0
O‘smir bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarligini aniqlash
Farxod Turdiyev

Ushbu maqolada tadqiqotchilar tomonidan oʻtkazilgan tajriba natijalariga koʻra, boks sport turi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasiga jalb qilingan 15-16 yoshli bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarlik, jismoniy sifatlar, kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik, koʻrsatkichlari tahlili muhokama etiladi.

2024-09-27
  • PDF
55-63 121 11
Asosiy mushaklarning kuchi va barqarorligini tekshirish bo'yicha hozirgi istiqbollar
Erika Zemkova

Mazkur maqolada mushaklarning asosiy kuchi va barqarorligini tekshirish haqida umumiy ma’lumot berilgan. Orqa mushaklarning maksimal izometrik kuchini va ularning chidamliligini an’anaviy o‘lchash bilan taqqoslaganda, sport va reabilitatsiya amaliyotida og‘irliklarni ko‘tarish va gavda aylanishi natijasida hosil bo‘lgan quvvatni baholashning yangi usullari qo‘llanilgan. Ushbu yangi yondashuv mashqlar dasturlaridan so‘ng mushaklar kuchi va barqarorligidagi kichik o‘zgarishlarni aniqlash uchun aniqroq shart-sharoitlarni ta’minlaydi va turli yoshdagi va jismoniy tayyorgarlik darajasidagi odamlarda asosiy ko‘rsatkichlarni aniqlashda sezgirroqdir.

2023-08-27
  • PDF (English)
61-64 186 105
Yuqori malakali bokschi qizlarning texnik harakatlarini maxsus qopda aniqlash
Kobiljon Abdullayev

Maqolada Oʻzbekiston terma jamoasiga jalb qilingan 15–16 yoshli bokschi qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan tadqiqotlar asosida olingan tahlil natijalari keltirilgan. Tadqiqot maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini hamda asosiy jismoniy sifatlar — kuch, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik va tezkorlikning rivojlanishini oʻrganishga bagʻishlangan. Ayniqsa, bokschi qizlarning boks qopida mashq bajarish jarayonidagi texnik harakatlarini aniqlash va baholashga alohida eʼtibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari jismoniy sifatlar rivoji bilan zarba texnikasini takomillashtirish oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni aniqlashga imkon beradi. Olingan maʼlumotlar sport mashgʻulotlari jarayonini optimallashtirish va sport tayyorgarligining boshlangʻich hamda ixtisoslashgan bosqichlarida sportchi qizlarning samarali tayyorgarligini oshirish uchun qoʻllanilishi mumkin.

2025-11-14
  • PDF
33 0
Koʻp yillik tayyorgarlik bosqichlarida yosh gandbolchilarni saralash va yoʻnaltirishda maxsus jismoniy tayyorgarligini tahlil qilish va nazorat qilish usullari
Zafarjon Yusupov

Mazkur maqolada tayyorlov davrida yosh gandbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini ishlab chiqilgan testlar yordamida tahlil qilish va nazorat qilish ishlari olib borilgan. Tadqiqotda Yakkasaroy tumanida joylashgan 2-sonli SM shugʻullanuvchilari va Chilonzor tumanida joylashgan SM gandbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi tekshirildi va natijalar bir birga taqqoslangan xolda amaliy tavsiyalar berilib, tadqiqotning yakunida xulosa keltirilgan.

2024-12-15
  • PDF
56-60 164 7
Yosh sportchilarni saralash va tayyorlash tizimida sport mashg‘ulotlarining o‘rni
Manuchexr Ibragimov , Sunnatillo Turayev

Mazkur maqolada jismoniy tarbiya va sport sohasida iqtidorli yoshlarni tanlab olish, saralash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylangani hamda ularning jismoniy va ruhiy tayyorgarliklarida muhim ahamiyat kasb etuvchi jihatlari yoritib berilgan.

2023-11-15
  • PDF
30-33 194 8
Zamonaviy voleybolda hujum harakatlari samaradorligini oshirish mexanizmlar
Muxammad Xaydarov

Mazkur maqola zamonaviy voleybolda hujum harakatlari samaradorligini oshirishga qaratilgan boʻlib, texnik-taktik, psixologik va jismoniy tayyorgarlik omillarining oʻzaro uygʻunligini tahlil qiladi. Tarixiy rivojlanish bosqichlari, pozitsion oʻyinchilarga qoʻyiladigan talablar, biomexanik harakatlar, aldamchi harakatlarning funksional va psixologik jihatlari hamda zamonaviy texnologiyalar yordamida amalga oshirilayotgan monitoring vositalari keng yoritilgan. Tadqiqot doirasida yaratilgan “Xaydarov dasturi” sportchilarning hujum harakatini bajarish mobaynidam oʻrtacha  burchak gradusini avtomatik tarzda aniqlash imkonini berib, texnik-taktik tahlilni soddalashtirilishi bayon qilingan.

2025-10-01
  • PDF
10-18 7 0
1 - 25 from 73 1 2 3 > >> 

 

Maqolalarga qo'yiladigan talablar

Tahririy kengash

Tahririyat siyosati

Materialni yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Ozbek

Ma `lumot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Obuna

Abonent resurslariga kirish uchun tizimga kiring.

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ЁШЛАРИ СИЁСАТИ ВА СПОРТ ВАЗИРЛИГИ

ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ БЎЙИЧА МУТАХАССИСЛАРНИ ҚАЙТА ТАЙЁРЛАШ ВА МАЛАКАСИНИ ОШИРИШ ИНСТИТУТИ

Sport ilm-fanining dolzarb muammolari

Jurnalga jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar, professor-o‘qituvchilar, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, sport turlari bo‘yicha trenerlar, sport shifokorlari, fiziologlar, psixologlar, jismoniy tarbiya metodistlari, sport menejmenti va huquqi bo‘yicha mutaxassislar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar, doktorantlar hamda jismoniy tarbiya va sport masalalariga qiziqqan har bir kishiga qaratilgan ilmiy-uslubiy maqolalar qabul qiladi.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Kontaktlar

KONTAKTLAR:

(+998)71 242-30-85

 

institut@sportedu.uz

 

100042, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 27-uy.

 
© Copyright 2026 Sport ilm-fanining dolzarb muammolari All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer