Maqolada 12–14 yoshli bokschi qizlarning mashg‘ulot janglari va rasmiy musobaqalardagi texnik-taktik harakatlari taqqoslanadi. Hujum, himoyalanish, qarshi hujum va qarshilovchi zarbalarning hajmi hamda natijadorligi, shuningdek, jang olib borishning taktik xususiyatlari tahlil qilinadi. Mashg‘ulot va musobaqa sharoitlari o‘rtasida ayrim harakatlarning qo‘llanish hajmi va natijadorligi farqlanishi qayd etilgan. Sportchi qizlarni tayyorlashda texnik-taktik vositalarni kengaytirish hamda mashg‘ulotda o‘zlashtirilgan ko‘nikmalarni musobaqada qo‘llash zarurligi asoslanadi.