• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Sport ilm-fanining dolzarb muammolari
  • Hozirgi
  • Arxivlar
  • E'lonlar
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Kontaktlar
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 7.
Xalqaro sport tadbirlarini tashkil etuvchi davlatlarning xalqaro-huquqiy javobgarligi: chaqiriqlar va istiqbollar
Anvar Khayotov

Maqola yirik xalqaro sport tadbirlarini tashkil etuvchi davlatlarning javobgarligi bo‘yicha xalqaro-huquqiy asoslarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda sport sohasidagi davlat javobgarligini tushunishga oid nazariy-huquqiy yondashuvlar yoritilgan, umumjahon va mintaqaviy xalqaro-huquqiy hujjatlar, shuningdek Sport arbitraj sudi (CAS) amaliyoti tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasining sport tadbirlarini tartibga solish sohasidagi amaldagi qonunchiligi va uning xalqaro standartlarga mosligi alohida e’tibor bilan ko‘rib chiqilgan. Boshqa mamlakatlar (Rossiya, Qatar, Xitoy, Germaniya, Buyuk Britaniya) tajribasini qiyosiy tahlil qilish asosida milliy huquq tizimlar uchun asosiy xavf va muammolar aniqlanib, baholangan. Maqolada O‘zbekiston qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar, jumladan xavfsizlikni ta’minlash, ishtirokchilar huquqlarini himoya qilish va ekologik barqarorlikni ta’minlashning huquqiy mexanizmlarini kuchaytirish masalalari ko‘tarilgan.

2025-04-02
  • PDF
  • PDF (Русский)
95-100 206 0 68
Xalqaro sport tadbirlarini o‘tkazuvchi davlatning xalqaro-huquqiy javobgarligi asoslari va chegaralari: O‘zbekiston Respublikasi misolida
Anvar Xayotov

Mazkur maqolada xalqaro sport tadbirlariga mezbonlik qiluvchi davlatning xalqaro-huquqiy javobgarligi asoslari va chegaralari tadqiq etiladi. Tadqiqotning markaziy savoli sport tadbirini tayyorlash yoki o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy qarorlar, harakatlar yoxud harakatsizlik qaysi hollarda boshqaruv yoki shartnomaviy munosabatlar doirasidan chiqib, davlatning xalqaro-huquqiy javobgarligi sohasiga o‘tishini aniqlashdan iborat. Tadqiqot metodologiyasi Xalqaro huquq komissiyasi tomonidan 2001-yilda ishlab chiqilgan “Davlatlarning xalqaro-huquqqa xilof qilmishlari uchun javobgarligi to‘g‘risida”gi moddalar loyihasini yuridik-dogmatik tahlil qilish, javobgarlikning ikkilamchi normalarini birlamchi xalqaro majburiyatlar bilan bog‘liq holda o‘rganishga qaratilgan tizimli yondashuv, shuningdek, ochiq rasmiy manbalar asosida III Osiyo yoshlar o‘yinlari 2025 yilgi musobaqalarining O‘zbekistondan Bahraynga ko‘chirilishi bo‘yicha cheklangan hujjatli keys-tahlildan iborat. Maqolada mezbonlikdan voz kechish, sport tadbirini boshqa davlatga ko‘chirish, uni keyinga qoldirish yoki infratuzilmaning yetarli darajada tayyor emasligi o‘z-o‘zidan xalqaro-huquqqa xilof qilmish hisoblanmasligi asoslab beriladi. Bunday javobgarlik yuzaga kelishi uchun tegishli xatti-harakat davlatga nisbat berilishi hamda muayyan xalqaro majburiyat buzilgan bo‘lishi zarur. Maqolada, shuningdek, Qatar, Braziliya va Fransiya tajribasidan qisqa misollar keltirilib, global amaliyotda mehnat, uy-joy, xavfsizlik hamda huquqiy himoya vositalaridan foydalanish imkoniyatiga oid majburiyatlar qanday hollarda dolzarblashishi ko‘rsatib beriladi. Xalqaro sport tadbirlari uchun ahamiyatli bo‘lishi mumkin bo‘lgan birlamchi majburiyatlar doirasi aniqlashtiriladi, xatti-harakatni davlatga nisbat berish, huquqiy xavf va daliliy baholash bo‘yicha matritsalar taklif etiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi uchun kelgusida mezbon davlat sifatida qo‘llash mumkin bo‘lgan komplayens modeli ishlab chiqiladi.

2026-04-06
  • PDF (English)
12-25 81 62
Barkamol avlod tarbiyasida jismoniy tarbiya va ommaviy sport tadbirlari omil sifatida
Orifjon Raupov, Akbar Qurbonov

Mazkur maqolada yuqori malakali sportchilarni tayyorlashda jismoniy tarbiya va ommaviy sport tadbirlarining ahamiyati, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullantirishning oʻziga xos jihatlari borasida fikr yuritilgan. Bundan tashqari, eng qobiliyatli sportchilarni saralab olishda uch bosqichli sport musobaqalarini ahamiyati yoritib berilgan. Sport toʻgaraklari bilan yoshlarni muntazam shugʻullanishga jalb qilishga qaratilgan chora-tadbirlar bayon etilgan.

2023-08-27
  • PDF
109-112 223 336
Sport tadbirlarini tashkil qilishda mahalliy korxonalar, tadbirkorlar va davlat tashkilotlari bilan hamkorlik qilishning yetti qadami
Doniyorbek Norkulov

Ushbu maqola sport tadbirlarini tashkil qilishda mahalliy korxonalar, tadbirkorlar va davlat tashkilotlari bilan hamkorlik qilishning yetti qadamini tahlil qiladi. Tadqiqotda hamkorlikni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun aniq strategiyalar, ularning afzalliklari va mumkin boʻlgan toʻsiqlar koʻrib chiqiladi. Maqola sport sohasida davlat siyosati, mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish va jamoatchilikni jalb qilishga qaratilgan yondashuvlarni ochib beradi. Tadqiqot Fargʻona viloyatidagi sport musobaqalari misolida olib borilgan boʻlib, empirik maʼlumotlar va statistik tahlillarga asoslanadi.

2025-04-02
  • PDF
23-27 147 57
O‘zbekistonda zamonaviy sport inshootlari infratuzilmalarini rivojlantirish
Mohiniso Arzibaeva

Maqolada zamonaviy sport inshootlarining infratuzilmasini rivojlantirish masalasi, shu jumladan mamlakatning shahar sharoitida zamonaviy sport inshootlarini qurish loyihalarining o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rib chiqiladi.

2023-10-10
  • PDF (English)
130-132 357 69
Bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarligini kompleks tayyorgarlikning ilmiy-pedagogik tamoyillari asosida takomillashtirish
Ziyodullo Xadiyatullayev

Ushbu maqolada O‘zbekiston milliy boks terma jamoasi tarkibiga tayyorlanayotgan ayol bokschilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqot 12 nafar ayol bokschi ishtirokida o‘tkazilgan pedagogik tajribaga hamda tajriba mashg‘ulotlari davridan oldin va keyin amalga oshirilgan signal bo‘yicha zarba berish testiga asoslangan. Sportchilarning individual xususiyatlari, funksional holati, musobaqa talablari, shuningdek, umumiy va maxsus tayyorgarlik vositalaridan tabaqalashtirilgan holda foydalanishni hisobga olgan maxsus mashg‘ulot rejasi ishlab chiqilgan. Baholash jarayonida PDLT, PDHT va APD ko‘rsatkichlari, shuningdek, kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik va koordinatsion qobiliyatlarning rivojlanish darajasi tahlil qilindi. Mashg‘ulotlar mazmuniga umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik, texnik-taktik mashqlar, koordinatsion mashqlar, o‘yin usulidagi mashg‘ulotlar, nazorat testlari hamda tiklanish tadbirlari kiritildi. Tajriba oldidan va undan keyin olingan natijalarni tavsifiy taqqoslash ijobiy dinamikani ko‘rsatdi: PDLTning o‘rtacha ko‘rsatkichi 67,26 dan 56,07 gacha kamaydi, PDHTning o‘rtacha ko‘rsatkichi 184,53 dan 239,93 gacha, APDning o‘rtacha ko‘rsatkichi esa 77,08 foizdan 87,22 foizgacha oshdi. Tajribadan so‘ng yetti nafar sportchi zarba aniqligi bo‘yicha 90,00 foizlik natijaga erishdi. Olingan natijalar tizimli ravishda tashkil etilgan va individual yondashuvga asoslangan mashg‘ulot jarayoni yuqori malakali ayol bokschilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini yaxshilashi hamda ularni musobaqalarga yanada maqsadli tayyorlashga xizmat qilishini ko‘rsatadi.

2026-09-14
  • PDF (English)
47-54 55 20
Parasportda tezkor nazorat va rejalashtirishning asosiy qoidalari
Bobirbek Neʼmatov

Mazkur maqolada parasportchilarni tayyorlashda tizimli pedagogik nazorat vositalari va usullaridan samarali foydalanish sportchining holati, yuklamalarga bardoshliligi kabi koʻplab omillarni aniqlashga yoʻnaltirish kerakligi, shu bilan birga tayyorgarlik jarayonini samarali boshqarish uchun sportchilar haqidagi maʼlumotlar ishonchli, aniq va obyektiv boʻlishi lozimligi masalalari keng yoritilgan.

2025-10-01
  • PDF
38-42 99 55
1 - 7 from 7

 

Maqolalarga qo'yiladigan talablar

Tahririy kengash

Tahririyat siyosati

Materialni yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Ozbek

Ma `lumot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Obuna

Abonent resurslariga kirish uchun tizimga kiring.

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ЁШЛАРИ СИЁСАТИ ВА СПОРТ ВАЗИРЛИГИ

ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ БЎЙИЧА МУТАХАССИСЛАРНИ ҚАЙТА ТАЙЁРЛАШ ВА МАЛАКАСИНИ ОШИРИШ ИНСТИТУТИ

Sport ilm-fanining dolzarb muammolari

Jurnalga jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar, professor-o‘qituvchilar, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, sport turlari bo‘yicha trenerlar, sport shifokorlari, fiziologlar, psixologlar, jismoniy tarbiya metodistlari, sport menejmenti va huquqi bo‘yicha mutaxassislar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar, doktorantlar hamda jismoniy tarbiya va sport masalalariga qiziqqan har bir kishiga qaratilgan ilmiy-uslubiy maqolalar qabul qiladi.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Kontaktlar

KONTAKTLAR:

(+998)71 242-30-85

 

institut@sportedu.uz

 

100042, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 27-uy.

 
© Copyright 2026 Sport ilm-fanining dolzarb muammolari All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer