• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Sport ilm-fanining dolzarb muammolari
  • Hozirgi
  • Arxivlar
  • E'lonlar
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Kontaktlar
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 277.
Yoshlar hayot sifatini oshirishda sport institutining sotsiologik tahlili
Xasan Akramov

Maqolada yoshlar hayot sifatini oshirishda muhim o‘rin tutuvchi zamonaviy ijtimoiy institutlardan biri sifatida sport tahlil qilinadi. Sportning semantik xususiyatlari hamda uning ijtimoiy fenomen sifatidagi mazmuni yoritiladi. Sport instituti sotsial tizimlar nazariyasi, fenomenologiya nazariyasi, strukturatsiya nazariyasi va sotsial mobillik nazariyasi doirasida ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Mazkur nazariy yondashuvlar sport instituti negizida ko‘rib chiqilib, sport tizimi kontekstida o‘zaro uyg‘unlashtiriladi. Maqolada sportning mazmunli va konseptual modeli taklif etilib, uning tarkibida mantiqiy-semantik, strukturaviy-funksional hamda sababiy-oqibat munosabatlari modellari ajratib ko‘rsatiladi. Ushbu yondashuvlar asosida sportning yoshlar hayot faoliyatiga endogen va ekzogen ta’sirini ifodalovchi ijtimoiy model shakllantiriladi hamda uning sxematik ko‘rinishi keltiriladi.

2026-09-28
  • PDF
164-172 26 9
O‘zbekiston davlat sport akademiyasi talabalarining xalqaro sport musobaqalaridagi muvaffaqiyatini baholash: Paraosiyo o‘yinlari misolida
Laylo Sobirova, San’at Atajanov

Ushbu maqolada O‘zbekiston davlat sport akademiyasi talabalarining xalqaro sport musobaqalaridagi muvaffaqiyati, xususan V Yoshlar Para Osiyo o‘yinlaridagi ishtiroki tahlil qilinadi. Tadqiqotda para yengil atletika va para suzish yo‘nalishlaridagi natijalar asosiy e’tiborga olingan. O‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, akademiya talabalarining yuqori jismoniy tayyorgarligi, texnik-taktik ko‘nikmalari va psixologik barqarorligi xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatga erishishida muhim omil hisoblanadi. Maqolada erishilgan natijalar akademiya tomonidan olib borilayotgan parasport tayyorgarligi tizimining samaradorligini tasdiqlaydi va kelgusida sportchilarning xalqaro reytingini oshirish, mashg‘ulot jarayonini takomillashtirish hamda parasportni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.

2026-04-06
  • PDF
150-154 81 46
“Malaka oshirish tizimida modernizatsiya” (Sport trenerlari malakasini oshirishning normativ-huquqiy asoslari)
Asqar Amanov, Akrom Akmalov

Maqolaning maqsadi O‘zbekistonda trenerlarning kasbiy rivojlanishi va malakasini oshirishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy mexanizmlarni, xususan 2026-yilda qabul qilingan yangi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun hamda uning ijrosini ta’minlashga qaratilgan idoraviy hujjatlarni tizimli tahlil qilishdan iborat. Tadqiqotda normativ-huquqiy, qiyosiy-huquqiy, tizimli va kontent-tahlil usullaridan foydalanildi. Tahlil natijasida trenerning kasbiy maqomi, malaka sertifikatiga ega bo‘lish talabi, kasbiy malakani uzluksiz oshirib borish majburiyati, trenerlik faoliyatining xavfsizlik, sanitariya-gigiyena talablari va xalqaro sport qoidalari bilan bog‘liqligi o‘zaro uzviy huquqiy mexanizm sifatida namoyon bo‘lishi aniqlandi. Shuningdek, amaldagi malaka oshirish tizimini faqat davriy kurs modeli bilan cheklamasdan, formal, noformal va ish joyidagi o‘rganishni uyg‘unlashtiruvchi uzluksiz kasbiy rivojlanish modeli asosida takomillashtirish zarurligi asoslandi. Maqolada trenerlar malakasini oshirish dasturlariga huquqiy savodxonlik, sport xavfsizligi, pedagogika va psixologiya, sport tibbiyoti, xalqaro federatsiyalar qoidalari, reflektiv amaliyot va mentorlik komponentlarini tizimli kiritish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqildi.

2026-09-24
  • PDF
106-114 42 8
Xalqaro sport huquqida sport agentlarining roli
Oybek Ochilov

Ushbu maqolada xalqaro sport huquqi doirasida sport agentliklari faoliyatining huquqiy asoslari va oʻziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Sport agenti tushunchasi, uning tarixiy shakllanish jarayoni, shuningdek, sport agentlarining asosiy faoliyat yoʻnalishlari va ularning belgilari keng yoritilgan. Maqolada sport agentlari faoliyatining xalqaro va milliy darajadagi tartibga solinishi, mavjud normativ-huquqiy mexanizmlar, shuningdek, amaliyotda uchraydigan muammolar va ularni hal etish yoʻllari muhokama qilinadi.

2024-12-15
  • PDF
110-117 221 85
Sportni ommalashtirishda marketingdan foydalanish: Kurash misolida
Tagne Frank Maksim

So‘ngi o‘ttiz yil ichida sport marketingi nafaqat marketingning o‘ziga xos shakli, balki mustaqil tadqiqot mavzusi sifatida ham o‘zini namoyon qildi. Ushbu maqolada sportda marketing, reklama, homiylik, ommaviy axborot vositalari, shuningdek sportning shuhrati va mashhurligini oshirish uchun marketingda ishlatiladigan elementlarning mohiyati tahlil qilingan. Bundan tashqari, unda ommaviylik darajasi past bo‘lgan sport turlarining jozibadorligini oshirishga qaratilgan kreativ marketing kampaniyalarini ishlab chiqish uchun Kurash sport tashkilotlari tomonidan nimalar qilinishi kerakligi muhokama qilinadi. Xulosada, Kurash kabi, tomoshabinlarni kamroq ommalashgan sport turlariga jalb qilishga yordam beradigan sport marketingi elementlari sifatida: sport ommaviy axborot vositalari, reklama, yulduz sportchilar va sportdagi homiylik ko‘rsatilgan.

2023-08-27
  • PDF (English)
17-19 459 181
Sport morfologiyasining ilmiy va amaliy ahamiyati
Sobir Nazarov

Maqolada sport morfologiyasining nazariy-metodologik asoslari va uning zamonaviy sport tayyorgarligi tizimidagi ilmiy hamda amaliy ahamiyati ochib berildi. Sport mashgʻulotlari va musobaqa faoliyati taʼsirida inson organizmida yuzaga keladigan morfologik moslashuv qonuniyatlari tizimli tahlil qilindi. Suyak-mushak tizimi, tana proporsiyalari, somatotipik xususiyatlar, mushak arxitekturasi va ichki aʼzolar morfologiyasidagi oʻzgarishlar tavsiflandi. Morfologik koʻrsatkichlarning yosh, jins va sport ixtisosligiga bogʻliq dinamikasi aniqlandi hamda ularning funksional tayyorgarlik va sport natijalari bilan bogʻliqligi baholandi. Sport seleksiyasi, iqtidorli sportchilarni erta aniqlash va mashgʻulot jarayonini individuallashtirishda morfologik mezonlarni qoʻllash samaradorligi asoslab berildi. Morfologiya, fiziologiya va biomexanika fanlari integratsiyasi asosida kompleks baholash yondashuvi taklif etildi. Tadqiqot natijalari sport morfologiyasi fanining nazariy asoslarini kengaytirishga va sportchilarni uzoq muddatli tayyorlash tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.

2026-04-06
  • PDF
88-91 73 47
Sportchi masʼuliyati va oʻquvchilar professional sport taʼlimiga yoʻnaltirilganligining temperamental xususiyatlari
Jamshid Pulatov

Maqolada sport va olimpiya maktablari oʻquvchi-sportchilarini professional sport taʼlimiga yoʻnaltirish jarayonida “shaxs oriyentatsiyasi”ning temperamentga xos xususiyatlari yoritib berilgan. Shuningdek, unda shaxs masʼuliyatining tanlangan sport turiga nisbatan tutgan ahamiyati sinaluvchilar hamda ekspertlar guruhi qarashlari asosida tahlil qilingan.

2025-10-01
  • PDF
106-112 100 64
Xalqaro sport tadbirlarini tashkil etuvchi davlatlarning xalqaro-huquqiy javobgarligi: chaqiriqlar va istiqbollar
Anvar Khayotov

Maqola yirik xalqaro sport tadbirlarini tashkil etuvchi davlatlarning javobgarligi bo‘yicha xalqaro-huquqiy asoslarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda sport sohasidagi davlat javobgarligini tushunishga oid nazariy-huquqiy yondashuvlar yoritilgan, umumjahon va mintaqaviy xalqaro-huquqiy hujjatlar, shuningdek Sport arbitraj sudi (CAS) amaliyoti tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasining sport tadbirlarini tartibga solish sohasidagi amaldagi qonunchiligi va uning xalqaro standartlarga mosligi alohida e’tibor bilan ko‘rib chiqilgan. Boshqa mamlakatlar (Rossiya, Qatar, Xitoy, Germaniya, Buyuk Britaniya) tajribasini qiyosiy tahlil qilish asosida milliy huquq tizimlar uchun asosiy xavf va muammolar aniqlanib, baholangan. Maqolada O‘zbekiston qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar, jumladan xavfsizlikni ta’minlash, ishtirokchilar huquqlarini himoya qilish va ekologik barqarorlikni ta’minlashning huquqiy mexanizmlarini kuchaytirish masalalari ko‘tarilgan.

2025-04-02
  • PDF
  • PDF (Русский)
95-100 206 0 68
Oʻzbekistonda sport taʼlimining yangi tizimini joriy etish orqali samaradorlikka erishishning dolzarb masalalari
Bobur Hamrayev

Mazkur maqolada sport tizimida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida joriy etilgan raqamli axborot tizimlari faoliyatini tahlil qilish, “Yagona elektron platforma” orqali sportchilarning reytingi, musobaqalarda ishtiroki, yutuqlari, murabbiylar va hakamlar faoliyati hamda sport inshootlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar markazlashtirilgan holda raqamlashtirish orqali korrupsiyaviy holatlarning oldi olinayotgani, sportda boshqaruv samaradorligi oshayotgani ilmiy jihatdan asoslagan holda, Oʻzbekiston sport tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali tizimli va samarali boshqaruv modelini shakllantirish masalalari keng yoritilgan.

2024-12-15
  • PDF
95-103 258 81
Yuqori sport natijalariga erishishda psixologik tayyorgarlikning o‘rni
Egamberdi Usmonov

Ushbu maqola yuqori sport natijalariga erishishda psixologik tayyorgarlik mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda sport faoliyatining psixologik xususiyatlari, sport motivlari va ularning namoyon bo‘lishi ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada muvaffaqiyat motivlari, raqobatbardoshlikni shakllantirishning psixologik jihatlari, sport bilan faxrlanish hissi, o‘z-o‘zidan qoniqish, qat’iyatlilik, sportdagi harakatlarning intensivligi, yutuqlar bilan bog‘liq ehtiyojlar, sportda ichki va tashqi nazorat mexanizmlari batafsil tavsiflangan.

2023-12-15
  • PDF
74-78 1920 83
Sport yoshlar hayotidagi sotsiomadaniy fenomen sifatida
Akramov Xasan

Maqolada sportning yoshlar hayotidagi sotsiomadaniy o‘rni va roli, uning ijtimoiy institut sifatidagi mazmun-mohiyati hamda sport bilan bog‘liq kooperatsiya, raqobat, bellashuv va musobaqa kategoriyalarining ijtimoiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiya tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi hamda farqli jihatlari yoritiladi. Shuningdek, milliy sport o‘yinlari, xususan, o‘zbek kurashining tarixiy-madaniy ildizlari va yoshlar hayotiga sotsiomadaniy ta’siri ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari sportni yoshlarning ijtimoiylashuvi, sog‘lom turmush tarzi va madaniy qadriyatlarni o‘zlashtirishiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim sotsiomadaniy fenomen sifatida talqin etish imkonini beradi.

2026-10-06
  • PDF
6-13 12 11
Sport psixologlarini tayyorlash jismoniy tarbiya va sport sohasi samaradorligini oshirishning muhim omili
Zokir Rasulov, Oybek Hayitov

Maqolada jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun sport psixologlarini tayyorlash muammosiga nazariy yondashuvning ilmiy ahamiyati ochib berilgan. Sport psixologiyasi bo‘yicha Oliy ta’lim muassasasiga qabul kvotasi tahlil qilingan. Sport psixologiyasi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirish va qayta tayyorlash intensiv va maxsus o‘quv kurslarining dolzarb muammolari ilmiy asoslangan.

2024-07-03
  • PDF
91-95 299 83
Turkistonda jismoniy tarbiya va sport (XIX asr oxirlari - XX asr boshlari)
Ilhomjon Tursunaliyev, Abduraxim Xasanov

Jismoniy tarbiya va sport umummadaniyatning tarkibiy qismi sifatida amaliy jihatdan o‘z mazmuniga ega. Maqolada XIX asr o‘rtalari va XX asr boshlarida Turkistonda rus tilida o‘qitadigan maktablarda jismoniy tarbiya va sportning ahvoli, uni rivojlantirish uchun ko‘rilgan choralar, yosh avlod ta'lim-tarbiyasida jismoniy tarbiya va sportning o‘rni va ahamiyati, uning ijtimoiy mohiyati haqida so‘z boradi.

2024-04-03
  • PDF (Русский)
128-135 156 74
“Sport menejeri” professiogrammasi mutaxassislarni tayyorlashda kompetensiyaviy yondashuvni amalga oshirishning zaruriy sharti sifatida
Oybek Qosimov

Maqolada mamlakatimizdagi sport menejerlari faoliyati bilan bog‘liq holat yoritilgan bo‘lib, sport menejerlarini tayyorlashda mavjud muammolar va ularning yechimlariga to‘xtalib o‘tilgan. Jismoniy tarbiya va sport ta’lim muassasalari bitiruvchilarida sport menejerining kasbiy faoliyatiga tegishli kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi ishlab chiqilgan. Muallif tomonidan sport menejeri kasbiy kompetentligini shakllantirishda asos bo‘luvchi professiogramma takomillashtirilgan.

2023-10-10
  • PDF
8-14 220 73
Ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida psixofiziologik kuzatishlarni tashkil etish
Sobir Nazarov

Mazkur maqolada sport maktablari trenerlari tomonidan sport zaxirasini tayyorlash bosqichlarida o‘quvchi-sportchilarni psixofiziologik kuzatishning ustuvor yo‘nalishlarining psixologik sharhi bayon qilingan. Shuningdek, maqolada o‘quvchi-sportchilarni texnik, taktik va psixologik tayyorlashdagi mexanizmlar psixofiziologik tadqiqotlar kontekstida o‘rganilgan.

2023-08-27
  • PDF
56-60 193 169
Yuqori malakali yakkakurashchilarda musobaqaoldi jadal vazn yo‘qotishning funksional va psixofiziologik holatga ta’siri
Nafisa Ravshanova

Maqolada yuqori malakali yakkakurashchilarda musobaqaoldi jadal vazn yo‘qotish (Rapid Weight Loss — RWL) jarayonining ayrim funksional va psixofiziologik ko‘rsatkichlarga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqotda sport ustaligiga nomzod va sport ustasi malakasiga ega 20 nafar sportchi ishtirok etgan. Yetti kunlik vazn kamaytirish davrida tana vazni va umumiy tana suvi kamaygan, tinch holatdagi yurak qisqarish chastotasi oshgan, oddiy hamda murakkab sensorimotor reaksiya vaqti uzaygan va ruhiy charchoq ko‘rsatkichi ortgan. Tana vazni 6,4% ga, umumiy tana suvi 8,5% ga kamaygan; tinch holatdagi yurak qisqarish chastotasi 15,1% ga oshgan. Oddiy va murakkab sensorimotor reaksiya vaqti mos ravishda 16,6% va 16,1% ga uzaygan, ruhiy charchoq ko‘rsatkichi esa 83,8% ga ortgan. Natijalar musobaqaoldi vazn boshqaruvini individual rejalashtirish, gidratatsiya holatini nazorat qilish va tiklanish jarayonini funksional hamda psixofiziologik monitoring bilan birlashtirish zarurligini ko‘rsatadi.

2026-09-26
  • PDF
150-156 42 12
Sport murabbiylari tomonidan ingliz tilini o‘rganishda mahalliy ehtiyojlar va global imkoniyatlar
Rustamjon Tillavoldiyev

Ushbu maqola O‘zbekistonda sport murabbiylari orasida ingliz tilini o‘rganish jarayonlari, ularning kasbiy faoliyatida ingliz tilining ahamiyati va global muloqot kontekstida chet tilini bilishning dolzarbligi masalalarini o‘rganishga bag'ishlangan. Tadqiqot doirasida 120 nafar turli sport turlari bo‘yicha murabbiylar ishtirokida so‘rovnoma o‘tkazilib, ularning ingliz tili bilish darajasi, o‘rganish motivatsiyasi va kasbiy ehtiyojlari aniqlandi. Shuningdek, 15 nafar xalqaro miqyosda faoliyat yurituvchi murabbiylar bilan chuqurlashtirilgan intervyular o‘tkazildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, sport murabbiylari uchun ingliz tilini o‘rganishda mahalliy ehtiyojlar (masalan, xalqaro musobaqalar va treninglarda ishtirok etish) va global imkoniyatlar (jahon tajribasini o‘zlashtirish, xorijiy sportchilar bilan ishlash) o‘rtasidagi muvozanatni saqlash muhimdir. Tadqiqot natijasida sport sohasiga yo‘naltirilgan maxsus ingliz tili o‘quv dasturlari va metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

2025-04-02
  • PDF
10-15 160 63
Velosportda sport saralashini amalga oshirish
Irina Tuxfatullina

Ushbu maqolada velosipedchilarning sport mashg‘ulotlari mohiyati, mezonlari va ko‘rsatkichlari, shuningdek, ularning yuklamalari hamda saralash tizimi batafsil yoritilgan. Turli xil yuklamalarning tashkiliy-uslubiy asoslari keltirib o‘tilgan. Velosipedchilarning sport mashg‘ulotlarini tashkil etishga oid asosiy masalalar chuqur tahlil qilingan.

2024-12-15
  • PDF
44-50 259 74
O‘zbekistonda sport hakamlari faoliyatini huquqiy tartibga solishning o‘ziga xos jihatlari
Anvar Xayotov

Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sport boʻyicha hakamlarning huquqiy maqomini aniqlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqilgan. Sport hakamlarining huquq va majburiyatlarini huquq normalari bilan tartibga solishning eng munozarali masalalariga e’tibor qaratilgan. Maqolada amaldagi qonunchilik normalari va asosiy manbalar tahlili asosida hakamlar huquqiy maqomining sohaviy tegishliligi boʻyicha xulosalar chiqarilgan, shuningdek, hakamlar faoliyatini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish boʻyicha takliflar bildirilgan.

2023-12-15
  • PDF
136-141 347 81
Jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini rivojlantirishda nodavlat sport taʼlim muassasalarining roli
Abdimalik Shopulatov

Ushbu maqolada mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishda malakali mutaxassislar tayyorlash zaruriyati hamda mazkur jarayonda nodavlat sport taʼlim muassasalarining roli tahlil qilingan. Shuningdek, nodavlat sport taʼlim muassasalari orqali malakali sportchilarni tayyorlash rivojlangan demokratik va erkin iqtisodiyotga asoslangan jamiyatlarga xos ekanligi ilmiy asoslab berilgan.

2023-08-27
  • PDF
30-35 190 152
Sport boshqaruvi va kadrlar tayyorlashda innovatsion yondashuv
Alisher Tishabayev, Bek Bekov, Nodirbek Matxoshimov

Ushbu maqolada mualliflar tomonidan sport boshqaruvi faoliyati, jismoniy tarbiya va sport sohasida murabbiy va sportchilarni tayyorlash hamda ularni malakasini oshirish, kasbiy faoliyatini baholash masalalari haqida so‘z yuritiladi.

2023-08-17
  • PDF
20-22 183 77
Barqaror shaharsozlik tamoyillari asosida sport infratuzilmasini rivojlantirish: O‘zbekiston shaharlari uchun nazariy-metodologik yondashuvlar
Mohiniso Arziboyeva, Mehriniso Arziboyeva

Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston shaharlarida sport infratuzilmasini barqaror rivojlanish tamoyillari asosida shakllantirishga doir nazariy va amaliy shaharsozlik yondashuvlarini tizimlashtirishdan iborat. Metodologik asos sifatida tizimli, funksional-hududiy va qiyosiy tahlil usullari, ilmiy adabiyotlar, amaldagi normativ-huquqiy hamda shaharsozlik hujjatlari va xalqaro tajriba materiallari o‘rganildi. Sport infratuzilmasining jamoat transporti, piyoda va velosiped tarmoqlari, yashil hududlar, jamoat makonlari hamda mahalla muhiti bilan funksional aloqalari tahlil qilindi. Alohida joylashtirilgan sport obyekti modeli va klaster modeli qiyoslandi, transport, ekologik, ijtimoiy va funksional integratsiya mezonlari shakllantirildi. «Shahar — tuman — mahalla» uch bosqichli tizimi hamda sport infratuzilmasini barqaror rivojlantirishning integral modeli taklif etildi. Natijalar sport obyektlarining shaharsozlik samaradorligi nafaqat ularning soni va texnik ko‘rsatkichlariga, balki hududiy qulayligi, ko‘p funksiyaliligi va kundalik shahar hayotiga integratsiyalashuviga ham bog‘liqligini ko‘rsatadi.

2026-09-24
  • PDF (Русский)
135-149 39 14
Xalqaro sport tadbirlarini o‘tkazuvchi davlatning xalqaro-huquqiy javobgarligi asoslari va chegaralari: O‘zbekiston Respublikasi misolida
Anvar Xayotov

Mazkur maqolada xalqaro sport tadbirlariga mezbonlik qiluvchi davlatning xalqaro-huquqiy javobgarligi asoslari va chegaralari tadqiq etiladi. Tadqiqotning markaziy savoli sport tadbirini tayyorlash yoki o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy qarorlar, harakatlar yoxud harakatsizlik qaysi hollarda boshqaruv yoki shartnomaviy munosabatlar doirasidan chiqib, davlatning xalqaro-huquqiy javobgarligi sohasiga o‘tishini aniqlashdan iborat. Tadqiqot metodologiyasi Xalqaro huquq komissiyasi tomonidan 2001-yilda ishlab chiqilgan “Davlatlarning xalqaro-huquqqa xilof qilmishlari uchun javobgarligi to‘g‘risida”gi moddalar loyihasini yuridik-dogmatik tahlil qilish, javobgarlikning ikkilamchi normalarini birlamchi xalqaro majburiyatlar bilan bog‘liq holda o‘rganishga qaratilgan tizimli yondashuv, shuningdek, ochiq rasmiy manbalar asosida III Osiyo yoshlar o‘yinlari 2025 yilgi musobaqalarining O‘zbekistondan Bahraynga ko‘chirilishi bo‘yicha cheklangan hujjatli keys-tahlildan iborat. Maqolada mezbonlikdan voz kechish, sport tadbirini boshqa davlatga ko‘chirish, uni keyinga qoldirish yoki infratuzilmaning yetarli darajada tayyor emasligi o‘z-o‘zidan xalqaro-huquqqa xilof qilmish hisoblanmasligi asoslab beriladi. Bunday javobgarlik yuzaga kelishi uchun tegishli xatti-harakat davlatga nisbat berilishi hamda muayyan xalqaro majburiyat buzilgan bo‘lishi zarur. Maqolada, shuningdek, Qatar, Braziliya va Fransiya tajribasidan qisqa misollar keltirilib, global amaliyotda mehnat, uy-joy, xavfsizlik hamda huquqiy himoya vositalaridan foydalanish imkoniyatiga oid majburiyatlar qanday hollarda dolzarblashishi ko‘rsatib beriladi. Xalqaro sport tadbirlari uchun ahamiyatli bo‘lishi mumkin bo‘lgan birlamchi majburiyatlar doirasi aniqlashtiriladi, xatti-harakatni davlatga nisbat berish, huquqiy xavf va daliliy baholash bo‘yicha matritsalar taklif etiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi uchun kelgusida mezbon davlat sifatida qo‘llash mumkin bo‘lgan komplayens modeli ishlab chiqiladi.

2026-04-06
  • PDF (English)
12-25 81 62
Taʼlim muassasalarida sport klublarini samarali boshqarish modellarini yaratish
Aksam Usmonov

Mazkur maqolada taʼlim muassasalari huzurida faoliyat yuritayotgan sport klublarini samarali boshqarish masalalari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida umumtaʼlim maktablari hamda oliy taʼlim muassasalari qoshida tashkil etilgan sport klublarining joriy holati, ularning boshqaruv tizimi va faoliyat samaradorligi oʻrganilib, soʻnggi yillarda mazkur yoʻnalishda amalga oshirilgan islohotlar baholandi. Tahlil natijasida sport klublari faoliyatida mavjud boʻlgan asosiy muammolar, jumladan moliyaviy taʼminotning yetarli emasligi, malakali trenerlar bilan taʼminlashdagi kamchiliklar hamda tizimli nazorat va monitoring mexanizmlarining sustligi aniqlanadi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish va sport klublari faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida innovatsion yondashuvga asoslangan tashkiliy-boshqaruv modeli taklif etiladi.

2025-12-29
  • PDF
6-10 132 78
Oʻzbekistonda maktab sport klublari faoliyati holati va uni rivojlantirish muammolari: sotsiologik tadqiqot natijalari
Ospan Omirzakov

Maqolada Oʻzbekiston umumtaʼlim maktablarida sport klublari faoliyatining hozirgi holati va ularni rivojlantirishdagi muammolar ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, koʻplab maktab sport klublari faoliyati tizimli yoʻlga qoʻyilmagan, moddiy-texnik baza va pedagogik resurslar yetarli emas. Sotsiologik soʻrovnoma natijalari asosida sport klublarini samarali tashkil etishda innovatsion boshqaruv yondashuvlari, pedagogik integratsiya va motivatsion mexanizmlardan foydalanish zarurligi asoslab berilgan. Maqola maktab sport tizimini takomillashtirish va oʻquvchilarning jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan ilmiy tavsiyalarni oʻz ichiga oladi.

2025-08-04
  • PDF
159-164 191 23
1 - 25 from 277 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

 

Maqolalarga qo'yiladigan talablar

Tahririy kengash

Tahririyat siyosati

Materialni yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Ozbek

Ma `lumot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Obuna

Abonent resurslariga kirish uchun tizimga kiring.

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ЁШЛАРИ СИЁСАТИ ВА СПОРТ ВАЗИРЛИГИ

ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ БЎЙИЧА МУТАХАССИСЛАРНИ ҚАЙТА ТАЙЁРЛАШ ВА МАЛАКАСИНИ ОШИРИШ ИНСТИТУТИ

Sport ilm-fanining dolzarb muammolari

Jurnalga jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar, professor-o‘qituvchilar, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, sport turlari bo‘yicha trenerlar, sport shifokorlari, fiziologlar, psixologlar, jismoniy tarbiya metodistlari, sport menejmenti va huquqi bo‘yicha mutaxassislar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar, doktorantlar hamda jismoniy tarbiya va sport masalalariga qiziqqan har bir kishiga qaratilgan ilmiy-uslubiy maqolalar qabul qiladi.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Kontaktlar

KONTAKTLAR:

(+998)71 242-30-85

 

institut@sportedu.uz

 

100042, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 27-uy.

 
© Copyright 2026 Sport ilm-fanining dolzarb muammolari All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer