• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Sport ilm-fanining dolzarb muammolari
  • Hozirgi
  • Arxivlar
  • E'lonlar
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Kontaktlar
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 16.
Gandbolchilarni saralash va yo‘naltirishning o‘ziga xos xususiyatlari
Zoir Yusupov

Mazkur maqolada 13-16 yoshli gandbolchilarni saralash va yoʻnaltirish jarayonlarining oʻziga xos xususiyatlari hamda saralash jarayonlarida eʼtibor berish lozim boʻlgan jihatlar hamda saralashning innovatsion texnologiyalarida foydalanish usullari yoritib berilgan. Ishlab chiqilgan va tavsiya etilayotgan saralash texnologiyasi 13-16 yoshli gandbolchilarni umumiy jismoniy tayyorgarligini rivojlanish dinamikasiga asosan maʼlumotlarga keltirilgan.

2026-04-06
  • PDF
46-51 80 52
Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida yosh basketbolchilarni kompleks baholash asosida saralash texnologiyasini takomillashtirish
Xasanboy Tursunaliyev

Mazkur maqolada 7-9 yoshli bolalarni basketbol sport turiga boshlangʻich tayyorgarlik bosqichiga saralash texnologiyasini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda yosh basketbolchilarning jismoniy rivojlanishi, jismoniy va texnik tayyorgarligini kompleks baholash asosida saralashning toʻrt bosqichli texnologiyasi ishlab chiqilgan. Eksperimental guruhda qoʻllanilgan takomillashtirilgan saralash texnologiyasi natijasida yosh basketbolchilarning koordinatsion qobiliyatlari 22% ga, qoʻl kuchi 25% ga, tezlik-kuch qobiliyatlari 28% ga, egiluvchanligi 20% ga yaxshilangan. Shuningdek, texnik tayyorgarlik koʻrsatkichlari: soyabonli shitga toʻp otish 24% ga, 4 metr masofadan "toʻqqiz"ga toʻp otish 28% ga, 1-kompleks (slalom harakati) 25% ga, 2-kompleks mashqi 28% ga yaxshilangan.

2026-04-06
  • PDF
52-59 68 56
Koʻp yillik tayyorlov tizimida sportchilarni saralash va yoʻnaltirish boʻyicha xorijiy tajribalar tahlili
Zoir Yusupov

Maqolada zamonaviy dunyoda sport zaxiralarini tayyorlash va iqtidorlarni izlab topish boʻyicha xorijiy tajribalar tahlil qilingan. Unda Germaniya, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Xitoy, Italiya kabi davlatlar  koʻp yillik tayyorlov tizimida sportchilarni saralash va yoʻnaltirish boʻyicha maʼlumotlar keltirilgan.

2025-08-04
  • PDF
29-36 103 67
Gandbolchilarni saralash jarayonida jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish uslublari
Zoir Yusupov

Ushbu maqolada gandbolchilarni dastlabki tayyorgarlik bosqichiga saralash jarayoni koʻrib chiqiladi. Bu jarayon chidamlilik darajasini aniqlash va uni maxsus mashqlar orqali takomillashtirishni oʻz ichiga oladi. Tadqiqotda gandbol boʻyicha ixtisoslashtirilgan sport maktabida shugʻullanayotgan gandbolchilarning chidamliligi tahlil qilingan.

2024-12-15
  • PDF
61-65 320 89
Gandbolchilarni saralash jarayonida ularning texnik-taktik harakatlarini nazorat qilish uslubiyoti
Zafarjon Yusupov, Zokir Rasulov

Mazkur maqolada yuqori malakali gandbolchilarning musobaqa faoliyatiga amplua boʻyicha saralash va tayyorlash tizimi, musobaqalarda oʻyinchilarning sifat koʻrsatkichlarini aniqlash va maxsus testlar asosida texnik-taktik tayyorgarligini baholash hamda takomillashtirish vositalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish ishlari amalga oshirilgan.

2024-09-27
  • PDF
68-72 348 85
Artistik suzishda texnik duetlarning 2024-yil suv sporti turlari bo‘yicha jahon chempionatidagi chiqishlari tahlili
Dinara Ibragimova

Maqolada 2024-yilda Doha shahrida bo‘lib o‘tgan suv sporti turlari bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etgan ayollar texnik duetlarining chiqishlari tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi texnik dasturlar natijalarini musobaqaning saralash bosqichi va finali o‘rtasida taqqoslash, shuningdek, dasturlarning e’lon qilingan va texnik nazorat tomonidan tasdiqlangan murakkablik darajasini baholashdan iborat. Ishda taqqoslash tahlili, musobaqa bayonnomalarini tahlil qilish va sportchilarning musobaqa faoliyatini umumlashtirish metodlari qo‘llanilgan. Maqolada majburiy texnik elementlar, qo‘shimcha gibridlar va juftlik akrobatikasi bajarilishi, shuningdek, texnik murakkablik nazoratining yakuniy natijaga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Finalda to‘qqiz duet o‘z dasturlarining e’lon qilingan murakkabligini oshirgani, to‘rt duet saralash bosqichiga nisbatan yakuniy natijasini yaxshilagani, ayrim jamoalarda esa tasdiqlangan murakkablikning pasayishi yakuniy o‘rinlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatgani aniqlangan.

2026-04-06
  • PDF (Русский)
82-87 72 55
Velosportda sport saralashini amalga oshirish
Irina Tuxfatullina

Ushbu maqolada velosipedchilarning sport mashg‘ulotlari mohiyati, mezonlari va ko‘rsatkichlari, shuningdek, ularning yuklamalari hamda saralash tizimi batafsil yoritilgan. Turli xil yuklamalarning tashkiliy-uslubiy asoslari keltirib o‘tilgan. Velosipedchilarning sport mashg‘ulotlarini tashkil etishga oid asosiy masalalar chuqur tahlil qilingan.

2024-12-15
  • PDF
44-50 259 74
Yosh sportchilarni saralash va tayyorlash tizimida sport mashg‘ulotlarining o‘rni
Manuchexr Ibragimov , Sunnatillo Turayev

Mazkur maqolada jismoniy tarbiya va sport sohasida iqtidorli yoshlarni tanlab olish, saralash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylangani hamda ularning jismoniy va ruhiy tayyorgarliklarida muhim ahamiyat kasb etuvchi jihatlari yoritib berilgan.

2023-11-15
  • PDF
30-33 670 42
Sport akrobatikasida juftliklar tarkibini shakllantirishda antropometrik ko‘rsatkichlar va psixologik moslikning ahamiyati
Kamolaxon Raxmonova

Maqolada sport akrobatikasida juftliklar tarkibini shakllantirishda antropometrik ko‘rsatkichlar va psixologik moslikni kompleks hisobga olishning ilmiy-metodik asoslari tahlil qilindi. Konstatuvchi pedagogik tajriba doirasida 12–18 yoshdagi 60 nafar sportchi erkaklar, ayollar va aralash juftliklar hamda ulardagi yuqori va quyi funksional rollar bo‘yicha oltita kichik guruhga ajratildi (har bir guruhda n=10). Bo‘y uzunligi, tana vazni, qo‘l uzunligi, qo‘l uzunligining bo‘yga nisbati, yelka va tos kengligi bo‘yicha ko‘rsatkichlar M ± SD shaklida tavsifiy tahlil qilindi. Barcha uch turdagi juftliklarda quyi akrobatlarda mutlaq antropometrik o‘lchamlarning o‘rtacha qiymatlari yuqori akrobatlarga nisbatan katta ekani kuzatildi; ayni paytda, yosh va biologik yetilish omillari alohida nazorat qilinmagani sababli natijalar sababiy yoki statistik ustunlik sifatida talqin qilinmadi. Psixologik moslikning ahamiyati ilmiy adabiyotlar va pedagogik kuzatuvlar asosida nazariy jihatdan yoritildi. Natijada juftlikni shakllantirishda antropometrik profilni texnik-funksional tayyorgarlik, o‘zaro ishonch, hamkorlik va dinamik pedagogik monitoring bilan birgalikda baholashni nazarda tutuvchi integrativ yondashuv taklif etildi.

2026-09-18
  • PDF
87-93 45 18
O‘quvchilarni professional ta’limga yo‘naltirishda maxsus kurs dasturini psixologik ta’minoti
Jamshid Pulatov

Ushbu maqolada o‘quvchilarni olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarga yo‘naltirishda va uzviylikni ta’minlashga qaratilgan maxsus kurs dasturi asosida tashkil etilgan tajriba-sinov ishlarining tahlili keltirilgan.

2026-04-06
  • PDF
125-132 79 54
Koʻp yillik tayyorgarlik bosqichlarida yosh gandbolchilarni saralash va yoʻnaltirishda maxsus jismoniy tayyorgarligini tahlil qilish va nazorat qilish usullari
Zafarjon Yusupov

Mazkur maqolada tayyorlov davrida yosh gandbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini ishlab chiqilgan testlar yordamida tahlil qilish va nazorat qilish ishlari olib borilgan. Tadqiqotda Yakkasaroy tumanida joylashgan 2-sonli SM shugʻullanuvchilari va Chilonzor tumanida joylashgan SM gandbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi tekshirildi va natijalar bir birga taqqoslangan xolda amaliy tavsiyalar berilib, tadqiqotning yakunida xulosa keltirilgan.

2025-10-01
  • PDF
90-94 95 59
Yuqori malakali gandbolchilarni saralashda jismoniy tayyorgarligini nazorat qilish usullari
Zoir Yusupov

Mazkur maqolada yuqori malakali gandbolchilarning jismoniy tayyorgarlik aniqlash va tahlil qilish ishlari olib borilgan. Tadqiqotda  “SKIF” va “Xorazm” jamoalarning jismoniy tayyorgarlik darajasi tahlil qilingan holda natijalar bir biriga taqqoslangan va amaliy tavsiyalar berilgan.

2025-04-02
  • PDF
61-65 145 24
Gandbolchilarni saralashda jismoniy sifatlarni rivojlantirish usullari
Zafarjon Yusupov

Mazkur maqolada boshlangʻich tayyorgarlik bosqichida 10–12 yoshli gandbolchilarni saralashda mashgʻulot yuklamalarini taqsimlash va jismoniy sifatlarni rivojlantirishga doir ilmiy uslubiy adabiyotlarni oʻrganish hamda maxsus ishlab chiqilgan mashqlar majmuasi asosida gandbolchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish hamda nazorat qilish boʻyicha amaliy natijalar va tavsiyalar berilgan.

2025-04-02
  • PDF
54-60 183 66
Koʻp yillik tayyorgarlik bosqichlarida yosh gandbolchilarni saralash va yoʻnaltirishda maxsus jismoniy tayyorgarligini tahlil qilish va nazorat qilish usullari
Zafarjon Yusupov

Mazkur maqolada tayyorlov davrida yosh gandbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini ishlab chiqilgan testlar yordamida tahlil qilish va nazorat qilish ishlari olib borilgan. Tadqiqotda Yakkasaroy tumanida joylashgan 2-sonli SM shugʻullanuvchilari va Chilonzor tumanida joylashgan SM gandbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi tekshirildi va natijalar bir birga taqqoslangan xolda amaliy tavsiyalar berilib, tadqiqotning yakunida xulosa keltirilgan.

2024-12-15
  • PDF
56-60 252 75
Gandbolchilarni amplua bo‘yicha saralashda mashg‘ulotlardagi psixologik holatlarini baxolash va boshqarish usullari
Zafarjon Yusupov

Mazkur maqolada gandbolchilarning amplua boʻyicha saralashda mashgʻulotlardagi psixologik holatlarini oʻz-oʻzini nazorat qilish maxsus kundalikdagi bir kunlik ish rejasini tuzgan holda subyektiv hamda obyektiv holatlarini tekshirilgan. Tadqiqotda gandbolchilarning amplua boʻyicha saralashda mashgʻulotlardagi psixologik holatlari maxsus jadval asosida nazorat qilingan va amaliy tavsiyalar berilgan.

2024-09-27
  • PDF
95-98 167 74
Boshlang‘ich tayyorlov guruhidagi uch hatlab sakrovchilarni jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatgichlari orqali o‘quv-mashg‘ulot guruhlariga saralash
Shahribonu Mannonova

Ushbu maqolada boshlang‘ich o‘quv guruhida uch hatlab sakrovchilarning jismoniy tayyorgarligi darajasini aniqlash orqali o‘quv guruhlariga tanlash va yo‘naltirish samaradorligini oshirishga qaratilgan tadqiqot tahlili tasvirlangan.

2023-12-15
  • PDF
69-73 195 64
1 - 16 from 16

 

Maqolalarga qo'yiladigan talablar

Tahririy kengash

Tahririyat siyosati

Materialni yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Ozbek

Ma `lumot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Obuna

Abonent resurslariga kirish uchun tizimga kiring.

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ЁШЛАРИ СИЁСАТИ ВА СПОРТ ВАЗИРЛИГИ

ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ БЎЙИЧА МУТАХАССИСЛАРНИ ҚАЙТА ТАЙЁРЛАШ ВА МАЛАКАСИНИ ОШИРИШ ИНСТИТУТИ

Sport ilm-fanining dolzarb muammolari

Jurnalga jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar, professor-o‘qituvchilar, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, sport turlari bo‘yicha trenerlar, sport shifokorlari, fiziologlar, psixologlar, jismoniy tarbiya metodistlari, sport menejmenti va huquqi bo‘yicha mutaxassislar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar, doktorantlar hamda jismoniy tarbiya va sport masalalariga qiziqqan har bir kishiga qaratilgan ilmiy-uslubiy maqolalar qabul qiladi.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Kontaktlar

KONTAKTLAR:

(+998)71 242-30-85

 

institut@sportedu.uz

 

100042, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 27-uy.

 
© Copyright 2026 Sport ilm-fanining dolzarb muammolari All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer