• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Sport ilm-fanining dolzarb muammolari
  • Hozirgi
  • Arxivlar
  • E'lonlar
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Kontaktlar
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 3.
Kundalik jismoniy faolligi turli darajada bo‘lgan yuqori sinf o‘quvchilari organizmining funksional holati
Andrey Martusevich, Yelena Orlova, Ivan Bocharin, Larisa Akulina, Vera Badyanova

Tadqiqotning maqsadi yuqori sinf o‘quvchilari organizmining funksional holatini ularning jismoniy faollik darajasiga bog‘liq ravishda tavsiflashdan iborat. Nijniy Novgorod shahridagi maktablarning 10-sinfida ta’lim olayotgan 255 nafar yuqori sinf o‘quvchisi atroflicha tekshiruvdan o‘tkazildi. Bolalarni tekshirish jarayoniga pediatr ko‘rigi, hayot anamnezini to‘plash, antropometriya va instrumental tekshiruv usullari (qadam o‘lchash, bioimpedans tekshiruvi va gemodinamik ko‘rsatkichlar tahlili) kiritildi. O‘quvchilarning kundalik faoliyatidagi harakatlar soni elektron qadam o‘lchagich yordamida aniqlandi. O‘lchov ishlari ketma-ket 7 kun davomida kun bo‘yi olib borildi. Inson organizmining noinvaziv funksional tekshiruvi "MedicalSoft" sport sinovi tizimi (MS FIT - 01) yordamida amalga oshirildi. Biz maktab o‘quvchilarini kunlik o‘rtacha qadam soniga qarab 3 guruhga ajratdik. Birinchi guruhga kuniga 5000 qadamdan kam yuradigan yuqori sinf o‘quvchilari, ikkinchi guruhga kunlik masofasi 5000 dan 10 000 qadamgacha bo‘lganlar, uchinchi guruhga esa sutkasiga 10 000 qadamdan ortiq bosib o‘tadiganlar kiritildi. O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, tekshirilgan 10-sinf o‘quvchilarining yarmidan ko‘pi (54,3%) kuniga 5000 dan 10 000 qadamgacha harakat faolligiga ega ekanligi aniqlandi. Shuningdek, o‘quvchilarning chorak qismi "kam harakatli" (kuniga 5000 qadamdan kam yuradigan) toifasiga kiritilishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi. Bunda o‘g‘il bolalar qiz bolalarga nisbatan faolroq ekanligini ko‘rsatdi. Salomatlik guruhining lokomotor faollikka ta’sirini o‘rganish natijasida birinchi salomatlik guruhidagi shaxslar eng yuqori harakat faolligiga ega ekanligi aniqlandi. Biroq, boshqa guruhlardagi o‘quvchilarda haqiqiy funksional cheklovlar kamdan-kam hollarda faollikning pasayishiga sabab bo‘lgan. Shuningdek, yuqori sinf o‘quvchilarining yuqori harakat faolligi yurak nasos funksiyasining zaxiralari oshishi bilan bog‘liqligi aniqlandi. Buni yurak indeksi va qonning daqiqalik hajmi tahlili tasdiqlaydi.

2025-08-04
  • PDF
54-63 38 0
Aholi orasida sog‘lom turmush tarzini oshirishda badminton sport turining ilmiy amaliy ahamiyati
Avazjon Karimov

Badminton sporti sportchilarning jalb qilinishi bo‘yicha jahonda futboldan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi sport turi hisoblanadi. U bilan shug‘ullanish kishilarda energiyani eng ko‘p sarflashiga sabab bo‘ladi. Bir soat o‘ynash 480 kilokaloriyaning yo‘q bo‘lishiga xizmat qiladi. Agar bir o‘yin davomida sportchining barcha harakatlari yig‘ilsa, uzunlikka u 10 kilometrcha “chopadi”, balandlikka esa 1 km sakraydi. Badminton bilan shug‘ullanish ko‘z nurini o‘tkir qiladi, miyani charxlaydi va yurak ishini yaxshilaydi. Shuningdek, strategik fikr yuritish hamda tezkor reaksiyalar uchun ham foydali. Volan parvozi trayektoriyasini kuzatib va uning yerga tushish joyini chamalay turib, inson o‘z miyasini tezda qaror qabul qilishga majburlaydi va bu keyinchalik stress holatida ishlashda qo‘l keladi.

2024-04-03
  • PDF (Русский)
18-22 61 2
Boksda hakamlikning zamonaviy muammolari
Rustam Xalmuxamedov, Valixan Anashov, Yuriy Serebryakov

Maqolada boksdagi sportchilarning musobaqa faoliyatini tez, xolis va samarali baholay oladigan hakamlarni tayyorlash vositalari hamda usullariga oqilona yondashishni izlash va tanlash muammolari muhokama qilinadi

2023-12-15
  • PDF
52-56 108 8
1 - 3 from 3

 

Maqolalarga qo'yiladigan talablar

Tahririy kengash

Tahririyat siyosati

Materialni yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Ozbek

Ma `lumot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Obuna

Abonent resurslariga kirish uchun tizimga kiring.

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ЁШЛАРИ СИЁСАТИ ВА СПОРТ ВАЗИРЛИГИ

ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ БЎЙИЧА МУТАХАССИСЛАРНИ ҚАЙТА ТАЙЁРЛАШ ВА МАЛАКАСИНИ ОШИРИШ ИНСТИТУТИ

Sport ilm-fanining dolzarb muammolari

Jurnalga jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar, professor-o‘qituvchilar, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, sport turlari bo‘yicha trenerlar, sport shifokorlari, fiziologlar, psixologlar, jismoniy tarbiya metodistlari, sport menejmenti va huquqi bo‘yicha mutaxassislar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar, doktorantlar hamda jismoniy tarbiya va sport masalalariga qiziqqan har bir kishiga qaratilgan ilmiy-uslubiy maqolalar qabul qiladi.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Kontaktlar

KONTAKTLAR:

(+998)71 242-30-85

 

institut@sportedu.uz

 

100042, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 27-uy.

 
© Copyright 2026 Sport ilm-fanining dolzarb muammolari All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer