• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Sport ilm-fanining dolzarb muammolari
  • Hozirgi
  • Arxivlar
  • E'lonlar
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Kontaktlar
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 15.
Tayyorgarlik mikrotsikllarida yuklamalarni parallel rejalashtirish samaradorligini o‘rganish
Asqar Talipdjanov

Tadqiqotda pedagogik tajriba natijalari tahlil qilingan bo‘lib, unda mikrotsiklda yuqori malakali futbolchilarning maxsus o‘quv-mashg‘ulot vositalari yuklamalarini rejalashtirish parallel rejalashtirish tamoyili asosida amalga oshirildi.

2024-04-03
  • PDF (Русский)
30-36 124 46
Basketbolchilarni boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida qo‘llaniladigan vositalarni rejalashtirish va ularning nisbatini aniqlash muammolari
Fatima Ganiyeva

Maqolada Oʻzbekiston sport maktablarida basketbolchilarni boshlangʻich tayyorgarlik bosqichida qoʻllaniladigan vositalarni rejalashtirish xususiyatlari tahlil qilinadi. Oʻquv-mashgʻulot jarayonida tayyorgarlikning turli yoʻnalishlari nisbati koʻrib chiqiladi hamda u ilgʻor xorijiy mamlakatlar sport maktablari amaliyoti bilan qiyoslanadi. Bunday tahlil tayyorgarlik vositalari va soatlarini taqsimlashdagi mavjud muammolarni aniqlash, shuningdek, ularni basketbolni rivojlantirishga qoʻyilayotgan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqish zaruratini belgilash imkonini beradi. Bu esa, oʻz navbatida, mamlakat rahbariyati tomonidan sportni rivojlantirish boʻyicha belgilangan vazifalarni hal etishga, yosh basketbolchilar tayyorgarligi samaradorligini oshirishga hamda milliy terma jamoalarning nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishishiga xizmat qilishi mumkin.

2026-04-06
  • PDF
60-67 45 16
Boshlangʻich tayyorgarlik bosqichida dzyudo mashgʻulotlarini rejalashtirish va tashkil etishning samaradorligi
Farxod Turayev

Mazkur maqolada boshlangʻich tayyorgarlik bosqichida dzyudo mashgʻulotlarini rejalashtirish va tashkil etishning samaradorligi ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida yosh dzyudochilarning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda mashgʻulotlarni tizimli, izchil va maqsadga yoʻnaltirilgan tarzda tashkil etishning ahamiyati asoslab berilgan. Shuningdek, mashgʻulot jarayonini rejalashtirishda jismoniy, texnik, taktik va psixologik tayyorgarlik yoʻnalishlarining oʻzaro uygʻunligini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan. Maqolada dzyudo mashgʻulotlarini Kyu tizimi asosida bosqichma-bosqich oʻqitishning samaradorligi yoritilib, mashgʻulotlarning tuzilmasi (kirish, asosiy va yakunlovchi qismlar) ilmiy nuqtayi nazardan tahlil qilingan.

2025-12-29
  • PDF
51-55 99 71
Oʻquv-mashgʻulot bosqichidagi badiiy gimnastikachilarning mashgʻulot jarayonlarida ishlab chiqilgan metodikalarni qoʻllash texnologiyasi
Laylo Sobirova, Dilnur Astankulova , Mohinur Raxmonova

Maqolada oʻquv-mashgʻulot bosqichidagi badiiy gimnastikachilarning mashgʻulot jarayonini ishlab chiqish, mashgʻulotlarni  rejalashtirish, sogʻlomlashtiruvchi va maxsus vositalarni va badiiy gimnastikachilar yuqori natijalarga erishishi uchun tayyorlov va musobaqa oldi tayyorgarlik davrlarida badiiy gimnastikachilarni funksional tayyorgarligida paydo boʻlishi mumkin boʻlgan muammolar muhokama qilingan.

2024-12-15
  • PDF
80-84 232 39
Sport o‘yinlarida 10–15 yoshli sportchilarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish metodikasi: jismoniy tayyorgarlik tuzilmasi va mazmuni
Ilhomjon Tursunaliyev

Mazkur maqolada sport oʻyinlari bilan shugʻullanuvchi 10–15 yoshli sportchilarda jismoniy tayyorgarlik tuzilmasi va mazmuni ilmiy-metodik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Yosh sportchilarda kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik, koordinatsiya va moslashuvchanlik sifatlarining oʻzaro bogʻliq holda rivojlanishi oʻyin samaradorligining muhim asosi ekanligi yoritiladi. Maqolada jismoniy tayyorgarlikning texnik va taktik tayyorgarlik bilan integratsiyasi, yuklamalarni yosh va biologik yetilish darajasiga mos rejalashtirish zarurati hamda zamonaviy trening vositalarining amaliy ahamiyati ochib beriladi. Plyometrik va nazorat ostidagi kuch mashqlari, qisqa sprintlar, yoʻnalishni tez oʻzgartirish mashqlari, interval usullari va koordinatsion topshiriqlar yosh sportchilarda jismoniy salohiyatni samarali rivojlantirishi koʻrsatiladi. Tadqiqot natijalari sport oʻyinlarida 10–15 yoshli sportchilar tayyorgarligini ilmiy asosda tashkil etish, jarohatlar xavfini kamaytirish va uzoq muddatli sport rivojlanishini taʼminlash uchun muhim metodik asos boʻlib xizmat qiladi.

2026-04-06
  • PDF
31-39 48 42
Parayengil atletikada tezkor nazorat tizimini parallel rejalashtirishning nazariy va amaliy jihatlari
Bobirbek Neʼmatov

Mazkur maqolada para yengil atletika sport turida tezkor nazorat tizimining nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda yuqori malakali para yengil atletikachilarning mashgʻulot va musobaqa faoliyatida yurak urish chastotasi (YuQS), kislorod isteʼmoli (VO₂), aerob va anaerob koʻrsatkichlari, tiklanish jarayonlari tezligi kabi biologik va funksional koʻrsatkichlarning informatsion ahamiyati asoslab berilgan. Tezkor nazorat natijalariga koʻra mashqlarni energiya taʼminoti mexanizmlariga muvofiq guruhlarga ajratish imkoniyatlari koʻrsatib oʻtilgan. Shuningdek, yuklamaning intensivligini baholashda shkalalash usullaridan foydalanish hamda parallel rejalashtirish konsepsiyasining samaradorligi yoritilgan. Olingan natijalar para yengil atletikachilarning mashgʻulot jarayonini optimallashtirish va sport natijalarini oshirishga xizmat qiladi.

2025-12-29
  • PDF
27-31 92 46
Parasportda tezkor nazorat va rejalashtirishning asosiy qoidalari
Bobirbek Neʼmatov

Mazkur maqolada parasportchilarni tayyorlashda tizimli pedagogik nazorat vositalari va usullaridan samarali foydalanish sportchining holati, yuklamalarga bardoshliligi kabi koʻplab omillarni aniqlashga yoʻnaltirish kerakligi, shu bilan birga tayyorgarlik jarayonini samarali boshqarish uchun sportchilar haqidagi maʼlumotlar ishonchli, aniq va obyektiv boʻlishi lozimligi masalalari keng yoritilgan.

2025-10-01
  • PDF
38-42 78 41
Gimnastika ko‘pkurashi turlariga oid mashqlarni tizimli o‘rgatishning turli tayyorgarlikka ega gimnastikachilar texnik mahorati darajasiga ta’siri
Sergey Eshtayev

Ushbu maqola sport gimnastikasi misolida sportchilarni ko‘p yillik tayyorlash tizimidagi ta’lim jarayonini tashkil etish shakllarining o‘zgarishini tadqiq etishga bag‘ishlangan. O‘qitishning uchta asosiy modeli - chiziqli, konsentrik va spiral modellar ko‘rib chiqilib, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, afzalliklari va gimnastikachilarning tayyorgarlik darajasiga ko‘ra optimal qo‘llash shartlari yoritib beriladi. Sportchilarning jismoniy, texnik va psixofiziologik rivojlanishidagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda, o‘quv-mashg‘ulot jarayonini rejalashtirish uchun moslashuvchan va individuallashtirilgan yondashuvning ahamiyati ta’kidlanadi. Ko‘p bosqichli nazorat va turli xil o‘qitish tuzilmalarini uyg‘unlashtirgan holda o‘tkazilgan pedagogik tajriba harakat ko‘nikmalarini shakllantirish samaradorligini oshirganligini ko‘rsatdi.

2025-10-01
  • PDF (Русский)
29-37 63 52
Sport mashg‘ulotlari paytida mushaklar faoliyati davomida charchoqni paydo bo‘lishi va organizmni qayta tiklashnish jarayonlarini davomiyligi
Mamatkarim Suyunov

Ushbu maqolada sport mashg‘ulotlari vaqtida organizmda yuzaga keladigan charchoqning paydo bo‘lishi, charchash va charchoq tushunchalarining mazmuni, charchoq rivojlanishi bilan mushaklar faoliyatini muvofiqlashtirish, charchoq o‘tkir yoki surunkali bo‘lishi, sportchilarni tayyorlash tizimida ratsional ish va dam olish rejimini rejalashtirish, charchoq va tiklanish jarayonining rivojlanishi  va organizmning vaqtinchalik yuzaga keladigan holatdan qayta tiklanish jarayonlariga organizimning moslashishi tahlil qilingan.

2024-07-03
  • PDF
69-74 193 71
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida seleksiya jarayonini tashkil etish metodologiyasi
Akromjon Dadabayev

Ushbu maqola Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida seleksiya jarayonlarini samarali tashkil etish metodologiyasini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Maqolada sport seleksiyasi jarayonlarini rejalashtirish, nazorat qilish va amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan. Shuningdek, seleksiya jarayonida aniqlangan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari batafsil tahlil qilingan.

2024-04-03
  • PDF (Русский)
13-17 126 58
Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslarni golbol sport turiga tayyorlash mexanizmlari
Laylo Sobirova

Ushbu maqolada golbol sport mashg‘ulotlarida haftalik sikllarni qo‘llash orqali ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslarni jismoniy, texnik, taktik hamda musobaqa oldi tayyorgarlik vositalarini rejalashtirish hamda me’yorlash bo‘yicha amalga oshirilgan pedagogik tajriba muhokamasi hamda ularning natijalari keltirilgan.

2023-12-15
  • PDF
150-152 262 55
Yuqori malakali futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini kompleks nazorat qilish
Abulfayzxon Jaxbarov

Maqolada O‘zbekiston Superligasi jamoalari futbolchilarining jismoniy tayyorgarligini o‘rganish natijalari, kompleks nazoratning turli jihatlari tahlili, mashg‘ulot jarayonini optimallashtirish va ularni talqin qilish bo‘yicha ma’lumotlar, shuningdek, yuqori malakali futbolchilarni tayyorlashni rejalashtirishni kompleks nazorat qilish va tuzatish usullari keltirilgan.

2023-12-15
  • PDF
63-68 179 57
Kо‘zi ojiz va zaif kо‘ruvchi shaxslarni golbol sport turiga tayyorlash mexanizmlari
Laylo Sobirova

Ushbu maqolada, golbol sport mashg‘ulotlarida haftalik sikllarni qо‘llash orqali kо‘zi ojiz va zaif kо‘ruvchi shaxslarni jismoniy, texnik, taktik,musobaqa oldi tayyorgarlik vositalarini rejalashtirish hamda me’yorlash bо‘yicha amalga oshirilgan pedagogik tajriba muhokamasi va ularning natijalari keltirilgan.


 

2023-11-15
  • pdf
122-124 208 59
Operativ nazorat mutaxassislar nigohida
Askar Talipdjanov

Mazkur maqolada anketa tadqiqotining natijalari va tahlili - yosh futbolchilarning mashg‘ulotlarga tayyorligi va chidamliligi va yuklamalarning kompleks monitoringini baholash ko‘rib chiqiladi.

2023-10-10
  • PDF
80-82 205 56
Bolalarning jismoniy tayyorgarligi jismoniy tarbiyani oqilona tashkil etish omili sifatida
Elmira Abdurakhmanova, Gulmira Qurbonali qizi

Bolalarning jismoniy tayyorgarligini o‘rganish o‘quv faoliyati va maqsadli pedagogik taʼsirlar natijasida uning dinamikasini ochib berishga, qo‘llaniladigan jismoniy tarbiya vositalari va usullarining samaradorligini aniqlashga, o‘quv va jismoniy faoliyatning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun hissa qo‘shadigan jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlashga imkon beradi. Kichik yoshdan boshlab harakt qobiliyatlarini maqsadli va o‘z vaqtida rivojlantirish muhim ahamiyatga ega, chunki bola hayotining birinchi yilida uning salomatligi, harakat tajribasi va jismoniy kamolotining asoslari qo‘yiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasini amaliyotga joriy etish, ularning jismoniy tayyorgarligini sinash tizimi pedagogik jarayonni rejalashtirish va nazorat qilishga yordam beradi, lekin baʼzida bolalarning individual qobiliyatlari va maktabgacha taʼlim muassasalarida jismoniy tarbiya va dam olish ishlarini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinmadi

2023-08-27
  • PDF (Русский)
40-42 196 103
1 - 15 from 15

 

Maqolalarga qo'yiladigan talablar

Tahririy kengash

Tahririyat siyosati

Materialni yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Ozbek

Ma `lumot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Obuna

Abonent resurslariga kirish uchun tizimga kiring.

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ЁШЛАРИ СИЁСАТИ ВА СПОРТ ВАЗИРЛИГИ

ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ БЎЙИЧА МУТАХАССИСЛАРНИ ҚАЙТА ТАЙЁРЛАШ ВА МАЛАКАСИНИ ОШИРИШ ИНСТИТУТИ

Sport ilm-fanining dolzarb muammolari

Jurnalga jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar, professor-o‘qituvchilar, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, sport turlari bo‘yicha trenerlar, sport shifokorlari, fiziologlar, psixologlar, jismoniy tarbiya metodistlari, sport menejmenti va huquqi bo‘yicha mutaxassislar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar, doktorantlar hamda jismoniy tarbiya va sport masalalariga qiziqqan har bir kishiga qaratilgan ilmiy-uslubiy maqolalar qabul qiladi.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Kontaktlar

KONTAKTLAR:

(+998)71 242-30-85

 

institut@sportedu.uz

 

100042, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 27-uy.

 
© Copyright 2026 Sport ilm-fanining dolzarb muammolari All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer