Ushbu maqolada sport psixologiyasida impulsivlik fenomenining nazariy asoslari, ilmiy tadqiqotlari va amaliy yondashuvlari yoritilgan. Muallif sportchilarda impulsivlikning ijobiy va salbiy jihatlarini tahlil qilib, uning qaror qabul qilish, emotsional barqarorlik va oʻzini nazorat qilish jarayonlariga taʼsirini koʻrsatadi. Maqolada psixoanalitik, bihevioristik, kognitiv, neyropsixologik va shaxs tipologiyasi yondashuvlari asosida impulsivlikning ilmiy talqinlari keltirilgan. Shuningdek, sport turlarida impulsivlikning namoyon boʻlish shakllari, uning neyrobiologik mexanizmlari va psixologik boshqaruv strategiyalari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari sportchilarda impulsivlikni toʻgʻri boshqarish ularning psixologik tayyorgarligi va musobaqa samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligini koʻrsatadi.