• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Sport ilm-fanining dolzarb muammolari
  • Hozirgi
  • Arxivlar
  • E'lonlar
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Kontaktlar
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 9.
“Sport menejeri” professiogrammasi mutaxassislarni tayyorlashda kompetensiyaviy yondashuvni amalga oshirishning zaruriy sharti sifatida
Oybek Qosimov

Maqolada mamlakatimizdagi sport menejerlari faoliyati bilan bog‘liq holat yoritilgan bo‘lib, sport menejerlarini tayyorlashda mavjud muammolar va ularning yechimlariga to‘xtalib o‘tilgan. Jismoniy tarbiya va sport ta’lim muassasalari bitiruvchilarida sport menejerining kasbiy faoliyatiga tegishli kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi ishlab chiqilgan. Muallif tomonidan sport menejeri kasbiy kompetentligini shakllantirishda asos bo‘luvchi professiogramma takomillashtirilgan.

2023-10-10
  • PDF
8-14 182 21
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining samarqand filialida malaka oshirish va ilmiy ishlar, innovatsion faoliyat jarayonlarini takomillashtirish
Ulug‘bek Mamarasulov

Mazkur maqolada jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida malaka oshirish, ilmiy ishlar va innovatsion faoliyat jarayonlari natijalari va uni takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

2023-10-10
  • PDF
15-17 314 30
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida malaka oshirish, ilmiy ishlar, innovatsion faoliyat va istiqboldagi masalalar
Alisher Tishabayev

Ushbu maqolada Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanganligi, jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida amalga oshirilayotgan malaka oshirish, ilmiy ishlar va innovatsion faoliyat natijalari, uni takomillashtirish hamda istiqboldagi masalalar bayon etilgan.

2024-07-03
  • PDF
180 20
Sport boshqaruvi va kadrlar tayyorlashda innovatsion yondashuv
Alisher Tishabayev, Bek Bekov, Nodirbek Matxoshimov

Ushbu maqolada mualliflar tomonidan sport boshqaruvi faoliyati, jismoniy tarbiya va sport sohasida murabbiy va sportchilarni tayyorlash hamda ularni malakasini oshirish, kasbiy faoliyatini baholash masalalari haqida so‘z yuritiladi.

2023-08-17
  • PDF
20-22 146 65
Sport murabbiylari tomonidan ingliz tilini o‘rganishda mahalliy ehtiyojlar va global imkoniyatlar
Rustamjon Tillavoldiyev

Ushbu maqola O‘zbekistonda sport murabbiylari orasida ingliz tilini o‘rganish jarayonlari, ularning kasbiy faoliyatida ingliz tilining ahamiyati va global muloqot kontekstida chet tilini bilishning dolzarbligi masalalarini o‘rganishga bag'ishlangan. Tadqiqot doirasida 120 nafar turli sport turlari bo‘yicha murabbiylar ishtirokida so‘rovnoma o‘tkazilib, ularning ingliz tili bilish darajasi, o‘rganish motivatsiyasi va kasbiy ehtiyojlari aniqlandi. Shuningdek, 15 nafar xalqaro miqyosda faoliyat yurituvchi murabbiylar bilan chuqurlashtirilgan intervyular o‘tkazildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, sport murabbiylari uchun ingliz tilini o‘rganishda mahalliy ehtiyojlar (masalan, xalqaro musobaqalar va treninglarda ishtirok etish) va global imkoniyatlar (jahon tajribasini o‘zlashtirish, xorijiy sportchilar bilan ishlash) o‘rtasidagi muvozanatni saqlash muhimdir. Tadqiqot natijasida sport sohasiga yo‘naltirilgan maxsus ingliz tili o‘quv dasturlari va metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

2025-04-02
  • PDF
10-15 115 11
Inklyuziv taʼlimda insonparvarlik
Akrom Akmalov

Malaka oshirish tizimida  inklyuziv taʼlim talablarining asosiy komponentlari: inklyuziya, inklyuziv taʼlimning huquqiy - meʼyoriy asoslari, tamoyillari, qoidalari, davlat taʼlim talablari, kreativ yondashuv,  maxsus yordamga muhtoj boʻlgan bolalarga beriladigan yordam yuzasidan bilim, koʻnikma va malakalar, kasbiy kompetentligini takomillashtirilish omillari bayon etilgan.

2025-04-02
  • PDF
80-83 119 12
Oliy sport mahorati instituti uchun “Sportda axborot kommunikatsiya texnologiyalari” o‘quv fani
Abdujalil Tolametov

Ushbu maqolada oliy sport mahorati instituti 61010300-Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) bakalavriat taʼlim yo‘nalishi mutaxassisligi uchun sportda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish masalalari yoritilgan.

2023-08-27
  • PDF
36-39 155 238
Umumtaʼlim muassasalari jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarining malakasini oshirish tizimida masofaviy oʻqitish tizimi va uning tarkibiy qismlari
Gulnoz Yeldasheva

Mazkur maqolada umumtaʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarining malakasini oshirish tizimida masofaviy taʼlimni joriy etishning ahamiyati va imkoniyatlari, shuningdek, bu jarayonning ilmiy-nazariy asoslari atroflicha tahlil qilingan. Masofaviy taʼlimning pedagogik va texnologik afzalliklari, uni amaliyotga tatbiq etishda raqamli texnologiyalarning oʻrni hamda ular orqali oʻqitish samaradorligini oshirish mexanizmlari asoslangan. Shuningdek, umumtaʼlim maktablari jismoniy tarbiya oʻqituvchilarining malakasini oshirishda masofaviy taʼlim platformalaridagi kurslar, videodarslar va test baholash tizimlaridan foydalanishning amaliy samaradorlik koʻrsatkichlari yoritib berilgan.

2025-12-29
  • PDF
93-98 55 26
Xalqaro sport huquqida sport agentlarining roli
Oybek Ochilov

Ushbu maqolada xalqaro sport huquqi doirasida sport agentliklari faoliyatining huquqiy asoslari va oʻziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Sport agenti tushunchasi, uning tarixiy shakllanish jarayoni, shuningdek, sport agentlarining asosiy faoliyat yoʻnalishlari va ularning belgilari keng yoritilgan. Maqolada sport agentlari faoliyatining xalqaro va milliy darajadagi tartibga solinishi, mavjud normativ-huquqiy mexanizmlar, shuningdek, amaliyotda uchraydigan muammolar va ularni hal etish yoʻllari muhokama qilinadi.

2024-12-15
  • PDF
110-117 187 31
1 - 9 from 9

 

Maqolalarga qo'yiladigan talablar

Tahririy kengash

Tahririyat siyosati

Materialni yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Ozbek

Ma `lumot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Obuna

Abonent resurslariga kirish uchun tizimga kiring.

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ЁШЛАРИ СИЁСАТИ ВА СПОРТ ВАЗИРЛИГИ

ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ БЎЙИЧА МУТАХАССИСЛАРНИ ҚАЙТА ТАЙЁРЛАШ ВА МАЛАКАСИНИ ОШИРИШ ИНСТИТУТИ

Sport ilm-fanining dolzarb muammolari

Jurnalga jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar, professor-o‘qituvchilar, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, sport turlari bo‘yicha trenerlar, sport shifokorlari, fiziologlar, psixologlar, jismoniy tarbiya metodistlari, sport menejmenti va huquqi bo‘yicha mutaxassislar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar, doktorantlar hamda jismoniy tarbiya va sport masalalariga qiziqqan har bir kishiga qaratilgan ilmiy-uslubiy maqolalar qabul qiladi.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Kontaktlar

KONTAKTLAR:

(+998)71 242-30-85

 

institut@sportedu.uz

 

100042, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 27-uy.

 
© Copyright 2026 Sport ilm-fanining dolzarb muammolari All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer