• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Sport ilm-fanining dolzarb muammolari
  • Hozirgi
  • Arxivlar
  • E'lonlar
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Kontaktlar
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 7.
Sportni ommalashtirishda marketingdan foydalanish: Kurash misolida
Tagne Frank Maksim

So‘ngi o‘ttiz yil ichida sport marketingi nafaqat marketingning o‘ziga xos shakli, balki mustaqil tadqiqot mavzusi sifatida ham o‘zini namoyon qildi. Ushbu maqolada sportda marketing, reklama, homiylik, ommaviy axborot vositalari, shuningdek sportning shuhrati va mashhurligini oshirish uchun marketingda ishlatiladigan elementlarning mohiyati tahlil qilingan. Bundan tashqari, unda ommaviylik darajasi past bo‘lgan sport turlarining jozibadorligini oshirishga qaratilgan kreativ marketing kampaniyalarini ishlab chiqish uchun Kurash sport tashkilotlari tomonidan nimalar qilinishi kerakligi muhokama qilinadi. Xulosada, Kurash kabi, tomoshabinlarni kamroq ommalashgan sport turlariga jalb qilishga yordam beradigan sport marketingi elementlari sifatida: sport ommaviy axborot vositalari, reklama, yulduz sportchilar va sportdagi homiylik ko‘rsatilgan.

2023-08-27
  • PDF (English)
17-19 232 90
Barkamol avlod tarbiyasida jismoniy tarbiya va ommaviy sport tadbirlari omil sifatida
Orifjon Raupov, Akbar Qurbonov

Mazkur maqolada yuqori malakali sportchilarni tayyorlashda jismoniy tarbiya va ommaviy sport tadbirlarining ahamiyati, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullantirishning oʻziga xos jihatlari borasida fikr yuritilgan. Bundan tashqari, eng qobiliyatli sportchilarni saralab olishda uch bosqichli sport musobaqalarini ahamiyati yoritib berilgan. Sport toʻgaraklari bilan yoshlarni muntazam shugʻullanishga jalb qilishga qaratilgan chora-tadbirlar bayon etilgan.

2023-08-27
  • PDF
109-112 100 172
Ijtimoiy tarmoqlar uchun media-reliz sport haqida axborotni keng yoyish vositasi sifatida
Mirzahakim Toʻxtamirzayev

Maqolada jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonida sport targʻibotiga alohida eʼtibor qaratish zarurligi, sport sohasi vakillarining ijtimoiy tarmoqlar bilan hamkorligida media-relizlar tayyorlash, ommaviy kommunikatsiyaning anʼanaviy janrlari oʻzgarishi oqibatida ijtimoiy tarmoqlar uchun media-reliz xususiyatlari koʻrib chiqilgan. Sport jurnalistikasida axborot manbai sifatida media-reliz uchun axborot sabablarining tipologiyasi keltirilgan.

2024-09-27
  • PDF
110-116 130 8
Ommaviy sport va dam olish ishlarining yaxlit milliy modeli
Maxmud Axmatov

Maqolada O‘zbekistonda ommaviy sport ishlarining milliy modelini yaratish masalalari, uni tarkibiy qurish qoidalari va metodologiyasi, shuningdek institutsional yaxlitlikka asoslangan tashkiliy va boshqaruv texnologik mexanizmlari muhokama qilinadi.


Tadqiqot ommaviy sportni tashkil yetish va uni boshqarishning ko‘p qirrali, tizimli ravishda o‘zaro bog‘liq uzluksiz jarayoni g‘oyasiga asoslangan bo‘lib, uning doirasida aholining barcha ijtimoiy qatlamlari, ayniqsa bolalar, o'smirlar va yoshlarning jismoniy tayyorgarligi va sog‘lig‘ini yaxshilashga, shu jumladan ularning kasalliklarining oldini olish va himoya qilish qaratilgan vazifalar va chora-tadbirlarga tegishli talablar qo‘yiladi.

2023-12-15
  • PDF (Русский)
8-13 136 13
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida malaka oshirish, ilmiy ishlar, innovatsion faoliyat va istiqboldagi masalalar
Alisher Tishabayev

Ushbu maqolada Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanganligi, jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida amalga oshirilayotgan malaka oshirish, ilmiy ishlar va innovatsion faoliyat natijalari, uni takomillashtirish hamda istiqboldagi masalalar bayon etilgan.

2024-07-03
  • PDF
77 8
Morfofunktsional ko'rsatkichlar asosida o'spirin maktab o'quvchilarining somatik sog'lig'ini qiyosiy baholash
Mohira Yusupova

Maqolada 15-16 yoshdagi maktab o‘quvchilarining jismoniy rivojlanishi, funksional holati va sog‘lig‘i holatini qiyosiy baholash dinamikasida imkon beradigan mavjud usullardan foydalanilgan. Jismoniy rivojlanish darajasini, moslashish qobiliyatini oshirishga katta hissa qo‘shganligi, o‘rganilgan maktab o‘quvchilari muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanishlari, xususan, gandbol va futbol bilan shug‘ullanishlari bilan bog‘liq bo‘lib, bu harakat faolligini yuqori darajada ushlab turishga imkon beradi, bu esa salomatlikni saqlash va mustahkamlashga yordam beradi. 15-16 yoshdagi maktab o‘quvchilarining sog‘lig‘ini tashxislash usuli turli darajadagi moslashish qobiliyatiga ega bo‘lgan maktab o‘quvchilarini aniqlashga imkon berdi, bu sog‘liqning ob’ektiv aksidir. G. L. Apanasenko metodologiyasi bo'yicha maktab o‘quvchilarining sog‘lig‘ini baholash metodologiyasini joriy etish, ayniqsa, maktablarda ommaviy tekshiruvlar o‘tkazishda maktab o‘quvchilarining sog‘lig‘ini dinamik kuzatish samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.

2023-10-10
  • PDF (Русский)
59-63 124 10
Barqaror jismoniy faollikni odat sifatida shakllantirish modeli: ta’lim amaliyotlari va tizimli boshqaruvning ahamiyati
Maxmud Axmatov

Maqolada aholining turli yosh guruhlarida barqaror jismoniy faollik ko‘nikmalarini shakllantirishning milliy hayotiy siklik tizimini yaratish masalalari ko‘rib chiqilgan. Ijtimoiy va yosh omillarini hisobga olgan holda hayot siklining barcha bosqichlarida jismoniy rivojlanishning uzluksizligini ta’minlaydigan vertikal-gorizontal boshqaruv modeli taklif etilgan. Sog‘lom turmush tarzi motivaциyasini shakllantirishning asosiy davri sifatida ta’lim bosqichiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bolalik va o‘smirlik davrida jismoniy faollikka ijobiy munosabatni yaratish yetuk yoshda barqaror sport odatlarini saqlab qolish ehtimolini sezilarli darajada oshirishi isbotlangan.

2025-04-02
  • PDF (Русский)
16-22 34 1
1 - 7 from 7

 

Maqolalarga qo'yiladigan talablar

Tahririy kengash

Tahririyat siyosati

Materialni yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Ozbek

Ma `lumot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Obuna

Abonent resurslariga kirish uchun tizimga kiring.

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ЁШЛАРИ СИЁСАТИ ВА СПОРТ ВАЗИРЛИГИ

ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ БЎЙИЧА МУТАХАССИСЛАРНИ ҚАЙТА ТАЙЁРЛАШ ВА МАЛАКАСИНИ ОШИРИШ ИНСТИТУТИ

Sport ilm-fanining dolzarb muammolari

Jurnalga jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar, professor-o‘qituvchilar, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, sport turlari bo‘yicha trenerlar, sport shifokorlari, fiziologlar, psixologlar, jismoniy tarbiya metodistlari, sport menejmenti va huquqi bo‘yicha mutaxassislar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar, doktorantlar hamda jismoniy tarbiya va sport masalalariga qiziqqan har bir kishiga qaratilgan ilmiy-uslubiy maqolalar qabul qiladi.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Kontaktlar

KONTAKTLAR:

(+998)71 242-30-85

 

institut@sportedu.uz

 

100042, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 27-uy.

 
© Copyright 2026 Sport ilm-fanining dolzarb muammolari All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer