• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Sport ilm-fanining dolzarb muammolari
  • Hozirgi
  • Arxivlar
  • E'lonlar
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Kontaktlar
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 17.
Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida seleksiya jarayonining asosiy tamoyillari
Akromjon Dadabayev

Ushbu ilmiy maqolada, Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida seleksiya jarayonining asosiy tamoyillari yoritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-sonli qarori asosida, olimpiya va paralimpiya sportchilarni tayyorlash va seleksiya jarayonlarini samarali tashkil etish zarurati ko‘rib chiqiladi. Maqola seleksiya jarayonining ahamiyatini, uni tashkil etishning tamoyillarini, shuningdek, tayyorlash markazlarida ishlatiladigan metodlarni tahlil qiladi. Olimpiya va Paralimpiya sport turlaridagi muvaffaqiyatlar faqat tajribali va malakali sportchilarni to‘g‘ri tanlash va tayyorlash bilan bog‘liq ekanligi ta’kidlanadi.

2024-07-03
  • PDF
6-10 109 9
Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining xalqaro huquqiy layoqati masalalari
Anvar Xayotov

Ushbu maqolada Xalqaro olimpiya qo‘mitasining xalqaro huquqiy layoqati, mohiyati, huquqiy layoqatni amalga oshirishning asosiy uslublari va yondashuvlari tahlil etilgan bo‘lib, XOQning Olimpiya Xartiyasi qoidalariga asoslangan qarorlari xalqaro huquq sub’yektlari, shu jumladan davlatlar uchun majburiyligi va ular tomonidan qatʼiy rioya qilinishi haqida fikr yuritilgan.

2023-08-27
  • PDF
95-98 154 118
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida seleksiya jarayonini tashkil etish metodologiyasi
Akromjon Dadabayev

Ushbu maqola Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida seleksiya jarayonlarini samarali tashkil etish metodologiyasini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Maqolada sport seleksiyasi jarayonlarini rejalashtirish, nazorat qilish va amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan. Shuningdek, seleksiya jarayonida aniqlangan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari batafsil tahlil qilingan.

2024-04-03
  • PDF (Русский)
13-17 80 7
Olimpiya va paralimpiya sport turlari tayyorgarlik markazlarida o‘quvchilarning sport tayyorgarligini psixofiziologik tashxislar va psixologik test-sinovlar orqali optimallashtirish
Egamberdi Usmonov

Ushbu tadqiqot Olimpiya va Paralimpiya sport turlari tayyorgarlik markazlarida o‘quvchilarning sport tayyorgarligini optimallashtirishga qaratilgan bo‘lib, psixofiziologik tashxislar va psixologik test-sinovlarning samaradorligini o‘rganadi. Tadqiqotda sportchilarning jismoniy va psixologik holatini baholash, ularning individual xususiyatlarini aniqlash va tayyorgarlik jarayonini shaxsiylashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Psixologik testlar va fiziologik ko‘rsatkichlar tahlili orqali sportchilarning stressga chidamliligi, diqqat jamlanishi va motivatsion holati aniqlanadi. Natijada, o‘quv jarayonini optimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi, bu esa sportchilarning yuqori natijalarga erishish imkoniyatlarini oshiradi.

2025-04-02
  • PDF
  • PDF
76-79 48 0 1
Sportchi masʼuliyati va oʻquvchilar professional sport taʼlimiga yoʻnaltirilganligining temperamental xususiyatlari
Jamshid Pulatov

Maqolada sport va olimpiya maktablari oʻquvchi-sportchilarini professional sport taʼlimiga yoʻnaltirish jarayonida “shaxs oriyentatsiyasi”ning temperamentga xos xususiyatlari yoritib berilgan. Shuningdek, unda shaxs masʼuliyatining tanlangan sport turiga nisbatan tutgan ahamiyati sinaluvchilar hamda ekspertlar guruhi qarashlari asosida tahlil qilingan.

2025-10-01
  • PDF
106-112 14 0
Sporchilarni ko‘p yillik sport tayyorgarligi bosqiqchilarida tanlash va yo‘naltirish xususiyatlari
Akrom Dedaboev

Ushbu maholada sportchilarni tayyorlashning ko‘p yillik tayyorgarlikni qurishda sportchilarni tanlash va ularni tayyorlashga yo‘naltirish xususiyatlari ko‘rib chiqiladi, ilmiy manbalarda keltirilgan tadqiqotlar natijalari umumlashtiriladi, shuningdek sportchilarni tanlash va yo‘naltirishning nazariy, uslubiy, toshkiliy va boshqaruv qoidalari va Olimpiya sport turlari tayyorlash jarayonida qo‘llash usullari keltirilgan.

2023-12-15
  • PDF
37-44 236 2
Xitoy Xalq Respublikasida sportni rivojlantirish yo‘llarining tahliliy sharhi
Anna Chastoyedova

Ushbu maqolada Xitoy sport an’analarini meros qilib olish, milliy musobaqalar tizimini takomillashtirish, sportchilarni tayyorlash jarayonida nazariy va texnologik yangiliklarni o‘rganish va joriy etish, an’anaviy yondashuvni zamonaviy sport tayyorgarligi talablariga moslashtirish istagini birlashtirgan Xitoy ilmiy va jurnalistik manbalarini tahlil qilish natijalari ko‘rib chiqiladi. Biroq, tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, xitoylik sportchilarning katta yutuqlari sportni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi bilan mustahkamlanadi. Shuningdek, normativ-huquqiy bazani yaratish va xususiy investitsiyalarni rag‘batlantirish, shuningdek, sport va ta’limni integratsiyalashuvini belgilovchi muhim omillar taqdim etilgan.

2023-11-15
  • PDF (Русский)
8-12 158 8
Aholi orasida sog‘lom turmush tarzini oshirishda badminton sport turining ilmiy amaliy ahamiyati
Avazjon Karimov

Badminton sporti sportchilarning jalb qilinishi bo‘yicha jahonda futboldan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi sport turi hisoblanadi. U bilan shug‘ullanish kishilarda energiyani eng ko‘p sarflashiga sabab bo‘ladi. Bir soat o‘ynash 480 kilokaloriyaning yo‘q bo‘lishiga xizmat qiladi. Agar bir o‘yin davomida sportchining barcha harakatlari yig‘ilsa, uzunlikka u 10 kilometrcha “chopadi”, balandlikka esa 1 km sakraydi. Badminton bilan shug‘ullanish ko‘z nurini o‘tkir qiladi, miyani charxlaydi va yurak ishini yaxshilaydi. Shuningdek, strategik fikr yuritish hamda tezkor reaksiyalar uchun ham foydali. Volan parvozi trayektoriyasini kuzatib va uning yerga tushish joyini chamalay turib, inson o‘z miyasini tezda qaror qabul qilishga majburlaydi va bu keyinchalik stress holatida ishlashda qo‘l keladi.

2024-04-03
  • PDF (Русский)
18-22 61 2
“Sport menejeri” professiogrammasi mutaxassislarni tayyorlashda kompetensiyaviy yondashuvni amalga oshirishning zaruriy sharti sifatida
Oybek Qosimov

Maqolada mamlakatimizdagi sport menejerlari faoliyati bilan bog‘liq holat yoritilgan bo‘lib, sport menejerlarini tayyorlashda mavjud muammolar va ularning yechimlariga to‘xtalib o‘tilgan. Jismoniy tarbiya va sport ta’lim muassasalari bitiruvchilarida sport menejerining kasbiy faoliyatiga tegishli kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi ishlab chiqilgan. Muallif tomonidan sport menejeri kasbiy kompetentligini shakllantirishda asos bo‘luvchi professiogramma takomillashtirilgan.

2023-10-10
  • PDF
8-14 146 11
O‘zbekistonda zamonaviy sport inshootlari infratuzilmalarini rivojlantirish
Mohiniso Arzibaeva

Maqolada zamonaviy sport inshootlarining infratuzilmasini rivojlantirish masalasi, shu jumladan mamlakatning shahar sharoitida zamonaviy sport inshootlarini qurish loyihalarining o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rib chiqiladi.

2023-10-10
  • PDF (English)
130-132 237 9
Sport ta’limi muassasalarida “kibersport” turi bo‘yicha o‘quv dasturi mazmuni va dolzarbligi
Abdujalil Tolametov

Ushbu maqolada sport maktablari, Olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktablari, Respublika o‘smirlar sport oliy mahorati maktablaridagi “Kibersport” turi bo‘yicha o‘quv dasturidagi mavzular mazmuni yoritilgan.

2023-12-15
  • PDF
120-127 134 10
Xalqaro sport tadbirlarida sportchilar va ishtirokchilarning huquqlarini buzganlik uchun tashkilotchi davlatning xalqaro-huquqiy javobgarligi
Bekzod Narimanov, Anvar Xayotov

Maqolada xalqaro sport tadbirlarini tashkil etuvchi davlatlarning javobgarligi xalqaro huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda davlatlarning xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish jarayonidagi majburiyatlarini belgilovchi huquqiy mexanizmlar, shuningdek Sochi-2014, Rio-2016 va Qatar-2022 kabi amaliy misollar o‘rganilgan. Muallif xalqaro darajada davlatlar javobgarligining yagona huquqiy modelini shakllantirish zarurligini asoslaydi, BMT doirasida maxsus ramka konvensiyasini va xalqaro monitoring tizimini joriy etishni taklif etadi. Tadqiqot natijalari sport sohasida inson huquqlarini himoya qilish, shaffoflik va davlatlarning javobgarligini oshirish zarurligini ta’kidlaydi.

2025-08-04
  • PDF (Русский)
144-150 48 0
Sport huquqining vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari
Anvar Xayotov

Ushbu maqolada qadimgi sivilizatsiyalar rivojlanishining dastlabki bosqichlarida jismoniy tarbiya va sport bilan bogʻliq huquqiy asoslarning shakllanishi koʻrib chiqilgan holda, oʻsha davrda ilgari surilgan hamda hozirgi kungacha oʻz dolzarbligi va ahamiyatini yoʻqotmagan koʻplab huquqiy tamoyillar yoritilgan. Shuningdek, maqolada sport huquqining alohida mustaqil huquq sohasi sifatida shakllanishi va sport huquqi tushunchasining huquqiy ta’rifi masalasi muhokama qilinadi.

2023-10-10
  • PDF
107-113 361 21
O‘zbekistonda zamonaviy paralimpiya sportini rivojlantirish istiqbollari
Salamat Saribaev

Mazkur maqolada paralimpiya sportiiiing jismoniy inikoiiiyati cheklangan va nogironligi bo4gan shaxslar uchun tutgan o‘rni va ahamiyati, shuningdek, paralimpiya sportida yuqori spoil yutuqlariga erishish muammolari ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga, dunyoda zamonaviy paralimpiya sportining shakllanish tarixi va istiqbollari, O'zbekistonda paralimpiya sportiiiing rivojlanishini davlat tomonidan qo‘llab-quwatlash masalalari muhokama qilinadi.

2023-12-15
  • PDF
153-160 209 10
Sport juftligini tayyorlash jarayonida sakrashni o'rganishning nazariy va uslubiy asoslari
Maya Maxinova, Sofiya Fedorova, Oleg Sinitsyn

Maqolada Olimpiya sport turi - konkur bo‘yicha chavandoz va otning texnik tayyorgarligining nazariy va uslubiy asoslari, shu jumladan sport juftligi uchun zarur bo‘lgan elementlarning aniq bajarilishi uchun zarur bo‘lgan yuqori darajadagi moslashuvchanlik, kuch va muvozanatga erishish uchun mashg‘ulotlarni tashkil etishga qaratilgan ilmiy-nazariy tadqiqotlar ochib berilgan.

2023-12-15
  • PDF (Русский)
57-62 121 6
O‘zbekiston yengil atletikachilarining Parij-2024 Olimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki tahlili
Laylo Davletyarova

Maqolada O‘zbekiston yengil atletikachilarining Parij-2024 Olimpiyada o‘yinlaridagi ishtiroki tahlil qilingan. Sportchilarning mavsumdagi eng yaxshi natijasi va Olimpiyada o‘yinlaridagi ishtiroki taqqoslangan. Sportchilarning deyarli barchasida Olimpiyada o‘yinlarida ko‘rsatgan natijalari o‘zlarining mavsumdagi eng yaxshi natijasidan past ekanligi qayd etildi.

2024-12-15
  • PDF
118-121 146 10
Sport ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etishning normativ-huquqiy asoslari
Oybek Artikbayev

Mazkur maqolada sport ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etishga oid bo‘lgan normativ huquqiy hujjatlarning mazmuni yoritilgan.

2023-08-27
  • PDF
92-94 654 97
1 - 17 from 17

 

Maqolalarga qo'yiladigan talablar

Tahririy kengash

Tahririyat siyosati

Materialni yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Ozbek

Ma `lumot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Obuna

Abonent resurslariga kirish uchun tizimga kiring.

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ЁШЛАРИ СИЁСАТИ ВА СПОРТ ВАЗИРЛИГИ

ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ БЎЙИЧА МУТАХАССИСЛАРНИ ҚАЙТА ТАЙЁРЛАШ ВА МАЛАКАСИНИ ОШИРИШ ИНСТИТУТИ

Sport ilm-fanining dolzarb muammolari

Jurnalga jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar, professor-o‘qituvchilar, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, sport turlari bo‘yicha trenerlar, sport shifokorlari, fiziologlar, psixologlar, jismoniy tarbiya metodistlari, sport menejmenti va huquqi bo‘yicha mutaxassislar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar, doktorantlar hamda jismoniy tarbiya va sport masalalariga qiziqqan har bir kishiga qaratilgan ilmiy-uslubiy maqolalar qabul qiladi.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Kontaktlar

KONTAKTLAR:

(+998)71 242-30-85

 

institut@sportedu.uz

 

100042, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 27-uy.

 
© Copyright 2026 Sport ilm-fanining dolzarb muammolari All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer