• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Sport ilm-fanining dolzarb muammolari
  • Hozirgi
  • Arxivlar
  • E'lonlar
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Kontaktlar
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 15.
Yuqori malakali disk uloqtiruvchilarining musobaqa faoliyati tahlili
Umida Abdusamatova

Ushbu maqolada yengil atletikaning texnik murakkab turlaridan biri boʻlgan disk uloqtirishda yuqori malakali sportchilarning texnik tayyorgarligi, psixologik holati hamda musobaqa natijalari monitoring asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida 2022–2025-yillar oraligʻida Oʻzbekistonning ikki yetakchi sportchisi — Rashidbek Sodiqov va Dunyozod Sayfullayevning xalqaro hamda respublika musobaqalaridagi natijalari tahlil qilinib, ularning yutuq dinamikasi va natijalardagi oʻzgarish sabablari aniqlangan. Maqolada texnik harakat bosqichlari, kuch, tezlik, koordinatsiya va psixologik tayyorgarlikning musobaqa samaradorligiga taʼsiri yoritilgan. Monitoring natijalari asosida sportchilar tayyorgarligini takomillashtirish, musobaqa natijalarining barqaror oʻsishini taʼminlash hamda texnikani mukammallashtirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

2025-08-04
  • PDF
79-85 326 61
Malakali para-taekvondochilarning musobaqa oldi tayyorgarligi samaradorligini oshirishga qaratilgan moslashtirilgan jismoniy va texnik-taktik tayyorgarlik dasturi
Temur Sobirov

Ushbu maqolada malakali para-taekvondochilarning musobaqa oldi tayyorgarligi samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan jismoniy hamda texnik-taktik tayyorgarlikka moslashtirilgan 10 kunlik mashgʻulot dasturi taqdim etilgan. Dastur ikki bosqichdan iborat boʻlib, birinchi bosqichda jismoniy va texnik-taktik mashgʻulotlar parallel ravishda olib boriladi, ikkinchi bosqichda esa musobaqa kuniga yaqinlashgan sari yuklamalar bosqichma-bosqich kamaytirilib, musobaqa simulyatsiyasi oʻtkaziladi. Pedagogik tadqiqot natijalari mazkur dastur qoʻllanilgan sportchilarda texnik zarbalar aniqligi, taktik qaror qabul qilish tezligi va musobaqadagi gʻalaba koʻrsatkichlari nazorat guruhiga nisbatan statistik jihatdan ishonchli darajada yuqori boʻlganini tasdiqlaydi.

2026-04-06
  • PDF
139-143 70 76
Malakali og‘ir atletikachilarning musobaqa oldi tayyorgarligida psixologik holatini tahlil qilish
Navroʻz Abduraxmonov

Ushbu maqolada malakali ogʻir atletikachilarning musobaqa oldi tayyorgarlik jarayonidagi psixologik holatini kompleks tahlil qilish natijalari yoritilgan. Tadqiqot davomida sportchilarning stress darajasi, motivatsiya koʻrsatkichlari, oʻzini nazorat qilish qobiliyati hamda psixologik barqarorlik parametrlari oʻrganilgan. Olingan maʼlumotlar asosida musobaqa oldi tayyorgarlik bosqichlarida psixologik holat dinamikasi aniqlangan hamda sportchilarning ruhiy barqarorligini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

2026-04-06
  • PDF
109-112 82 44
O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026-yilgi FIFA jahon chempionati guruh bosqichidagi texnik-taktik faoliyati tahlili
Asqar Talipdjanov, Bobirbek Neʼmatov

Maqolada 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining guruh bosqichida O‘zbekiston milliy terma jamoasining Kolumbiya, Portugaliya va Kongo Demokratik Respublikasi (Kongo DR) terma jamoalariga qarshi o‘tkazgan uchta uchrashuvidagi texnik-taktik faoliyati tahlil qilingan. Tadqiqotda pedagogik kuzatuv, musobaqa faoliyatini video-tahlil qilish, statistik va qiyosiy tahlil usullaridan foydalanilgan. Olingan natijalar O‘zbekiston terma jamoasi musobaqa davomida asosan raqiblarning texnik-taktik ustunligi sharoitida himoyadan hujumga tezkor o‘tish, vertikal uzatmalar va qarshi hujumlarga tayanganini ko‘rsatadi. Tahlil natijalari jamoaning texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirishda o‘yin ko‘rsatkichlarini tizimli nazorat qilish va musobaqa faoliyatini kompleks tahlil etish muhimligini asoslaydi.

2026-09-23
  • PDF
115-119 43 15
Sport morfologiyasining ilmiy va amaliy ahamiyati
Sobir Nazarov

Maqolada sport morfologiyasining nazariy-metodologik asoslari va uning zamonaviy sport tayyorgarligi tizimidagi ilmiy hamda amaliy ahamiyati ochib berildi. Sport mashgʻulotlari va musobaqa faoliyati taʼsirida inson organizmida yuzaga keladigan morfologik moslashuv qonuniyatlari tizimli tahlil qilindi. Suyak-mushak tizimi, tana proporsiyalari, somatotipik xususiyatlar, mushak arxitekturasi va ichki aʼzolar morfologiyasidagi oʻzgarishlar tavsiflandi. Morfologik koʻrsatkichlarning yosh, jins va sport ixtisosligiga bogʻliq dinamikasi aniqlandi hamda ularning funksional tayyorgarlik va sport natijalari bilan bogʻliqligi baholandi. Sport seleksiyasi, iqtidorli sportchilarni erta aniqlash va mashgʻulot jarayonini individuallashtirishda morfologik mezonlarni qoʻllash samaradorligi asoslab berildi. Morfologiya, fiziologiya va biomexanika fanlari integratsiyasi asosida kompleks baholash yondashuvi taklif etildi. Tadqiqot natijalari sport morfologiyasi fanining nazariy asoslarini kengaytirishga va sportchilarni uzoq muddatli tayyorlash tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.

2026-04-06
  • PDF
88-91 73 47
Yosh futbolchilarning to‘pni uzatish harakatlarining tahlil natijalari
Aydos Shilmanov

Ushbu maqolada turli yoshdagi yosh futbolchilarning musobaqa sharoitidagi pedagogik kuzatuv orqali olingan natijalar tahlili keltirilgan. Shu bilan birga, ushbu ma’lumotlar bo‘lajak trener va mutaxassislarning o‘quv-seminar mashg‘ulotlarni tashkil etishda uslubiy manba sifatida amaliyotda tatbiq etilgan

2023-11-15
  • pdf
34-37 197 69
Yosh yakka figurali uchuvchi qizlarning sport mahorati darajasini oshirish
Svetlana Fyodorova

Ushbu maqolada yosh yakka figurali uchuvchi qizlarning sport-texnik mahoratini oshirish masalasi ko‘rib chiqilgan. Yosh yakkalik figurali uchuvchi qizlarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonida maxsus elementlarni bog‘lamlarga birlashtirib, ularning texnik mahoratini oshirishga qaratilgan mashqlar majmuasining amaliy ahamiyati va samaradorligi isbotlangan.  Tadqiqot natijalari musobaqa elementlari texnikasini muvaffaqiyatli va to‘g‘ri o‘zlashtirish hamda takomillashtirish uchun mashg‘ulot jarayonida ushbu mashqlar majmuasini qo‘llash muhimligini tasdiqladi.

2024-07-03
  • PDF (Русский)
53-60 146 59
Sport yoshlar hayotidagi sotsiomadaniy fenomen sifatida
Akramov Xasan

Maqolada sportning yoshlar hayotidagi sotsiomadaniy o‘rni va roli, uning ijtimoiy institut sifatidagi mazmun-mohiyati hamda sport bilan bog‘liq kooperatsiya, raqobat, bellashuv va musobaqa kategoriyalarining ijtimoiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiya tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi hamda farqli jihatlari yoritiladi. Shuningdek, milliy sport o‘yinlari, xususan, o‘zbek kurashining tarixiy-madaniy ildizlari va yoshlar hayotiga sotsiomadaniy ta’siri ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari sportni yoshlarning ijtimoiylashuvi, sog‘lom turmush tarzi va madaniy qadriyatlarni o‘zlashtirishiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim sotsiomadaniy fenomen sifatida talqin etish imkonini beradi.

2026-10-06
  • PDF
6-13 12 11
Impulsivlik va sport psixologiyasi: nazariy asoslar, tadqiqotlar va amaliy yondashuvlar
Sobir Nazarov

Ushbu maqolada sport psixologiyasida impulsivlik fenomenining nazariy asoslari, ilmiy tadqiqotlari va amaliy yondashuvlari yoritilgan. Muallif sportchilarda impulsivlikning ijobiy va salbiy jihatlarini tahlil qilib, uning qaror qabul qilish, emotsional barqarorlik va oʻzini nazorat qilish jarayonlariga taʼsirini koʻrsatadi. Maqolada psixoanalitik, bihevioristik, kognitiv, neyropsixologik va shaxs tipologiyasi yondashuvlari asosida impulsivlikning ilmiy talqinlari keltirilgan. Shuningdek, sport turlarida impulsivlikning namoyon boʻlish shakllari, uning neyrobiologik mexanizmlari va psixologik boshqaruv strategiyalari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari sportchilarda impulsivlikni toʻgʻri boshqarish ularning psixologik tayyorgarligi va musobaqa samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligini koʻrsatadi.

2025-08-04
  • PDF
114-119 112 69
Yuqori sport natijalariga erishishda psixologik tayyorgarlikning o‘rni
Egamberdi Usmonov

Ushbu maqola yuqori sport natijalariga erishishda psixologik tayyorgarlik mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda sport faoliyatining psixologik xususiyatlari, sport motivlari va ularning namoyon bo‘lishi ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada muvaffaqiyat motivlari, raqobatbardoshlikni shakllantirishning psixologik jihatlari, sport bilan faxrlanish hissi, o‘z-o‘zidan qoniqish, qat’iyatlilik, sportdagi harakatlarning intensivligi, yutuqlar bilan bog‘liq ehtiyojlar, sportda ichki va tashqi nazorat mexanizmlari batafsil tavsiflangan.

2023-12-15
  • PDF
74-78 1920 83
Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslarni golbol sport turiga tayyorlash mexanizmlari
Laylo Sobirova

Ushbu maqolada golbol sport mashg‘ulotlarida haftalik sikllarni qo‘llash orqali ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslarni jismoniy, texnik, taktik hamda musobaqa oldi tayyorgarlik vositalarini rejalashtirish hamda me’yorlash bo‘yicha amalga oshirilgan pedagogik tajriba muhokamasi hamda ularning natijalari keltirilgan.

2023-12-15
  • PDF
150-152 283 75
Kо‘zi ojiz va zaif kо‘ruvchi shaxslarni golbol sport turiga tayyorlash mexanizmlari
Laylo Sobirova

Ushbu maqolada, golbol sport mashg‘ulotlarida haftalik sikllarni qо‘llash orqali kо‘zi ojiz va zaif kо‘ruvchi shaxslarni jismoniy, texnik, taktik,musobaqa oldi tayyorgarlik vositalarini rejalashtirish hamda me’yorlash bо‘yicha amalga oshirilgan pedagogik tajriba muhokamasi va ularning natijalari keltirilgan.


 

2023-11-15
  • pdf
122-124 231 79
O‘zbekiston davlat sport akademiyasi talabalarining xalqaro sport musobaqalaridagi muvaffaqiyatini baholash: Paraosiyo o‘yinlari misolida
Laylo Sobirova, San’at Atajanov

Ushbu maqolada O‘zbekiston davlat sport akademiyasi talabalarining xalqaro sport musobaqalaridagi muvaffaqiyati, xususan V Yoshlar Para Osiyo o‘yinlaridagi ishtiroki tahlil qilinadi. Tadqiqotda para yengil atletika va para suzish yo‘nalishlaridagi natijalar asosiy e’tiborga olingan. O‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, akademiya talabalarining yuqori jismoniy tayyorgarligi, texnik-taktik ko‘nikmalari va psixologik barqarorligi xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatga erishishida muhim omil hisoblanadi. Maqolada erishilgan natijalar akademiya tomonidan olib borilayotgan parasport tayyorgarligi tizimining samaradorligini tasdiqlaydi va kelgusida sportchilarning xalqaro reytingini oshirish, mashg‘ulot jarayonini takomillashtirish hamda parasportni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.

2026-04-06
  • PDF
150-154 81 46
Sport kurashi bo'yicha o'zbekiston milliy terma jamoasining 2020-2022-yillarda Osiyo Chempionatlarida ishtiroki natijalari tahlili
Fikrat Kerimov, Begzod Ibragimov

Ushbu maqolada sport kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy terma jamoasining Osiyo chempionatlaridagi ishtiroki natijalarining qiyosiy tahlili keltirilgan. ushbu xalqaro sport musobaqalaridagi mtlliy terma jamoaning ishtiroki natijalariga ko‘ra kurashchilarning musobaqa faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

2023-10-10
  • PDF (Русский)
101-105 160 40
11–12 yoshli dzyudochilarning texnik tayyorgarligini takomillashtirish metodikasi va uning pedagogik samaradorligi
Dilfuza Matqurbanova

Maqolada 11–12 yoshli dzyudochilarning texnik tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan pedagogik yondashuv va tajriba natijalari tahlil qilinadi. Tadqiqot Farg‘ona, Toshkent va Namangan viloyatlaridagi ixtisoslashtirilgan sport maktablarida o‘tkazilgan bo‘lib, unda tajriba va nazorat guruhlaridagi jami 60 nafar sportchining 15 ta texnik topshiriq bo‘yicha ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Tajriba guruhida vaqt bilan o‘lchanadigan topshiriqlarni bajarish davomiyligi qisqargani, bir daqiqalik uchi-komi takrorlari soni esa oshgani qayd etilgan. Natijalar tavsifiy tahlil qilinadi; statistik ahamiyatga oid dastlabki hisob-kitoblar birlamchi ma’lumotlar asosida qo‘shimcha tekshirishni talab qiladi. Material yosh dzyudochilarning texnik tayyorgarligini baholash va mashg‘ulotlarni rejalashtirish masalalarini muhokama qilishga xizmat qiladi.

2026-10-09
  • PDF
14-23 15 7
1 - 15 from 15

 

Maqolalarga qo'yiladigan talablar

Tahririy kengash

Tahririyat siyosati

Materialni yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Ozbek

Ma `lumot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Obuna

Abonent resurslariga kirish uchun tizimga kiring.

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ЁШЛАРИ СИЁСАТИ ВА СПОРТ ВАЗИРЛИГИ

ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ БЎЙИЧА МУТАХАССИСЛАРНИ ҚАЙТА ТАЙЁРЛАШ ВА МАЛАКАСИНИ ОШИРИШ ИНСТИТУТИ

Sport ilm-fanining dolzarb muammolari

Jurnalga jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar, professor-o‘qituvchilar, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, sport turlari bo‘yicha trenerlar, sport shifokorlari, fiziologlar, psixologlar, jismoniy tarbiya metodistlari, sport menejmenti va huquqi bo‘yicha mutaxassislar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar, doktorantlar hamda jismoniy tarbiya va sport masalalariga qiziqqan har bir kishiga qaratilgan ilmiy-uslubiy maqolalar qabul qiladi.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Kontaktlar

KONTAKTLAR:

(+998)71 242-30-85

 

institut@sportedu.uz

 

100042, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 27-uy.

 
© Copyright 2026 Sport ilm-fanining dolzarb muammolari All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer