Ushbu maqolada yengil atletikaning texnik murakkab turlaridan biri boʻlgan disk uloqtirishda yuqori malakali sportchilarning texnik tayyorgarligi, psixologik holati hamda musobaqa natijalari monitoring asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida 2022–2025-yillar oraligʻida Oʻzbekistonning ikki yetakchi sportchisi — Rashidbek Sodiqov va Dunyozod Sayfullayevning xalqaro hamda respublika musobaqalaridagi natijalari tahlil qilinib, ularning yutuq dinamikasi va natijalardagi oʻzgarish sabablari aniqlangan. Maqolada texnik harakat bosqichlari, kuch, tezlik, koordinatsiya va psixologik tayyorgarlikning musobaqa samaradorligiga taʼsiri yoritilgan. Monitoring natijalari asosida sportchilar tayyorgarligini takomillashtirish, musobaqa natijalarining barqaror oʻsishini taʼminlash hamda texnikani mukammallashtirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.