• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Sport ilm-fanining dolzarb muammolari
  • Hozirgi
  • Arxivlar
  • E'lonlar
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Kontaktlar
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 10.
Para sport turlari bilan shug‘ullanuvchi jismoniy imkoniyati cheklangan sportchilarga xorijiy tillarni xususan ingliz tilini o‘rgatish samaradorligi
Zebo Sabirova , Madina Rahmatullayeva

Maqolada xorijiy tillarni xususan ingliz tilini barcha sohada o‘rganish zamon talablaridan bir ekanligi va aynan para sport turlar bilan shug’ullanuvchi sportchilar uchun ham bu tilni o‘rganish dolzarb muammo ekanligi va uni intensiv usullar bilan o‘rgatish balki  amaliy mashg’ulot jarayonlari bilan uyg’unlashtirish orqali ingliz tilini o‘rgatish samaradoriligini oshirish hamda o‘rganish jarayonida uchraydigan muammolar va ularning yechimlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

2025-08-04
  • PDF
26-28 30 1
Sport faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatlari: ustunlik va muammolar
Axmatjon Akbarov, Avazbek Djurabaev, Sevinch Abloqulova, Abdujalil Tolametov

Ushbu maqolada hozirgi kundagi zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalarini, shuningdek jismoniy tarbiya va sport sohasida axborot texnologiyalaridan foydalanishning imkoniyatlari, afzalliklari va muammolarini, kompyuterlar va uyali aloqa vositalarini inson salomatligiga salbiy ta’sirini o‘rganish hamda olingan natijalarni umumlashtirish, tahlil qilish va muhokamasi bo‘yicha ma’lumotlar muhokama qilinadi.

2023-11-15
  • pdf
102-107 247 14
Oʻquv-mashgʻulot bosqichidagi badiiy gimnastikachilarning mashgʻulot jarayonlarida ishlab chiqilgan metodikalarni qoʻllash texnologiyasi
Laylo Sobirova, Dilnur Astankulova , Mohinur Raxmonova

Maqolada oʻquv-mashgʻulot bosqichidagi badiiy gimnastikachilarning mashgʻulot jarayonini ishlab chiqish, mashgʻulotlarni  rejalashtirish, sogʻlomlashtiruvchi va maxsus vositalarni va badiiy gimnastikachilar yuqori natijalarga erishishi uchun tayyorlov va musobaqa oldi tayyorgarlik davrlarida badiiy gimnastikachilarni funksional tayyorgarligida paydo boʻlishi mumkin boʻlgan muammolar muhokama qilingan.

2024-12-15
  • PDF
80-84 156 11
Xalqaro sport huquqida sport agentlarining roli
Oybek Ochilov

Ushbu maqolada xalqaro sport huquqi doirasida sport agentliklari faoliyatining huquqiy asoslari va oʻziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Sport agenti tushunchasi, uning tarixiy shakllanish jarayoni, shuningdek, sport agentlarining asosiy faoliyat yoʻnalishlari va ularning belgilari keng yoritilgan. Maqolada sport agentlari faoliyatining xalqaro va milliy darajadagi tartibga solinishi, mavjud normativ-huquqiy mexanizmlar, shuningdek, amaliyotda uchraydigan muammolar va ularni hal etish yoʻllari muhokama qilinadi.

2024-12-15
  • PDF
110-117 160 3
O‘zbekistonda ayol-qizlarni sportga jalb qilishdagi dolzarb muammolar
Neymatjon Mamadjanov, Abdujalil Tolametov, Feruza Yusupxanova

Maqolada O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan ayol-qizlarni sportga jalb qilishdagi dolzarb muammolari yoritilgan. Mazkur muammolarni aniqlash maqsadida o‘tkazilgan anketa-so‘rov natijalari tahlil qilingan hamda ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili, ilg‘or tajribani o‘rganish
va umumlashtirish asosida muammoning yechimlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

2024-07-03
  • PDF
113-119 84 6
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida seleksiya jarayonini tashkil etish metodologiyasi
Akromjon Dadabayev

Ushbu maqola Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida seleksiya jarayonlarini samarali tashkil etish metodologiyasini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Maqolada sport seleksiyasi jarayonlarini rejalashtirish, nazorat qilish va amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan. Shuningdek, seleksiya jarayonida aniqlangan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari batafsil tahlil qilingan.

2024-04-03
  • PDF (Русский)
13-17 70 6
Oʻzbekistonda maktab sport klublari faoliyati holati va uni rivojlantirish muammolari: sotsiologik tadqiqot natijalari
Ospan Omirzakov

Maqolada Oʻzbekiston umumtaʼlim maktablarida sport klublari faoliyatining hozirgi holati va ularni rivojlantirishdagi muammolar ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, koʻplab maktab sport klublari faoliyati tizimli yoʻlga qoʻyilmagan, moddiy-texnik baza va pedagogik resurslar yetarli emas. Sotsiologik soʻrovnoma natijalari asosida sport klublarini samarali tashkil etishda innovatsion boshqaruv yondashuvlari, pedagogik integratsiya va motivatsion mexanizmlardan foydalanish zarurligi asoslab berilgan. Maqola maktab sport tizimini takomillashtirish va oʻquvchilarning jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan ilmiy tavsiyalarni oʻz ichiga oladi.

2025-08-04
  • PDF
159-164 60 1
Yosh badiiy gimnastikachilarning halqa bilan dinamik va mahoratli elementlar texnikasini takomillashtirish samaradorligi
Laylo Sobirova, Dilnur Astankulova

Maqolada 10-12 yoshli badiiy gimnastikachilarning musobaqa dasturida bajariladigan asosiy va murakkab boʻlgan dinamik va mahoratli elementlar texnikasini foydalanishning turli usullari koʻrib chiqilgan.Ushbu dinamik va mahoratli elementlar orqali badiiy gimnastikachilarning jismoniy tayyorgarlik qobiliyatini va egiluvchanlik sifatini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilgan. Bundan tashqari badiiy gimnastikachilarning dinamik va mahoratli elementlarni oʻrganishida paydo boʻlishi mumkin boʻlgan muammolar muhokama qilingan.

2025-04-02
  • PDF
43-47 47 0
“Sport menejeri” professiogrammasi mutaxassislarni tayyorlashda kompetensiyaviy yondashuvni amalga oshirishning zaruriy sharti sifatida
Oybek Qosimov

Maqolada mamlakatimizdagi sport menejerlari faoliyati bilan bog‘liq holat yoritilgan bo‘lib, sport menejerlarini tayyorlashda mavjud muammolar va ularning yechimlariga to‘xtalib o‘tilgan. Jismoniy tarbiya va sport ta’lim muassasalari bitiruvchilarida sport menejerining kasbiy faoliyatiga tegishli kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi ishlab chiqilgan. Muallif tomonidan sport menejeri kasbiy kompetentligini shakllantirishda asos bo‘luvchi professiogramma takomillashtirilgan.

2023-10-10
  • PDF
8-14 135 10
Xalqaro sport tadbirlarini tashkil etuvchi davlatlarning xalqaro-huquqiy javobgarligi: chaqiriqlar va istiqbollar
Anvar Khayotov

Maqola yirik xalqaro sport tadbirlarini tashkil etuvchi davlatlarning javobgarligi bo‘yicha xalqaro-huquqiy asoslarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda sport sohasidagi davlat javobgarligini tushunishga oid nazariy-huquqiy yondashuvlar yoritilgan, umumjahon va mintaqaviy xalqaro-huquqiy hujjatlar, shuningdek Sport arbitraj sudi (CAS) amaliyoti tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasining sport tadbirlarini tartibga solish sohasidagi amaldagi qonunchiligi va uning xalqaro standartlarga mosligi alohida e’tibor bilan ko‘rib chiqilgan. Boshqa mamlakatlar (Rossiya, Qatar, Xitoy, Germaniya, Buyuk Britaniya) tajribasini qiyosiy tahlil qilish asosida milliy huquq tizimlar uchun asosiy xavf va muammolar aniqlanib, baholangan. Maqolada O‘zbekiston qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar, jumladan xavfsizlikni ta’minlash, ishtirokchilar huquqlarini himoya qilish va ekologik barqarorlikni ta’minlashning huquqiy mexanizmlarini kuchaytirish masalalari ko‘tarilgan.

2025-04-02
  • PDF
  • PDF (Русский)
95-100 59 0 2
1 - 10 from 10

 

Maqolalarga qo'yiladigan talablar

Tahririy kengash

Tahririyat siyosati

Materialni yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Ozbek

Ma `lumot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Obuna

Abonent resurslariga kirish uchun tizimga kiring.

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ЁШЛАРИ СИЁСАТИ ВА СПОРТ ВАЗИРЛИГИ

ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ БЎЙИЧА МУТАХАССИСЛАРНИ ҚАЙТА ТАЙЁРЛАШ ВА МАЛАКАСИНИ ОШИРИШ ИНСТИТУТИ

Sport ilm-fanining dolzarb muammolari

Jurnalga jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar, professor-o‘qituvchilar, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, sport turlari bo‘yicha trenerlar, sport shifokorlari, fiziologlar, psixologlar, jismoniy tarbiya metodistlari, sport menejmenti va huquqi bo‘yicha mutaxassislar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar, doktorantlar hamda jismoniy tarbiya va sport masalalariga qiziqqan har bir kishiga qaratilgan ilmiy-uslubiy maqolalar qabul qiladi.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Kontaktlar

KONTAKTLAR:

(+998)71 242-30-85

 

institut@sportedu.uz

 

100042, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 27-uy.

 
© Copyright 2026 Sport ilm-fanining dolzarb muammolari All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer