• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Sport ilm-fanining dolzarb muammolari
  • Hozirgi
  • Arxivlar
  • E'lonlar
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Kontaktlar
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 12.
Sportchi taktik tayyorgarligining psixologik asoslari
Shaxnoza Kurbanova, Nodira Toshboltayeva

Ushbu maqolada sportchi taktik tayyorgarligining psixologik asoslari o‘rganildi. Tadqiqotda sportchilarning qaror qabul qilish jarayoni, diqqat jamlanishi, stressga chidamlilik va motivatsiya kabi psixologik omillar taktik samaradorlikka ta’siri baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, psixologik tayyorgarlik taktik ko‘nikmalarni rivojlantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib, aqliy mashqlar va stressni boshqarish strategiyalari sport natijalarini yaxshilaydi.

2025-08-04
  • PDF
109-113 48 0
Oʻzbekistonda yuqori malakali sportchilarni tayyorlashning ijtimoiy-psixologik dolzarbligi
Abdulatif Malikzoda

Mazkur maqolada yuqori malakali sportchilarni tayyorlash jarayonidagi ijtimoiy va psixologik omillar tahlil qilindi. Sportchining shaxsiy rivojlanishiga taʼsir etuvchi ijtimoiy muhit, murabbiy-sportchi munosabatlari, motivatsiya, stressni boshqarish va jamoaviy ish koʻnikmalari asosiy psixologik masalalar sifatida koʻrib chiqildi.

2025-10-01
  • PDF
101-105 9 2
Konchilik va qazib olish sanoati xodimlari funksional holatini yaxshilashga qaratilgan psixologik xizmatning ijtimoiy-psixologik shartlari (ishdan qoniqish shartlari kontekstida)
Shaxnoza Turobova

Mazkur maqolada konchilik va qazib olish sanoati xodimlarining ishdan qoniqishi shakllanishida ijtimoiy-psixologik va jismoniy faollikka oid omillarning roli tahlil qilinadi. Tadqiqotda 333 nafar konchi P.E. Spectorning JSS metodikasi asosida oʻrganildi. Natijalar shuni koʻrsatadiki, eng yuqori qoniqish “ishning mazmuni” subshkalasida (M=4,06) qayd etilgan boʻlsa, eng past koʻrsatkich “ish jarayoni qoidalari” (M=3,41) da boʻlgan. Umumiy qoniqish darajasi 3,70 ballni tashkil etdi. Tadqiqot shuni koʻrsatadiki, konchilarning psixologik farovonligi va ishdan qoniqishi asosan faoliyat mazmuni, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, jismoniy faollikni ragʻbatlantiruvchi elementlar va tashkiliy shaffoflik bilan bogʻliq, moddiy ragʻbat esa nisbatan kamroq rol oʻynaydi.

2025-08-04
  • PDF
120-127 26 0
Futbolchilarda portlash qobiliyatini rivojlantirishning psixologik-metodik konsepsiyasi (“Spork” moslamasi asosida)
Javlon Ishtayev

Mazkur maqolada futbolchilarda portlash qobiliyatini rivojlantirishning psixologik va metodik asoslari yoritildi. Tadqiqotda “SPORK” moslamasi orqali vertikal sakrash natijalari hamda elektron reaksiomer yordamida oddiy reaksiya vaqti oʻlchandi. Mashgʻulotdan oldin har kuni 5 marotaba sakrash va “oldingi natijani yangilash” yoʻriqnomasi qoʻllanildi. Temperament turlari boʻyicha oʻsish farqlari keskin ajralmadi.

2025-12-29
  • PDF
105-110 0 1
Sport taʼlimi muassasalarida shugʻullanayotgan oʻquvchi-sportchilardagi ustuvor his-tuygʻularning ikkinchi signallar tizimi rivojlanishiga taʼsirini psixofiziologik xususiyatlarini diagnostikalash
Sobir Nazarov

Mazkur maqolada sport taʼlimi muassasalarida shugʻullanayotgan oʻquvchi-sportchilardagi ustuvor his-tuygʻularning ikkinchi signallar tizimi rivojlanishiga taʼsirini psixofiziologik  xususiyatlarini diagnostikalash masalalari mualliflarning koʻp yillik tadqiqot natijalariga asosan bayon etilgan.

2025-12-29
  • PDF (Русский)
86-92 3 3
Spоrt sоhаsidа аmаliy tаdqiqоtlаrni о‘rgаnishning pedagogik shart-sharoitlari
Farxod Kulbulov

Mazkur maqolada sport sohasida amaliy tadqiqotlarni oʻrganishning pedagogik shart-sharoitlari bayon etilgan. Shuningdek, sportchining musobaqaga umumiy psixologik tayyorgarligi, musobaqaga ishtirok etish imkoniyatlari, musobaqa jarayoniga tayyorlashning eʼtiborli jihatlari yoritib berilgan.

2024-09-27
  • PDF
78-81 83 10
Sport hakamlarini psixologik tayyorlash muammolari
Abdulatif Malikzoda

Ushbu maqolada sport hakamlarining psixologik tayyorgarligini shakllantirish jarayonida uchraydigan asosiy muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda ularni bartaraf etish yoʻllari tahlil qilinadi. Sport musobaqalarida hakamlarning qaror qabul qilish tezligi, emotsional barqarorligi, stressga chidamliligi va neytral pozitsiyasini saqlab qolish qobiliyati musobaqa sifatiga bevosita taʼsir koʻrsatishi taʼkidlanadi. Mavzu boʻyicha umumiy xulosa beriladi.

2025-12-29
  • PDF
81-85 0 2
Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarining pedagogik va psixologik jihatlari
Farida Eshnazarova

Mazkur maqolada sportchilarni musobaqaga tayyorlashning psixologik xususiyatlari bayon etilgan. Shuningdek, sportchining musobaqaga umumiy psixologik tayyorgarligi, musobaqaga ishtirok etish imkoniyatlari, musobaqa jarayoniga tayyorlashning e’tiborli jihatlari yoritib berilgan.

2023-12-15
  • PDF
109-113 332 16
Bolalar va oʻsmirlarda jismoniy faollikka toʻsqinlik qiluvchi va ragʻbatlantiruvchi omillar
Dilmurod Yaxyayev

Mazkur tadqiqot bolalar va oʻsmirlarning jismoniy faolligiga taʼsir etuvchi ragʻbatlantiruvchi va toʻsqinlik qiluvchi omillarni aniqlashga qaratildi. Soʻrovnoma va ochiq savollar asosida maʼlumotlar yigʻilib, ularning ijtimoiy, psixologik va tashkiliy jihatlari koʻrib chiqildi. Natijalar shuni koʻrsatdiki, doʻstlar bilan birga harakat qilish va ota-onaning qoʻllab-quvvatlashi jismoniy faollikni ragʻbatlantiruvchi eng muhim omillar deb topildi. Shuningdek, mashgʻulotlarning qiziqarli shaklda tashkil etilishi va qulay sport maydonchalari mavjudligi faoliyatga boʻlgan qiziqishni oshirishda ahamiyatli ekani aniqlandi. Aksincha, vaqt yetishmasligi, charchoq, dangasalik va raqamli qurilmalardan ortiqcha foydalanish faoliyatga toʻsqinlik qiluvchi asosiy omillar sifatida belgilangani qayd etildi. Tadqiqot davomida shuningdek, yashash va oʻqish joyidagi sport muhitining yetarli emasligi va ota-onaning cheklovchi omillari ham jismoniy faollik darajasiga salbiy taʼsir koʻrsatishi aniqlandi. Tematik tahlil natijalari jismoniy faollikni oshirish uchun kompleks yondashuv zarurligini taʼrifladi va ragʻbatlantiruvchi omillar bilan toʻsqinlik qiluvchi omillar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik baholandi. Shu asosda maktab, oila va mahalla darajasida barqaror va qulay muhit yaratishning ahamiyati koʻrib chiqildi.

2025-12-29
  • PDF
18-26 8 4
О‘smir sportchilarda sport bilan shug‘ullanish motivlarini о‘rganish
Qodirjon Arzibayev

Ushbu maqolada o‘smir sportchilarning sport motivatsiyasiga ta’sir yetuvchi omillarni o‘rganish natijalari, shuningdek, ushbu mavzu bo‘yicha fikr va mulohazalar muhokama qilinadi.

2023-11-15
  • pdf
18-25 221 14
Gimnastikachi o‘smir qizlarning psixikasiga ta’sir etuvchi ustuvor omillarning psixologik tahlili
Oybek Hayitov

Ushbu maqolada “bezovtalanish va motivatsiya”, “motivatsiya-irodaviy”, “irodaviy” va “psixik quvvat va realizatsiya qilish” sohalari bo‘yicha gimnastikachi o‘smir-qizlar psixikasidagi ustuvor omillarning faktorli tahlili keltirilgan.

2023-08-27
  • PDF
75-78 154 68
Oʻzbekistonda maktab sport klublari faoliyati holati va uni rivojlantirish muammolari: sotsiologik tadqiqot natijalari
Ospan Omirzakov

Maqolada Oʻzbekiston umumtaʼlim maktablarida sport klublari faoliyatining hozirgi holati va ularni rivojlantirishdagi muammolar ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, koʻplab maktab sport klublari faoliyati tizimli yoʻlga qoʻyilmagan, moddiy-texnik baza va pedagogik resurslar yetarli emas. Sotsiologik soʻrovnoma natijalari asosida sport klublarini samarali tashkil etishda innovatsion boshqaruv yondashuvlari, pedagogik integratsiya va motivatsion mexanizmlardan foydalanish zarurligi asoslab berilgan. Maqola maktab sport tizimini takomillashtirish va oʻquvchilarning jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan ilmiy tavsiyalarni oʻz ichiga oladi.

2025-08-04
  • PDF
159-164 84 3
1 - 12 from 12

 

Maqolalarga qo'yiladigan talablar

Tahririy kengash

Tahririyat siyosati

Materialni yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Ozbek

Ma `lumot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Obuna

Abonent resurslariga kirish uchun tizimga kiring.

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ЁШЛАРИ СИЁСАТИ ВА СПОРТ ВАЗИРЛИГИ

ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ БЎЙИЧА МУТАХАССИСЛАРНИ ҚАЙТА ТАЙЁРЛАШ ВА МАЛАКАСИНИ ОШИРИШ ИНСТИТУТИ

Sport ilm-fanining dolzarb muammolari

Jurnalga jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar, professor-o‘qituvchilar, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, sport turlari bo‘yicha trenerlar, sport shifokorlari, fiziologlar, psixologlar, jismoniy tarbiya metodistlari, sport menejmenti va huquqi bo‘yicha mutaxassislar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar, doktorantlar hamda jismoniy tarbiya va sport masalalariga qiziqqan har bir kishiga qaratilgan ilmiy-uslubiy maqolalar qabul qiladi.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Kontaktlar

KONTAKTLAR:

(+998)71 242-30-85

 

institut@sportedu.uz

 

100042, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 27-uy.

 
© Copyright 2026 Sport ilm-fanining dolzarb muammolari All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer