• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Sport ilm-fanining dolzarb muammolari
  • Hozirgi
  • Arxivlar
  • E'lonlar
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Kontaktlar
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 19.
Kurash trenerlarini kasbiy mahoratini takomillashtirishning nazariy asoslari
Oltinxon Aʼzamxonov

Ushbu maqolada malaka oshirish jarayonida kurash boʻyicha trenerlarining kasbiy mahoratini rivojlantirish va takomillashtirish, kurash boʻyicha ilgʻor xalqaro tajribalarni oʻrganilish va ulardan tizimda foydalanish yoʻllari bayon etilgan.

2026-04-06
  • PDF
119-124 109 70
Umumta’lim maktablarining jismoniy tarbiya darslarida kurash vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirishda milliy harakatli o‘yinlarning o‘rni
Abdirahmon Beknazarov

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarining jismoniy tarbiya darslarida kurash vositalaridan samarali foydalanishda milliy harakatli o‘yinlarning pedagogik va metodik ahamiyati yoritilgan. Kurash elementlariga ega harakatli o‘yinlarning o‘quvchilarda kuch, chaqqonlik, tezkorlik, chidamlilik, egiluvchanlik, muvozanat va harakat koordinatsiyasi kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqotda ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish, pedagogik kuzatuv, pedagogik tajriba hamda matematik-statistik tahlilning foizli hisoblash usulidan foydalanilgan. Shuningdek, kurashga tayyorgarlik jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan 13 ta milliy va maxsus harakatli o‘yinning mazmuni, qoidalari hamda metodik yo‘nalishi tizimlashtirilgan. Tajriba-sinov natijalari o‘quvchilarning o‘yinlarga qiziqishi, jismoniy sifatlarining rivojlanishi va dars jarayonida bunday o‘yinlardan foydalanish ko‘rsatkichlarida ijobiy dinamikani ko‘rsatgan.

2026-09-12
  • PDF
36-46 86 29
Oʻrta maktab yoshidagi bolalarga kurash elementlariga ega harakatli oʻyinlarni oʻrgatish
Abdirahmon Beknazarov, Mamatkarim Suyunov

Mazkur maqolada oʻrta maktab yoshidagi oʻquvchilarga kurash sport turining boshlangʻich elementlarini oʻrgatishda harakatli va sensorli oʻyinlardan foydalanishning pedagogik samaradorligi yoritilgan. Tadqiqot jarayonida jismoniy tarbiya mashgʻulotlariga moslashtirilgan kurash elementlariga ega harakatli oʻyinlar tanlab olinib, ularning oʻquvchilarning jismoniy tayyorgarligi, harakat faolligi va kurash sport turiga boʻlgan qiziqishini oshirishdagi ahamiyati tahlil qilindi. Pedagogik tajriba natijalari harakatli oʻyinlardan tizimli foydalanish oʻquvchilarning kuch, chaqqonlik, muvozanat va koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilishini koʻrsatdi. Tadqiqot natijalari jismoniy tarbiya darslarida kurash elementlariga ega harakatli oʻyinlardan foydalanish maqsadga muvofiqligini asoslaydi.

2025-10-01
  • PDF
49-53 140 68
Kurash murabbiylarning kasbiy mahoratini rivojlantirish yoʻllari
Oltinxon Aʼzamxonov

Ushbu maqolada kurash boʻyicha murabbiylarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, kurash boʻyicha murabbiylarning kasbiy mahoratini takomillashtirishning shakl, metod va vositalarini zamonaviy usullari oʻrganilib, amaliyotda tatbiq etish jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasini boyitishga xizmat qiladi.

2025-04-02
  • PDF
84-89 174 66
Sportni ommalashtirishda marketingdan foydalanish: Kurash misolida
Tagne Frank Maksim

So‘ngi o‘ttiz yil ichida sport marketingi nafaqat marketingning o‘ziga xos shakli, balki mustaqil tadqiqot mavzusi sifatida ham o‘zini namoyon qildi. Ushbu maqolada sportda marketing, reklama, homiylik, ommaviy axborot vositalari, shuningdek sportning shuhrati va mashhurligini oshirish uchun marketingda ishlatiladigan elementlarning mohiyati tahlil qilingan. Bundan tashqari, unda ommaviylik darajasi past bo‘lgan sport turlarining jozibadorligini oshirishga qaratilgan kreativ marketing kampaniyalarini ishlab chiqish uchun Kurash sport tashkilotlari tomonidan nimalar qilinishi kerakligi muhokama qilinadi. Xulosada, Kurash kabi, tomoshabinlarni kamroq ommalashgan sport turlariga jalb qilishga yordam beradigan sport marketingi elementlari sifatida: sport ommaviy axborot vositalari, reklama, yulduz sportchilar va sportdagi homiylik ko‘rsatilgan.

2023-08-27
  • PDF (English)
17-19 495 187
Malakali kurashchilarda dinamik kuch chidamliligining o‘quv-mashg‘ulot yili davomida o‘zgarishi
Sherzod Mirzanov

Maqsad: turli kurash turlari bilan shug‘ullanuvchi malakali sportchilarda 60 kg li maneken bilan bajariladigan harakatlar davomida dinamik kuch chidamliligi ko‘rsatkichlarining bir o‘quv-mashg‘ulot yili mobaynidagi o‘zgarishini o‘rganish. Materiallar va metodlar: belbog‘li kurash (n = 29), etnokurash (n = 26), yunon-rum kurashi (n = 25) va erkin kurash (n = 23) vakillarining 68–73 kg oralig‘idagi vaznga ega guruhi to‘rtta test bo‘yicha yil boshida va yakunida taqqoslandi. Natijalar: barcha guruhlarda oldinga va orqaga egilish hamda o‘tirib-turish testlarida takrorlashlar soni oshgan; mutlaq o‘sish test va guruhga qarab farqlangan. Xulosa: natijalar maxsus dinamik kuch chidamliligi ko‘rsatkichlarining yil davomidagi o‘zgarishini tavsiflaydi, biroq statistik ahamiyatlilik va sababiy bog‘liqlik haqida xulosa chiqarish uchun qo‘shimcha ma’lumotlar zarur.

2026-10-31
  • PDF
173-178 37 17
Malakali kurashchilarning kuch tayyorgarligini vestibulokinetik yuklamalar ta’sirini hisobga olgan holda takomillashtirish
Nuriddin Chorshamiyev

Mazkur maqolada malakali kurashchi-talabalarning qo‘l va gavda mushaklari maksimal hamda tezkor dinamik kuchini rivojlantirish, shuningdek, kuch ko‘rsatkichlarini vestibulokinetik yuklamalar ta’sirida barqaror saqlash imkoniyatlari o‘rganilgan. O‘n oy davom etgan pedagogik tajribada 16 nafar kurashchi ishtirok etib, ular nazorat va tajriba guruhlariga ajratilgan. Tajriba guruhining mashg‘ulotlarida to‘rt blokdan iborat maxsus mashqlar majmuasi va trenajerdan foydalanilgan. Tadqiqot davomida o‘ng va chap qo‘l panjasi mushaklarining maksimal kuchi, qo‘l-gavda mushaklari kuchi hamda turnikda tortilish ko‘rsatkichlarining tajribadan oldingi va keyingi o‘zgarishlari qiyosiy tahlil qilingan. Natijalar tajriba guruhida kuch ko‘rsatkichlarining o‘sishi, o‘ng va chap qo‘l kuchi o‘rtasidagi asimmetriyaning kamayishi hamda aylanma harakatlar ta’sirida kuch imkoniyatlarini saqlash ko‘rsatkichlarining yaxshilanganini ko‘rsatdi.

2026-11-11
  • PDF
25-31 7 5
XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkiston milliy maktablarida ta’lim va jismoniy tarbiya: tarixiy-pedagogik tahlil
Abduraxim Xasanov, Feruza Yusupxanova

Maqolada XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasidagi an’anaviy milliy maktablar, madrasalar, qorixonalar, daloilxonalar va otinbibi maktablarining ta’lim-tarbiyaviy faoliyati tarixiy-pedagogik hamda manbashunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Birlamchi va ikkilamchi tarixiy manbalar, O‘zbekiston Milliy arxivi hujjatlari, davriy matbuot materiallari va zamondoshlar qaydlari asosida ta’lim muassasalarining tashkiliy tuzilishi, o‘qitish usullari, kundalik tartibi, moddiy ta’minoti, qizlar ta’limi, axloqiy tarbiya va savodxonlik masalalari yoritiladi. Mustamlaka va sho‘ro davri adabiyotlarida uchraydigan biryoqlama baholar manbalarning yaratilish sharoiti va maqsadini hisobga olgan holda tanqidiy ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda maktabdagi jismoniy tarbiya bilan xalq jismoniy madaniyati tushunchalari farqlanadi: an’anaviy musulmon maktablarida jismoniy tarbiya alohida o‘quv fani sifatida shakllanmagan bo‘lsa-da, kurash, uloq-ko‘pkari, poyga, chavandozlik, dorbozlik, akrobatik mashqlar, harakatli o‘yinlar hamda harbiy-amaliy mashqlar mahalliy jamiyat hayotida muhim o‘rin egallagan. Maqola milliy maktablar va xalq jismoniy madaniyatining tarixiy o‘rnini ularning ijtimoiy funksiyalari, hududiy xilma-xilligi va institutsional cheklovlarini birgalikda baholash asosida ochib beradi.

2026-09-25
  • PDF
120-134 109 33
Belbog‘li kurashchilarning individual xususiyatlari asosida mashg‘ulot yuklamalarini rejalashtirishning metodik modeli
Toshkentboy Yaxshiboyev, Nafisa Ravshanova

Tadqiqotda belbog‘li kurashchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda mashg‘ulot yuklamalarini rejalashtirishning nazariy-metodik asoslari yoritilgan. Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini tizimlashtirish va metodik modellashtirish asosida olti bosqichli rejalashtirish modeli ishlab chiqilgan. Modelda sportchilarning yoshi, sport malakasi, jismoniy va texnik-taktik tayyorgarligi, yuklamaga individual javobi hamda tiklanish holati o‘zaro bog‘liq holda hisobga olinadi. Tashqi va ichki yuklama ko‘rsatkichlarini birgalikda baholash, mashg‘ulotdagi subyektiv zo‘riqishni qayd etish, texnik harakatlar sifatini nazorat qilish va tayyorgarlik dinamikasini kuzatish tartibi asoslangan. Jismoniy va texnik tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini monitoring qilish hamda mashg‘ulot rejasiga tuzatishlar kiritish uchun baholash mezonlari tizimlashtirilgan. Ishlab chiqilgan model belbog‘li kurashchilarning mashg‘ulot jarayonini individuallashtirish bo‘yicha metodik asos bo‘lib xizmat qiladi.

2026-11-17
  • PDF
39-45 0 0
Sport - inson kapitali rivoji va mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining asosiy omili sifatida
Muxabbat Xalilova

Muallifning mazkur “Sport inson kapitali rivoji va mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining asosiy omili sifatida” nomli maqolasida bugungi kunning dolzarb muammolari yoritilgan, jumladan, sport inson salomatligi, sogʻlom turmush tarzi omili ekanligi, bu sohada kadrlar salohiyati, malaka oshirish tizimi, hamkorlik ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi” kitobida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalasiga oid qarashlari, hozirgi vaqtda boks, dzyudo, erkin kurash, badiiy gimnastika, ogʻir atletika, shaxmat va boshqa sport turlari boʻyicha Oʻzbekistonda shakllangan maktablar, sportni jadal rivojlantirish, xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishgan sportchilarni ragʻbatlantirish va qoʻllab –quvvatlash masalalari ilmiy nazariy va amaliy jihatdan tahlil etilgan.

2023-08-27
  • PDF
104-108 268 108
Bel olish kurashining tarixiy ildizlari va yoyilish geografiyasi
Nosir Azizov

Maqolada bel olish kurashining tarixiy ildizlari va hududiy tarqalishiga doir yozma, arxeologik hamda tasviriy manbalar 2023-yilgi ekspeditsiya materiallari bilan qiyosiy o‘rganilgan. Ordos bronza to‘qalari, Panjikent devoriy suratlari, Firdavsiyning «Shohnoma»si, Ibn Sinoning «Tib qonunlari» va tarixiy tasvirlar haqidagi ilmiy talqinlar ko‘rib chiqilgan. O‘zbekistondagi chalish va chalishsiz yo‘nalishlarining hududiy uchrashiga oid ma’lumotlar tizimlashtirilgan hamda Eron, Afg‘oniston, Hindiston va Gruziyadagi o‘xshash kurash an’analari bilan qiyoslangan. Manbalar o‘rtasidagi o‘xshashliklar tarixiy uzviylikni bevosita isbotlamasligi ta’kidlanadi.

2026-10-24
  • PDF
112-116 72 18
Sport yoshlar hayotidagi sotsiomadaniy fenomen sifatida
Akramov Xasan

Maqolada sportning yoshlar hayotidagi sotsiomadaniy o‘rni va roli, uning ijtimoiy institut sifatidagi mazmun-mohiyati hamda sport bilan bog‘liq kooperatsiya, raqobat, bellashuv va musobaqa kategoriyalarining ijtimoiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiya tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi hamda farqli jihatlari yoritiladi. Shuningdek, milliy sport o‘yinlari, xususan, o‘zbek kurashining tarixiy-madaniy ildizlari va yoshlar hayotiga sotsiomadaniy ta’siri ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari sportni yoshlarning ijtimoiylashuvi, sog‘lom turmush tarzi va madaniy qadriyatlarni o‘zlashtirishiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim sotsiomadaniy fenomen sifatida talqin etish imkonini beradi.

2026-10-06
  • PDF
6-13 84 41
14-15 yoshli erkin kurashchilarning psixofiziologik tayyorgarlik dinamikasi
Alisher Tangriev

Ushbu maqolada yosh erkin kurashchilarning mashgʻulot davomida jismoniy tayyorgarlik koʻrsatkichlari hamda psixofiziologik jarayonlari tadqiq etiladi. Yosh kurashchilarning psixofiziologik tayyorgarlik davrining umum tayyorlov bosqichida asosiy eʼtibor 14-15 yoshli erkin kurashchilarning har tomonlama umumiy jismoniy tayyorgarlik koʻrishlarigа hamda psixofiziologik holatlariga qaratiladi.

2023-08-27
  • PDF
65-67 247 150
Sport kurashi bo'yicha o'zbekiston milliy terma jamoasining 2020-2022-yillarda Osiyo Chempionatlarida ishtiroki natijalari tahlili
Fikrat Kerimov, Begzod Ibragimov

Ushbu maqolada sport kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy terma jamoasining Osiyo chempionatlaridagi ishtiroki natijalarining qiyosiy tahlili keltirilgan. ushbu xalqaro sport musobaqalaridagi mtlliy terma jamoaning ishtiroki natijalariga ko‘ra kurashchilarning musobaqa faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

2023-10-10
  • PDF (Русский)
101-105 185 47
Kurashchilarda mushak toliqishidan so‘ng qayta tiklanishning fiziologik mexanizmlari va ilmiy asoslangan strategiyalari
Baxtiyor Nurbayev

Maqolada kurashchilarda yuqori intensivlikdagi interval, izometrik va ekssentrik yuklamalardan so‘ng rivojlanadigan mushak toliqishi hamda qayta tiklanish jarayonlarining fiziologik mexanizmlari nazariy-tahliliy nuqtai nazardan yoritilgan. Energetik substratlar tiklanishi, laktat almashinuvi, mashqdan keyingi mushak shikastlanishi markerlari, vegetativ regulyatsiya va uyquning ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, aktiv qayta tiklanish, sovuq suvli immersiya, massaj, pnevmatik kompressiya, ovqatlanish, gidratatsiya va kreatin qo‘llashga oid zamonaviy dalillar tizimlashtirilgan. Tiklanish vositalarining samarasi yuklama turi, musobaqalar orasidagi vaqt va sportchining individual javobiga bog‘liq ekani asoslangan.

2026-09-25
  • PDF
157-163 98 31
Professional futbol jamoalarining yakkakurashlardagi samaradorlik ko‘rsatkichlarining qiyosiy tahlili
Sobirxon Akzamov

Ushbu maqolada professional futbol jamoalarining yakkakurashlardagi samaradorlik ko‘rsatkichlarini qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot O‘zbekiston Superligasining 2024-yilgi      1-mavsumi doirasida jamoalarning hujumdagi, himoyadagi, havodagi va neytral to‘p uchun kurashlardagi statistik natijalarini o‘rganadi. Maqola yakkakurashlar samaradorligining umumiy natijalarga, o‘yin strategiyalariga va jamoaviy taktikaga ta’sirini baholashni maqsad qilgan.

2024-04-03
  • PDF (Русский)
75-81 202 67
O‘spirin yoshdagi kurashchilarning tezkor-kuch sifatlarini takomillashtirish
Farxod Kulbulov

Ushbu maqolada o‘spirin kurashchilarning tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishda ularning maxsus tezkor-kuch sifatlarini, ularni rivojlantirish uslubiyatini aniqlashda o‘quv-mashg‘ulotlardagi mashq yuklamalarini ishlab chiqish va ularni rivojlantirish uslubiyati bo‘yicha mashg‘ulot jarayonini o‘rganish yoritilgan.

2024-07-03
  • PDF
28-33 175 86
Professional futbol jamoalarining yakkakurashlardagi samaradorlik ko‘rsatkichlarining qiyosiy tahlili
Akzamov Sobirxon

Ushbu maqolada professional futbol jamoalarining yakkakurashlardagi samaradorlik ko‘rsatkichlarini qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot O‘zbekiston Superligasining 2024-yilgi 1-mavsumi doirasida jamoalarning hujumdagi, himoyadagi, havodagi va neytral to‘p uchun kurashlardagi statistik natijalarini o‘rganadi. Maqola yakkakurashlar samaradorligining umumiy natijalarga, o‘yin strategiyalariga va jamoaviy taktikaga ta’sirini baholashni maqsad qilgan.

2024-09-27
  • PDF
6-12 189 71
Sport sohasida korrupsiyaning oldini olishning huquqiy asoslari
Oybek Artikbayev

Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslarini yaratilishi, korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha olib borilayotgan islohotlar, sport sohasida korrupsiya bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlar va ularni mazmuni mohiyati yoritilgan.

2025-04-02
  • PDF
101-105 173 46
1 - 19 from 19

 

Maqolalarga qo'yiladigan talablar

Tahririy kengash

Tahririyat siyosati

Materialni yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Ozbek

Ma `lumot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Obuna

Abonent resurslariga kirish uchun tizimga kiring.

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ЁШЛАРИ СИЁСАТИ ВА СПОРТ ВАЗИРЛИГИ

ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ БЎЙИЧА МУТАХАССИСЛАРНИ ҚАЙТА ТАЙЁРЛАШ ВА МАЛАКАСИНИ ОШИРИШ ИНСТИТУТИ

Sport ilm-fanining dolzarb muammolari

Jurnalga jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar, professor-o‘qituvchilar, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, sport turlari bo‘yicha trenerlar, sport shifokorlari, fiziologlar, psixologlar, jismoniy tarbiya metodistlari, sport menejmenti va huquqi bo‘yicha mutaxassislar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar, doktorantlar hamda jismoniy tarbiya va sport masalalariga qiziqqan har bir kishiga qaratilgan ilmiy-uslubiy maqolalar qabul qiladi.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Kontaktlar

KONTAKTLAR:

(+998)71 242-30-85

 

institut@sportedu.uz

 

100042, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 27-uy.

 
© Copyright 2026 Sport ilm-fanining dolzarb muammolari All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer