Ushbu maqolada tadqiqot predmeti insonning koordinatsion qobiliyatlari namoyon bo‘lishining nazariy asoslarini o‘rganish va ularning tuzilish xususiyatlarini tavsiflab berishdan iborat. Oliy ta’lim muassasalarining 17-18 yoshli talabalari koordinatsion tayyorgarligini umumqabul qilingan usullar va mualliflik mezonlari yordamida o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazildi hamda natijalar baholandi. Shu asosda oliy ta’lim muassasalari 17-18 yoshli talabalarining koordinatsion qobiliyatlarining joriy holati aniqlandi va ularning namoyon bo‘lish darajasi diagnostik testlar hamda mezonlar yordamida baholandi. Taklif etilgan testlar yordamida olingan natijalar insonning koordinatsion qobiliyatlarini baholash imkoniyatini beradi va jismoniy tarbiya jarayoniga tegishli o‘zgartirishlar kiritishni taqozo etadi.