Maqolada bo‘lajak jismoniy madaniyat o‘qituvchilarining tabiiy-ilmiy fanlar (anatomiya, fiziologiya, biomexanika va fizika) bo‘yicha kasbiy kompetentliklarini shakllantirishning tashkiliy-metodik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda ushbu fanlarni o‘qitishning zamonaviy usullari, pedagogik texnologiyalarning samaradorligi va ta’lim jarayonida integratsion yondashuvning ahamiyati o‘rganildi. Natijalar tabiiy-ilmiy bilimlarni jismoniy tarbiya bilan bog‘lash o‘qituvchilarning nafaqat nazariy tayyorgarligini, balki amaliy ko‘nikmalarini ham oshirishini ko‘rsatdi. Maqola oxirida ushbu jarayonni optimallashtirish bo‘yicha amaliy takliflar beriladi.