• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Sport ilm-fanining dolzarb muammolari
  • Hozirgi
  • Arxivlar
  • E'lonlar
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Kontaktlar
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 95.
Bolalarning jismoniy tayyorgarligi jismoniy tarbiyani oqilona tashkil etish omili sifatida
Elmira Abdurakhmanova, Gulmira Qurbonali qizi

Bolalarning jismoniy tayyorgarligini o‘rganish o‘quv faoliyati va maqsadli pedagogik taʼsirlar natijasida uning dinamikasini ochib berishga, qo‘llaniladigan jismoniy tarbiya vositalari va usullarining samaradorligini aniqlashga, o‘quv va jismoniy faoliyatning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun hissa qo‘shadigan jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlashga imkon beradi. Kichik yoshdan boshlab harakt qobiliyatlarini maqsadli va o‘z vaqtida rivojlantirish muhim ahamiyatga ega, chunki bola hayotining birinchi yilida uning salomatligi, harakat tajribasi va jismoniy kamolotining asoslari qo‘yiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasini amaliyotga joriy etish, ularning jismoniy tayyorgarligini sinash tizimi pedagogik jarayonni rejalashtirish va nazorat qilishga yordam beradi, lekin baʼzida bolalarning individual qobiliyatlari va maktabgacha taʼlim muassasalarida jismoniy tarbiya va dam olish ishlarini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinmadi

2023-08-27
  • PDF (Русский)
40-42 220 118
Yosh basketbolchi qizlarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish
Nazirov Odiljon

Ushbu maqolada yosh basketbolchi qizlarning jismoniy tayyorgarlik darajasi JTDSS (Jismoniy tayyorgarlik darajasi sport sinovlari) test majmuasi asosida baholandi. Olingan natijalar sportchilarning aksariyati belgilangan I daraja talablariga toʻliq javob bermasligini koʻrsatdi. Jumladan, 60 metrga yugurish, turgan joyidan uzunlikka sakrash, past turnikda tortilish, tennis toʻpini uloqtirish va argʻamchida sakrash sinovlari boʻyicha natijalar II va III daraja talablariga mos keldi. Yangi JTDSS meʼyorlari “Alpomish va Barchinoy” testlariga nisbatan ancha murakkab boʻlib, bu yosh sportchilar uchun jiddiy qiyinchilik tugʻdiradi. Shuning uchun sport maktablarida mashgʻulot jarayonini takomillashtirish, JTDSS talablariga mos tayyorgarlik tizimini yaratish va sportchilarning jismoniy tayyorgarlik dinamikasini muntazam kuzatib borish tavsiya etiladi.

2024-09-27
  • PDF
49-54 153 88
IIV Akademiyasi kursantlarining jismoniy tayyorgarlik darajasini kompleks testlar asosida statistik tahlil qilish
Akram Mirzakulov

Mazkur maqolada IIV akademiyasi kursantlarining jismoniy tayyorgarlik darajasi turli jismoniy sinovlar orqali baholandi. Tadqiqotda tezkorlik, kuch, chidamlilik va funksional tayyorgarlik koʻrsatkichlari qamrab olindi. Olingan natijalar statistik usullar yordamida tahlil qilinib, oʻrtacha qiymat, standart ogʻish va variatsiya koeffitsiyenti aniqlandi. Tahlil natijalari kursantlarning jismoniy tayyorgarligi umumiy jihatdan barqaror ekanini, ayrim koʻrsatkichlarda esa individual farqlar mavjudligini koʻrsatdi.

2025-12-29
  • PDF
70-74 338 1661
15-16 yoshli bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini maxsus qopda (signal orqali berilgan zarbalar soni) aniqlash
Ziyodullo Xadiyatullayev, Oydin Umirzakova

Ushbu maqolada tadqiqotchilar tomonidan oʻtkazilgan tajriba natijalariga koʻra, boks sport turi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasiga jalb qilingan 15-16 yoshli bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarlik, jismoniy sifatlar, kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik, koʻrsatkichlari tahlili muhokama etiladi.

2025-04-02
  • PDF
48-53 153 67
14–16 yoshli bokschi qizlarning musobaqaoldi tayyorgarlik davrida jismoniy sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qilish
Sunnatillo Turaev

Mazkur maqolada 14–16 yoshli bokschi qizlarning musobaqa oldi tayyorgarlik davrida jismoniy sifat koʻrsatkichlarini tahlil qilish masalalari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida murabbiylarning kasbiy faoliyati anketa-soʻrovnoma asosida oʻrganilib, sportchilarning jismoniy hamda texnik-taktik tayyorgarlik darajasiga taʼsir etuvchi omillar tahlil qilingan. Shuningdek, mashgʻulot yuklamalarini toʻgʻri tashkil etish va boshqarish, oʻquv-mashgʻulot jarayonida samarali usul va vositalardan maqsadga muvofiq foydalanish yosh bokschi qizlarning musobaqa faoliyati natijadorligini oshirishga xizmat qilishi asoslab berilgan.

2026-04-06
  • PDF
68-74 83 53
Funksional tayyorgarlik vositalari asosida kursantlarni ekstremal vaziyatlarga jismoniy tayyorlash metodikasi
Nuriddin Yulliyev

Mazkur maqolada funksional tayyorgarlik vositalari asosida kursantlarni ekstremal vaziyatlarga jismoniy tayyorlash metodikasini ishlab chiqish va uning samaradorligini eksperimental jihatdan asoslash masalalari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida kursantlar tajriba va nazorat guruhlariga ajratilib, funksional tayyorgarlikka yoʻnaltirilgan mashgʻulotlar tizimi joriy etildi. Eksperiment natijalari tezkorlik, kuch, chidamkorlik hamda funksional ish qobiliyati koʻrsatkichlarida ishonchli darajada ijobiy oʻzgarishlar kuzatilganini koʻrsatdi. Olingan natijalar funksional tayyorgarlik vositalari ekstremal xizmat sharoitida jismoniy barqarorlikni taʼminlash, harakat samaradorligini oshirish va kursantlarni amaliy xizmat faoliyatiga tayyorlashda yuqori samaraga ega ekanligini tasdiqlaydi.

2025-12-29
  • PDF
75-80 136 90
Yosh bokschi qizlar jismoniy tayyorgarligining ilmiy-amaliy asoslari tahlili
Farhod Turdiyev, Ziyodulla Xadiyatullayev

Ushbu maqolada o‘smir bokschi qizlarning ko‘p yillik  tayyorgarlik darajasini takomillashtirishda maxsus va umumiy tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlarda qo‘llanilayotgan vosita va usullarni takomillashtirish va o‘smir bokschi qizlarni musobaqalarga tayyorlash haqida fikr yuritilgan

2023-10-10
  • PDF
20-23 213 74
14-15 yoshli erkin kurashchilarning psixofiziologik tayyorgarlik dinamikasi
Alisher Tangriev

Ushbu maqolada yosh erkin kurashchilarning mashgʻulot davomida jismoniy tayyorgarlik koʻrsatkichlari hamda psixofiziologik jarayonlari tadqiq etiladi. Yosh kurashchilarning psixofiziologik tayyorgarlik davrining umum tayyorlov bosqichida asosiy eʼtibor 14-15 yoshli erkin kurashchilarning har tomonlama umumiy jismoniy tayyorgarlik koʻrishlarigа hamda psixofiziologik holatlariga qaratiladi.

2023-08-27
  • PDF
65-67 222 143
Sport o‘yinlarida 10–15 yoshli sportchilarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish metodikasi: jismoniy tayyorgarlik tuzilmasi va mazmuni
Ilhomjon Tursunaliyev

Mazkur maqolada sport oʻyinlari bilan shugʻullanuvchi 10–15 yoshli sportchilarda jismoniy tayyorgarlik tuzilmasi va mazmuni ilmiy-metodik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Yosh sportchilarda kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik, koordinatsiya va moslashuvchanlik sifatlarining oʻzaro bogʻliq holda rivojlanishi oʻyin samaradorligining muhim asosi ekanligi yoritiladi. Maqolada jismoniy tayyorgarlikning texnik va taktik tayyorgarlik bilan integratsiyasi, yuklamalarni yosh va biologik yetilish darajasiga mos rejalashtirish zarurati hamda zamonaviy trening vositalarining amaliy ahamiyati ochib beriladi. Plyometrik va nazorat ostidagi kuch mashqlari, qisqa sprintlar, yoʻnalishni tez oʻzgartirish mashqlari, interval usullari va koordinatsion topshiriqlar yosh sportchilarda jismoniy salohiyatni samarali rivojlantirishi koʻrsatiladi. Tadqiqot natijalari sport oʻyinlarida 10–15 yoshli sportchilar tayyorgarligini ilmiy asosda tashkil etish, jarohatlar xavfini kamaytirish va uzoq muddatli sport rivojlanishini taʼminlash uchun muhim metodik asos boʻlib xizmat qiladi.

2026-04-06
  • PDF
31-39 80 57
Yuqori malakali bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini raqamli texnologiyalar yordamida baholash
Farxod Turdiyev

Maqolada boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasiga jalb etilgan 15–18 yoshli bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Sportchilar organizmining individual xususiyatlari va funksional holatiga, jumladan, yillik tayyorgarlik davrlarida ish qobiliyatining o‘zgarish dinamikasiga moslashtirilgan mashg‘ulot rejasini ishlab chiqish yondashuvlari yoritiladi. Shuningdek, musobaqa sharoitlari va yurak qisqarishlari sonini hisobga olgan holda umumiy hamda maxsus mashqlarni tanlash, jismoniy sifatlarni rivojlantirish, kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik va chidamlilikni baholash, shuningdek, past va yuqori kuchlanishda berilgan zarbalar hamda ularning aniqligi ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi.

2026-10-12
  • PDF
35-45 10 8
Bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarligini kompleks tayyorgarlikning ilmiy-pedagogik tamoyillari asosida takomillashtirish
Ziyodullo Xadiyatullayev

Ushbu maqolada O‘zbekiston milliy boks terma jamoasi tarkibiga tayyorlanayotgan ayol bokschilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqot 12 nafar ayol bokschi ishtirokida o‘tkazilgan pedagogik tajribaga hamda tajriba mashg‘ulotlari davridan oldin va keyin amalga oshirilgan signal bo‘yicha zarba berish testiga asoslangan. Sportchilarning individual xususiyatlari, funksional holati, musobaqa talablari, shuningdek, umumiy va maxsus tayyorgarlik vositalaridan tabaqalashtirilgan holda foydalanishni hisobga olgan maxsus mashg‘ulot rejasi ishlab chiqilgan. Baholash jarayonida PDLT, PDHT va APD ko‘rsatkichlari, shuningdek, kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik va koordinatsion qobiliyatlarning rivojlanish darajasi tahlil qilindi. Mashg‘ulotlar mazmuniga umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik, texnik-taktik mashqlar, koordinatsion mashqlar, o‘yin usulidagi mashg‘ulotlar, nazorat testlari hamda tiklanish tadbirlari kiritildi. Tajriba oldidan va undan keyin olingan natijalarni tavsifiy taqqoslash ijobiy dinamikani ko‘rsatdi: PDLTning o‘rtacha ko‘rsatkichi 67,26 dan 56,07 gacha kamaydi, PDHTning o‘rtacha ko‘rsatkichi 184,53 dan 239,93 gacha, APDning o‘rtacha ko‘rsatkichi esa 77,08 foizdan 87,22 foizgacha oshdi. Tajribadan so‘ng yetti nafar sportchi zarba aniqligi bo‘yicha 90,00 foizlik natijaga erishdi. Olingan natijalar tizimli ravishda tashkil etilgan va individual yondashuvga asoslangan mashg‘ulot jarayoni yuqori malakali ayol bokschilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini yaxshilashi hamda ularni musobaqalarga yanada maqsadli tayyorlashga xizmat qilishini ko‘rsatadi.

2026-09-14
  • PDF (English)
47-54 55 20
17-18 yoshli bokschi qizlarning jismoniy tayyorgarligini aniqlash
Farxod Turdiyev, Ziyodulla Xadiyatullaev

Ushbu maqolada O‘zbekiston boks terma jamoasida shug‘ullanib kelayotgan 17-18 yoshli bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarlik, jismoniy sifatlar, kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik, ko‘rsatkichlarini aniqlangan.

2024-07-03
  • PDF
17-21 178 73
Maktab sharoitida 13–14 yoshli voleybolchi qizlarning jismoniy va texnik tayyorgarlik ko‘rsatkichlari dinamikasi
Sevara Ashurova

Mazkur maqolada maktab sharoitida voleybol bilan shug‘ullanuvchi 13–14 yoshli qizlarning jismoniy va texnik tayyorgarlik ko‘rsatkichlari pedagogik tajriba jarayonida qiyosiy baholandi. Tadqiqot Samarqand tumani 10- va 16-maktablarida 24 nafar 13–14 yoshli voleybolchi qiz ishtirokida tashkil etilgan. Ishtirokchilar nazorat va tajriba guruhlariga ajratilgan: nazorat guruhi odatdagi mashg‘ulotlar asosida, tajriba guruhi esa yosh xususiyatlariga mos maxsus jismoniy mashqlar bilan boyitilgan dastur asosida shug‘ullangan. Pedagogik tajriba manbada 8–12 haftalik davr sifatida ko‘rsatilgan. Jismoniy va texnik tayyorgarlikni baholashda 20 metrga yugurish, 4×10 metr mokisimon yugurish, joyidan yuqoriga sakrash, 30 soniyada o‘tirib-turish va voleybol to‘pini aniq uzatish testlaridan foydalanilgan. Natijalarning tavsifiy tahlili har ikki guruhda ijobiy dinamika mavjudligini ko‘rsatdi. 20 metrga yugurish, 4×10 metr mokisimon yugurish, joyidan yuqoriga sakrash va 30 soniyada o‘tirib-turish testlarida mutlaq o‘zgarishlar guruhlar o‘rtasida katta farq qilmagan. Eng aniq guruhlararo tafovut voleybol to‘pini aniq uzatish testida kuzatilib, tajriba guruhida natija 62 % dan 76 % gacha (+14 foiz punkt; +22,6 %), nazorat guruhida esa 59 % dan 66 % gacha (+7 foiz punkt; +11,9 %) yaxshilangan. Olingan natijalar tajriba guruhida maxsus texnik tayyorgarlik ko‘rsatkichining nisbatan yuqoriroq dinamikasini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, individual natijalar, variativlik ko‘rsatkichlari va inferensial statistik mezonlar keltirilmagani metodikaning ustun samaradorligi haqida qat’iy statistik xulosa chiqarish imkonini cheklaydi.

2026-09-10
  • PDF
13-25 56 41
Umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilarning sinflar boʻyicha jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash tizimini takomillashtirish
Orzubek Qambarov

Ushbu maqola umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini sinflar boʻyicha aniqlash tizimini takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan. Tadqiqotda jismoniy tarbiya dasturlarining hozirgi holati tahlil qilinib, xalqaro tajribalar va Oʻzbekistondagi normativ hujjatlar asosida yangi yondashuvlar taklif etiladi. Oʻquvchilarning yosh va jins xususiyatlariga moslashtirilgan testlar, zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish va oʻqituvchilar malakasini oshirish orqali tizimni yanada samarali qilish yoʻllari koʻrib chiqiladi. Tadqiqot natijalari maktablarda jismoniy tarbiyani rivojlantirish va sogʻlom avlod tarbiyalashga xizmat qiladi.

2025-04-02
  • PDF
28-32 136 64
Sport-sog‘lomlashtirish guruhlaridagi yosh badiiy gimnastikachilarning jismoniy tayyorgarligini aniqlashda nazorat sinovlarning ahamiyati
Oydin Umirzakova

Mazkur maqolada sport-sogʻlomlashtirish guruhlarida shugʻullanuvchi yosh badiiy gimnastikachilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlashda nazorat sinovlarining ilmiy-amaliy ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda 5–10 yoshli gimnastikachilarning tezlik, chaqqonlik, koordinatsiya, muvozanat va egiluvchanlik kabi asosiy jismoniy sifatlarini baholashga qaratilgan pedagogik testlash usullaridan foydalanilgan. Nazorat sinovlari sifatida 30 metrga yugurish, 3x10 metrga mokisimon yugurish, bir oyoqda muvozanat saqlash hamda tizzalarni bukmasdan oldinga egilish testlari qoʻllanilgan. Olingan natijalar yosh gimnastikachilarning jismoniy rivojlanish dinamikasini aniqlash, ularning kuchli va sust tomonlarini baholash, mashgʻulot jarayonini individuallashtirish hamda jismoniy yuklamalarni toʻgʻri rejalashtirishda nazorat sinovlarining muhim vosita ekanligini koʻrsatdi. Tadqiqot natijalari sport-sogʻlomlashtirish guruhlarida badiiy gimnastika mashgʻulotlari samaradorligini oshirish, nazorat-test tizimini takomillashtirish va yosh sportchilarni bosqichma-bosqich tayyorlash jarayonini ilmiy asosda tashkil etishga xizmat qiladi.

2026-04-06
  • PDF
40-45 98 86
Umumta’lim maktablarining jismoniy tarbiya darslarida kurash vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirishda milliy harakatli o‘yinlarning o‘rni
Abdirahmon Beknazarov

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarining jismoniy tarbiya darslarida kurash vositalaridan samarali foydalanishda milliy harakatli o‘yinlarning pedagogik va metodik ahamiyati yoritilgan. Kurash elementlariga ega harakatli o‘yinlarning o‘quvchilarda kuch, chaqqonlik, tezkorlik, chidamlilik, egiluvchanlik, muvozanat va harakat koordinatsiyasi kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqotda ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish, pedagogik kuzatuv, pedagogik tajriba hamda matematik-statistik tahlilning foizli hisoblash usulidan foydalanilgan. Shuningdek, kurashga tayyorgarlik jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan 13 ta milliy va maxsus harakatli o‘yinning mazmuni, qoidalari hamda metodik yo‘nalishi tizimlashtirilgan. Tajriba-sinov natijalari o‘quvchilarning o‘yinlarga qiziqishi, jismoniy sifatlarining rivojlanishi va dars jarayonida bunday o‘yinlardan foydalanish ko‘rsatkichlarida ijobiy dinamikani ko‘rsatgan.

2026-09-12
  • PDF
36-46 43 17
Malakali para-taekvondochilarning musobaqa oldi tayyorgarligi samaradorligini oshirishga qaratilgan moslashtirilgan jismoniy va texnik-taktik tayyorgarlik dasturi
Temur Sobirov

Ushbu maqolada malakali para-taekvondochilarning musobaqa oldi tayyorgarligi samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan jismoniy hamda texnik-taktik tayyorgarlikka moslashtirilgan 10 kunlik mashgʻulot dasturi taqdim etilgan. Dastur ikki bosqichdan iborat boʻlib, birinchi bosqichda jismoniy va texnik-taktik mashgʻulotlar parallel ravishda olib boriladi, ikkinchi bosqichda esa musobaqa kuniga yaqinlashgan sari yuklamalar bosqichma-bosqich kamaytirilib, musobaqa simulyatsiyasi oʻtkaziladi. Pedagogik tadqiqot natijalari mazkur dastur qoʻllanilgan sportchilarda texnik zarbalar aniqligi, taktik qaror qabul qilish tezligi va musobaqadagi gʻalaba koʻrsatkichlari nazorat guruhiga nisbatan statistik jihatdan ishonchli darajada yuqori boʻlganini tasdiqlaydi.

2026-04-06
  • PDF
139-143 70 76
Jangovar sambo mashgʻulotlari orqali kursantlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish
Abduvaxid Atashayxov

Maqolada jangovar sambo mashgʻulotlarini oʻquv jarayoniga joriy etish orqali kursantlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish masalalari yoritilgan. Tadqiqot davomida jangovar sambo asosida ishlab chiqilgan maxsus mashgʻulot metodikasining kuch, tezkorlik, chidamlilik va koordinatsion qobiliyatlarga taʼsiri tajriba-sinov yoʻli bilan oʻrganildi. Olingan natijalar tajriba guruhi kursantlarida jismoniy tayyorgarlik koʻrsatkichlari nazorat guruhiga nisbatan sezilarli darajada oshganini koʻrsatdi.

2025-12-29
  • PDF
64-69 99 71
17-18 yoshli bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarlik koʻrsatkichlarini maxsus qopda ishlash yordamida aniqlash (signal boʻyicha berilgan zarbalar soni)
Ziyodullo Xadiyatullayev

Ushbu maqolada 17–18 yoshli qizlar-bokschilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi tadqiq etilgan. Oʻquvchilar sport mashgʻulotlarida maxsus qopda signal boʻyicha zarba ishlari orqali baholangan. Tadqiqot jarayonida kuch, chaqqonlik, tezlik, chidamlilik va moslashuvchanlik kabi maxsus jismoniy koʻrsatkichlar aniqlangan, bu esa sportchilarning maxsus tayyorgarlik darajasini va trening samaradorligini baholash imkonini beradi.

2025-10-01
  • PDF
83-89 105 81
Yuqori malakali gandbolchilarni saralashda jismoniy tayyorgarligini nazorat qilish usullari
Zoir Yusupov

Mazkur maqolada yuqori malakali gandbolchilarning jismoniy tayyorgarlik aniqlash va tahlil qilish ishlari olib borilgan. Tadqiqotda  “SKIF” va “Xorazm” jamoalarning jismoniy tayyorgarlik darajasi tahlil qilingan holda natijalar bir biriga taqqoslangan va amaliy tavsiyalar berilgan.

2025-04-02
  • PDF
61-65 145 24
Stol tennisi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarni jismoniy tayyorgarligini shakllanish dinamikasi
Marhabo G‘aniyeva

Ushbu maqolada stol tennisi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarni umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasi tajriba oldidan maxsus testlar orqali o‘rganilgan, olingan natijalar jadvallar asosida ifodalangan hamda qiyosiy tahlil etilgan. Malakali stol tennischilarni tayyorlash jarayoni bo‘yicha xulosa va amaliy tavsiyalar bayon etilgan.

2024-04-03
  • PDF (Русский)
69-74 164 67
Koʻp yillik tayyorgarlik bosqichlarida yosh gandbolchilarni saralash va yoʻnaltirishda maxsus jismoniy tayyorgarligini tahlil qilish va nazorat qilish usullari
Zafarjon Yusupov

Mazkur maqolada tayyorlov davrida yosh gandbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini ishlab chiqilgan testlar yordamida tahlil qilish va nazorat qilish ishlari olib borilgan. Tadqiqotda Yakkasaroy tumanida joylashgan 2-sonli SM shugʻullanuvchilari va Chilonzor tumanida joylashgan SM gandbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi tekshirildi va natijalar bir birga taqqoslangan xolda amaliy tavsiyalar berilib, tadqiqotning yakunida xulosa keltirilgan.

2025-10-01
  • PDF
90-94 95 59
Yuqori malakali bokschi qizlarning texnik harakatlarini maxsus qopda aniqlash
Kobiljon Abdullayev

Maqolada Oʻzbekiston terma jamoasiga jalb qilingan 15–16 yoshli bokschi qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan tadqiqotlar asosida olingan tahlil natijalari keltirilgan. Tadqiqot maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini hamda asosiy jismoniy sifatlar — kuch, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik va tezkorlikning rivojlanishini oʻrganishga bagʻishlangan. Ayniqsa, bokschi qizlarning boks qopida mashq bajarish jarayonidagi texnik harakatlarini aniqlash va baholashga alohida eʼtibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari jismoniy sifatlar rivoji bilan zarba texnikasini takomillashtirish oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni aniqlashga imkon beradi. Olingan maʼlumotlar sport mashgʻulotlari jarayonini optimallashtirish va sport tayyorgarligining boshlangʻich hamda ixtisoslashgan bosqichlarida sportchi qizlarning samarali tayyorgarligini oshirish uchun qoʻllanilishi mumkin.

2025-11-14
  • PDF
145 63
Yosh bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarligini aniqlash
Farxod Turdiyev

Ushbu maqolada tadqiqotchilar tomonidan oʻtkazilgan tajriba natijalariga koʻra, boks sport turi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasiga jalb qilingan 17-18 yoshli bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarlik, jismoniy sifatlar, kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik, koʻrsatkichlari tahlili muhokama etiladi.

2024-12-15
  • PDF
66-74 217 64
Koʻp yillik tayyorgarlik bosqichlarida yosh gandbolchilarni saralash va yoʻnaltirishda maxsus jismoniy tayyorgarligini tahlil qilish va nazorat qilish usullari
Zafarjon Yusupov

Mazkur maqolada tayyorlov davrida yosh gandbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini ishlab chiqilgan testlar yordamida tahlil qilish va nazorat qilish ishlari olib borilgan. Tadqiqotda Yakkasaroy tumanida joylashgan 2-sonli SM shugʻullanuvchilari va Chilonzor tumanida joylashgan SM gandbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi tekshirildi va natijalar bir birga taqqoslangan xolda amaliy tavsiyalar berilib, tadqiqotning yakunida xulosa keltirilgan.

2024-12-15
  • PDF
56-60 252 75
1 - 25 from 95 1 2 3 4 > >> 

 

Maqolalarga qo'yiladigan talablar

Tahririy kengash

Tahririyat siyosati

Materialni yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Ozbek

Ma `lumot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Obuna

Abonent resurslariga kirish uchun tizimga kiring.

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ЁШЛАРИ СИЁСАТИ ВА СПОРТ ВАЗИРЛИГИ

ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ БЎЙИЧА МУТАХАССИСЛАРНИ ҚАЙТА ТАЙЁРЛАШ ВА МАЛАКАСИНИ ОШИРИШ ИНСТИТУТИ

Sport ilm-fanining dolzarb muammolari

Jurnalga jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar, professor-o‘qituvchilar, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, sport turlari bo‘yicha trenerlar, sport shifokorlari, fiziologlar, psixologlar, jismoniy tarbiya metodistlari, sport menejmenti va huquqi bo‘yicha mutaxassislar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar, doktorantlar hamda jismoniy tarbiya va sport masalalariga qiziqqan har bir kishiga qaratilgan ilmiy-uslubiy maqolalar qabul qiladi.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Kontaktlar

KONTAKTLAR:

(+998)71 242-30-85

 

institut@sportedu.uz

 

100042, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 27-uy.

 
© Copyright 2026 Sport ilm-fanining dolzarb muammolari All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer