• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Sport ilm-fanining dolzarb muammolari
  • Hozirgi
  • Arxivlar
  • E'lonlar
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Kontaktlar
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 3.
Parayengil atletikada tezkor nazorat tizimini parallel rejalashtirishning nazariy va amaliy jihatlari
Bobirbek Neʼmatov

Mazkur maqolada para yengil atletika sport turida tezkor nazorat tizimining nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda yuqori malakali para yengil atletikachilarning mashgʻulot va musobaqa faoliyatida yurak urish chastotasi (YuQS), kislorod isteʼmoli (VO₂), aerob va anaerob koʻrsatkichlari, tiklanish jarayonlari tezligi kabi biologik va funksional koʻrsatkichlarning informatsion ahamiyati asoslab berilgan. Tezkor nazorat natijalariga koʻra mashqlarni energiya taʼminoti mexanizmlariga muvofiq guruhlarga ajratish imkoniyatlari koʻrsatib oʻtilgan. Shuningdek, yuklamaning intensivligini baholashda shkalalash usullaridan foydalanish hamda parallel rejalashtirish konsepsiyasining samaradorligi yoritilgan. Olingan natijalar para yengil atletikachilarning mashgʻulot jarayonini optimallashtirish va sport natijalarini oshirishga xizmat qiladi.

2025-12-29
  • PDF
27-31 82 13
Tezlik-kuch sifatlarining fiziologik asoslari
Sherzod Tаirov

Ushbu maqolada tezlik-kuch sifatlarining fiziologik asoslari ko‘rib chiqildi. Tadqiqot davomida tezlik-kuch sifatlariga ta’sir etuvchi neyromuskulyar boshqaruv, mushak to‘qimalarining tarkibi, energetik ta’minot tizimlari va biomexanik omillar baholandi. Elektromyografiya, kinetik tahlil va biomexanik tahlil natijalari asosida mushaklarning faollashish darajasi, harakat dinamikasi va kuch hosil qilish mexanizmlari aniqlandi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, plyometrik mashqlar va eksploziv kuch mashg‘ulotlari sportchilarning tezlik-kuch ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada oshiradi. Shuningdek, individual yondashuv va ilmiy asoslangan mashg‘ulot metodikalari sportchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligini oshirishda muhim omillar sifatida belgilandi.

2024-07-03
  • PDF
65-68 210 25
Sportchilarning ovqatlanishini tashkil qilishning xususiyatlari
Shuxratulla Allamuratov , Habibullo Baxriddinov

Ushbu maqolada mualliflar tomonidan sportchi organizmiga maqsadli ta’sir ko‘rsatadigan, organizmdagi metabolik jarayonlarni boshqarish va faollashtirish imkonini beradigan sportchilarning ovqatlanish ratsionini ishlab chiqishdagi tamoyillarga rioya qilish kerakligi haqida ma’lumotlar berilgan.

2023-10-10
  • PDF
54-48 205 25
1 - 3 from 3

 

Maqolalarga qo'yiladigan talablar

Tahririy kengash

Tahririyat siyosati

Materialni yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Ozbek

Ma `lumot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Obuna

Abonent resurslariga kirish uchun tizimga kiring.

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ЁШЛАРИ СИЁСАТИ ВА СПОРТ ВАЗИРЛИГИ

ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ БЎЙИЧА МУТАХАССИСЛАРНИ ҚАЙТА ТАЙЁРЛАШ ВА МАЛАКАСИНИ ОШИРИШ ИНСТИТУТИ

Sport ilm-fanining dolzarb muammolari

Jurnalga jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar, professor-o‘qituvchilar, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, sport turlari bo‘yicha trenerlar, sport shifokorlari, fiziologlar, psixologlar, jismoniy tarbiya metodistlari, sport menejmenti va huquqi bo‘yicha mutaxassislar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar, doktorantlar hamda jismoniy tarbiya va sport masalalariga qiziqqan har bir kishiga qaratilgan ilmiy-uslubiy maqolalar qabul qiladi.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Kontaktlar

KONTAKTLAR:

(+998)71 242-30-85

 

institut@sportedu.uz

 

100042, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 27-uy.

 
© Copyright 2026 Sport ilm-fanining dolzarb muammolari All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer