• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Sport ilm-fanining dolzarb muammolari
  • Hozirgi
  • Arxivlar
  • E'lonlar
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Kontaktlar
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 9.
17-18 yoshli bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarlik koʻrsatkichlarini maxsus qopda ishlash yordamida aniqlash (signal boʻyicha berilgan zarbalar soni)
Ziyodullo Xadiyatullayev

Ushbu maqolada 17–18 yoshli qizlar-bokschilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi tadqiq etilgan. Oʻquvchilar sport mashgʻulotlarida maxsus qopda signal boʻyicha zarba ishlari orqali baholangan. Tadqiqot jarayonida kuch, chaqqonlik, tezlik, chidamlilik va moslashuvchanlik kabi maxsus jismoniy koʻrsatkichlar aniqlangan, bu esa sportchilarning maxsus tayyorgarlik darajasini va trening samaradorligini baholash imkonini beradi.

2025-10-01
  • PDF
83-89 5 0
Yuqori malakali bokschi qizlarning texnik harakatlarini maxsus qopda aniqlash
Kobiljon Abdullayev

Maqolada Oʻzbekiston terma jamoasiga jalb qilingan 15–16 yoshli bokschi qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan tadqiqotlar asosida olingan tahlil natijalari keltirilgan. Tadqiqot maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini hamda asosiy jismoniy sifatlar — kuch, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik va tezkorlikning rivojlanishini oʻrganishga bagʻishlangan. Ayniqsa, bokschi qizlarning boks qopida mashq bajarish jarayonidagi texnik harakatlarini aniqlash va baholashga alohida eʼtibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari jismoniy sifatlar rivoji bilan zarba texnikasini takomillashtirish oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni aniqlashga imkon beradi. Olingan maʼlumotlar sport mashgʻulotlari jarayonini optimallashtirish va sport tayyorgarligining boshlangʻich hamda ixtisoslashgan bosqichlarida sportchi qizlarning samarali tayyorgarligini oshirish uchun qoʻllanilishi mumkin.

2025-11-14
  • PDF
33 0
15-16 yoshli bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini maxsus qopda (signal orqali berilgan zarbalar soni) aniqlash
Ziyodullo Xadiyatullayev, Oydin Umirzakova

Ushbu maqolada tadqiqotchilar tomonidan oʻtkazilgan tajriba natijalariga koʻra, boks sport turi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasiga jalb qilingan 15-16 yoshli bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarlik, jismoniy sifatlar, kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik, koʻrsatkichlari tahlili muhokama etiladi.

2025-04-02
  • PDF
48-53 56 1
Yosh bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarligini aniqlash
Farxod Turdiyev

Ushbu maqolada tadqiqotchilar tomonidan oʻtkazilgan tajriba natijalariga koʻra, boks sport turi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasiga jalb qilingan 17-18 yoshli bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarlik, jismoniy sifatlar, kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik, koʻrsatkichlari tahlili muhokama etiladi.

2024-12-15
  • PDF
66-74 138 1
O‘smir bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarligini aniqlash
Farxod Turdiyev

Ushbu maqolada tadqiqotchilar tomonidan oʻtkazilgan tajriba natijalariga koʻra, boks sport turi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasiga jalb qilingan 15-16 yoshli bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarlik, jismoniy sifatlar, kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik, koʻrsatkichlari tahlili muhokama etiladi.

2024-09-27
  • PDF
55-63 121 11
17-18 yoshli bokschi qizlarning jismoniy tayyorgarligini aniqlash
Farxod Turdiyev, Ziyodulla Xadiyatullaev

Ushbu maqolada O‘zbekiston boks terma jamoasida shug‘ullanib kelayotgan 17-18 yoshli bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarlik, jismoniy sifatlar, kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik, ko‘rsatkichlarini aniqlangan.

2024-07-03
  • PDF
17-21 88 6
Oʻrta maktab yoshidagi bolalarga kurash elementlariga ega harakatli oʻyinlarni oʻrgatish
Abdirahmon Beknazarov, Mamatkarim Suyunov

Mazkur maqolada oʻrta maktab yoshidagi oʻquvchilarga kurash sport turining boshlangʻich elementlarini oʻrgatishda harakatli va sensorli oʻyinlardan foydalanishning pedagogik samaradorligi yoritilgan. Tadqiqot jarayonida jismoniy tarbiya mashgʻulotlariga moslashtirilgan kurash elementlariga ega harakatli oʻyinlar tanlab olinib, ularning oʻquvchilarning jismoniy tayyorgarligi, harakat faolligi va kurash sport turiga boʻlgan qiziqishini oshirishdagi ahamiyati tahlil qilindi. Pedagogik tajriba natijalari harakatli oʻyinlardan tizimli foydalanish oʻquvchilarning kuch, chaqqonlik, muvozanat va koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilishini koʻrsatdi. Tadqiqot natijalari jismoniy tarbiya darslarida kurash elementlariga ega harakatli oʻyinlardan foydalanish maqsadga muvofiqligini asoslaydi.

2025-10-01
  • PDF
49-53 3 0
Yengil atletikada sportcha yurish mashqlarini oʻrgatish qoidalari
Rajabboy Sohibnazarov

Maqolada yengil atletikaning muhim turlaridan biri boʻlgan sportcha yurishni oʻrgatish qoidalari, uning texnik va taktik xususiyatlari yoritilgan. Sportcha yurishning biomexanik asoslari, harakat fazalari, qadam uzunligi va tezligi, tos hamda qoʻl harakatlarining muvofiqligi tahlil qilingan. Mashgʻulot jarayonida pedagogik tamoyillarni qoʻllashning ahamiyati asoslab berilib, sportchilarni har tomonlama jismoniy rivojlantirish zarurligi koʻrsatib oʻtilgan. Keltirilgan materiallar sportcha yurish texnikasini samarali oʻrgatish va takomillashtirishda amaliy ahamiyatga ega.

2025-10-01
  • PDF
60-67 1 0
Badiiy gimnastikachilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi omillar
Laylo Sobirova, Dilnur Astankulova

Maqolada badiiy gimnastikachilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi asosiy omillar tahlil qilingan. Badiiy gimnastika sportchilardan yuqori darajadagi epchillik, moslashuvchanlik, kuch, chidamlilik va muvozanatni talab qilgani sababli, ushbu qobiliyatlarni shakllantirish va takomillashtirish jarayonini chuqur oʻrganish zarurati mavjud. Ishda jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan mashgʻulot metodikalari, ularning samaradorlik darajasi, yoshga va individual xususiyatlarga mos yondashuvlar yoritilgan. Tadqiqot natijalariga asoslanib, badiiy gimnastikachilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

2025-10-01
  • PDF
77-82 3 0
1 - 9 from 9

 

Maqolalarga qo'yiladigan talablar

Tahririy kengash

Tahririyat siyosati

Materialni yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Ozbek

Ma `lumot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Obuna

Abonent resurslariga kirish uchun tizimga kiring.

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ЁШЛАРИ СИЁСАТИ ВА СПОРТ ВАЗИРЛИГИ

ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ БЎЙИЧА МУТАХАССИСЛАРНИ ҚАЙТА ТАЙЁРЛАШ ВА МАЛАКАСИНИ ОШИРИШ ИНСТИТУТИ

Sport ilm-fanining dolzarb muammolari

Jurnalga jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar, professor-o‘qituvchilar, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, sport turlari bo‘yicha trenerlar, sport shifokorlari, fiziologlar, psixologlar, jismoniy tarbiya metodistlari, sport menejmenti va huquqi bo‘yicha mutaxassislar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar, doktorantlar hamda jismoniy tarbiya va sport masalalariga qiziqqan har bir kishiga qaratilgan ilmiy-uslubiy maqolalar qabul qiladi.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Kontaktlar

KONTAKTLAR:

(+998)71 242-30-85

 

institut@sportedu.uz

 

100042, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 27-uy.

 
© Copyright 2026 Sport ilm-fanining dolzarb muammolari All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer