Maqolada Oʻzbekiston terma jamoasiga jalb qilingan 15–16 yoshli bokschi qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan tadqiqotlar asosida olingan tahlil natijalari keltirilgan. Tadqiqot maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini hamda asosiy jismoniy sifatlar — kuch, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik va tezkorlikning rivojlanishini oʻrganishga bagʻishlangan. Ayniqsa, bokschi qizlarning boks qopida mashq bajarish jarayonidagi texnik harakatlarini aniqlash va baholashga alohida eʼtibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari jismoniy sifatlar rivoji bilan zarba texnikasini takomillashtirish oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni aniqlashga imkon beradi. Olingan maʼlumotlar sport mashgʻulotlari jarayonini optimallashtirish va sport tayyorgarligining boshlangʻich hamda ixtisoslashgan bosqichlarida sportchi qizlarning samarali tayyorgarligini oshirish uchun qoʻllanilishi mumkin.