Ushbu maqola O‘zbekistonda sport murabbiylari orasida ingliz tilini o‘rganish jarayonlari, ularning kasbiy faoliyatida ingliz tilining ahamiyati va global muloqot kontekstida chet tilini bilishning dolzarbligi masalalarini o‘rganishga bag'ishlangan. Tadqiqot doirasida 120 nafar turli sport turlari bo‘yicha murabbiylar ishtirokida so‘rovnoma o‘tkazilib, ularning ingliz tili bilish darajasi, o‘rganish motivatsiyasi va kasbiy ehtiyojlari aniqlandi. Shuningdek, 15 nafar xalqaro miqyosda faoliyat yurituvchi murabbiylar bilan chuqurlashtirilgan intervyular o‘tkazildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, sport murabbiylari uchun ingliz tilini o‘rganishda mahalliy ehtiyojlar (masalan, xalqaro musobaqalar va treninglarda ishtirok etish) va global imkoniyatlar (jahon tajribasini o‘zlashtirish, xorijiy sportchilar bilan ishlash) o‘rtasidagi muvozanatni saqlash muhimdir. Tadqiqot natijasida sport sohasiga yo‘naltirilgan maxsus ingliz tili o‘quv dasturlari va metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.