• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Sport ilm-fanining dolzarb muammolari
  • Hozirgi
  • Arxivlar
  • E'lonlar
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Kontaktlar
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 219.
Morfofunktsional ko'rsatkichlar asosida o'spirin maktab o'quvchilarining somatik sog'lig'ini qiyosiy baholash
Mohira Yusupova

Maqolada 15-16 yoshdagi maktab o‘quvchilarining jismoniy rivojlanishi, funksional holati va sog‘lig‘i holatini qiyosiy baholash dinamikasida imkon beradigan mavjud usullardan foydalanilgan. Jismoniy rivojlanish darajasini, moslashish qobiliyatini oshirishga katta hissa qo‘shganligi, o‘rganilgan maktab o‘quvchilari muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanishlari, xususan, gandbol va futbol bilan shug‘ullanishlari bilan bog‘liq bo‘lib, bu harakat faolligini yuqori darajada ushlab turishga imkon beradi, bu esa salomatlikni saqlash va mustahkamlashga yordam beradi. 15-16 yoshdagi maktab o‘quvchilarining sog‘lig‘ini tashxislash usuli turli darajadagi moslashish qobiliyatiga ega bo‘lgan maktab o‘quvchilarini aniqlashga imkon berdi, bu sog‘liqning ob’ektiv aksidir. G. L. Apanasenko metodologiyasi bo'yicha maktab o‘quvchilarining sog‘lig‘ini baholash metodologiyasini joriy etish, ayniqsa, maktablarda ommaviy tekshiruvlar o‘tkazishda maktab o‘quvchilarining sog‘lig‘ini dinamik kuzatish samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.

2023-10-10
  • PDF (Русский)
59-63 171 36
Yuqori malakali gandbolchilarni saralashda jismoniy tayyorgarligini nazorat qilish usullari
Zoir Yusupov

Mazkur maqolada yuqori malakali gandbolchilarning jismoniy tayyorgarlik aniqlash va tahlil qilish ishlari olib borilgan. Tadqiqotda  “SKIF” va “Xorazm” jamoalarning jismoniy tayyorgarlik darajasi tahlil qilingan holda natijalar bir biriga taqqoslangan va amaliy tavsiyalar berilgan.

2025-04-02
  • PDF
61-65 131 17
Gandbolchilarni saralashda jismoniy sifatlarni rivojlantirish usullari
Zafarjon Yusupov

Mazkur maqolada boshlangʻich tayyorgarlik bosqichida 10–12 yoshli gandbolchilarni saralashda mashgʻulot yuklamalarini taqsimlash va jismoniy sifatlarni rivojlantirishga doir ilmiy uslubiy adabiyotlarni oʻrganish hamda maxsus ishlab chiqilgan mashqlar majmuasi asosida gandbolchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish hamda nazorat qilish boʻyicha amaliy natijalar va tavsiyalar berilgan.

2025-04-02
  • PDF
54-60 166 59
14-15 yoshli erkin kurashchilarning psixofiziologik tayyorgarlik dinamikasi
Alisher Tangriev

Ushbu maqolada yosh erkin kurashchilarning mashgʻulot davomida jismoniy tayyorgarlik koʻrsatkichlari hamda psixofiziologik jarayonlari tadqiq etiladi. Yosh kurashchilarning psixofiziologik tayyorgarlik davrining umum tayyorlov bosqichida asosiy eʼtibor 14-15 yoshli erkin kurashchilarning har tomonlama umumiy jismoniy tayyorgarlik koʻrishlarigа hamda psixofiziologik holatlariga qaratiladi.

2023-08-27
  • PDF
65-67 207 138
Yuqori malakali sportchilarda musobaqa oldi stress holatining psixologik xususiyatlari va uni kamaytirish usullari
Muxabbat Axmedova

Mazkur maqolada yuqori malakali sportchilarda musobaqa oldi stress holatining psixologik xususiyatlari, uning sport natijalariga taʼsiri hamda stressni kamaytirish usullarining samaradorligi oʻrganildi. Tadqiqotda 18–25 yoshli 30 nafar sportchi ishtirok etdi. Tahlil natijalariga koʻra, yuqori xavotir darajasi 68,0±2,1% dan 39,0±1,9% gacha kamaygani aniqlandi (p<0.05). Bu esa psixologik tayyorgarlik mashgʻulotlarining samaradorligini tasdiqlaydi.

2026-04-06
  • PDF
105-108 54 48
Basketbolchilarni boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida qo‘llaniladigan vositalarni rejalashtirish va ularning nisbatini aniqlash muammolari
Fatima Ganiyeva

Maqolada Oʻzbekiston sport maktablarida basketbolchilarni boshlangʻich tayyorgarlik bosqichida qoʻllaniladigan vositalarni rejalashtirish xususiyatlari tahlil qilinadi. Oʻquv-mashgʻulot jarayonida tayyorgarlikning turli yoʻnalishlari nisbati koʻrib chiqiladi hamda u ilgʻor xorijiy mamlakatlar sport maktablari amaliyoti bilan qiyoslanadi. Bunday tahlil tayyorgarlik vositalari va soatlarini taqsimlashdagi mavjud muammolarni aniqlash, shuningdek, ularni basketbolni rivojlantirishga qoʻyilayotgan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqish zaruratini belgilash imkonini beradi. Bu esa, oʻz navbatida, mamlakat rahbariyati tomonidan sportni rivojlantirish boʻyicha belgilangan vazifalarni hal etishga, yosh basketbolchilar tayyorgarligi samaradorligini oshirishga hamda milliy terma jamoalarning nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishishiga xizmat qilishi mumkin.

2026-04-06
  • PDF
60-67 56 20
Maktablarda sportni rivojlantirish orqali ijtimoiy integratsiya jarayonlarini kuchaytirish
Komil Mirzabayev

Ushbu maqolada maktablarda sportni rivojlantirish orqali ijtimoiy integratsiya jarayonlarini kuchaytirishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqot sport mashgʻulotlari va toʻgaraklarining oʻquvchilar orasida ijtimoiy hamkorlik, empatiya va oʻzaro hurmatni rivojlantirishdagi rolini yoritadi. Sportning shaxsiy va ijtimoiy foydalari, masalan, doʻstona munosabatlarni kuchaytirish, oʻzini hurmat qilish va jamoaviy ruhni shakllantirish kabi jihatlar koʻrsatib beriladi. Tajriba guruhi misolida dars va darsdan tashqari sport faoliyatlari uygʻunlashuvi ijtimoiy integratsiya koʻrsatkichlarini sezilarli oshirishini isbotlaydi. Maqolada integratsiya modelining vazifalari, tadqiqot metodikasi va amaliy tavsiyalar bayon etiladi.

2025-12-29
  • PDF
37-41 89 62
Parayengil atletikada tezkor nazorat tizimini parallel rejalashtirishning nazariy va amaliy jihatlari
Bobirbek Neʼmatov

Mazkur maqolada para yengil atletika sport turida tezkor nazorat tizimining nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda yuqori malakali para yengil atletikachilarning mashgʻulot va musobaqa faoliyatida yurak urish chastotasi (YuQS), kislorod isteʼmoli (VO₂), aerob va anaerob koʻrsatkichlari, tiklanish jarayonlari tezligi kabi biologik va funksional koʻrsatkichlarning informatsion ahamiyati asoslab berilgan. Tezkor nazorat natijalariga koʻra mashqlarni energiya taʼminoti mexanizmlariga muvofiq guruhlarga ajratish imkoniyatlari koʻrsatib oʻtilgan. Shuningdek, yuklamaning intensivligini baholashda shkalalash usullaridan foydalanish hamda parallel rejalashtirish konsepsiyasining samaradorligi yoritilgan. Olingan natijalar para yengil atletikachilarning mashgʻulot jarayonini optimallashtirish va sport natijalarini oshirishga xizmat qiladi.

2025-12-29
  • PDF
27-31 98 54
Sotsiolingvistik kompetensiyaning sharq va gʻarb mutafakkirlari psixologik qarashlarida asoslanishi (falsafiy-axloqiy yondashuvlar hamda sport faoliyati kontekstida)
Gulbaxor Valiyeva

Ushbu maqolada sharq va gʻarb mutafakkirlarining inson nutqi, muloqot madaniyati hamda axloqiy qadriyatlar haqidagi qarashlari asosida sotsiolingvistik kompetensiyaning falsafiy-axloqiy kontekstdagi psixologik asoslari tahlil qilingan. Suqrot, Arastu, Aflotun, Konfutsiy, Lao Szı, Zardusht kabi miloddan avvalgi mutafakkirlarning nutq madaniyati, odob va axloq haqidagi gʻoyalari bilan zamonaviy sotsiolingvistik konsepsiya hamda nazariyalar oʻrtasida maʼnaviy-axloqiy jihatdan psixologik bogʻliqliklar tizimli yoritilgan. Shuningdek, ularning falsafiy qarashlari asnosida bugungi kun sport faoliyatiga bogʼliq tomonlari tahlili ham keltirilgan. Tadqiqot natijalari sotsiolingvistik kompetensiyani shakllantirish jarayonida falsafiy tafakkur va axloqiy qadriyatlar asoslanuvchi psixologik omillarning oʻrni muhimligini koʻrsatadi.

2025-10-01
  • PDF
125-131 102 39
Taʼlimni yanada rivojlantirish va takomillashtirishda tarbiyaning tutgan oʻrni
Ajiniyaz Xojametov

Ushbu maqolada Respublikamizning ijtimoiy siyosiy hayotida milliy oʻzlikni anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlarni oʻzlashtirish orqali shaxs bilan jamiyat oʻrtasida uygʻunlikni vujudga keltirish, har tomonlama voyaga yetayotgan yoshlarning qobiliyatlari, isteʼdodlari, ichki imkoniyatlari, oʻziga xos individual-psixologik xususiyatlarini tadqiq etish, yosh avlodning shaxs va subyekt sifatida shakllanishi, aqliy rivojlanishi, tarbiyalanganlik darajasi va taʼlim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish haqida aytib oʻtiladi.

2025-10-01
  • PDF
6-9 96 58
Sport maktablari trenerlari tomonidan yosh futbolchilarni vestibulyar mashqlarga oʻrgatishning samarali usullari
Aydos Shilmanov

Maqolada futbolchilar tomonidan vestibulyar mashqlarni samarali oʻzlashtirishga qaratilgan trenerlik usullari koʻrib chiqiladi. Vizual, ogʻzaki va amaliy usullar, shuningdek, individual yondashuv va mashq sharoitlarining xilma-xilligi yoritilgan. Koordinatsiya muvozanat va umumiy sport tayyorgarligi uchun vestibulyar mashqlarning ahamiyati ilmiy asoslangan.

2025-08-04
  • PDF
48-53 79 59
Spоrt sоhаsidа аmаliy tаdqiqоtlаrni о‘rgаnishning pedagogik shart-sharoitlari
Farxod Kulbulov

Mazkur maqolada sport sohasida amaliy tadqiqotlarni oʻrganishning pedagogik shart-sharoitlari bayon etilgan. Shuningdek, sportchining musobaqaga umumiy psixologik tayyorgarligi, musobaqaga ishtirok etish imkoniyatlari, musobaqa jarayoniga tayyorlashning eʼtiborli jihatlari yoritib berilgan.

2024-09-27
  • PDF
78-81 125 70
О‘smir sportchilarda sport bilan shug‘ullanish motivlarini о‘rganish
Qodirjon Arzibayev

Ushbu maqolada o‘smir sportchilarning sport motivatsiyasiga ta’sir yetuvchi omillarni o‘rganish natijalari, shuningdek, ushbu mavzu bo‘yicha fikr va mulohazalar muhokama qilinadi.

2023-11-15
  • pdf
18-25 304 67
Qilichbozlarda "Jang hissi"ning asosiy tarkibiy qismi sifatida "Oraliq hissi"ning psixologik tahlili
Zahid Gapparov, Xursan Ro‘ziyev

Mazkur maqolada qilichboz sportchilarda masofani aniq baholashga xizmat qiladigan “oraliq hissi” (chuvstvo distansii) ning psixologik tuzilmasi va u “jang hissi” (chuvstvo boya) ni shakllantirishdagi yetakchi o‘rni tahlil qilindi. Tadqiqotda so‘rovnoma (oldindan va asosiy) hamda maxsus qurilma yordamida masofani subyektiv baholash tajribasi qo‘llandi. Natijalar “masofa hissi” “jang hissi” tarkibida eng yuqori baholangan komponent ekanini ko‘rsatdi; masofani aniqlashda raqibning harakati va qurollangan qo‘li kabi vizual belgilar yetakchi o‘rin egallashi aniqlanadi.

2025-12-29
  • PDF (Русский)
99-104 80 63
Milliy xalq oʻyinlari va oʻzbek milliy anʼanalarining dialektik tahlili
Mansur Mamadaliyev

Mazkur maqolada milliy xalq oʻyinlari va milliy urf odatlarimizni oʻzida mujassamlashtirgan oʻzbek xalq oʻyinlari, ularning jamiyatdagi va yosh avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati, milliy xalq oʻyinlarining anʼanalar bilan bogʻliqligi  masalalari haqida soʻz boradi.

2024-12-15
  • PDF
90-96 346 48
Sportchilarga xos psixik holatlarni (stress, agressiya, xulq-atvor) ob’yektiv va sub’yektiv baholash
Jamshid Pulatov, Zokir Rasulov

Ushbu maqolada Sportchilarga xos psixik holatlar qoʻrquv, xavotir, hayajon, gʻazab, asabiylik, agressiya, affekt, vahima holatlarni izohlash va psixokorreksiyalashga qaratilgan maʼlumotlar keltirilib oʻtilgan.

2024-09-27
  • PDF
83-90 146 71
Gandbolchilarni saralash jarayonida ularning texnik-taktik harakatlarini nazorat qilish uslubiyoti
Zafarjon Yusupov, Zokir Rasulov

Mazkur maqolada yuqori malakali gandbolchilarning musobaqa faoliyatiga amplua boʻyicha saralash va tayyorlash tizimi, musobaqalarda oʻyinchilarning sifat koʻrsatkichlarini aniqlash va maxsus testlar asosida texnik-taktik tayyorgarligini baholash hamda takomillashtirish vositalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish ishlari amalga oshirilgan.

2024-09-27
  • PDF
68-72 335 72
15-16 yoshli taekvondochilarning mashg‘ulotlari jarayonida muvozanatni saqlash turg‘unligi va harakat aniqligining o‘sish surʼatlari
B.Sh. Raxmatov, P.K. Ubenov

Ushbu maqolada 15-16 yoshli taekvondochilarning vestibulosomatik qobiliyatlarini o‘ng va chap oyoqda bajariladigan maxsus mashqlar yordamida rivojlantirishga qaratiladigan izlanishlar natijalari qayd etilgan.

2024-04-03
  • PDF (Русский)
61-68 122 63
Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslarni golbol sport turiga tayyorlash mexanizmlari
Laylo Sobirova

Ushbu maqolada golbol sport mashg‘ulotlarida haftalik sikllarni qo‘llash orqali ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslarni jismoniy, texnik, taktik hamda musobaqa oldi tayyorgarlik vositalarini rejalashtirish hamda me’yorlash bo‘yicha amalga oshirilgan pedagogik tajriba muhokamasi hamda ularning natijalari keltirilgan.

2023-12-15
  • PDF
150-152 271 62
Zamonaviy voleybolda hujum harakatlari samaradorligini oshirish mexanizmlar
Muxammad Xaydarov

Mazkur maqola zamonaviy voleybolda hujum harakatlari samaradorligini oshirishga qaratilgan boʻlib, texnik-taktik, psixologik va jismoniy tayyorgarlik omillarining oʻzaro uygʻunligini tahlil qiladi. Tarixiy rivojlanish bosqichlari, pozitsion oʻyinchilarga qoʻyiladigan talablar, biomexanik harakatlar, aldamchi harakatlarning funksional va psixologik jihatlari hamda zamonaviy texnologiyalar yordamida amalga oshirilayotgan monitoring vositalari keng yoritilgan. Tadqiqot doirasida yaratilgan “Xaydarov dasturi” sportchilarning hujum harakatini bajarish mobaynidam oʻrtacha  burchak gradusini avtomatik tarzda aniqlash imkonini berib, texnik-taktik tahlilni soddalashtirilishi bayon qilingan.

2025-10-01
  • PDF
10-18 107 56
Gandbolchilarni saralash jarayonida jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish uslublari
Zoir Yusupov

Ushbu maqolada gandbolchilarni dastlabki tayyorgarlik bosqichiga saralash jarayoni koʻrib chiqiladi. Bu jarayon chidamlilik darajasini aniqlash va uni maxsus mashqlar orqali takomillashtirishni oʻz ichiga oladi. Tadqiqotda gandbol boʻyicha ixtisoslashtirilgan sport maktabida shugʻullanayotgan gandbolchilarning chidamliligi tahlil qilingan.

2024-12-15
  • PDF
61-65 305 75
Boshlang‘ich tayyorlov guruhidagi uch hatlab sakrovchilarni jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatgichlari orqali o‘quv-mashg‘ulot guruhlariga saralash
Shahribonu Mannonova

Ushbu maqolada boshlang‘ich o‘quv guruhida uch hatlab sakrovchilarning jismoniy tayyorgarligi darajasini aniqlash orqali o‘quv guruhlariga tanlash va yo‘naltirish samaradorligini oshirishga qaratilgan tadqiqot tahlili tasvirlangan.

2023-12-15
  • PDF
69-73 174 59
Maktab o‘quvchilarining morfofunksion xususiyatlarini kanonik tahlil asosida baholash
Neymadjon Mamadjanov, Abdujalil Tolametov

Maqolada 12–13 yoshli maktab oʻquvchilarining morfofunksional koʻrsatkichlari bilan jismoniy tayyorgarlik darajasi oʻrtasidagi koʻp oʻlchovli bogʻliqlik kanonik korrelyatsiya tahlili asosida oʻrganilgan. Oʻquvchilarning morfologik oʻsish koʻrsatkichlari, xususan tana uzunligi va mushak toʻqimasi ulushi tezlik-kuch sifatlari bilan chambarchas bogʻliq ekanligi aniqlangan. Teri osti yogʻ ulushining ortishi harakat natijalariga salbiy taʼsir koʻrsatishi qayd etilgan. Olingan natijalar kanonik tahlil usuli jismoniy tayyorgarlikni kompleks va ilmiy asosda baholash imkonini berishning  ilmiy-nazariy va amaliy masalalari tahlil qilingan.

2026-04-06
  • PDF
92-97 45 50
Ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida yuqori malakali gandbolchilarni saralab olish jarayonida kuch sifatini tahlil qilish usullari
Zoir Yusupov

Mazkur maqolada yuqori malakali gandbolchilarning umumiy jismoniy tayyorgarlik bosqichida kuch sifatini aniqlash va tahlil qilish ishlari olib borilgan. Tadqiqotda  “SKIF” va “Xorazm” jamoalarning kuch sifatlari tahlil qilingan holda natijalar bir biriga taqqoslangan va amaliy tavsiyalar berilgan.

2024-09-27
  • PDF
64-67 181 71
Yuqori malakali futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini kompleks nazorat qilish
Abulfayzxon Jaxbarov

Maqolada O‘zbekiston Superligasi jamoalari futbolchilarining jismoniy tayyorgarligini o‘rganish natijalari, kompleks nazoratning turli jihatlari tahlili, mashg‘ulot jarayonini optimallashtirish va ularni talqin qilish bo‘yicha ma’lumotlar, shuningdek, yuqori malakali futbolchilarni tayyorlashni rejalashtirishni kompleks nazorat qilish va tuzatish usullari keltirilgan.

2023-12-15
  • PDF
63-68 188 65
126 - 150 from 219 << < 1 2 3 4 5 6 7 8 9 > >> 

 

Maqolalarga qo'yiladigan talablar

Tahririy kengash

Tahririyat siyosati

Materialni yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Ozbek

Ma `lumot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Obuna

Abonent resurslariga kirish uchun tizimga kiring.

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ЁШЛАРИ СИЁСАТИ ВА СПОРТ ВАЗИРЛИГИ

ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ БЎЙИЧА МУТАХАССИСЛАРНИ ҚАЙТА ТАЙЁРЛАШ ВА МАЛАКАСИНИ ОШИРИШ ИНСТИТУТИ

Sport ilm-fanining dolzarb muammolari

Jurnalga jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar, professor-o‘qituvchilar, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, sport turlari bo‘yicha trenerlar, sport shifokorlari, fiziologlar, psixologlar, jismoniy tarbiya metodistlari, sport menejmenti va huquqi bo‘yicha mutaxassislar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar, doktorantlar hamda jismoniy tarbiya va sport masalalariga qiziqqan har bir kishiga qaratilgan ilmiy-uslubiy maqolalar qabul qiladi.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Kontaktlar

KONTAKTLAR:

(+998)71 242-30-85

 

institut@sportedu.uz

 

100042, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 27-uy.

 
© Copyright 2026 Sport ilm-fanining dolzarb muammolari All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer