• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Sport ilm-fanining dolzarb muammolari
  • Hozirgi
  • Arxivlar
  • E'lonlar
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Kontaktlar
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 219.
17-18 yoshli bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarlik koʻrsatkichlarini maxsus qopda ishlash yordamida aniqlash (signal boʻyicha berilgan zarbalar soni)
Ziyodullo Xadiyatullayev

Ushbu maqolada 17–18 yoshli qizlar-bokschilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi tadqiq etilgan. Oʻquvchilar sport mashgʻulotlarida maxsus qopda signal boʻyicha zarba ishlari orqali baholangan. Tadqiqot jarayonida kuch, chaqqonlik, tezlik, chidamlilik va moslashuvchanlik kabi maxsus jismoniy koʻrsatkichlar aniqlangan, bu esa sportchilarning maxsus tayyorgarlik darajasini va trening samaradorligini baholash imkonini beradi.

2025-10-01
  • PDF
83-89 81 67
Bo‘lajak jismoniy madaniyat o‘qituvchisining tabiiy-ilmiy fanlar boʻyicha kasbiy kompetentlikligini shakllantirishning tashkiliy – metodik asoslari
Nargiza Yuldaheva

Maqolada bo‘lajak jismoniy madaniyat o‘qituvchilarining tabiiy-ilmiy fanlar (anatomiya, fiziologiya, biomexanika va fizika) bo‘yicha kasbiy kompetentliklarini shakllantirishning tashkiliy-metodik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda ushbu fanlarni o‘qitishning zamonaviy usullari, pedagogik texnologiyalarning samaradorligi va ta’lim jarayonida integratsion yondashuvning ahamiyati o‘rganildi. Natijalar tabiiy-ilmiy bilimlarni jismoniy tarbiya bilan bog‘lash o‘qituvchilarning nafaqat nazariy tayyorgarligini, balki amaliy ko‘nikmalarini ham oshirishini ko‘rsatdi. Maqola oxirida ushbu jarayonni optimallashtirish bo‘yicha amaliy takliflar beriladi.

2025-04-02
  • PDF
90-94 138 54
Stol tennisi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarni jismoniy tayyorgarligini shakllanish dinamikasi
Marhabo G‘aniyeva

Ushbu maqolada stol tennisi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarni umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasi tajriba oldidan maxsus testlar orqali o‘rganilgan, olingan natijalar jadvallar asosida ifodalangan hamda qiyosiy tahlil etilgan. Malakali stol tennischilarni tayyorlash jarayoni bo‘yicha xulosa va amaliy tavsiyalar bayon etilgan.

2024-04-03
  • PDF (Русский)
69-74 149 56
30-35 yoshli ayollar oʻrtasida jismoniy sogʻlomlashtirish mashgʻulotlarini qoʻllash samaradorligi
Nodira Xudayberdiyeva

Ushbu maqolada 30-35 yoshli ayollar uchun fitnes dasturlarining samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida muntazam jismoniy mashqlar, ovqatlanish odatlari va turmush tarzidagi oʻzgarishlarning 30-35 yoshli ayollarning umumiy salomatligi va farovonligiga qanday taʼsir koʻrsatishi oʻrganilgan. Maqolada adabiyotlarning keng qamrovli sharhi va empirik tahlil asosida aholining ushbu guruhi orasida jismoniy salomatlikni mustahkamlashga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlarning muhimligi alohida taʼkidlanadi.

2025-08-04
  • PDF
20-25 86 53
O‘zbekiston Respublikasida yashovchi o‘smirlarning jismoniy rivojlanishini baholash
Gulnara Ilyasova

Maqolada O‘zbekiston Respublikasida 15–17 yoshli o‘smirlar jismoniy rivojlanishining antropometrik ko‘rsatkichlarini tahlil qilish natijalarini o‘rganib chiqadi. Talaba-yoshlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jismoniy rivojlanishni baholashga qaratilgan antropometrik tekshirish usullarini o‘z ichiga olishi shartligi aniqlandi. Buning uchun antropometrik ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda, aholining mintaqaviy, etnik va ijtimoiy xususiyatlarini hisobga olgan holda jismoniy rivojlanish standartlarini ishlab chiqish kerak.

2025-04-02
  • PDF (Русский)
66-70 189 48
Koʻp yillik tayyorgarlik bosqichlarida yosh gandbolchilarni saralash va yoʻnaltirishda maxsus jismoniy tayyorgarligini tahlil qilish va nazorat qilish usullari
Zafarjon Yusupov

Mazkur maqolada tayyorlov davrida yosh gandbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini ishlab chiqilgan testlar yordamida tahlil qilish va nazorat qilish ishlari olib borilgan. Tadqiqotda Yakkasaroy tumanida joylashgan 2-sonli SM shugʻullanuvchilari va Chilonzor tumanida joylashgan SM gandbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi tekshirildi va natijalar bir birga taqqoslangan xolda amaliy tavsiyalar berilib, tadqiqotning yakunida xulosa keltirilgan.

2024-12-15
  • PDF
56-60 237 68
Farg‘ona shahar umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchi yoshlarni jismoniy mashq natijalari morfofunksion xususiyatlariga bog‘liqligini o‘rganish
Neymadjon Mamadjanov

Maqolada Farg‘ona shahar umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchi yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanadigan va shug‘ullanmaydigan o‘quvchilarning jismoniy hamda harakatli ko‘nikmalarining o‘zaro bog‘liqligini o‘rganishda kanonik qiymatlar usulining amaliy qo‘llanilishini tekshirish, shuningdek, ko‘rsatgichlar o‘rtasidagi kanonik qiymat, kanonik korrelyatsiya bog‘liqligini aniqlash masalalari yoritilgan. 

2023-11-15
  • pdf
94-97 182 43
Sport trenerlarini AKT sohasidagi boshlang‘ich tayyorgarlik darajasini o‘rganish
Abdujalil Tolametov

Maqolada malaka oshirish kurslari tinglovchilari boʻlgan sport trenerlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi bilim va koʻnikmalari darajalari anketa-soʻrov, testlash va pedagogik kuzatish usullari orqali olingan natijalar bayon qilingan. Tadqiqotlarda ishtirok etgan sport trenerlarini AKT boʻyicha kompetensiyalari asosan oʻrta darajada ekanligi taʼkidlangan va shundan kelib chiqqan holda, malaka oshirish kurslarida raqamli texnologiyalari boʻyicha taʼlimi jarayoni sifatini oshirish zarurligi ilmiy jihatdan asoslangan.

2026-04-06
  • PDF
113-118 78 42
Sport trenerlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalar boʻyicha malakasini oshirishda veb-platformalardan foydalanishning ilmiy-amaliy asoslari
Abdujalil Tolametov

Maqolada sport trenerlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha bilim, malaka va koʻnikmalarini oshirish masalalari ilmiy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, sport taʼlimi tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha savodxonlikni rivojlantirish, raqamli taʼlim muhitini joriy etish hamda mutaxassislar malakasini oshirish jarayonida AKTdan samarali foydalanishning ilmiy-nazariy va amaliy asoslari yoritilgan.

2025-10-01
  • PDF
95-100 119 56
Impulsivlik va sport psixologiyasi: nazariy asoslar, tadqiqotlar va amaliy yondashuvlar
Sobir Nazarov

Ushbu maqolada sport psixologiyasida impulsivlik fenomenining nazariy asoslari, ilmiy tadqiqotlari va amaliy yondashuvlari yoritilgan. Muallif sportchilarda impulsivlikning ijobiy va salbiy jihatlarini tahlil qilib, uning qaror qabul qilish, emotsional barqarorlik va oʻzini nazorat qilish jarayonlariga taʼsirini koʻrsatadi. Maqolada psixoanalitik, bihevioristik, kognitiv, neyropsixologik va shaxs tipologiyasi yondashuvlari asosida impulsivlikning ilmiy talqinlari keltirilgan. Shuningdek, sport turlarida impulsivlikning namoyon boʻlish shakllari, uning neyrobiologik mexanizmlari va psixologik boshqaruv strategiyalari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari sportchilarda impulsivlikni toʻgʻri boshqarish ularning psixologik tayyorgarligi va musobaqa samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligini koʻrsatadi.

2025-08-04
  • PDF
114-119 96 58
Sport ta’limi muassasalarida “kibersport” turi bo‘yicha o‘quv dasturi mazmuni va dolzarbligi
Abdujalil Tolametov

Ushbu maqolada sport maktablari, Olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktablari, Respublika o‘smirlar sport oliy mahorati maktablaridagi “Kibersport” turi bo‘yicha o‘quv dasturidagi mavzular mazmuni yoritilgan.

2023-12-15
  • PDF
120-127 207 64
Oliy sport mahorati instituti uchun “Sportda axborot kommunikatsiya texnologiyalari” o‘quv fani
Abdujalil Tolametov

Ushbu maqolada oliy sport mahorati instituti 61010300-Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) bakalavriat taʼlim yo‘nalishi mutaxassisligi uchun sportda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish masalalari yoritilgan.

2023-08-27
  • PDF
36-39 174 252
Yuqori malakali suzuvchilarda start va burilish texnikasining biomexanik tahlili
Gulnoza Zoitova, Gulandam Abdireimova

Mazkur maqolada yuqori malakali suzuvchilarda start va burilish texnikasining biomexanik xususiyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqot davomida start paytidagi itarilish kuchi, tana holati burchagi, suv osti harakatining davomiyligi hamda burilish jarayonida tezlikning oʻzgarishi oʻrganildi. Tadqiqot natijalari start va burilish texnikasini biomexanik jihatdan takomillashtirish sport natijalarini yaxshilashga xizmat qilishini koʻrsatdi. Olingan maʼlumotlar suzish sportida mashgʻulot jarayonini rejalashtirishda amaliy ahamiyatga ega.

2025-12-29
  • PDF
47-50 100 62
Sportchi taktik tayyorgarligining psixologik asoslari
Shaxnoza Kurbanova, Nodira Toshboltayeva

Ushbu maqolada sportchi taktik tayyorgarligining psixologik asoslari o‘rganildi. Tadqiqotda sportchilarning qaror qabul qilish jarayoni, diqqat jamlanishi, stressga chidamlilik va motivatsiya kabi psixologik omillar taktik samaradorlikka ta’siri baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, psixologik tayyorgarlik taktik ko‘nikmalarni rivojlantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib, aqliy mashqlar va stressni boshqarish strategiyalari sport natijalarini yaxshilaydi.

2025-08-04
  • PDF
109-113 158 58
Yosh bokschilarni tayyorlashda psixofiziologik yondashuv usullari
Gulgina Usmonova

Ushbu maqolada sportchi oilasida bola tarbiyasining psixologik, ijtimoiy va tarbiyaviy xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda sport muhiti va ota-onalarning sport faoliyati bolalarning shaxsiy rivojlanishiga, ularning motivatsiyasi, irodasi va ijtimoiy moslashuviga qanday taʼsir koʻrsatishi nazariy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, sportchi oilaning tarbiyaviy afzalliklari, bolada masʼuliyat, intizom, mehnatsevarlik va oʻziga ishonch kabi sifatlarni shakllantirishdagi roli koʻrsatib oʻtiladi. Natijada sportchi oilasi jamiyatda sogʻlom, ijtimoiy faol va maʼnaviy yetuk yoshlarni voyaga yetkazishda muhim tarbiyaviy model sifatida baholanadi.

2025-08-04
  • PDF
102-108 77 57
Kurash murabbiylarning kasbiy mahoratini rivojlantirish yoʻllari
Oltinxon Aʼzamxonov

Ushbu maqolada kurash boʻyicha murabbiylarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, kurash boʻyicha murabbiylarning kasbiy mahoratini takomillashtirishning shakl, metod va vositalarini zamonaviy usullari oʻrganilib, amaliyotda tatbiq etish jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasini boyitishga xizmat qiladi.

2025-04-02
  • PDF
84-89 131 50
Yosh futbolchilarning umumiy tayyorgarligini rivojlantirishda harakatli oʻyinlarning ilmiy-metodik asoslari
Nodira Mirzakarimova

Maqolada mashg‘ulot jarayonida yosh futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishda harakatli o‘yinlar orqali bir xil harakterdagi o‘yinni ikkinchi xil harakterdagi harakatli o‘yinlar orqali ko‘nikma va malaka sport tayyorgarligi jarayonida hosil qilinishi to‘g‘risida bayon etilgan.

2024-07-03
  • PDF
47-52 123 56
Umumta’lim maktabi о‘quvchilarining axloqiy munosabatlarini jismoniy tarbiya va sport vositasi yordamida shakllantirish
Bexzod Qo‘chqarov

Ushbu maqolada umumta’lim maktabi o‘quvchilarida axloqiy fazilatlarini shakllantirish, sohaga oid kreativligini oshirish, sog‘lom turmush tarziga e’tibor qaratgan holda o‘quvchilarning axloqiy munosabatlarini rivojlantirish va aqliy faoliyat modelini takomillashtirish bo‘yicha tizimli amaliy ishlar bajarilgan.

2024-04-03
  • PDF (Русский)
105-116 107 60
Yuqori sinf o‘quvchilarining jismoniy tarbiya darslari jarayonida tajriba-sinov ishlari o‘tkazish bosqichlari
Amangeldi Utepbergenov, Rasul Djoldasov

Ushbu maqolada tadqiqot muammosiga oid manbalarni o‘rganish natijasida shakllantirilgan nazariy xulosalar, amaliyotni kuzatish natijalari, shuningdek tadqiqotda ilgari surilgan ilmiy g‘oyalarning samaradorlik darajasini eksperimental sinab ko‘rish maqsadida o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari aks etgan.

2024-04-03
  • PDF (Русский)
37-41 141 44
Aholi orasida sog‘lom turmush tarzini oshirishda badminton sport turining ilmiy amaliy ahamiyati
Avazjon Karimov

Badminton sporti sportchilarning jalb qilinishi bo‘yicha jahonda futboldan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi sport turi hisoblanadi. U bilan shug‘ullanish kishilarda energiyani eng ko‘p sarflashiga sabab bo‘ladi. Bir soat o‘ynash 480 kilokaloriyaning yo‘q bo‘lishiga xizmat qiladi. Agar bir o‘yin davomida sportchining barcha harakatlari yig‘ilsa, uzunlikka u 10 kilometrcha “chopadi”, balandlikka esa 1 km sakraydi. Badminton bilan shug‘ullanish ko‘z nurini o‘tkir qiladi, miyani charxlaydi va yurak ishini yaxshilaydi. Shuningdek, strategik fikr yuritish hamda tezkor reaksiyalar uchun ham foydali. Volan parvozi trayektoriyasini kuzatib va uning yerga tushish joyini chamalay turib, inson o‘z miyasini tezda qaror qabul qilishga majburlaydi va bu keyinchalik stress holatida ishlashda qo‘l keladi.

2024-04-03
  • PDF (Русский)
18-22 119 53
Yetnik xususiyatlarni hisobga olgan holda sportchilarda vosita sifatlarining rivojlanish darajasini bashorat qilish mezonlari sifatida dermatoglifik ko‘rsatkichlar
Umida Musaeva, Umida Mirzaeva

Maqolada 120 nafar эvropalik sportchilarda tsiklik sport turlarida, xususan, qisqa masofaga suzuvchilar va yengil atletika sprinterlarida dermatoglif belgilari tahlil qilindi. Naqshlarni umumiy soni va harakat sifatlarining rivojlanish darajasi o'rtasida ijobiy bog'liqlik aniqlandi. Naqshlarni umumiy sonining past ko'rsatkichlari evropalik populyatsiyasi sportchilarida harakat sifatlarining yuqori darajada rivojlanishi bilan bog'liq.

2023-11-15
  • pdf (Русский)
110-112 158 70
Bo`lajak oqituvchilarning kompentensiyaga asoslangan yondashuv asosida vatanparvarlik kompetentligini takomillashtirish
Sardorxon Quvondiqov

Ushbu maqola bo‘lajak jismoniy madaniyat o‘qituvchilarda fuqarolik va vatanparvarlik kompetensiyasini rivojlantirish mezonlari va ko‘rsatkichlaridan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”ni joriy etishda tarbiyalanganlikni baholash indikatorlari sifatida foydalanilgan. Natijada bo‘lajak pedagoglarni talabalarda Vatanga sadoqat kompetensiyasini shakllantirishga tayyorgarligini tashxis etish imkoniyati oshgan.


Tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan vatnparvarlik tuyg‘usini rivojlantirishning kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan interfaol shakl, metod va vositalaridan “Tarbiya fanini o‘qitish texnologiyasi” qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan.


Mazkur takliflar bo‘lajak pedagoglarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash, ularda faol fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirishga imkon yaratgan.

2023-11-15
  • pdf (English)
98-101 186 65
15-16 yoshli bokschi qizlarning mashg‘ulot jarayonida texnik-taktik tayyorgarligini rivojlantirish
Ziyodulla Xadiyatullayev

ushbu maqolada bokschi qizlarning texnik-taktik tayyorgarlik darajasini takomillashtirishda maxsus tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlarda qo‘llanilayotgan vosita va usullarni takomillashtirish haqida fikr yuritilgan.

2023-10-10
  • PDF
50-52 201 70
Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida yosh basketbolchilarni kompleks baholash asosida saralash texnologiyasini takomillashtirish
Xasanboy Tursunaliyev

Mazkur maqolada 7-9 yoshli bolalarni basketbol sport turiga boshlangʻich tayyorgarlik bosqichiga saralash texnologiyasini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda yosh basketbolchilarning jismoniy rivojlanishi, jismoniy va texnik tayyorgarligini kompleks baholash asosida saralashning toʻrt bosqichli texnologiyasi ishlab chiqilgan. Eksperimental guruhda qoʻllanilgan takomillashtirilgan saralash texnologiyasi natijasida yosh basketbolchilarning koordinatsion qobiliyatlari 22% ga, qoʻl kuchi 25% ga, tezlik-kuch qobiliyatlari 28% ga, egiluvchanligi 20% ga yaxshilangan. Shuningdek, texnik tayyorgarlik koʻrsatkichlari: soyabonli shitga toʻp otish 24% ga, 4 metr masofadan "toʻqqiz"ga toʻp otish 28% ga, 1-kompleks (slalom harakati) 25% ga, 2-kompleks mashqi 28% ga yaxshilangan.

2026-04-06
  • PDF
52-59 51 51
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining malakasini oshirishda multimediali ko‘rgazmali ta’lim resurslaridan foydalanishning samarali omillari
Abdujalil Tolametov

Maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining malakasini oshirish tizimida o‘quv jarayoni samaradorligini oshirishga yordam beruvchi multimediali ko‘rgazmali ta’lim resurslaridan foydalanish va tinglovchilarning motivatsiyasini oshirishiga oid masalalar bayon qilingan.

2023-10-10
  • PDF
91-96 520 65
101 - 125 from 219 << < 1 2 3 4 5 6 7 8 9 > >> 

 

Maqolalarga qo'yiladigan talablar

Tahririy kengash

Tahririyat siyosati

Materialni yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Ozbek

Ma `lumot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Obuna

Abonent resurslariga kirish uchun tizimga kiring.

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ЁШЛАРИ СИЁСАТИ ВА СПОРТ ВАЗИРЛИГИ

ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ БЎЙИЧА МУТАХАССИСЛАРНИ ҚАЙТА ТАЙЁРЛАШ ВА МАЛАКАСИНИ ОШИРИШ ИНСТИТУТИ

Sport ilm-fanining dolzarb muammolari

Jurnalga jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar, professor-o‘qituvchilar, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, sport turlari bo‘yicha trenerlar, sport shifokorlari, fiziologlar, psixologlar, jismoniy tarbiya metodistlari, sport menejmenti va huquqi bo‘yicha mutaxassislar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar, doktorantlar hamda jismoniy tarbiya va sport masalalariga qiziqqan har bir kishiga qaratilgan ilmiy-uslubiy maqolalar qabul qiladi.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Kontaktlar

KONTAKTLAR:

(+998)71 242-30-85

 

institut@sportedu.uz

 

100042, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 27-uy.

 
© Copyright 2026 Sport ilm-fanining dolzarb muammolari All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer