Приветственное слово Министра молодёжной политики и спорта Республики Узбекистан
Hurmatli hamkasblar va aziz jurnal mushtariylari!
ADHAM IKRAMOV
Sizlarni, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda shaxsan o‘z nomimdan Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti muassisligida “Sport ilm-fanining dolzarb muammolari” xalqaro ilmiy-nazariy jurnalining birinchi soni chiqishi bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga davlat siyosati darajasida, mamlakatimizda, shaxsan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan katta eʼtibor qaratilmoqda. Respublikada oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitatsiyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini taʼminlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashga ko‘maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarni taʼminlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish zarurati mavjud.
Mamlakatda yuksak madaniyatga ega bo‘lgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sog‘lom insonni shakllantirish maqsadida, aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni
tanlab olish (seleksiya) jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etish, sport sohasida ixtisoslashtirilgan ilmiy jamoalarni shakl-lantirish, sport taʼlim tashkilotlari faoliyatiga innovatsion yondashuvlarni joriy etish dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Shubhasiz, bugungi kunda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor muhim ilmiy mulohaza yuritishni taqozo etadi. O‘zbekistonda sport mavzulariga bag‘ishlangan qator jurnallar nashr etilmoqda, ular orasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda sport ilm-fani muammolariga ixtisoslashgan nashrlar faoliyatini kuchaytirish ehtiyoji yuzaga kelmoqda.
Sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar-ning fikr almashishi, bu borada kechayotgan jarayonlarni o‘rganish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning yangi tendensiyalarini ilmiy tahlil qilish zarurati uzoq vaqtdan beri mavjud.
Shu maʼnoda, “Sport ilm-fanining dolzarb muammolari” xalqaro ilmiy-nazariy jurnalini tashkil etish g‘oyasi juda dolzarb va o‘rinli sohasi deb hisoblayman.
Ishonchim komilki, yangi tashkil etilgan jurnal sportdagi yangi yondashuvlar, ilg‘or bilim va tajribalarni yoritish uchun dolzarb platformaga aylanadi. U, shubhasiz, sport ilm-fanida ilmiy izlanishlar jarayonini takomillash-tirishga, kelgusida yana-da samarali ish olib borish uchun keng zamin yaratadi.
Jurnal faoliyati mamlakatimizda va xalqaro miqyosda jismoniy tarbiya va sport sohasida sport ilm-fani, shu jumladan sportga integrat-siyalashgan boshqa sohalarga oid qator muam-molarni hamda ular bilan bog‘liq yechimlarini topishga qaratilgan tadqiqotlarni keng va xolisona yoritib borishga qaratiladi.
Umid qilamanki, mazkur jurnal, birinchi navbatda, mamlakatda jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yana-da takomillashtirishga, shuningdek pedagogik va ilmiy salohiyatni yana-da oshirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini tubdan yaxshilashga, ilg‘or xorijiy sport-taʼlim texnologiyalarining transferini amalga oshirish orqali yuqori natijalarga erishish uchun xizmat qiladi va mamlakatimizdagi, mahalliy va xorijiy davlat-lardagi jismoniy tarbiya va sport sohasidagi sport ilm-fanidagi dolzarb masalalarni yoritib borishga xizmat qiladi.
Hurmatli hamkasblar va aziz jurnalxon-lar! Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va farovonlik, ilmiy-tadqiqot hamda amaliy faoliyatlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman!
Jurnal tahririyatiga chop etiladigan material-larni yuqori saviyada amalga oshirish, jismoniy tarbiya va sport sohasida jahon va Vatanimiz ilm-fanini rivojlantirishga ko‘maklashishlarini tilayman!
Yangi jurnal jismoniy tarbiya va sportning turli jabhalarini o‘rganish bilan shug‘ullanuv-chilar uchun mehmondo‘st maydonga aylansin!
Omad sizlarga yor bo‘lsin!


(+998)71 242-30-85
institut@sportedu.uz
100042, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 27-uy.