Jild 2 № 3 (2024): Sport ilm-fanining dolzarb muammolari

Jild 2 № 3 (2024): Sport ilm-fanining dolzarb muammolari
Nashr qilingan: 2025-05-02

To'liq son

Jismoniy tarbiya va sport muammolari

Futbolda mashg‘ulot va musobaqa yuklamalarini nazorat qilish asosida mashg‘ulot jarayonini boshqarish
Asqar Talipdjanov

Ushbu maqolada yuqori malakali futbolchilarni tayyorlashda ixtisoslashtirilgan mashqlarning mashg‘ulotlar samaradorligi tezkor nazorat qilish natijalarining tahlili orqali ko‘rib chiqiladi. O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, yuklamaning maxsus mashg‘ulot ta’siri (MMT) haqidagi ma’lumotlar faqatgina ular asosida mashg‘ulot yuklamasini tezkor tartibga solish amalga oshirilgandagina samarali bo‘ladi.

Professional futbol jamoalarining yakkakurashlardagi samaradorlik ko‘rsatkichlarining qiyosiy tahlili
Akzamov Sobirxon

Ushbu maqolada professional futbol jamoalarining yakkakurashlardagi samaradorlik ko‘rsatkichlarini qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot O‘zbekiston Superligasining 2024-yilgi 1-mavsumi doirasida jamoalarning hujumdagi, himoyadagi, havodagi va neytral to‘p uchun kurashlardagi statistik natijalarini o‘rganadi. Maqola yakkakurashlar samaradorligining umumiy natijalarga, o‘yin strategiyalariga va jamoaviy taktikaga ta’sirini baholashni maqsad qilgan.

6-12 7 0
Umumta’lim maktabidagi 7-10 yoshli bolalarda o‘ng va chap tomonlaridagi harakat funksiyalarini simmetrik rivojlanish imkoniyatlarini tahlili
Isroilov Shaakram, Tolametov Abdujalil, Isroilov Shoolim

Maqolada umumta’lim maktabidagi 7-10 yoshli bolalarni o‘rganish misolidan foydalanib, biz o‘ng va chap tomonlama vosita funksiyalarini bajarishda funksional asimmetriyaning namoyon bo‘lish darajasi va dinamikasini tavsiflovchi materiallarni tahlil qilamiz. Sinflarda maxsus maqsadli mashqlarni qo‘llash orqali 7 yoshli bolalarda o‘ng va chap tomonlama harakat funksiyalarini simmetrik rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilingan.

13-20 8 2

Jismoniy tarbiya va sport sotsiologiyasi

Ijtimoiy tarmoqlar uchun media-reliz sport haqida axborotni keng yoyish vositasi sifatida
Mirzahakim Toʻxtamirzayev

Maqolada jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonida sport targʻibotiga alohida eʼtibor qaratish zarurligi, sport sohasi vakillarining ijtimoiy tarmoqlar bilan hamkorligida media-relizlar tayyorlash, ommaviy kommunikatsiyaning anʼanaviy janrlari oʻzgarishi oqibatida ijtimoiy tarmoqlar uchun media-reliz xususiyatlari koʻrib chiqilgan. Sport jurnalistikasida axborot manbai sifatida media-reliz uchun axborot sabablarining tipologiyasi keltirilgan.

110-116 7 0
Basketbol sport turini yoshlar va aholi o‘rtasida ommalashtirish
Murodjon Nazirov

Maqolada aholi oʻrtasida va ayniqsa yoshlar oʻrtasida basketbol sport turini  ommalashtirish, hamda aholining jismoniy tayyorgarligini, jismoniy rivojlanganligini rivojlantirishda, har tomonlama barkamol shaxs boʻlib ulgʻayishlarida basketbol sport turini  ahamiyati yoritilgan.

117-120 15 0

Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi

Ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida yuqori malakali gandbolchilarni saralab olish jarayonida kuch sifatini tahlil qilish usullari
Zoir Yusupov

Mazkur maqolada yuqori malakali gandbolchilarning umumiy jismoniy tayyorgarlik bosqichida kuch sifatini aniqlash va tahlil qilish ishlari olib borilgan. Tadqiqotda  “SKIF” va “Xorazm” jamoalarning kuch sifatlari tahlil qilingan holda natijalar bir biriga taqqoslangan va amaliy tavsiyalar berilgan.

64-67 10 1
Yosh basketbolchi qizlarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish
Nazirov Odiljon

Ushbu maqolada yosh basketbolchi qizlarning jismoniy tayyorgarlik darajasi JTDSS (Jismoniy tayyorgarlik darajasi sport sinovlari) test majmuasi asosida baholandi. Olingan natijalar sportchilarning aksariyati belgilangan I daraja talablariga toʻliq javob bermasligini koʻrsatdi. Jumladan, 60 metrga yugurish, turgan joyidan uzunlikka sakrash, past turnikda tortilish, tennis toʻpini uloqtirish va argʻamchida sakrash sinovlari boʻyicha natijalar II va III daraja talablariga mos keldi. Yangi JTDSS meʼyorlari “Alpomish va Barchinoy” testlariga nisbatan ancha murakkab boʻlib, bu yosh sportchilar uchun jiddiy qiyinchilik tugʻdiradi. Shuning uchun sport maktablarida mashgʻulot jarayonini takomillashtirish, JTDSS talablariga mos tayyorgarlik tizimini yaratish va sportchilarning jismoniy tayyorgarlik dinamikasini muntazam kuzatib borish tavsiya etiladi.

49-54 7 1
Gandbolchilarni saralash jarayonida ularning texnik-taktik harakatlarini nazorat qilish uslubiyoti
Zafarjon Yusupov, Zokir Rasulov

Mazkur maqolada yuqori malakali gandbolchilarning musobaqa faoliyatiga amplua boʻyicha saralash va tayyorlash tizimi, musobaqalarda oʻyinchilarning sifat koʻrsatkichlarini aniqlash va maxsus testlar asosida texnik-taktik tayyorgarligini baholash hamda takomillashtirish vositalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish ishlari amalga oshirilgan.

68-72 5 0
O‘smir bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarligini aniqlash
Farxod Turdiyev

Ushbu maqolada tadqiqotchilar tomonidan oʻtkazilgan tajriba natijalariga koʻra, boks sport turi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasiga jalb qilingan 15-16 yoshli bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarlik, jismoniy sifatlar, kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik, koʻrsatkichlari tahlili muhokama etiladi.

55-63 6 0
Yosh bоkschi qizlar texnik-taktik tayyorgarligining o‘ziga xos xususiyatlari
Ishankulov Baxodir

Ushbu maqolada yosh bokschi qizlarni texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirish vazifalari, oʻquv mashq guruhi sportchi qizlari mashgʻulotlaridagi texnik janglari va ularni sport musobaqalarida yuqori natija koʻrsatishiga eʼtibor qaratilgan.

44-48 5 1

Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi professional ta’lim masalalari

Sport faoliyatidagi malakali mutaxassislarni tayyorlashda raqamli texnologiyalardan foydalanishning o‘rni va ahamiyati
Rahmatillo Xudoyberdiyev

Ushbu maqolada sport faoliyatida malakali mutaxassislarni tayyorlashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati yoritib berilgan. Undan tashqari sportda raqamli qurilmalarni qo‘llashning ahamiyati haqida so‘z yuritilgan.

99-105 4 0

Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarining psixologik va pedagogik jihatlari

Maktabda jismoniy madaniyatni shakllantirish jarayonining pedagogik xususiyatlari
Quo‘anishbay Mamutov

Ushbu maqolada Respublikamizda sog‘lom va har tomonlama yetuk avlodni tarbiyalash yo‘nalishida olib borilayotgan islohotlar, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining sifatini yanada oshirish masalalari hamda yetuk olimlarning olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari va jismoniy madaniyat haqidagi fikrlari tahlil qilingan.

91-95 6 1
Spоrt sоhаsidа аmаliy tаdqiqоtlаrni о‘rgаnishning pedagogik shart-sharoitlari
Farxod Kulbulov

Mazkur maqolada sport sohasida amaliy tadqiqotlarni oʻrganishning pedagogik shart-sharoitlari bayon etilgan. Shuningdek, sportchining musobaqaga umumiy psixologik tayyorgarligi, musobaqaga ishtirok etish imkoniyatlari, musobaqa jarayoniga tayyorlashning eʼtiborli jihatlari yoritib berilgan.

78-81 5 2
Gandbolchilarni amplua bo‘yicha saralashda mashg‘ulotlardagi psixologik holatlarini baxolash va boshqarish usullari
Zafarjon Yusupov

Mazkur maqolada gandbolchilarning amplua boʻyicha saralashda mashgʻulotlardagi psixologik holatlarini oʻz-oʻzini nazorat qilish maxsus kundalikdagi bir kunlik ish rejasini tuzgan holda subyektiv hamda obyektiv holatlarini tekshirilgan. Tadqiqotda gandbolchilarning amplua boʻyicha saralashda mashgʻulotlardagi psixologik holatlari maxsus jadval asosida nazorat qilingan va amaliy tavsiyalar berilgan.

95-98 8 0
Sportchilarga xos psixik holatlarni (stress, agressiya, xulq-atvor) ob’yektiv va sub’yektiv baholash
Jamshid Pulatov, Zokir Rasulov

Ushbu maqolada Sportchilarga xos psixik holatlar qoʻrquv, xavotir, hayajon, gʻazab, asabiylik, agressiya, affekt, vahima holatlarni izohlash va psixokorreksiyalashga qaratilgan maʼlumotlar keltirilib oʻtilgan.

83-90 4 0

Bolalar va talaba-yoshlarning jismoniy tarbiyasi

Zamonaviy maktabgacha ta’lim tizimi va uning sog‘lomlashtirishdagi o‘rni
Kuzibayev Rustam

Zamonaviy maktabgacha ta’lim bolalarning rivojlanishida muhim o‘rin tutib, ta’lim va sog‘lomlashtirish vazifalarini uyg‘unlashtiradi. Tizimning asosini shaxsiy yondashuv, o‘yin faoliyati, har tomonlama rivojlanish va interaktiv usullar tashkil etadi. Sog‘lomlashtirish ishlari jismoniy rivojlanish, muvozanatli ovqatlanish, chiniqish, kasalliklarning oldini olish va sog‘lom odatlarni shakllantirishni qamrab oladi. Bolalar salomatligini mustahkamlashga qaratilgan ota-onalar bilan hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib, maktabgacha ta’lim nafaqat bilim beradi, balki sog‘lom turmush tarzi asoslarini ham yaratadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni sog‘lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar orqali harakat faolligini oshirish
Aripova Vasila

Ushbu maqola maktabgacha yoshdagi bolalarning  jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida sog‘lomlashtiruvchi mashqlaridan foydalanish orqali jismoniy harakat faolligini oshirish va qadi-qomati buzilishini oldini olishdan iborat.

27-31 6 1
7-8 yoshli stоl tеnnischilаrdа turli stаtik vа vеstibulоkinеtik rеjimlаrdа muvоzаnаt sаqlаsh turg‘unligining o‘sish surаtini o‘rgаnish nаtijаlаri
Amonov Asqar

Mazkur maqolada stol tennisi shugʻullanuvchi 7-8 yoshli tennischilarda turli statik holatlarda va vestibulokinetik rejimlarda muvozanat saqlash turgʻunligi boʻyicha oʻquv-mashgʻulot yili boshida qayd etilgan real (asl) koʻrsatkichlar statik va dinamik harakatlar koordinatsiyasini boshqaruvchi nerv markazlari (miyacha, oraliq miya, uzunchoq va orqa miya, kinetik va vestibulyar analizatorlari)ning integrativ funksiyasi yetarli darajada simmetrik tartibda muntazam shakllantirib borish lozimligi toʻgʻrisida bayon etilgan.

32-37 7 0

Sport huquqi

Belarus Respublikasida jismoniy tarbiya, sport va turizm sohalari rahbar xodimlari va mutaxassislarining malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash tizimini normativ-huquqiy tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari
Oleg Lutsevich, Aleksey Smotritskiy

Maqolada Belarus Respublikasida kattalar qo‘shimcha ta’limining normativ-huquqiy tartibga solinishi, shuningdek, jismoniy tarbiya, sport va turizm sohasidagi rahbar xodimlar hamda mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim dasturlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi batafsil yoritilgan.

Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarining tibbiy-biologik jihatlari

Tibbiy mutaxassislikka ega bo‘lgan professonal ta’lim muassasalari o‘quvchilarining jismoniy tarbiyasining regional xususiyatlari
Alisher Tishabayev

Maqolada tibbiyot yoʻnalishidagi professional taʼlim  muassasalarida tahsil olayotgan oʻquvchi-qizlarni kasbiy faoliyatga jismoniy tayyorgarlik darajasini samarali oshirish boʻyicha taklif etilayotgan metodologiyani tashqi muhitning yuqori harorati sharoitida oʻtkazishni hisobga olgan holda qisqa muddatli tayyorgarlik jarayoni oʻrganildi.

73-77 4 0