Jild 2 № 2 (2024): Sport ilm-fanining dolzarb muammolari

Jild 2 № 2 (2024): Sport ilm-fanining dolzarb muammolari
Nashr qilingan: 2025-04-10

To'liq son

Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarining psixologik va pedagogik jihatlari

Sport psixologlarini tayyorlash jismoniy tarbiya va sport sohasi samaradorligini oshirishning muhim omili
Zokir Rasulov, Oybek Hayitov

Maqolada jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun sport psixologlarini tayyorlash muammosiga nazariy yondashuvning ilmiy ahamiyati ochib berilgan. Sport psixologiyasi bo‘yicha Oliy ta’lim muassasasiga qabul kvotasi tahlil qilingan. Sport psixologiyasi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirish va qayta tayyorlash intensiv va maxsus o‘quv kurslarining dolzarb muammolari ilmiy asoslangan.

91-95 30 1
Integrativ yondashuv asosida jismoniy tarbiya oʻqituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish masalalari
Nargiza Yuldasheva

Mazkur maqolada іntеgrаtsіyаlаsh, pеdаgоgіk іntеgrаtsіyа tushunchalarining mazmuni va mohiyati atroflicha yoritib berilgan. Shuningdek, jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda integrativ yondashuvning o‘ziga xos xususiyatlari haqida batafsil so‘z yuritilgan.

85-90 19 0

Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi

Malakali futzalchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini koordinatsion mashqlarni qo‘llash orqali oshirish
Muxsimbek Maxamadjonov

Ushbu maqolada futzalning zamonaviy rivojlanish bosqichida ehtimoliy va kutilmagan vaziyatlarda bajariladigan harakatlar hajmini sezilarli darajada oshirish yo‘llari va usullari tahlil qilinadi. Texnik va taktik harakatlarning turli kombinatsiyalari, o‘yinchining individual mahorati, shuningdek, jismoniy, texnik, nazariy va irodaviy tayyorgarlik kabi tarkibiy qismlar o‘rganiladi.

42-46 21 0
Voleybolchilarda joyidan tik sakrash balandligini ta’minlashda qo‘llar, bosh va gavdani pastdan yuqoriga faol siltab harakatlantirishning ahamiyati
Habibulla Tursunov

Maqolada voleybolchilarda turgan joydan vertikal sakrash balandligini ta’minlashda qo‘llar, bosh va gavdani pastdan yuqoriga faol siltashning ahamiyatini o‘rganish natijalari tahlil qilingan. Qo‘llar, bosh va gavdaning siltanish harakatlarini ketma-ket chiqarib tashlash sakrovchanlik darajasining yaqqol pasayishi bilan birga kelishi aniqlandi va bu “sakrovchanlikni rivojlantirib, sakrash texnikasini uning barcha tarkibiy qismlari bilan o‘rgatish kerak” tamoyilining muhimligini ochib beradi.

Yosh futbolchilarning umumiy tayyorgarligini rivojlantirishda harakatli oʻyinlarning ilmiy-metodik asoslari
Nodira Mirzakarimova

Maqolada mashg‘ulot jarayonida yosh futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishda harakatli o‘yinlar orqali bir xil harakterdagi o‘yinni ikkinchi xil harakterdagi harakatli o‘yinlar orqali ko‘nikma va malaka sport tayyorgarligi jarayonida hosil qilinishi to‘g‘risida bayon etilgan.

47-52 25 0
Yosh yakka figurali uchuvchi qizlarning sport mahorati darajasini oshirish
Svetlana Fyodorova

Ushbu maqolada yosh yakka figurali uchuvchi qizlarning sport-texnik mahoratini oshirish masalasi ko‘rib chiqilgan. Yosh yakkalik figurali uchuvchi qizlarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonida maxsus elementlarni bog‘lamlarga birlashtirib, ularning texnik mahoratini oshirishga qaratilgan mashqlar majmuasining amaliy ahamiyati va samaradorligi isbotlangan.  Tadqiqot natijalari musobaqa elementlari texnikasini muvaffaqiyatli va to‘g‘ri o‘zlashtirish hamda takomillashtirish uchun mashg‘ulot jarayonida ushbu mashqlar majmuasini qo‘llash muhimligini tasdiqladi.

Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarining tibbiy-biologik jihatlari

Ippoterapiyaning BSF bilan kasallangan bolalarning goniometriya ko‘rsatkichlariga ta’siri
Mayya Maxinova, Sofiya Fyodorova, O.E. Gordeyeva, Irina Kalinina

Hozirgi kunda mamlakatimiz va xorijda imkoniyati cheklangan bolalar sonining o‘sishi qayd etilgan. Shu asosda Rossiya Federatsiyasida bunday bolalarni zamonaviy jamiyatga integratsiya qilish, ularning salomatlik holatini yaxshilash va to‘laqonli hayot kechirishi uchun barcha sharoitlarni yaratish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilmoqda. Bolalar serebral falaji (BSF) bilan og‘rigan bolalarni reabilitatsiya qilish va sog‘lomlashtirish vositalaridan biri ippoterapiyadir. Biroq, hozirgi vaqtda ushbu jarayonning ilmiy-uslubiy ta’minoti masalasi ochiq qolmoqda, bu esa amalga oshirilgan tadqiqotning dolzarbligini belgilaydi.

Sport mashg‘ulotlari paytida mushaklar faoliyati davomida charchoqni paydo bo‘lishi va organizmni qayta tiklashnish jarayonlarini davomiyligi
Mamatkarim Suyunov

Ushbu maqolada sport mashg‘ulotlari vaqtida organizmda yuzaga keladigan charchoqning paydo bo‘lishi, charchash va charchoq tushunchalarining mazmuni, charchoq rivojlanishi bilan mushaklar faoliyatini muvofiqlashtirish, charchoq o‘tkir yoki surunkali bo‘lishi, sportchilarni tayyorlash tizimida ratsional ish va dam olish rejimini rejalashtirish, charchoq va tiklanish jarayonining rivojlanishi  va organizmning vaqtinchalik yuzaga keladigan holatdan qayta tiklanish jarayonlariga organizimning moslashishi tahlil qilingan.

69-74 26 0
Badiiy gimnastikada tiklanish jarayonini takomillashtirishning tashkiliy-uslubiy yo‘nalishlari
Anna Chastoyedova, Mayya Maxinova, Sofiya Fyodorova

ishda ham jismoniy, ham ruhiy yuklamalarning yuqori darajasi, shuningdek, multipik musobaqa faoliyati bilan ajralib turadigan badiiy gimnastikada sport tayyorgarligi doirasida tiklanish tadbirlarini takomillashtirishning tashkiliy va uslubiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan. Izometrik mashqlar majmualari mushaklarning elektromiografik faolligini oshirmasligi, balki ularning tiklanishini tezlashtirishi mumkinligi gipoteza sifatida ilgari surildi.

Tezlik-kuch sifatlarining fiziologik asoslari
Sherzod Tаirov

Ushbu maqolada tezlik-kuch sifatlarining fiziologik asoslari ko‘rib chiqildi. Tadqiqot davomida tezlik-kuch sifatlariga ta’sir etuvchi neyromuskulyar boshqaruv, mushak to‘qimalarining tarkibi, energetik ta’minot tizimlari va biomexanik omillar baholandi. Elektromyografiya, kinetik tahlil va biomexanik tahlil natijalari asosida mushaklarning faollashish darajasi, harakat dinamikasi va kuch hosil qilish mexanizmlari aniqlandi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, plyometrik mashqlar va eksploziv kuch mashg‘ulotlari sportchilarning tezlik-kuch ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada oshiradi. Shuningdek, individual yondashuv va ilmiy asoslangan mashg‘ulot metodikalari sportchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligini oshirishda muhim omillar sifatida belgilandi.

65-68 21 1

Bolalar va talaba-yoshlarning jismoniy tarbiyasi

O‘spirin yoshdagi kurashchilarning tezkor-kuch sifatlarini takomillashtirish
Farxod Kulbulov

Ushbu maqolada o‘spirin kurashchilarning tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishda ularning maxsus tezkor-kuch sifatlarini, ularni rivojlantirish uslubiyatini aniqlashda o‘quv-mashg‘ulotlardagi mashq yuklamalarini ishlab chiqish va ularni rivojlantirish uslubiyati bo‘yicha mashg‘ulot jarayonini o‘rganish yoritilgan.

28-33 27 4
17-18 yoshli talabalarda koordinatsion qobiliyatlarning tuzilishi va ularning namoyon bo‘lishi
А. Mamitov, B. Kuluyev

Ushbu maqolada tadqiqot predmeti insonning koordinatsion qobiliyatlari namoyon bo‘lishining nazariy asoslarini o‘rganish va ularning tuzilish xususiyatlarini tavsiflab berishdan iborat. Oliy ta’lim muassasalarining 17-18 yoshli talabalari koordinatsion tayyorgarligini umumqabul qilingan usullar va mualliflik mezonlari yordamida o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazildi hamda natijalar baholandi. Shu asosda oliy ta’lim muassasalari 17-18 yoshli talabalarining koordinatsion qobiliyatlarining joriy holati aniqlandi va ularning namoyon bo‘lish darajasi diagnostik testlar hamda mezonlar yordamida baholandi. Taklif etilgan testlar yordamida olingan natijalar insonning koordinatsion qobiliyatlarini baholash imkoniyatini beradi va jismoniy tarbiya jarayoniga tegishli o‘zgartirishlar kiritishni taqozo etadi.

Jismoniy tarbiya va sport muammolari

17-18 yoshli bokschi qizlarning jismoniy tayyorgarligini aniqlash
Farxod Turdiyev, Ziyodulla Xadiyatullaev

Ushbu maqolada O‘zbekiston boks terma jamoasida shug‘ullanib kelayotgan 17-18 yoshli bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarlik, jismoniy sifatlar, kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik, ko‘rsatkichlarini aniqlangan.

17-21 25 0
Futbolchilarning mashg‘ulot jarayonini boshqarishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish
Asqar Talipdjanov

Ushbu maqolada zamonaviy texnologiyalardan foydalanib yuqori malakali futbolchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini boshqarish tizimi tavsiflanadi. Yuqori malakali futbolchilarning mashg‘ulotlar va o‘yinlar davomida bajaradigan harakat hajmi aniqlangan. Olingan natijalardan futbol sohasidagi mutaxassislar foydalanishlari mumkin.

O‘quv mashg‘ulot guruhidagi uch xatlab sakrovchilarning funksional tayyorgarlik ko‘rsatkichlari sport natijalariga bog‘liqligi
Shaxribonu Mannonova

Maqolada uch xatlab sakrovchilarni funksional tayyorgarlik ko‘rsatkichlari mashg‘ulotdan oldin oddiy instrumental usullar va mashqlanish jarayonida Polar H 10 YuQS o‘lchash tasmasi orqali aniqlangan va tahlil qilingan.

11-16 27 0

Sport huquqi

Sportchi maqomining huquqiy tabiati va o‘ziga xos xususiyatlari
Anvar Xayotov

Sportchining huquqiy holati murakkab va ko‘p qirrali kategoriya bo‘lib, fuqarolik, mehnat, ma’muriy va sport huquqi elementlarini o‘z ichiga oladi. Ushbu maqomning huquqiy tabiati to‘g‘risidagi masala sportning ommalashuvi, xalqaro sport aloqalarining kengayishi va sport faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning kuchayishi sharoitida alohida dolzarblik kasb etadi. Ushbu maqolaning maqsadi sportchi maqomining huquqiy tabiatini tadqiq etish, uning o‘ziga xos xususiyatlarini va tartibga solishning asosiy elementlarini aniqlashdan iborat bo‘lib, bunda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini xalqaro huquq normalari bilan taqqoslagan holda tahlil qilishga alohida e’tibor qaratiladi.

108-112 29 2

Jismoniy tarbiya va sport sohasida Menejment

Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida seleksiya jarayonining asosiy tamoyillari
Akromjon Dadabayev

Ushbu ilmiy maqolada, Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida seleksiya jarayonining asosiy tamoyillari yoritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-sonli qarori asosida, olimpiya va paralimpiya sportchilarni tayyorlash va seleksiya jarayonlarini samarali tashkil etish zarurati ko‘rib chiqiladi. Maqola seleksiya jarayonining ahamiyatini, uni tashkil etishning tamoyillarini, shuningdek, tayyorlash markazlarida ishlatiladigan metodlarni tahlil qiladi. Olimpiya va Paralimpiya sport turlaridagi muvaffaqiyatlar faqat tajribali va malakali sportchilarni to‘g‘ri tanlash va tayyorlash bilan bog‘liq ekanligi ta’kidlanadi.

6-10 25 1

Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi professional ta’lim masalalari

Futbol akademiyalarida sport zaxirasini ko‘p yillik tayyorlash tizimi
Sobirxon Akzamov

Mazkur maqolada futbol akademiyalarida sport zaxirasini ko‘p yillik tayyorlash tizimining nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Ushbu tizim sportchilarni bosqichma-bosqich rivojlantirish, funksional tayyorgarlikni takomillashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, individual yondashuv, ortopedik monitoring va yuklamalarni optimallashtirish orqali jarohatlar xavfini kamaytirish masalalarini qamrab oladi.Tadqiqotda zamonaviy texnologiyalar va fanlarning integratsiyasi orqali sport natijalarini yaxshilash ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Futbol akademiyalarida sportchilarni tayyorlash samaradorligini oshirish va uzoq muddatli rivojlanishni ta'minlash uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.

96-102 23 1
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida malaka oshirish, ilmiy ishlar, innovatsion faoliyat va istiqboldagi masalalar
Alisher Tishabayev

Ushbu maqolada Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanganligi, jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida amalga oshirilayotgan malaka oshirish, ilmiy ishlar va innovatsion faoliyat natijalari, uni takomillashtirish hamda istiqboldagi masalalar bayon etilgan.

26 1

Jismoniy tarbiya va sport sotsiologiyasi

O‘zbekistonda ayol-qizlarni sportga jalb qilishdagi dolzarb muammolar
Neymatjon Mamadjanov, Abdujalil Tolametov, Feruza Yusupxanova

Maqolada O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan ayol-qizlarni sportga jalb qilishdagi dolzarb muammolari yoritilgan. Mazkur muammolarni aniqlash maqsadida o‘tkazilgan anketa-so‘rov natijalari tahlil qilingan hamda ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili, ilg‘or tajribani o‘rganish
va umumlashtirish asosida muammoning yechimlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

113-119 27 0