Jild 2 № 1 (2024): Sport ilm-fanining dolzarb muammolari

Jild 2 № 1 (2024): Sport ilm-fanining dolzarb muammolari
Nashr qilingan: 2025-03-31

To'liq son

Bolalar va talaba-yoshlarning jismoniy tarbiyasi

Maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilariga futbol elementlarini o‘rgatish usullari tahlili
Barno Abdullayeva

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga futbol sport turining dastlabki elementlarini o‘rgatish metodikasini aniqlash uchun tarbiyalanuvchilarning to‘pni olib yurish usullari, to‘pni boshqarishda ularga  qaysi oyoq qulay ekanligini aniqlash haqida fikr yuritilgan. Bundan tashqari futbol elementlarini yaxshiroq o‘zlashtirish maqsadida bolalarga futbol elementlaridan iborat harakatli o‘yinlar ham tavsiya qilingan.

7-8 yoshli stol tennischilarida zarbalar aniqligini shakllantirish tajribasini o‘rganish natijalari
Asqar Amonov

7-8 yoshli stol tennischilarida zarbalar aniqligini shakllantirish tajribasini o‘rganish (so‘rovnoma) natijalari, mazkur natijalarga asoslangan holda o‘tkazilgan pedagogik kuzatuv natijalari, yosh sportchilarni maxsus harakatlar texnikasiga o‘rgatish, o‘ta keskin o‘zgaruvchan yo‘nalishlar bo‘ylab harakatlanish tezkorligini samarali rivojlantirish, zarbalar aniqligini barqarorlashtiruvchi vestibulokinetik mashqlarni qo‘llash andozasi va ularni amaliyotga joriy qilinishi yoritib berilgan.

49-54 27 0
Yuqori sinf o‘quvchilarining jismoniy tarbiya darslari jarayonida tajriba-sinov ishlari o‘tkazish bosqichlari
Amangeldi Utepbergenov, Rasul Djoldasov

Ushbu maqolada tadqiqot muammosiga oid manbalarni o‘rganish natijasida shakllantirilgan nazariy xulosalar, amaliyotni kuzatish natijalari, shuningdek tadqiqotda ilgari surilgan ilmiy g‘oyalarning samaradorlik darajasini eksperimental sinab ko‘rish maqsadida o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari aks etgan.

Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi

Akrobatlarning texnik tayyorgarligi tuzilmasi komponentlari
Kamola Raxmonova

Ushbu maqolada akrobatlarning texnik tayyorgarligi aso-slari yoritilgan. Sportchilarning harakat faoliyati tuzilmasi, harakatlar "makta-bi" asoslantirilgan. Yosh akrobat-sakrovchilarning umumiy tayyorgarlik tizim-ida "maxsus texnik tayyorgarlik"ning ahamiyati, o‘quv yillari davomida musobaqa mashqlari texnikasini takomillashtirishga yo‘naltirilganligi aniqla-nadi.

Professional futbol jamoalarining yakkakurashlardagi samaradorlik ko‘rsatkichlarining qiyosiy tahlili
Sobirxon Akzamov

Ushbu maqolada professional futbol jamoalarining yakkakurashlardagi samaradorlik ko‘rsatkichlarini qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot O‘zbekiston Superligasining 2024-yilgi      1-mavsumi doirasida jamoalarning hujumdagi, himoyadagi, havodagi va neytral to‘p uchun kurashlardagi statistik natijalarini o‘rganadi. Maqola yakkakurashlar samaradorligining umumiy natijalarga, o‘yin strategiyalariga va jamoaviy taktikaga ta’sirini baholashni maqsad qilgan.

15-16 yoshli taekvondochilarning mashg‘ulotlari jarayonida muvozanatni saqlash turg‘unligi va harakat aniqligining o‘sish surʼatlari
B.Sh. Raxmatov, P.K. Ubenov

Ushbu maqolada 15-16 yoshli taekvondochilarning vestibulosomatik qobiliyatlarini o‘ng va chap oyoqda bajariladigan maxsus mashqlar yordamida rivojlantirishga qaratiladigan izlanishlar natijalari qayd etilgan.

Gandbol sport turida tanlab olish uslubiyati
Abror Mo‘minov, Shahriyor Bazarov

Ushbu maqolada sport maktablarda gandbol sport turiga qabul qilinayotgan yoshlarni tanlab olishda bolalardagi samaradorlik ko‘rsatkichlarini qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqola gandbol to‘pini ilib olish va darvozaga aniq zarba berish, tennis to‘pini uzoq masoga otish, 30 metrga yugurish samaradorligining umumiy natijalarni  baholashni maqsad qilgan.

82-88 21 1
Stol tennisi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarni jismoniy tayyorgarligini shakllanish dinamikasi
Marhabo G‘aniyeva

Ushbu maqolada stol tennisi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarni umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasi tajriba oldidan maxsus testlar orqali o‘rganilgan, olingan natijalar jadvallar asosida ifodalangan hamda qiyosiy tahlil etilgan. Malakali stol tennischilarni tayyorlash jarayoni bo‘yicha xulosa va amaliy tavsiyalar bayon etilgan.

Tog‘ chang‘i sportida tushish texnikasini o‘rgatishning zamonaviy usullarini tahlil qilish
Ruxullox A’zamov

Hozirgi vaqtda tog‘ chang‘isi sportida tushish texnikasini tahlil qilishga katta e’tibor qaratilmoqda. Tadqiqotchilar sportchilarga o‘z natijalarini yaxshilashga imkon beradigan turli xil yondashuvlarning samaradorligini o‘rganishga e’tibor qaratishmoqda. Tushish paytida harakat, muvozanat va vazn taqsimoti tahlili alohida qiziqish uyg‘otadi. Texnikani batafsil o‘rganish uchun videotasvirga olish va kompyuterda modellashtirish kabi zamonaviy texnologiyalar faol ishlatilmoqda. Bu sportchilarning tezligi va xavfsizligiga ta’sir qiluvchi asosiy jihatlarni aniqlashga yordam beradi. Bundan tashqari, texnik usullarni trassalarning turli sharoitlariga, shu jumladan relyef va qor holatiga moslashtirishga e’tibor qaratilmoqda. Tadqiqot natijalari sportchilarga maksimal samaradorlikka erishish imkonini beruvchi yangi mashg‘ulot usullarini ishlab chiqishda foydalanilmoqda. Ushbu maqolada tog‘ chang‘isi sporti sohasidagi zamonaviy tadqiqotlar, sportchilar mahorati va ularning xavfsizligini oshirishga yordam beradigan tushish texnikasini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotlar ko‘rib chiqilgan.

Jismoniy tarbiya va sport muammolari

Tayyorgarlik mikrotsikllarida yuklamalarni parallel rejalashtirish samaradorligini o‘rganish
Asqar Talipdjanov

Tadqiqotda pedagogik tajriba natijalari tahlil qilingan bo‘lib, unda mikrotsiklda yuqori malakali futbolchilarning maxsus o‘quv-mashg‘ulot vositalari yuklamalarini rejalashtirish parallel rejalashtirish tamoyili asosida amalga oshirildi.

Aholi orasida sog‘lom turmush tarzini oshirishda badminton sport turining ilmiy amaliy ahamiyati
Avazjon Karimov

Badminton sporti sportchilarning jalb qilinishi bo‘yicha jahonda futboldan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi sport turi hisoblanadi. U bilan shug‘ullanish kishilarda energiyani eng ko‘p sarflashiga sabab bo‘ladi. Bir soat o‘ynash 480 kilokaloriyaning yo‘q bo‘lishiga xizmat qiladi. Agar bir o‘yin davomida sportchining barcha harakatlari yig‘ilsa, uzunlikka u 10 kilometrcha “chopadi”, balandlikka esa 1 km sakraydi. Badminton bilan shug‘ullanish ko‘z nurini o‘tkir qiladi, miyani charxlaydi va yurak ishini yaxshilaydi. Shuningdek, strategik fikr yuritish hamda tezkor reaksiyalar uchun ham foydali. Volan parvozi trayektoriyasini kuzatib va uning yerga tushish joyini chamalay turib, inson o‘z miyasini tezda qaror qabul qilishga majburlaydi va bu keyinchalik stress holatida ishlashda qo‘l keladi.

Triatlonchilarning velosiped segmenti mashg‘ulot jarayonini velosipedchilarning tezkor-kuch tayyorgarligi model tavsiflaridan foydalanish asosida tadqiq etish
Regina Niyazova

Maqolada velosipedchilarning tezlik-kuch tayyorgarligining model xususiyatlarini izlash va ularni triatlonda velosiped segmentida o‘quv-mashq jarayonini qurishda qo‘llash masalalari ko‘rib chiqiladi. Ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlari, makrosikllar va mashg'ulotlar davrlarining modellarini ishlab chiqish sport mahoratini shakllantirishning asosiy qonuniyatlariga rioya qilishni, eng yuqori sport natijalarini namoyish qilish uchun eng maqbul tayyorgarlik darajasiga erishish uchun individual moslashuv resurslaridan to‘liq foydalanish uchun shart-sharoitlarni ta'minlashni ta'minlashi kerak. Tadqiqot davomida yuqori malakali sportchilarning sport yutuqlarining yanada o‘sishi, birinchi navbatda, o‘quv jarayonining tuzilishini sifatli takomillashtirishga, triatlet tanasining o‘ziga xos sharoitlari, mashg‘ulot davri, holatini hisobga olgan holda o‘qitish vositalari va usullarini tanlashga bog'liqligi aniqlandi va murakkab tizimlarni o‘rganish va ularni yetarli darajada boshqarish usullarini tanlashning eng keng tarqalgan istiqbolli usuli turli xil usullardan foydalanish hisoblanadi. o‘quv jarayonida modellashtirish turlari.

Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi professional ta’lim masalalari

Jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislar malakasini rivojlantirish yo‘llari
Abdimalik Shopulatov

Ushbu maqolada jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislar malakasini  rivojlantirish yo‘llari o‘rganilgan bo‘lib, kasbiy fanlar va trenerlik faoliyatini uyg‘unlashtirish, amaliyot davrlarini o‘zlashtirishga qaratilgan fanlar tashkil qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Jismoniy tarbiya va sport sohasida Menejment

Yuqori malakali karatechilarning musobaqa oldi tayyorgarligini virtual reallik vositalaridan foydalangan holda boshqarish
Azizbek Raxmonov

Ushbu ilmiy ishda o‘quv jarayoniga virtual haqiqat vositalarini joriy etishni hisobga olgan holda yuqori malakali karatechilarning musobaqadan oldingi tayyorgarligini samarali boshqarishni izlash masalalari ko‘rib chiqiladi. Karate bo‘yicha o‘quv jarayonini qurishda virtual haqiqat (VR) vositalaridan foydalanish metodologiyasi tavsiflangan. Sport mahoratini shakllantirishning asosiy qonunlariga rioya qilgan holda yuqori malakali karatechilarni tayyorlashning musobaqadan oldingi bosqichi modelining tuzilishi berilgan. Yetarli boshqaruvni hisobga olgan holda o‘quv jarayonini qurish uchun innovatsion vositalar va usullarni o‘z ichiga olgan holda o‘quv jarayonining tuzilishini takomillashtirish.

Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida seleksiya jarayonini tashkil etish metodologiyasi
Akromjon Dadabayev

Ushbu maqola Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida seleksiya jarayonlarini samarali tashkil etish metodologiyasini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Maqolada sport seleksiyasi jarayonlarini rejalashtirish, nazorat qilish va amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan. Shuningdek, seleksiya jarayonida aniqlangan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari batafsil tahlil qilingan.

Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarining psixologik va pedagogik jihatlari

Umumta’lim maktabi о‘quvchilarining axloqiy munosabatlarini jismoniy tarbiya va sport vositasi yordamida shakllantirish
Bexzod Qo‘chqarov

Ushbu maqolada umumta’lim maktabi o‘quvchilarida axloqiy fazilatlarini shakllantirish, sohaga oid kreativligini oshirish, sog‘lom turmush tarziga e’tibor qaratgan holda o‘quvchilarning axloqiy munosabatlarini rivojlantirish va aqliy faoliyat modelini takomillashtirish bo‘yicha tizimli amaliy ishlar bajarilgan.

Yosh futbolchilarning integral tayyorgarligini takomillashtirish omillarini о‘rganish
Azamjon Maxmudov

Maqolada 15-17 yoshli futbolchilarni tayyorlashdagi integral tayyorgarlik bо‘yicha holatlarni aniqlashga qaratilgan anketa sо‘rovnomasi natijalari yoritilgan.

Trener shaxsiga xos kasbiy kompetensiyalarni takomillashtirish zaruriyatining pedgogik asoslari
Zokir Rasulov

Ushbu maqola bo‘lajak sport trenerlarining kasbiy salohiyati mavzusiga bag‘ishlangan. Shuningdek, maqola matnida trener salohiyatini tushuntiruvchi psixologik va pedagogik sifatlarlarning ayrim nazariy tadiqotlari tahlil etilgan. Maqolada keltirilgan ilmiy tushunchalar va ilmiy konsepsiyalar tahlilida ilmiy manbalar asos qilib olindi.

Abdulla Avloniy qarashlarida inson salomatligi va jismoniy tarbiya masalalari
Begimqulov Zarif

Mazkur maqolada Turkiston jadidchilik harakatining yetuk namoyondasi, XIX asr oxiri – XX asr boshidagi oʻzbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri Abdulla Avloniyning pedagogik asarlarida kishilardagi salbiy illatlar, zararli odatlar, chekish, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni isteʼmol qilishning mudhish oqibatlari, ulardan voz kechish sogʻlom turmush tarzi uchun zaruriy jihat ekanligi, ma’rifatparvarning inson salomatligi, badantarbiya hamda jismoniy tarbiya to‘g‘risidagi qarashlari yoritilgan.

100-104 16 2

Jismoniy tarbiya va sport sotsiologiyasi

Turkistonda jismoniy tarbiya va sport (XIX asr oxirlari - XX asr boshlari)
Ilhomjon Tursunaliyev, Abduraxim Xasanov

Jismoniy tarbiya va sport umummadaniyatning tarkibiy qismi sifatida amaliy jihatdan o‘z mazmuniga ega. Maqolada XIX asr o‘rtalari va XX asr boshlarida Turkistonda rus tilida o‘qitadigan maktablarda jismoniy tarbiya va sportning ahvoli, uni rivojlantirish uchun ko‘rilgan choralar, yosh avlod ta'lim-tarbiyasida jismoniy tarbiya va sportning o‘rni va ahamiyati, uning ijtimoiy mohiyati haqida so‘z boradi.