Jild 4 № 3 (2026): Sport ilm-fanining dolzarb muammolari

Jild 4 № 3 (2026): Sport ilm-fanining dolzarb muammolari
Nashr qilingan: 2026-10-06

To'liq son

Olimpiya harakati va xalqaro hamkorlik

O‘zbekistonda Olimpiya g‘oyalarining amalga oshirilishi va Olimpiya o‘yinlaridagi yutuqlar
Mamura Xaydarova

Maqolada O‘zbekistonda olimpiya g‘oyalarining amalga oshirilishi va olimpiya harakatining rivojlanishi tarixiy izchillikda yoritilgan. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining tashkil topishi, vazifalari va xalqaro olimpiya harakatidagi o‘rni tavsiflangan. Mustaqillik davrida mamlakat sportchilarining yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki va yutuqlari rasmiy natijalar asosida ko‘rib chiqilgan. Tarixiy-tavsifiy hamda qiyosiy yondashuv orqali mustaqillikkacha bo‘lgan davr va milliy olimpiya tizimi shakllangan davrning tashkiliy xususiyatlari taqqoslangan. Medal natijalarini baholashda keyinchalik chiqarilgan antidoping qarorlari va rasmiy qayta hisoblashlar inobatga olingan.

98-104 69 19

Jismoniy tarbiya va sport sotsiologiyasi

O‘zbekistonda xotin-qizlarning sportdagi ishtirokini kengaytirish: muammolar va sport siyosatining ustuvor yo‘nalishlari
Jamshed Ali

Maqolada O‘zbekistonda xotin-qizlarning jismoniy tarbiya va sportdagi ishtiroki, ularning tashkil etilgan sport mashg‘ulotlari hamda trenerlik faoliyatidagi vakilligi qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot Jahon banki ma’lumotlari (2026), O‘zbekistonning 2024-yilgi rasmiy sport statistikasi, UNESCO hujjatlari va sohaga oid ilmiy manbalar tahliliga asoslangan. Natijalarga ko‘ra, 2024-yilda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarning 48,6 foizini xotin-qizlar tashkil etgan bo‘lsa, sport ta’limi muassasalaridagi sport seksiyalari qatnashchilari orasida ularning ulushi 25,5 foizni, trenerlar orasida esa 24,3 foizni tashkil etgan. Ushbu ko‘rsatkichlar xotin-qizlarning sportdagi ishtiroki turli faoliyat yo‘nalishlarida sezilarli farqlanishini ko‘rsatadi. Tadqiqotda sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirish, xavfsiz muhit yaratish, xotin-qizlarning trenerlik faoliyatiga jalb etilishini qo‘llab-quvvatlash hamda gender ko‘rsatkichlari monitoringini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari asoslab beriladi.

179-184 87 17
Sport yoshlar hayotidagi sotsiomadaniy fenomen sifatida
Akramov Xasan

Maqolada sportning yoshlar hayotidagi sotsiomadaniy o‘rni va roli, uning ijtimoiy institut sifatidagi mazmun-mohiyati hamda sport bilan bog‘liq kooperatsiya, raqobat, bellashuv va musobaqa kategoriyalarining ijtimoiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiya tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi hamda farqli jihatlari yoritiladi. Shuningdek, milliy sport o‘yinlari, xususan, o‘zbek kurashining tarixiy-madaniy ildizlari va yoshlar hayotiga sotsiomadaniy ta’siri ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari sportni yoshlarning ijtimoiylashuvi, sog‘lom turmush tarzi va madaniy qadriyatlarni o‘zlashtirishiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim sotsiomadaniy fenomen sifatida talqin etish imkonini beradi.

6-13 84 41

Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi

Malakali kurashchilarda dinamik kuch chidamliligining o‘quv-mashg‘ulot yili davomida o‘zgarishi
Sherzod Mirzanov

Maqsad: turli kurash turlari bilan shug‘ullanuvchi malakali sportchilarda 60 kg li maneken bilan bajariladigan harakatlar davomida dinamik kuch chidamliligi ko‘rsatkichlarining bir o‘quv-mashg‘ulot yili mobaynidagi o‘zgarishini o‘rganish. Materiallar va metodlar: belbog‘li kurash (n = 29), etnokurash (n = 26), yunon-rum kurashi (n = 25) va erkin kurash (n = 23) vakillarining 68–73 kg oralig‘idagi vaznga ega guruhi to‘rtta test bo‘yicha yil boshida va yakunida taqqoslandi. Natijalar: barcha guruhlarda oldinga va orqaga egilish hamda o‘tirib-turish testlarida takrorlashlar soni oshgan; mutlaq o‘sish test va guruhga qarab farqlangan. Xulosa: natijalar maxsus dinamik kuch chidamliligi ko‘rsatkichlarining yil davomidagi o‘zgarishini tavsiflaydi, biroq statistik ahamiyatlilik va sababiy bog‘liqlik haqida xulosa chiqarish uchun qo‘shimcha ma’lumotlar zarur.

173-178 37 17
Yengil atletika sport turlarini o‘qitish uslubiyatini takomillashtirishning ilmiy-metodik asoslari
Mashxur Ne’matov

Maqolada yengil atletika sport turlarini o‘qitishda bosqichlilik, individual yondashuv va pedagogik nazoratning o‘zaro bog‘liqligi ilmiy-metodik jihatdan tahlil qilinadi. Yugurish, sportcha yurish, sakrash va uloqtirish texnikasini o‘zlashtirish jarayonini tashkil etish bo‘yicha besh bosqichli metodik model taklif etiladi. Model dastlabki tashxis, asosiy harakatlarni o‘rgatish, individual xususiyatlarga moslashtirilgan mashqlarni bajarish, o‘zlashtirilgan ko‘nikmalarni turli sharoitlarda qo‘llash va natijalarni qayta baholash bosqichlarini qamrab oladi. Harakat texnikasini baholash mezonlari, mashg‘ulotlar xavfsizligi, videotahlil va teskari aloqaning pedagogik ahamiyati yoritiladi. Taklif etilgan modelni maktab jismoniy tarbiya darslarida, shuningdek, o‘qituvchilar va trenerlarning malakasini oshirish jarayonida qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

152-157 34 18
Ichki liga musobaqalari basketbol trenerining pedagogik faoliyati samaradorligini oshirish sharti sifatida
Doniyorbek Norkulov

Bolalar-o‘smirlar sport maktablarida ichki liga musobaqalarini basketbol trenerining o‘quv-mashg‘ulot va tarbiyaviy faoliyati bilan uyg‘un tashkil etish masalalari o‘rganildi. Andijon, Farg‘ona, Namangan va Guliston hududlarida faoliyat yurituvchi 55 nafar basketbol treneri o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Respondentlarning 60 foizi ichki liga musobaqasini kamida bir marta tashkil etganini bildirdi. Moliyaviy mablag‘ yetishmasligi (78 foiz), moddiy-texnik sharoitlar (65 foiz) va vaqt tanqisligi (55 foiz) asosiy qiyinchiliklar sifatida aniqlandi. DIM/1+7 metodik yondashuvi doirasida ichki liga musobaqalarining 12 ta formati tizimlashtirildi, ularni tanlashning tashkiliy va pedagogik mezonlari belgilandi. Natijalar asosida musobaqalarni sport maktablarining o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga izchil kiritish, taqvimni rejalashtirish hamda yosh basketbolchilarning musobaqa tajribasini kengaytirishga qaratilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.

132-137 44 18
Sport maktablarida 4 haftalik tayyorlov-tahlil bosqichi asosida 11–12 yoshli bokschilarni olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga seleksiya qilish
Akromjon Dadabayev

Mazkur tadqiqot 11–12 yoshli bokschilarni sport maktablaridan Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga saralash jarayonini takomillashtirishga qaratilgan. Shu maqsadda sport maktabida o‘tkaziladigan to‘rt haftalik tayyorlov-tahlil bosqichi (BS/4) taklif etilib, uning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni baholashdagi imkoniyatlari o‘rganildi. Dastlabki tekshiruvda 200 nafar o‘g‘il bola, asosiy pedagogik tajribada esa 52 nafar 11–12 yoshli bokschi (tajriba va nazorat guruhlarida 26 nafardan) qatnashdi. To‘rt hafta yakunida tajriba guruhi bir qator sinovlarda nazorat guruhiga nisbatan yaxshiroq natija ko‘rsatdi. O‘nta ko‘rsatkichning sakkiztasida tuzatishsiz p < 0,05 darajasidagi guruhlararo farq kuzatildi; ko‘p martalik taqqoslash uchun Holm tuzatishi qo‘llangach, turnikda tortilish va sparring bahosi bo‘yicha farqlar statistik ahamiyatini saqladi. Seleksiyaga tayyorgarlikni kompleks kuzatish maqsadida umumiy jismoniy tayyorgarlik (0,6) va maxsus tayyorgarlik (0,4) ko‘rsatkichlarini birlashtiruvchi integral indeks taklif etildi. Mazkur indeks rasmiy qabul tartibining o‘rnini bosmaydi, balki dastlabki pedagogik baholashni to‘ldiradi.

125-131 47 23
13–14 yoshli sinxron suzuvchi qizlarning kuch sifatlarini umumiy jismoniy tayyorgarlik vositalari orqali rivojlantirish
Sitora Dadamatova

Mazkur maqolada 13–14 yoshli sinxron suzuvchi qizlarning kuch sifatlarini umumiy jismoniy tayyorgarlik vositalari orqali rivojlantirishga yo‘naltirilgan trenirovka dasturining samaradorligi o‘rganildi. Tadqiqotda 30 nafar sportchi tajriba (n=15) va nazorat (n=15) guruhlariga ajratilib, sakkiz haftalik pedagogik tajriba tashkil etildi. Tadqiqot jarayonida pedagogik kuzatuv, nazorat testlari va matematik-statistik tahlil usullaridan foydalanildi. Qo‘l panjasi kuchi, vertikal sakrash balandligi, gavda mushaklari chidamliligi hamda body boost elementini bajarish sifati baholandi. Tajriba guruhida mazkur ko‘rsatkichlarning o‘sishi nazorat guruhiga nisbatan yuqori bo‘lib, guruhlararo farqlar statistik jihatdan ahamiyatli ekanligi aniqlandi (p<0,001). Olingan natijalar umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlarini sinxron suzishga xos texnik tayyorgarlik bilan uyg‘unlashtirishning amaliy ahamiyatini ko‘rsatadi.

75-80 79 24
Sport gimnastikasida ko‘p yillik texnik tayyorgarlikni individual harakat imkoniyatlari asosida boshqarishning nazariy-metodik asoslari
Kamolaxon Raxmonova

This article presents a theoretical and methodological analysis of managing long-term technical training in artistic gymnastics based on individual motor capabilities and biological development. A comparative analysis of selected studies, biomechanical interpretation, and conceptual modelling are used to examine relationships between chronological age, biological maturation, growth dynamics, body proportions, relative strength, coordination, and consistency in technical skill execution. A five-component conceptual framework is proposed, comprising diagnosis, individual planning, pedagogical intervention, monitoring, and reassessment. Its potential applications are described across stages of athletic development, apparatus-specific tasks, and monitoring indicators. Limitations of cross-sectional evidence and anthropometric maturity prediction are discussed, and directions for longitudinal research to evaluate the framework are identified. The article proposes a theoretical and methodological model rather than reporting findings from an original pedagogical experiment.

61-68 56 18
Yuqori malakali bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini raqamli texnologiyalar yordamida baholash
Farxod Turdiyev

Maqolada boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasiga jalb etilgan 15–18 yoshli bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Sportchilar organizmining individual xususiyatlari va funksional holatiga, jumladan, yillik tayyorgarlik davrlarida ish qobiliyatining o‘zgarish dinamikasiga moslashtirilgan mashg‘ulot rejasini ishlab chiqish yondashuvlari yoritiladi. Shuningdek, musobaqa sharoitlari va yurak qisqarishlari sonini hisobga olgan holda umumiy hamda maxsus mashqlarni tanlash, jismoniy sifatlarni rivojlantirish, kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik va chidamlilikni baholash, shuningdek, past va yuqori kuchlanishda berilgan zarbalar hamda ularning aniqligi ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi.

35-45 70 23
Taekvondo (WT) sport turida qarshi hujum harakatlarini tasniflashning zamonaviy ilmiy yondashuvlari
Nargizaxon Qosimova

Mazkur maqola taekvondo WT yo‘nalishida qarshi hujum texnikasini tasniflashning zamonaviy ilmiy yondashuvlarini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqot maqsadi — taekvondo musobaqasida qarshi hujum texnikasini tasnif qilishning asosiy ilmiy mezonlarini aniqlash va xorijiy hamda mahalliy olimlar yondashuvlarini qiyosiy tahlil qilish. Tadqiqot metodlari: ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, musobaqa statistikasini o'rganish, qiyosiy tahlil. Natijalar shuni ko'rsatdiki, qarshi hujum texnikasi bajarilish vaqti, usuli va biomexanik tuzilishi bo'yicha tasniflanadi; yuqori malakali sportchilar g'alaba balllarining 35–45 foizini ushbu texnika orqali qo'lga kiritadi. Xulosa: uch o'lchovli tasnifni hisobga oluvchi ilmiy asoslangan o'qitish metodikasini ishlab chiqish zarur.

29-34 87 15

Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarining tibbiy-biologik jihatlari

Bolalar va o‘smirlar sportida salomatlikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan ta’lim muhiti: sport pedagogikasi, psixologik qo‘llab-quvvatlash va sport tibbiyotiga fanlararo yondashuv
Deborah A. Vernon, Shohida Nuraliyeva, Galina Krasnova, Sunnatulla Yulchiyev, Umida Narzullayeva

Bolalar va o‘smirlar sporti harakat ko‘nikmalarini shakllantirish, ijtimoiy faollikni rivojlantirish va salomatlikni mustahkamlash uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Biroq ushbu imkoniyatlarning ro‘yobga chiqishi ko‘p jihatdan mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan muhitning sifati va xavfsizligiga bog‘liq. Mazkur maqolaning maqsadi bolalar va o‘smirlar sportida salomatlikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan ta’lim muhitini shakllantirishga doir fanlararo yondashuvlarni sport pedagogikasi, psixologik qo‘llab-quvvatlash va sport tibbiyoti nuqtayi nazaridan tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot doirasida ikkita xalqaro konsensus hujjati va qo‘shimcha 18 ta ilmiy nashr asosida mavzuga oid adabiyotlarning maqsadli tahliliy sharhi amalga oshirildi. Adabiyotlar muayyan ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha tanlab o‘rganilgan bo‘lib, tadqiqot tizimli sharh usuliga asoslanmagan. Tahlil natijasida o‘zaro uzviy bog‘liq uchta asosiy yo‘nalish aniqlandi: mashg‘ulotlarni sportchilarning yoshi va rivojlanish xususiyatlariga mos ravishda tashkil etish, ularni psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlashga asoslangan munosabatlarni shakllantirish hamda sportchilarning salomatligi va jismoniy holatini hisobga olgan holda mashg‘ulot jarayonini boshqarish. Ushbu yo‘nalishlar yosh sportchilarning jismoniy va ruhiy farovonligini ta’minlash, jarohatlanish xavfini kamaytirish hamda ularning sport bilan uzoq muddat davomida shug‘ullanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Pedagogik, psixologik va tibbiy yondashuvlarni o‘zaro uyg‘unlashtirish bolalar va o‘smirlar sportida xavfsiz, qulay va qo‘llab-quvvatlovchi muhitni shakllantirishga xizmat qilishi mumkin. Mazkur yondashuvlarni O‘zbekiston sport maktablari faoliyatiga tatbiq etish imkoniyatlarini aniqlash uchun qo‘shimcha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish zarur.

166-172 74 27

Jismoniy tarbiya va sport muammolari

Og‘ir atletika trenerlarining sport-pedagogik mahoratini oshirish: muammolar tahlili va takomillashtirish yo‘llari
Mirjalol Sabirov

Maqolada og‘ir atletika trenerlarining sport-pedagogik mahoratini oshirish bilan bog‘liq muammolar ilmiy-metodik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot nazariy-tahliliy xarakterga ega bo‘lib, milliy normativ-huquqiy hujjatlar va xalqaro ilmiy adabiyotlar tahliliga tayanadi. Tahlil asosida trenerlarning kasbiy kompetensiyalari, kommunikativ va psixologik tayyorgarligi, harakat texnikasini o‘rgatish, mashg‘ulot yuklamasini boshqarish va malaka oshirishni tashkil etishga doir besh yo‘nalish ajratildi. Ushbu yo‘nalishlar uchun ilmiy adabiyotlardan kelib chiqadigan metodik tavsiyalar tizimlashtirildi hamda nazariy, metodik, kommunikativ, tashkilotchilik va innovatsion kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan model taklif etildi. Modelning amaliy samaradorligi ushbu tadqiqot doirasida eksperimental tekshirilmagan.

158-165 37 18
O‘zbekistonda dzyudo sportini rivojlantirish: statistik ko‘rsatkichlar, tizimli muammolar va ularning yechimlari
Quo‘anishbay Mamutov

Maqolada O‘zbekistonda dzyudo sportini rivojlantirishning institutsional va tashkiliy jihatlari, sport-ta’lim muassasalari tarmog‘i hamda shug‘ullanuvchilar qamroviga oid ochiq rasmiy ma’lumotlar tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-iyundagi PQ-286-son qarorida belgilangan 2022–2025-yillarga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlar amalda qayd etilgan statistika bilan aralashtirilmasdan ko‘rib chiqiladi. Hududiy infratuzilma, murabbiylar malakasi, sportchilarni saralash, qizlar va ayollar ishtiroki, tibbiy-pedagogik nazorat hamda hisob yuritishdagi masalalar tizimlashtiriladi. Rasmiy manbalar qamrovidagi farqlar va ochiq dzyudo statistikasi cheklovlari ko‘rsatilib, monitoringni takomillashtirishga oid amaliy takliflar asoslanadi.

105-111 55 22
Jismoniy tarbiya ta’limida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan foydalanishning nazariy-metodik asoslari
Asliddin Nuriddinov

Maqolada jismoniy tarbiya ta’limida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan foydalanishning nazariy-metodik asoslari O‘zbekiston, Rossiya va xalqaro ilmiy manbalar asosida tahlil qilindi. Tadqiqotda normativ hujjatlar va ilmiy adabiyotlarning qiyosiy-tahliliy sharhi, mazmuniy tasniflash hamda pedagogik modellashtirish usullari qo‘llanildi. Raqamli ta’lim platformalari, harakatlarni videotasvir asosida tahlil qilish tizimlari, taqiladigan sensor qurilmalar, virtual va kengaytirilgan reallik hamda generativ sun’iy intellektning didaktik imkoniyatlari va cheklovlari ko‘rib chiqildi. Adabiyotlarni umumlashtirish asosida pedagogik maqsad, texnologik vosita, ma’lumotlar sifati, o‘qituvchining ekspert nazorati va natijalarni baholashni birlashtiruvchi besh komponentli metodik model taklif etildi. Mazkur model nazariy taklif bo‘lib, uning samaradorligi pedagogik tajribada sinovdan o‘tkazilmagan.

92-97 83 22
Zamonaviy o‘zbek sport terminologiyasida termin yasashning affiksal va sintaktik modellari
Nodira Mustafayeva

Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek sport terminologiyasida termin yasashning affiksal va sintaktik modellari lingvistik jihatdan tahlil qilinadi. So‘z yasovchi qo‘shimchalarning vazifasi, termin-birikmalarning grammatik tuzilishi va terminologik maqomni aniqlash mezonlari yoritiladi. Asl matndagi 12 ta namunaviy birlik struktur va morfemik jihatdan tavsiflanadi; ayrim birliklarning real qo‘llanishi normativ-huquqiy va ilmiy-uslubiy manbalar asosida tekshiriladi. Yasama leksema, termin-birikma va erkin so‘z birikmasi o‘rtasidagi farqlar ko‘rsatilib, shakliy belgi bilan sohaviy mazmun bir xil mezon emasligi ta’kidlanadi. Tahlil cheklangan materialga asoslangani sababli yasalish modellarining miqdoriy mahsuldorligi haqida xulosa chiqarilmaydi.

86-91 72 23
Jismoniy tarbiya yo‘riqchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish: pedagogik shart-sharoitlar va tarkibiy-funksional model
Chulpan Nalibayeva

Tadqiqotning maqsadi jismoniy tarbiya yo‘riqchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlarni asoslash va tarkibiy-funksional modelni ishlab chiqishdan iborat. 2023–2026-yillarda 400 nafar yo‘riqchi ishtirokida so‘rovnoma, test, suhbat, pedagogik kuzatuv, ekspert baholash va matematik-statistik tahlil usullari qo‘llanildi. Kasbiy faoliyat motivatsion-qadriyatli, kognitiv-metodik, amaliy-faoliyatli, kommunikativ-tashkiliy va refleksiv-baholash komponentlari asosida baholandi. Diagnostika natijalariga tayangan holda oltita pedagogik shart-sharoit belgilandi va maqsadli, metodologik, mazmunli, tashkiliy-texnologik, diagnostik-baholash hamda natijaviy bloklardan iborat model taklif etildi. Model 72 soatlik maqsadli modul doirasida sinovdan o‘tkazildi. Kasbiy faoliyatning integral ko‘rsatkichi tajriba guruhida 57,5 foizdan 81,1 foizga, nazorat guruhida esa 57,8 foizdan 64,4 foizga o‘zgardi; guruhlar o‘sishi o‘rtasidagi farq 17,0 foiz punktni tashkil etdi. Natijalar kasbiy ehtiyojlarga moslashtirilgan amaliy topshiriqlar, videotahlil, refleksiv baholash va kursdan keyingi metodik qo‘llab-quvvatlashni malaka oshirish mazmuniga integratsiyalashning istiqbolli ekanini ko‘rsatadi.

46-51 73 25
11–12 yoshli dzyudochilarning texnik tayyorgarligini takomillashtirish metodikasi va uning pedagogik samaradorligi
Dilfuza Matqurbanova

Maqolada 11–12 yoshli dzyudochilarning texnik tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan pedagogik yondashuv va tajriba natijalari tahlil qilinadi. Tadqiqot Farg‘ona, Toshkent va Namangan viloyatlaridagi ixtisoslashtirilgan sport maktablarida o‘tkazilgan bo‘lib, unda tajriba va nazorat guruhlaridagi jami 60 nafar sportchining 15 ta texnik topshiriq bo‘yicha ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Tajriba guruhida vaqt bilan o‘lchanadigan topshiriqlarni bajarish davomiyligi qisqargani, bir daqiqalik uchi-komi takrorlari soni esa oshgani qayd etilgan. Natijalar tavsifiy tahlil qilinadi; statistik ahamiyatga oid dastlabki hisob-kitoblar birlamchi ma’lumotlar asosida qo‘shimcha tekshirishni talab qiladi. Material yosh dzyudochilarning texnik tayyorgarligini baholash va mashg‘ulotlarni rejalashtirish masalalarini muhokama qilishga xizmat qiladi.

14-23 89 38

O‘qituvchiga, tarbiyachiga, trenerga

Jismoniy tarbiya darslarida şaxmat asoslarini örgatişda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalaniş
Bahor Xolova

Maqolada umumiy örta ta’lim muassasalarida şaxmat asoslarini örgatişda innovatsion pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlarning imkoniyatlari tahlil qilindi. Nazariy va empirik materiallar asosida «Tuşunçalar tahlili», rasmli topşiriqlar va mustaqil ta’limni uyğunlaştiruvçi izçil metodika yoritildi. Şaxmat vaziyatlarini tahlil qiliş, qonuniy yurişni tanlaş va qarorni asoslaşga qaratilgan amaliy vazifalar, şuningdek özlaştirişni baholaş mezonlari işlab çiqildi. Olingan natijalar şaxmatga oid bilimlarni mustahkamlaş, öquvçilarning mantiqiy fikrlaşi va mustaqil qaror qabul qilişini qöllab-quvvatlaşda mazkur yondaşuvlarning pedagogik imkoniyatlarini körsatdi. Ularni jismoniy tarbiya darsining tegişli nazariy qismida va tögarak maşğulotlarida qöllaş böyiça tavsiyalar berildi.

145-151 39 20
O‘quvchi-qizlar jismoniy faolligini oshirishda voleybol mashg‘ulotlarining ahamiyati
Sevara Ashurova

Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchi-qizlarning jismoniy faolligini oshirishda voleybol mashg‘ulotlarining pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Jamoaviy o‘yin faoliyatining tezkorlik, chaqqonlik, koordinatsiya, tezkor-kuch sifatlari, chidamlilik hamda ijtimoiy hamkorlikni rivojlantirish bilan bog‘liq jihatlari yoritiladi. O‘quvchi-qizlarning mashg‘ulotlarga munosabatini o‘rganish uchun sakkiz bandli, besh balli so‘rovnoma va uni hisoblash tartibi tavsiflanadi. Maqolada mashg‘ulotlarni individuallashtirish, soddalashtirilgan o‘yinlar, rag‘batlantirish va video tahlildan foydalanish yuzasidan metodik tavsiyalar umumlashtiriladi.

69-74 68 19

Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi professional ta’lim masalalari

Bel olish kurashi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirishning ilmiy-metodik asoslari
Orzubek Qambarov

Bel olish kurashi bo‘yicha trenerlar, hakamlar va jismoniy tarbiya mutaxassislari malakasini oshirish mazmunini takomillashtirishning ilmiy-metodik asoslari tahlil qilindi. “Bel olish kurashi” o‘quv qo‘llanmasining olti bobiga tayangan holda tarixiy-nazariy, musobaqa qoidalari va huquqiy talablar, texnik-taktik, ko‘p yillik sport tayyorgarligi, tibbiy-pedagogik nazorat hamda hakamlik va trenerlik amaliyotini qamrab oluvchi olti mazmuniy modul tizimlashtirildi. Musobaqa yo‘nalishlari, baholash mezonlari, ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlari va shakllantiriladigan kasbiy kompetensiyalar o‘zaro bog‘langan holda ko‘rib chiqildi. Natijada malaka oshirish kurslarida nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiluvchi modulli tuzilma va uni baholashga doir tavsiyalar ishlab chiqildi.

138-144 44 17

Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarining psixologik va pedagogik jihatlari

Jismoniy tarbiya darslarida ta’lim nazariyalarini amaliyotga tatbiq etish: muammolar, yechimlar va takomillashtirish yo‘llari
Ravshanbek Sariyev

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi jismoniy tarbiya darslariga ta’lim nazariyalarini tatbiq etishning ilmiy-pedagogik asoslari tahlil qilinadi. Xulq-atvor, kognitiv, konstruktivistik va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarning harakat ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘quvchi motivatsiyasini qo‘llab-quvvatlash, qayta aloqa va baholashdagi imkoniyatlari qiyosiy yoritiladi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va pedagogik psixologiyaga oid mahalliy hamda xorijiy manbalar asosida darsni rejalashtirish, o‘rgatish, tabaqalashtirish va baholashdagi metodik muammolar tizimlashtiriladi. Tahlil natijasida turli nazariy yondashuvlarni uyg‘unlashtiruvchi olti bosqichli darsni tashkil etish modeli va amaliy tavsiyalar taklif qilinadi. Tadqiqot nazariy-tahliliy xarakterga ega; modelning samaradorligi alohida pedagogik tajribada tekshirilmagan.

117-124 61 27

Jismoniy tarbiya va sport tarixi

Bel olish kurashining tarixiy ildizlari va yoyilish geografiyasi
Nosir Azizov

Maqolada bel olish kurashining tarixiy ildizlari va hududiy tarqalishiga doir yozma, arxeologik hamda tasviriy manbalar 2023-yilgi ekspeditsiya materiallari bilan qiyosiy o‘rganilgan. Ordos bronza to‘qalari, Panjikent devoriy suratlari, Firdavsiyning «Shohnoma»si, Ibn Sinoning «Tib qonunlari» va tarixiy tasvirlar haqidagi ilmiy talqinlar ko‘rib chiqilgan. O‘zbekistondagi chalish va chalishsiz yo‘nalishlarining hududiy uchrashiga oid ma’lumotlar tizimlashtirilgan hamda Eron, Afg‘oniston, Hindiston va Gruziyadagi o‘xshash kurash an’analari bilan qiyoslangan. Manbalar o‘rtasidagi o‘xshashliklar tarixiy uzviylikni bevosita isbotlamasligi ta’kidlanadi.

112-116 72 18

Jismoniy tarbiya va sport sohasida Menejment

Sport muassasalari faoliyatini raqamli monitoring qilishda axborot oqimlarining konseptual modeli
Navruz Shoymardonov

Maqolada sport muassasalari faoliyatini raqamli monitoring qilishda axborot oqimlarini tashkil etish va boshqaruv ehtiyojlari uchun ma’lumotlarni qayta ishlash masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda tizimli tahlil, strukturaviy-funksional tahlil, taqqoslash va axborot oqimlarini modellashtirish usullaridan foydalanilgan. “ERP Sport” yagona elektron boshqaruv tizimi misolida ma’lumot manbasini aniqlash, ma’lumotlarni olish, tekshirish, qayta ishlash, umumlashtirish, monitoring qilish va boshqaruv qarorini qabul qilish bosqichlarini qamrab oluvchi konseptual model taklif etilgan. Ma’lumotlarning to‘liqligi, aniqligi, o‘z vaqtida yangilanishi va turli boshqaruv darajalari o‘rtasidagi muvofiqligi modelni qo‘llashning muhim shartlari sifatida ko‘rsatilgan. Taklif etilgan yondashuv sport muassasalarida raqamli monitoringni takomillashtirish va ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv qarorlarini tayyorlash uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

81-85 67 21

Yosh tadqiqotchilarga so‘z

Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlari talabalarida ingliz tilidagi kasbiy-kommunikativ kompetensiyani multimodal raqamli ta’lim resurslari asosida rivojlantirish metodikasi
Shaxrizoda Xolmatova

Maqolada oliy ta’limning nofilologik yo‘nalishlarida ingliz tilini o‘qitishga oid multimodal yondashuv jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kasbiy ehtiyojlarga moslashtiriladi. Nazariy-metodik tahlil asosida an’anaviy mashg‘ulotlardagi ayrim cheklovlar, multimodal ta’limning semiotik va kognitiv asoslari hamda vizual, auditiv, audiovizual va interaktiv resurslarning vazifalari yoritiladi. Trener–sportchi muloqoti misolida tayyorlov, asosiy va yakuniy bosqichlardan iborat mashg‘ulot tartibi, kommunikativ topshiriqlar va baholash mezonlari taklif etiladi. Sport ta’limiga doir tadqiqotlar bilan qiyoslash orqali ushbu yondashuvning amaliy qo‘llanish shartlari muhokama qilinadi. Maqola nazariy-metodik xususiyatga ega; taklif etilgan tartibning samaradorligi pedagogik tajribada hali tekshirilmagan.

52-60 79 25

Sport huquqi

O‘zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatining normativ-huquqiy asoslari: tahlil va takomillashtirish masalalari
Oybek Artikbayev

Maqolada O‘zbekistonda trenerlik faoliyatini huquqiy tartibga solishning amaldagi asoslari, trenerning huquqiy maqomi, kasbiy malaka talablari va malaka sertifikatining ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotning manbaviy bazasini 2026-yil 24-martdagi O‘RQ-1123-son Qonun, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-son va 2025-yil 5-avgustdagi 496-son qarorlari hamda O‘zbekistonda trenerlik faoliyati to‘g‘risidagi nizom tashkil etadi. Formal-yuridik va tizimli tahlil asosida malaka oshirish hamda trenerlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga oid talablar o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlashtiriladi. Shuningdek, sertifikatlash, trenerning huquq va majburiyatlari, mashg‘ulotlar xavfsizligi va kasbiy rivojlanishning o‘zaro aloqasi ko‘rsatib beriladi. Natijalar normativ qoidalarni izchil qo‘llash va trenerlarni huquqiy xabardor qilish uchun amaliy ahamiyatga ega.

24-28 69 24