Ushbu maqolada sharq va gʻarb mutafakkirlarining inson nutqi, muloqot madaniyati hamda axloqiy qadriyatlar haqidagi qarashlari asosida sotsiolingvistik kompetensiyaning falsafiy-axloqiy kontekstdagi psixologik asoslari tahlil qilingan. Suqrot, Arastu, Aflotun, Konfutsiy, Lao Szı, Zardusht kabi miloddan avvalgi mutafakkirlarning nutq madaniyati, odob va axloq haqidagi gʻoyalari bilan zamonaviy sotsiolingvistik konsepsiya hamda nazariyalar oʻrtasida maʼnaviy-axloqiy jihatdan psixologik bogʻliqliklar tizimli yoritilgan. Shuningdek, ularning falsafiy qarashlari asnosida bugungi kun sport faoliyatiga bogʼliq tomonlari tahlili ham keltirilgan. Tadqiqot natijalari sotsiolingvistik kompetensiyani shakllantirish jarayonida falsafiy tafakkur va axloqiy qadriyatlar asoslanuvchi psixologik omillarning oʻrni muhimligini koʻrsatadi.