Вступительное слово главного редактора
Hurmatli hamkasblar, qadrli jurnal o‘quvchilari!
ILHOMJON TURSUNALIYEV
Jurnal Bosh muharriri, Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori, professor
Sizlar bilan institutimizda ilk bor tashkil etilgan “Sport ilm-fanining dolzarb muam-molari” xalqaro ilmiy-nazariy jurnali sahifasida muloqotda bo‘lishimdan juda ham mamnunman!
Qadrli hamkasblar! “Sport ilm-fanining dolzarb muammolari” xalqaro ilmiy-nazariy jurnalining birinchi soni va uning elektron va nashr shaklida chop etilishi institut jamoasi uchun juda katta muhim voqeadir: biz jurnal tahririyatiga nafaqat hamfikrlar jamoasini yig‘ishga muvaffaq bo‘ldik, shuningdek, sport ilm-fanidagi eng dolzarb muammolar va asosiy qadriyat yo‘nalishlarini aks ettiruvchi nashrning mavzuviy yo‘nalishlarini aniqlashga ham erishdik.

Ushbu jurnalning yaratilishi sport sohasida ilmiy aloqaning yagona makonini shakllantirishda juda muhim qadamdir. Sport sohasida ulkan ilmiy-maʼrifiy va tarbiyaviy salohiyatga ega bo‘lgan noyob ijtimoiy-madaniy hodisa bo‘lib, nazarimda, hali to‘liq ochib berilmagan. Umid qilamanki, biz yangi jurnal mualliflari bilan birgalikda bu yo‘nalishda ilg‘or qadamlar qo‘yamiz.
Jurnal fanlararo xususiyatga ega bo‘lib, fundamental va amaliy pedagogika, sotsiologiya va iqtisodiyot sohasidagi mavjud muammolarni yoritadi. Bunday ko‘p qirralilik jismoniy tarbiya va sportning dolzarb masalalariga har tomon-lama eʼtiborni jalb qilishga yordam beradi, jurnalxonlarning ushbu yo‘nalishdagi original tadqiqotlarga qiziqishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Mazkur jurnalning asosiy maqsadi O‘zbekiston va xalqaro miqyosda jismoniy
madaniyat va sport sohasida sport ilm-fani, shu jumladan sportga integratsiyalashgan boshqa sohalarga oid qator muammolarning yechim-larini topishga qaratilgan tadqiqotlarni keng va xolisona yoritib borishdan iboratdir.
Jurnal faoliyati mamlakatimizda va xalqaro miqyosda jismoniy madaniyat va sport sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi olimlar, sport trenerlari, jismoniy tarbiya uslubchilari, sport shifokorlari, psixologlar, fiziologlar, menejerlar, marke-tologlar, agentlar, yuristlar, maktabgacha taʼlim tashkilotlari jismoniy tarbiya yo‘riqchilari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus taʼlim muas-sasalari jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, oliy taʼlim muassasalari xodimlari, professor-o‘qituv-chilar, talabalar va jismoniy madaniyat va sport bilan qiziquvchilarga ilmiy maqolalar, amaliy va uslubiy ishlanmalar, ilmiy sharhlar chop etishga qaratilgan.
Jurnal jismoniy tarbiya va sport sohasidagi tadqiqotlarning eng istiqbolli va asl natijalari haqida professional jamoatchilikni ishonchli va aniq maʼlumotlar bilan taʼminlashga, sport ilm-fani bo‘yicha mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini jurnal sahifalarida yoritishga ko‘maklashish va hayotiy masalalar bo‘yicha ochiq ilmiy-amaliy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, hamkasblarimizning ijodiy faolligini, jurnalning ohangini qo‘llab-quvvat-laydigan, ilmiy va uslubiy izlanish yo‘nalishlarini belgilaydigan barcha mualliflarimizga minnat-dorchilik bildiramiz. Biz Sizning ishingizni kutamiz, diqqat va xayrixohlik bilan ularni ko‘rib chiqishga va nashr etishga tayyormiz.
Ishonchim komilki, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi dolzarb masala-larni yoritib berish, sohada erishilgan yutuqlar va muammolar, tadqiqotchilar va amaliyotchi-larni, yosh olimlarni samarali ilmiy-uslubiy nashrlar bilan taʼminlash va ilg‘or ilmiy ishlan-malar va tajribalarni tarqatish, xalqaro akade-mik aloqalarni kengaytirish uchun asosiy platformaga aylanadi.
Biz jurnalda eʼlon qilingan maʼlumotlarga sharh, ekspert xulosasi, tahliliy eslatma yoki to‘liq formatli maqola ko‘rinishidagi sharhlarin-gizni mamnuniyat bilan qabul qilamiz va jurnalimiz sahifalari va veb-saytida eng qiziqarli-larini nashr etishga tayyormiz!
Jurnal tahririyati va tahrir hayʼati butun dunyodan eng yaxshi mutaxassislarni muallif
sifatida jalb etishga, jurnal o‘quvchilarini qiziq-tirgan sport ilm-fanining eng dolzarb muam-molarini o‘z sahifalarida yoritishga intiladi.
Biz, sport ilm-fani muammolarini o‘rganayot-gan xorijlik mualliflarning nashrlarini mam-nuniyat bilan qabul qilamiz va O‘zbekiston ilmiy jamoatchiligini ularning izlanishlari natijalari bilan yaqindan tanishishlarini tilab qolamiz.
Hurmatli o‘quvchilar, “Sport ilm-fanining dolzarb muammolari” xalqaro ilmiy-nazariy jurnali barcha manfaatdor shaxslar va tashkilot-lar uchun ochiq. Nashrni rivojlantirish bo‘yicha ulkan rejalarga ega bo‘lgan tahririyat ham o‘zbekistonlik mutaxassislarni, ham xorijiy hamkorlarni maqolalar chop etishga taklif qiladi.


(+998)71 242-30-85
institut@sportedu.uz
100042, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 27-uy.