{$ numTitles} elementlar

Barcha narsalar

Innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda raqobat davrida yuqori malakali futbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini boshqarish
Shamil Iseev

Ushbu maqolada zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda yuqori malakali futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi darajasini boshqarish tizimi taqdim etilgan. Mashg'ulotlar va o'yinlar davomida yuqori malakali futbolchilarning motor harakatlari hajmi aniqlandi. Olingan natijalardan futbol mutaxassislari uchrashuvlar davomida foydalanishlari mumkinligi aniqlandi. Olingan natijalardan futbol mutaxassislari foydalanishi mumkin

Koʻp yillik tayyorgarlik bosqichlarida yosh gandbolchilarni saralash va yoʻnaltirishda maxsus jismoniy tayyorgarligini tahlil qilish va nazorat qilish usullari
Zafarjon Yusupov

Mazkur maqolada tayyorlov davrida yosh gandbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini ishlab chiqilgan testlar yordamida tahlil qilish va nazorat qilish ishlari olib borilgan. Tadqiqotda Yakkasaroy tumanida joylashgan 2-sonli SM shugʻullanuvchilari va Chilonzor tumanida joylashgan SM gandbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi tekshirildi va natijalar bir birga taqqoslangan xolda amaliy tavsiyalar berilib, tadqiqotning yakunida xulosa keltirilgan.

90-94 39 15
Koʻp yillik tayyorgarlik bosqichlarida yosh gandbolchilarni saralash va yoʻnaltirishda maxsus jismoniy tayyorgarligini tahlil qilish va nazorat qilish usullari
Zafarjon Yusupov

Mazkur maqolada tayyorlov davrida yosh gandbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini ishlab chiqilgan testlar yordamida tahlil qilish va nazorat qilish ishlari olib borilgan. Tadqiqotda Yakkasaroy tumanida joylashgan 2-sonli SM shugʻullanuvchilari va Chilonzor tumanida joylashgan SM gandbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi tekshirildi va natijalar bir birga taqqoslangan xolda amaliy tavsiyalar berilib, tadqiqotning yakunida xulosa keltirilgan.

56-60 220 28
Ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida yuqori malakali gandbolchilarni saralab olish jarayonida kuch sifatini tahlil qilish usullari
Zoir Yusupov

Mazkur maqolada yuqori malakali gandbolchilarning umumiy jismoniy tayyorgarlik bosqichida kuch sifatini aniqlash va tahlil qilish ishlari olib borilgan. Tadqiqotda  “SKIF” va “Xorazm” jamoalarning kuch sifatlari tahlil qilingan holda natijalar bir biriga taqqoslangan va amaliy tavsiyalar berilgan.

64-67 152 28
Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslarni golbol sport turiga tayyorlash mexanizmlari
Laylo Sobirova

Ushbu maqolada golbol sport mashg‘ulotlarida haftalik sikllarni qo‘llash orqali ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslarni jismoniy, texnik, taktik hamda musobaqa oldi tayyorgarlik vositalarini rejalashtirish hamda me’yorlash bo‘yicha amalga oshirilgan pedagogik tajriba muhokamasi hamda ularning natijalari keltirilgan.

150-152 232 20
Malakali futbolchi qizlarning mashgʻulot yuklamalari tahlili
Nodir Yusupov

Maqolada futbolchi qizlarning yillik bosqich mashgʻulot yuklamalari oʻrganilib chiqilgan boʻlib turli davrlardagi umumiy va maxsus tayyorgarlik bosqichlarida har xil yoʻnalishdagi yuklamalarning taqsimlanishlari nisbatlari koʻrilgan. Musobaqa davridagi mashgʻulot yuklamalarida tezkor-kuch sifatiga qaratilgan nisbatlari yetarli emasligi ilmiy asoslab berildi.

93-96 60 15
Malakali futzalchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini koordinatsion mashqlarni qo‘llash orqali oshirish
Muxsimbek Maxamadjonov

Ushbu maqolada futzalning zamonaviy rivojlanish bosqichida ehtimoliy va kutilmagan vaziyatlarda bajariladigan harakatlar hajmini sezilarli darajada oshirish yo‘llari va usullari tahlil qilinadi. Texnik va taktik harakatlarning turli kombinatsiyalari, o‘yinchining individual mahorati, shuningdek, jismoniy, texnik, nazariy va irodaviy tayyorgarlik kabi tarkibiy qismlar o‘rganiladi.

42-46 94 18
Operativ nazorat mutaxassislar nigohida
Askar Talipdjanov

Mazkur maqolada anketa tadqiqotining natijalari va tahlili - yosh futbolchilarning mashg‘ulotlarga tayyorligi va chidamliligi va yuklamalarning kompleks monitoringini baholash ko‘rib chiqiladi.

80-82 193 19
O‘smir bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarligini aniqlash
Farxod Turdiyev

Ushbu maqolada tadqiqotchilar tomonidan oʻtkazilgan tajriba natijalariga koʻra, boks sport turi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasiga jalb qilingan 15-16 yoshli bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarlik, jismoniy sifatlar, kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik, koʻrsatkichlari tahlili muhokama etiladi.

55-63 187 28
O‘zbekistonda zamonaviy paralimpiya sportini rivojlantirish istiqbollari
Salamat Saribaev

Mazkur maqolada paralimpiya sportiiiing jismoniy inikoiiiyati cheklangan va nogironligi bo4gan shaxslar uchun tutgan o‘rni va ahamiyati, shuningdek, paralimpiya sportida yuqori spoil yutuqlariga erishish muammolari ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga, dunyoda zamonaviy paralimpiya sportining shakllanish tarixi va istiqbollari, O'zbekistonda paralimpiya sportiiiing rivojlanishini davlat tomonidan qo‘llab-quwatlash masalalari muhokama qilinadi.

153-160 259 23
Professional futbol jamoalarining yakkakurashlardagi samaradorlik ko‘rsatkichlarining qiyosiy tahlili
Sobirxon Akzamov

Ushbu maqolada professional futbol jamoalarining yakkakurashlardagi samaradorlik ko‘rsatkichlarini qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot O‘zbekiston Superligasining 2024-yilgi      1-mavsumi doirasida jamoalarning hujumdagi, himoyadagi, havodagi va neytral to‘p uchun kurashlardagi statistik natijalarini o‘rganadi. Maqola yakkakurashlar samaradorligining umumiy natijalarga, o‘yin strategiyalariga va jamoaviy taktikaga ta’sirini baholashni maqsad qilgan.

Sport juftligini tayyorlash jarayonida sakrashni o'rganishning nazariy va uslubiy asoslari
Maya Maxinova, Sofiya Fedorova, Oleg Sinitsyn

Maqolada Olimpiya sport turi - konkur bo‘yicha chavandoz va otning texnik tayyorgarligining nazariy va uslubiy asoslari, shu jumladan sport juftligi uchun zarur bo‘lgan elementlarning aniq bajarilishi uchun zarur bo‘lgan yuqori darajadagi moslashuvchanlik, kuch va muvozanatga erishish uchun mashg‘ulotlarni tashkil etishga qaratilgan ilmiy-nazariy tadqiqotlar ochib berilgan.

Sportchilarning start oldi holatlarini empirik tadqiq qilish
Nurimbet Turdambetov

Hozirgi vaqtda sportchilarning start oldi holatlari muammosi sport sohasidagi tadqiqotlar bilan shugʻullanuvchi koʻplab fiziologlar, murabbiylar va psixologlarni juda qiziqtiradi. Ushbu mavzu juda dolzarbdir, chunki psixologik tayyorgarlik kerakli natijaga erishish qobiliyatini shakllantirishning eng muhim bosqichlaridan biridir. Ushbu maqolada sportchilarning hozirgi holati natijalari tasvirlangan. Tadqiqotning usullari sifatida adabiyotlarni nazariy tahlil qilish, umumlashtirish va tizimlashtirish, empirik yoʻl bilan olingan maʼlumotlarni qayta ishlash usullaridan foydalanilgan. Tadqiqot natijalari keltirilgan, ularning tavsifi berilgan.

56-58 48 39
Stol tennisi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarni jismoniy tayyorgarligini shakllanish dinamikasi
Marhabo G‘aniyeva

Ushbu maqolada stol tennisi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarni umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasi tajriba oldidan maxsus testlar orqali o‘rganilgan, olingan natijalar jadvallar asosida ifodalangan hamda qiyosiy tahlil etilgan. Malakali stol tennischilarni tayyorlash jarayoni bo‘yicha xulosa va amaliy tavsiyalar bayon etilgan.

Tog‘ chang‘i sportida tushish texnikasini o‘rgatishning zamonaviy usullarini tahlil qilish
Ruxullox A’zamov

Hozirgi vaqtda tog‘ chang‘isi sportida tushish texnikasini tahlil qilishga katta e’tibor qaratilmoqda. Tadqiqotchilar sportchilarga o‘z natijalarini yaxshilashga imkon beradigan turli xil yondashuvlarning samaradorligini o‘rganishga e’tibor qaratishmoqda. Tushish paytida harakat, muvozanat va vazn taqsimoti tahlili alohida qiziqish uyg‘otadi. Texnikani batafsil o‘rganish uchun videotasvirga olish va kompyuterda modellashtirish kabi zamonaviy texnologiyalar faol ishlatilmoqda. Bu sportchilarning tezligi va xavfsizligiga ta’sir qiluvchi asosiy jihatlarni aniqlashga yordam beradi. Bundan tashqari, texnik usullarni trassalarning turli sharoitlariga, shu jumladan relyef va qor holatiga moslashtirishga e’tibor qaratilmoqda. Tadqiqot natijalari sportchilarga maksimal samaradorlikka erishish imkonini beruvchi yangi mashg‘ulot usullarini ishlab chiqishda foydalanilmoqda. Ushbu maqolada tog‘ chang‘isi sporti sohasidagi zamonaviy tadqiqotlar, sportchilar mahorati va ularning xavfsizligini oshirishga yordam beradigan tushish texnikasini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotlar ko‘rib chiqilgan.

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida tabaqalashtirilgan yondashuv asosida jismoniy tarbiya mashgʻulotlarini uzluksiz tashkil etish metodikasi
Yunus Aripov

Mazkur ilmiy ishda umumiy oʻrta taʼlim maktablarida jismoniy tarbiya mashgʻulotlarini samarali tashkil etish masalalari, xususan, oʻquvchilarning jismoniy rivojlanish darajasi, salomatlik holati va individual xususiyatlarini inobatga olgan holda tabaqalashtirilgan yondashuv asosida darslarni uzluksiz va tizimli yoʻlga qoʻyish metodikasi yoritilgan. Tadqiqotda oʻquvchilarning yoshiga, jismoniy tayyorgarligiga qarab mashgʻulotlarni guruhlarga ajratish, har bir guruh uchun moslashtirilgan jismoniy mashqlar majmuasini ishlab chiqish hamda bu yondashuvning samaradorligini taʼlim jarayonida qoʻllash boʻyicha takliflar berilgan. Ishda ilgʻor pedagogik texnologiyalar va sogʻlomlashtiruvchi jismoniy tarbiya elementlaridan foydalangan holda oʻquvchilarda harakat faolligini oshirish, ularni sportga boʻlgan qiziqishini shakllantirish maqsad qilingan.

86-92 104 12
Velosportda sport saralashini amalga oshirish
Irina Tuxfatullina

Ushbu maqolada velosipedchilarning sport mashg‘ulotlari mohiyati, mezonlari va ko‘rsatkichlari, shuningdek, ularning yuklamalari hamda saralash tizimi batafsil yoritilgan. Turli xil yuklamalarning tashkiliy-uslubiy asoslari keltirib o‘tilgan. Velosipedchilarning sport mashg‘ulotlarini tashkil etishga oid asosiy masalalar chuqur tahlil qilingan.

44-50 225 22
Voleybol boʻyicha Oʻzbekiston oliy ligasi ishtirokchilari “Ziyokor” va “Zarbdor” qizlar jamoalari sportchilarining toʻpni kiritish samaradorligining qiyosiy tahlili
Ilhom Xaydarov

Ushbu maqolada Oʻzbekiston chempionati 1-tur uchrashuvlarida Jizzax davlat pedagogika universitetining “Ziyokor” jamoasi hamda Jizzax viloyatining “Zarbdor” jamoasi amalga oshirgan toʻp kiritishlar statistik koʻrsatkichlari tahlil qilindi. Har ikki jamoa oʻyinlar davomida toʻpni oʻyinga kiritishda qanday natijalar koʻrsatgani, toʻp kiritishning samaradorlik darajasi va tarkibiy koʻrsatkichlari qiyosiy ravishda oʻrganildi. Maqolada murabbiylar va sportchilar uchun tavsiyalar, shuningdek, toʻp kiritishni takomillashtirishga oid ilmiy yondashuvlar keltirilgan.

72-78 60 10
Voleybolchilarda joyidan tik sakrash balandligini ta’minlashda qo‘llar, bosh va gavdani pastdan yuqoriga faol siltab harakatlantirishning ahamiyati
Habibulla Tursunov

Maqolada voleybolchilarda turgan joydan vertikal sakrash balandligini ta’minlashda qo‘llar, bosh va gavdani pastdan yuqoriga faol siltashning ahamiyatini o‘rganish natijalari tahlil qilingan. Qo‘llar, bosh va gavdaning siltanish harakatlarini ketma-ket chiqarib tashlash sakrovchanlik darajasining yaqqol pasayishi bilan birga kelishi aniqlandi va bu “sakrovchanlikni rivojlantirib, sakrash texnikasini uning barcha tarkibiy qismlari bilan o‘rgatish kerak” tamoyilining muhimligini ochib beradi.

Yosh badiiy gimnastikachilarning halqa bilan dinamik va mahoratli elementlar texnikasini takomillashtirish samaradorligi
Laylo Sobirova, Dilnur Astankulova

Maqolada 10-12 yoshli badiiy gimnastikachilarning musobaqa dasturida bajariladigan asosiy va murakkab boʻlgan dinamik va mahoratli elementlar texnikasini foydalanishning turli usullari koʻrib chiqilgan.Ushbu dinamik va mahoratli elementlar orqali badiiy gimnastikachilarning jismoniy tayyorgarlik qobiliyatini va egiluvchanlik sifatini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilgan. Bundan tashqari badiiy gimnastikachilarning dinamik va mahoratli elementlarni oʻrganishida paydo boʻlishi mumkin boʻlgan muammolar muhokama qilingan.

43-47 96 14
Yosh basketbolchi qizlarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish
Nazirov Odiljon

Ushbu maqolada yosh basketbolchi qizlarning jismoniy tayyorgarlik darajasi JTDSS (Jismoniy tayyorgarlik darajasi sport sinovlari) test majmuasi asosida baholandi. Olingan natijalar sportchilarning aksariyati belgilangan I daraja talablariga toʻliq javob bermasligini koʻrsatdi. Jumladan, 60 metrga yugurish, turgan joyidan uzunlikka sakrash, past turnikda tortilish, tennis toʻpini uloqtirish va argʻamchida sakrash sinovlari boʻyicha natijalar II va III daraja talablariga mos keldi. Yangi JTDSS meʼyorlari “Alpomish va Barchinoy” testlariga nisbatan ancha murakkab boʻlib, bu yosh sportchilar uchun jiddiy qiyinchilik tugʻdiradi. Shuning uchun sport maktablarida mashgʻulot jarayonini takomillashtirish, JTDSS talablariga mos tayyorgarlik tizimini yaratish va sportchilarning jismoniy tayyorgarlik dinamikasini muntazam kuzatib borish tavsiya etiladi.

49-54 120 35
Yosh bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarligini aniqlash
Farxod Turdiyev

Ushbu maqolada tadqiqotchilar tomonidan oʻtkazilgan tajriba natijalariga koʻra, boks sport turi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasiga jalb qilingan 17-18 yoshli bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarlik, jismoniy sifatlar, kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik, koʻrsatkichlari tahlili muhokama etiladi.

66-74 177 13
Yosh bokschilarning o‘quv-mashq mashg‘ulotlarida va sport musobaqalarida asosiy texnik va taktik harakatlarni qo‘llash ko‘rsatkichlarini individuallashtirishga ta’siri
Farxod Abdullaev

ushbu maqola sportchilarning natijalarini aniqlashda yosh bokschilar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlarida va rasmiy sport musobaqalarida bajarilgan texnik va taktik harakatlar tarkibini taqqoslash, shuningdek, harakatlarning taktik tarkibini optimallashtirish va ularni o‘quv mashg‘ulotlarda  va musobaqa faoliyatlarida qo‘llash, shu jumladan janglarni kuzatish hamda ularning ishonchliligini aniqlash orqali individual ravishda tuzatishlar kiritishga qaratilgan.

45-49 185 20
Yosh bоkschi qizlar texnik-taktik tayyorgarligining o‘ziga xos xususiyatlari
Ishankulov Baxodir

Ushbu maqolada yosh bokschi qizlarni texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirish vazifalari, oʻquv mashq guruhi sportchi qizlari mashgʻulotlaridagi texnik janglari va ularni sport musobaqalarida yuqori natija koʻrsatishiga eʼtibor qaratilgan.

44-48 171 33
Yosh futbolchilarning umumiy tayyorgarligini rivojlantirishda harakatli oʻyinlarning ilmiy-metodik asoslari
Nodira Mirzakarimova

Maqolada mashg‘ulot jarayonida yosh futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishda harakatli o‘yinlar orqali bir xil harakterdagi o‘yinni ikkinchi xil harakterdagi harakatli o‘yinlar orqali ko‘nikma va malaka sport tayyorgarligi jarayonida hosil qilinishi to‘g‘risida bayon etilgan.

47-52 102 17