{$ numTitles} elementlar

Barcha narsalar

14–15 yoshdagi og‘ir atletikachilarning yillik mashg‘ulot yuklamasini tabaqalashtirish: tadqiqot va nazorat guruhlarining qiyosiy tahlili
Sherzod Atamuratov

Mazkur maqolada 14–15 yoshdagi ogʻir atletikachilarning yillik oʻquv-mashgʻulot yuklamasini tabaqalashtirish masalalari tadqiqot guruhi (TG) va nazorat guruhi (NG) misolida qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqotda shtangani koʻtarish soni (SHKS), umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) va maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) nisbati, shiddat zonalari boʻyicha yuklama taqsimoti, urinishlar soni hamda mashgʻulot tuzilmasi kabi asosiy parametrlar taqqoslangan. TGda yillik SHKS 9000–10000 martani, MJT ulushi esa 50% ni tashkil etgan boʻlsa, NGda SHKS 1200 martaga teng boʻlib, UJT ulushi 75% ga yetgan. Shiddat zonalari tahlili TGda yuklama taqsimoti yosh sportchilarning rivojlanish qonuniyatlariga mos ravishda bosqichma-bosqich murakkablashib borganini koʻrsatdi. Xususan, TGdagi 15 yoshli sportchilar uchun oʻrta ogʻirliklar zonasining 40% ga yetishi nerv-mushak tizimi adaptatsiyasining yuqori darajasini ifodalaydi. Tadqiqot natijalari tabaqalashtirilgan yuklama modelining sport tayyorgarligi samaradorligini oshirishda anʼanaviy modelga nisbatan ustunligini ilmiy jihatdan asoslaydi.

75-81 50 45
14–16 yoshli bokschi qizlarning musobaqaoldi tayyorgarlik davrida jismoniy sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qilish
Sunnatillo Turaev

Mazkur maqolada 14–16 yoshli bokschi qizlarning musobaqa oldi tayyorgarlik davrida jismoniy sifat koʻrsatkichlarini tahlil qilish masalalari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida murabbiylarning kasbiy faoliyati anketa-soʻrovnoma asosida oʻrganilib, sportchilarning jismoniy hamda texnik-taktik tayyorgarlik darajasiga taʼsir etuvchi omillar tahlil qilingan. Shuningdek, mashgʻulot yuklamalarini toʻgʻri tashkil etish va boshqarish, oʻquv-mashgʻulot jarayonida samarali usul va vositalardan maqsadga muvofiq foydalanish yosh bokschi qizlarning musobaqa faoliyati natijadorligini oshirishga xizmat qilishi asoslab berilgan.

68-74 66 44
15-16 yoshdagi malakali erkin kurashchilarning jismoniy tayyorgarligi va funktsional ko'rsatkichlari o'rtasidagi bog'liqlik to'g'risida
Alisher Yakupboev

Ушбу мақолада жисмоний тарбия ва спорт хотин-қизлар саломатлигини тиклаш, мустаҳкамлаш ҳамда ҳимоя қилишнинг муҳим омили экани  ҳақида фикрлар баён этилган. Шунингдек, эстетик тарбия, хотин-қизларнинг эстетик дидлари шаклланиши, уларга қандай таъсир ўтказиши ҳамда шахснинг ўзлиги унинг эстетик диди орқали вужудга келиши ҳақида айтиб ўтилади.

15-16 yoshli bokschi qizlarning mashg‘ulot jarayonida texnik-taktik tayyorgarligini rivojlantirish
Ziyodulla Xadiyatullayev

ushbu maqolada bokschi qizlarning texnik-taktik tayyorgarlik darajasini takomillashtirishda maxsus tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlarda qo‘llanilayotgan vosita va usullarni takomillashtirish haqida fikr yuritilgan.

50-52 201 70
15-16 yoshli bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini maxsus qopda (signal orqali berilgan zarbalar soni) aniqlash
Ziyodullo Xadiyatullayev, Oydin Umirzakova

Ushbu maqolada tadqiqotchilar tomonidan oʻtkazilgan tajriba natijalariga koʻra, boks sport turi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasiga jalb qilingan 15-16 yoshli bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarlik, jismoniy sifatlar, kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik, koʻrsatkichlari tahlili muhokama etiladi.

48-53 139 57
15-16 yoshli taekvondochilarning mashg‘ulotlari jarayonida muvozanatni saqlash turg‘unligi va harakat aniqligining o‘sish surʼatlari
B.Sh. Raxmatov, P.K. Ubenov

Ushbu maqolada 15-16 yoshli taekvondochilarning vestibulosomatik qobiliyatlarini o‘ng va chap oyoqda bajariladigan maxsus mashqlar yordamida rivojlantirishga qaratiladigan izlanishlar natijalari qayd etilgan.

17-18 yoshli bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarlik koʻrsatkichlarini maxsus qopda ishlash yordamida aniqlash (signal boʻyicha berilgan zarbalar soni)
Ziyodullo Xadiyatullayev

Ushbu maqolada 17–18 yoshli qizlar-bokschilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi tadqiq etilgan. Oʻquvchilar sport mashgʻulotlarida maxsus qopda signal boʻyicha zarba ishlari orqali baholangan. Tadqiqot jarayonida kuch, chaqqonlik, tezlik, chidamlilik va moslashuvchanlik kabi maxsus jismoniy koʻrsatkichlar aniqlangan, bu esa sportchilarning maxsus tayyorgarlik darajasini va trening samaradorligini baholash imkonini beradi.

83-89 81 67
Adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati
Ruxsora Xursanova

Ushbu maqola mualliflari tomonidan 12-14 yoshli eshitishida va nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishda koordinatsion qobiliyatlarning ahamiyati o‘rganilgan. Eshitishida va nutqida nuqsoni boʻlgan bolalarning jismoniy tayyorgarligi maxsus nazorat testlari orqali aniqlangan. Bolalarning jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun maxsus koordinatsion mashqlar majmuasi va harakatli oʻyinlar tanlab olingan, tadqiqot yakunida ushbu mashqlar ijobiy natija koʻrsatgan.

118-121 1553 72
Akrobatlarning texnik tayyorgarligi tuzilmasi komponentlari
Kamola Raxmonova

Ushbu maqolada akrobatlarning texnik tayyorgarligi aso-slari yoritilgan. Sportchilarning harakat faoliyati tuzilmasi, harakatlar "makta-bi" asoslantirilgan. Yosh akrobat-sakrovchilarning umumiy tayyorgarlik tizim-ida "maxsus texnik tayyorgarlik"ning ahamiyati, o‘quv yillari davomida musobaqa mashqlari texnikasini takomillashtirishga yo‘naltirilganligi aniqla-nadi.

Artistik suzish bilan shug‘ullanuvchi yosh sportchi qizlarda postural nazorat va ko‘rishga bog‘liqlik xususiyatlari
Galina Krasnova, Gulnoza Zoitova, Dinara Ibragimova

Maqolada artistik suzish bilan shug‘ullanuvchi yosh sportchi qizlarda postural nazorat va ko‘rish analizatoriga bog‘liqlik darajasini o‘rganish natijalari keltirilgan. Baholash stabilometrik testlash, xususan, Romberg sinamasi asosida amalga oshirildi. Tadqiqot natijalari guruhda statik muvozanat darajasi sezilarli darajada bir xil emasligini, sportchi qizlarning muayyan qismida esa ko‘rish analizatoriga yuqori darajadagi bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatdi. Muvozanatni sensor boshqarishning turli tiplari aniqlanib, bu sportchi qizlarni postural nazorat shakllanganlik darajasiga ko‘ra differensial baholash imkonini beradi. Olingan natijalar mashg‘ulot jarayoniga propriotsepsiya va vestibulyar barqarorlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni kiritish zarurligini asoslaydi.

98-104 62 55
Artistik suzishda texnik duetlarning 2024-yil suv sporti turlari bo‘yicha jahon chempionatidagi chiqishlari tahlili
Dinara Ibragimova

Maqolada 2024-yilda Doha shahrida bo‘lib o‘tgan suv sporti turlari bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etgan ayollar texnik duetlarining chiqishlari tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi texnik dasturlar natijalarini musobaqaning saralash bosqichi va finali o‘rtasida taqqoslash, shuningdek, dasturlarning e’lon qilingan va texnik nazorat tomonidan tasdiqlangan murakkablik darajasini baholashdan iborat. Ishda taqqoslash tahlili, musobaqa bayonnomalarini tahlil qilish va sportchilarning musobaqa faoliyatini umumlashtirish metodlari qo‘llanilgan. Maqolada majburiy texnik elementlar, qo‘shimcha gibridlar va juftlik akrobatikasi bajarilishi, shuningdek, texnik murakkablik nazoratining yakuniy natijaga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Finalda to‘qqiz duet o‘z dasturlarining e’lon qilingan murakkabligini oshirgani, to‘rt duet saralash bosqichiga nisbatan yakuniy natijasini yaxshilagani, ayrim jamoalarda esa tasdiqlangan murakkablikning pasayishi yakuniy o‘rinlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatgani aniqlangan.

Badiiy gimnastika boʻyicha oʻquv-mashgʻulotlarini tashkil etishga qoʻyiladigan talablar
Oydin Umirzakova

Ushbu maqolada yosh badiiy gimnastikachilarni oʻquv mashgʻulotlari tarkibi va yosh gimnastikachilar bilan ishlash usullari hamda mashgʻulot jarayoniga qoʻyiladigan talablar yoritilgan.

51-55 324 81
Badiiy gimnastikachilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi omillar
Laylo Sobirova, Dilnur Astankulova

Maqolada badiiy gimnastikachilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi asosiy omillar tahlil qilingan. Badiiy gimnastika sportchilardan yuqori darajadagi epchillik, moslashuvchanlik, kuch, chidamlilik va muvozanatni talab qilgani sababli, ushbu qobiliyatlarni shakllantirish va takomillashtirish jarayonini chuqur oʻrganish zarurati mavjud. Ishda jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan mashgʻulot metodikalari, ularning samaradorlik darajasi, yoshga va individual xususiyatlarga mos yondashuvlar yoritilgan. Tadqiqot natijalariga asoslanib, badiiy gimnastikachilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

77-82 84 59
Basketbolchilarni boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida qo‘llaniladigan vositalarni rejalashtirish va ularning nisbatini aniqlash muammolari
Fatima Ganiyeva

Maqolada Oʻzbekiston sport maktablarida basketbolchilarni boshlangʻich tayyorgarlik bosqichida qoʻllaniladigan vositalarni rejalashtirish xususiyatlari tahlil qilinadi. Oʻquv-mashgʻulot jarayonida tayyorgarlikning turli yoʻnalishlari nisbati koʻrib chiqiladi hamda u ilgʻor xorijiy mamlakatlar sport maktablari amaliyoti bilan qiyoslanadi. Bunday tahlil tayyorgarlik vositalari va soatlarini taqsimlashdagi mavjud muammolarni aniqlash, shuningdek, ularni basketbolni rivojlantirishga qoʻyilayotgan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqish zaruratini belgilash imkonini beradi. Bu esa, oʻz navbatida, mamlakat rahbariyati tomonidan sportni rivojlantirish boʻyicha belgilangan vazifalarni hal etishga, yosh basketbolchilar tayyorgarligi samaradorligini oshirishga hamda milliy terma jamoalarning nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishishiga xizmat qilishi mumkin.

60-67 56 20
Bokschi qizlarning jismoniy va texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirish
Ziyodulla Xadiyatullayev

Ushbu maqolada yuqori malakali bokschi qizlarning ko‘p yillik tayyorgarlik darajasini takomillashtirishda maxsus va umumiy tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlarda qo‘llanilayotgan vosita va usullarni takomillashtirish va yuqori malakali bokschi qizlarni musobaqalarga tayyorlash haqida fikr yuritilgan.

48-50 157 96
Boksda hakamlikning zamonaviy muammolari
Rustam Xalmuxamedov, Valixan Anashov, Yuriy Serebryakov

Maqolada boksdagi sportchilarning musobaqa faoliyatini tez, xolis va samarali baholay oladigan hakamlarni tayyorlash vositalari hamda usullariga oqilona yondashishni izlash va tanlash muammolari muhokama qilinadi

52-56 202 59
Boshlangʻich tayyorgarlik bosqichida dzyudo mashgʻulotlarini rejalashtirish va tashkil etishning samaradorligi
Farxod Turayev

Mazkur maqolada boshlangʻich tayyorgarlik bosqichida dzyudo mashgʻulotlarini rejalashtirish va tashkil etishning samaradorligi ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida yosh dzyudochilarning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda mashgʻulotlarni tizimli, izchil va maqsadga yoʻnaltirilgan tarzda tashkil etishning ahamiyati asoslab berilgan. Shuningdek, mashgʻulot jarayonini rejalashtirishda jismoniy, texnik, taktik va psixologik tayyorgarlik yoʻnalishlarining oʻzaro uygʻunligini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan. Maqolada dzyudo mashgʻulotlarini Kyu tizimi asosida bosqichma-bosqich oʻqitishning samaradorligi yoritilib, mashgʻulotlarning tuzilmasi (kirish, asosiy va yakunlovchi qismlar) ilmiy nuqtayi nazardan tahlil qilingan.

51-55 107 78
Boshlang‘ich tayyorlov guruhidagi uch hatlab sakrovchilarni jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatgichlari orqali o‘quv-mashg‘ulot guruhlariga saralash
Shahribonu Mannonova

Ushbu maqolada boshlang‘ich o‘quv guruhida uch hatlab sakrovchilarning jismoniy tayyorgarligi darajasini aniqlash orqali o‘quv guruhlariga tanlash va yo‘naltirish samaradorligini oshirishga qaratilgan tadqiqot tahlili tasvirlangan.

69-73 174 59
Dzyudoda 18-20 yoshli qizlarning jismoniy tayyorgarligi jarayonini takomillashtirish
Arslon Alov, Shavkat Arslanov, Muxamaddin Arslanov

Ushbu maqolada ayollar dzyudosida 18-20 yoshdagi qizlarning jismoniy va funksional tayyorgarligini rivojlantirish darajasini hisobga olgan holda, dzyudochi-qizlarnning jismoniy sifatlari va funksional imkoniyatlarini yanada yaxshilashga qaratilgan sport tayyorgarligi jarayonini tashkil etishning asosiy vositalarining samaradorligini oshirish bo‘yicha mualliflarning tadqiqotlari natijalari keltirilgan.

Futbolchilarning raqobatbardosh harakat faoliyatini nazorat qilish va baholash
Askar Talipjonov

Maqola futbolchilarning raqobatbardosh motorli faoliyatini kuzatish va baholash usullarini tahlil qilishga bag'ishlangan. Mualliflar zamonaviy futbolda tobora muhim ahamiyat kasb etayotgan futbolchilarning maydondagi harakatlarini o‘rganishga zamonaviy yondashuvlarni batafsil ko‘rib chiqadilar. Maqolada nafaqat yurish, yugurish va sprintning miqdoriy jihatlari, balki o'yinchilarning individual va jamoaviy taktikasi bilan bog'liq bo'lgan harakatlarning sifat xususiyatlari ham tahlil qilinadi. Taqdim etilgan tahlil jismoniy tayyorgarlikni baholash va futbolchilarning jismoniy holatini boshqarish uchun eng informatsion ko'rsatkichlarni aniqlashga yordam beradi. Tadqiqot o'yin faoliyatini yanada ob'ektiv tahlil qilish va o'quv jarayonini optimallashtirish uchun yangi uslubiy yondashuvlarni ishlab chiqish muhimligini ta'kidlaydi. Bu futbol jamoalarining tayyorgarligini yaxshilash va o'yinni yanada samarali boshqarish imkonini beradi.

Futbolchilarning texnik-taktik tayyorgarligini oshirish uchun qo‘llaniladigan mashqlar kompleksi
Ravshan Irmatov

Mazkur maqolada zamonaviy futbolda futbolchilarnig texnik-taktik tayyorgarligini o‘yinchilarni yuksak darajadagi tezkor texnik-taktik harakatlari, o‘yin maromi va sur’atini boshqara bilish, hujumkorlik bugungi kunda o‘yinchilarning alohida qatorlari orasidagi tafovutni yo‘qotish, o‘yinchilarni o‘zaro almashib o‘ynashga, ya’ni ularning tayyorgarligini universallashtirishga imkon beradigan individual va texnik xislatlari yoritilgan.

6-12 110 2
Gandbol sport turida tanlab olish uslubiyati
Abror Mo‘minov, Shahriyor Bazarov

Ushbu maqolada sport maktablarda gandbol sport turiga qabul qilinayotgan yoshlarni tanlab olishda bolalardagi samaradorlik ko‘rsatkichlarini qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqola gandbol to‘pini ilib olish va darvozaga aniq zarba berish, tennis to‘pini uzoq masoga otish, 30 metrga yugurish samaradorligining umumiy natijalarni  baholashni maqsad qilgan.

82-88 227 65
Gandbolchilarni saralash jarayonida jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish uslublari
Zoir Yusupov

Ushbu maqolada gandbolchilarni dastlabki tayyorgarlik bosqichiga saralash jarayoni koʻrib chiqiladi. Bu jarayon chidamlilik darajasini aniqlash va uni maxsus mashqlar orqali takomillashtirishni oʻz ichiga oladi. Tadqiqotda gandbol boʻyicha ixtisoslashtirilgan sport maktabida shugʻullanayotgan gandbolchilarning chidamliligi tahlil qilingan.

61-65 305 75
Gandbolchilarni saralash jarayonida ularning texnik-taktik harakatlarini nazorat qilish uslubiyoti
Zafarjon Yusupov, Zokir Rasulov

Mazkur maqolada yuqori malakali gandbolchilarning musobaqa faoliyatiga amplua boʻyicha saralash va tayyorlash tizimi, musobaqalarda oʻyinchilarning sifat koʻrsatkichlarini aniqlash va maxsus testlar asosida texnik-taktik tayyorgarligini baholash hamda takomillashtirish vositalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish ishlari amalga oshirilgan.

68-72 335 72
Gandbolchilarni saralashda jismoniy sifatlarni rivojlantirish usullari
Zafarjon Yusupov

Mazkur maqolada boshlangʻich tayyorgarlik bosqichida 10–12 yoshli gandbolchilarni saralashda mashgʻulot yuklamalarini taqsimlash va jismoniy sifatlarni rivojlantirishga doir ilmiy uslubiy adabiyotlarni oʻrganish hamda maxsus ishlab chiqilgan mashqlar majmuasi asosida gandbolchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish hamda nazorat qilish boʻyicha amaliy natijalar va tavsiyalar berilgan.

54-60 166 59