{$ numTitles} elementlar

Barcha narsalar

Barkamol avlod tarbiyasida jismoniy tarbiya va ommaviy sport tadbirlari omil sifatida
Orifjon Raupov, Akbar Qurbonov

Mazkur maqolada yuqori malakali sportchilarni tayyorlashda jismoniy tarbiya va ommaviy sport tadbirlarining ahamiyati, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullantirishning oʻziga xos jihatlari borasida fikr yuritilgan. Bundan tashqari, eng qobiliyatli sportchilarni saralab olishda uch bosqichli sport musobaqalarini ahamiyati yoritib berilgan. Sport toʻgaraklari bilan yoshlarni muntazam shugʻullanishga jalb qilishga qaratilgan chora-tadbirlar bayon etilgan.

109-112 57 82
Basketbol sport turini yoshlar va aholi o‘rtasida ommalashtirish
Murodjon Nazirov

Maqolada aholi oʻrtasida va ayniqsa yoshlar oʻrtasida basketbol sport turini  ommalashtirish, hamda aholining jismoniy tayyorgarligini, jismoniy rivojlanganligini rivojlantirishda, har tomonlama barkamol shaxs boʻlib ulgʻayishlarida basketbol sport turini  ahamiyati yoritilgan.

117-120 57 0
Ijtimoiy tarmoqlar uchun media-reliz sport haqida axborotni keng yoyish vositasi sifatida
Mirzahakim Toʻxtamirzayev

Maqolada jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonida sport targʻibotiga alohida eʼtibor qaratish zarurligi, sport sohasi vakillarining ijtimoiy tarmoqlar bilan hamkorligida media-relizlar tayyorlash, ommaviy kommunikatsiyaning anʼanaviy janrlari oʻzgarishi oqibatida ijtimoiy tarmoqlar uchun media-reliz xususiyatlari koʻrib chiqilgan. Sport jurnalistikasida axborot manbai sifatida media-reliz uchun axborot sabablarining tipologiyasi keltirilgan.

110-116 54 0
Kasbiylik tushunchasi jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassisning hayot strategiyasini belgilovchi qadriyat sifatida (sotsiologik jihat)
Maya Maxinova, Veronika Perederiy, Ярослав Махинов

Maqolada ijtimoiy-gumanitar bilimlar sohasidagi kasbiy mahorat, o'z-o'zini takomillashtirish va shaxsiy o'zini o'zi rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan tadqiqotlar tahlil qilinadi. Mualliflar bir qator tushunchalarni talqin qilishda qarama-qarshiliklarni aniqladilar, bu esa kasblar terminologiyasiga va kasbiy mahoratga ilmiy yondashuvlarni tizimli tahlil qilishni talab qildi. Tadqiqotning yangiligi kasbiylikni jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarning hayot strategiyasini belgilovchi "ijtimoiy qadriyat" sifatida baholashdadir.


Tushuncha va atamalardagi o‘zgarishlarni tahlil qilishda tarixiy va mantiqiy-lingvistik usullardan foydalanildi. Xulosa qilinadiki, kasbiy strategiyalarni shakllantirish qisman sub'ekt tomonidan boshqariladi. Tahlil mutaxassisning hayotiy strategiyasini amalga oshirishga ta'sir qiluvchi omillarni aniqlashga imkon berdi: jismoniy va ma'naviy salomatlik, oila farovonligi, kasbiy o'sish va kasb nufuzi. Hayotiy strategiyalar ijtimoiy-demografik va yosh xususiyatlariga bog'liqligi aniqlandi, bu ularni o'z-o'zini anglash va muvaffaqiyatga erishish yo'nalishlarini tanlash sifatida talqin qilish imkonini beradi.

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarda norasolik kompleksi shakllanishining oldini olishda sportning ahamiyati
Abror Xaitov

Ushbu maqolada ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarda norasolik kompleksining kelib chiqish sabablari koʻrib chiqiladi, uning oldini olishda sportning ahamiyati oʻrganiladi. Shu bilan birga, norasolik kompleksi mavjud boʻlgan bolalarga psixokorreksiya amaliyoti taqdim etilgan.

122-124 90 0
O‘zbekiston yengil atletikachilarining Parij-2024 Olimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki tahlili
Laylo Davletyarova

Maqolada O‘zbekiston yengil atletikachilarining Parij-2024 Olimpiyada o‘yinlaridagi ishtiroki tahlil qilingan. Sportchilarning mavsumdagi eng yaxshi natijasi va Olimpiyada o‘yinlaridagi ishtiroki taqqoslangan. Sportchilarning deyarli barchasida Olimpiyada o‘yinlarida ko‘rsatgan natijalari o‘zlarining mavsumdagi eng yaxshi natijasidan past ekanligi qayd etildi.

118-121 12 0
O‘zbekistonda ayol-qizlarni sportga jalb qilishdagi dolzarb muammolar
Neymatjon Mamadjanov, Abdujalil Tolametov, Feruza Yusupxanova

Maqolada O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan ayol-qizlarni sportga jalb qilishdagi dolzarb muammolari yoritilgan. Mazkur muammolarni aniqlash maqsadida o‘tkazilgan anketa-so‘rov natijalari tahlil qilingan hamda ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili, ilg‘or tajribani o‘rganish
va umumlashtirish asosida muammoning yechimlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

113-119 42 0
O‘zbekistonda etnosportni ommalashtirish va rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari
Yangiboy Turdimuratov

Ushbu maqolada etnosport tushunchasi, uni rivojlantirishning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati, mamlakatimizda milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini ommalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va ularning asosiy yo‘nalishlari tahlil qilingan.

125-128 113 0
Sport - inson kapitali rivoji va mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining asosiy omili sifatida
Muxabbat Xalilova

Muallifning mazkur “Sport inson kapitali rivoji va mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining asosiy omili sifatida” nomli maqolasida bugungi kunning dolzarb muammolari yoritilgan, jumladan, sport inson salomatligi, sogʻlom turmush tarzi omili ekanligi, bu sohada kadrlar salohiyati, malaka oshirish tizimi, hamkorlik ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi” kitobida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalasiga oid qarashlari, hozirgi vaqtda boks, dzyudo, erkin kurash, badiiy gimnastika, ogʻir atletika, shaxmat va boshqa sport turlari boʻyicha Oʻzbekistonda shakllangan maktablar, sportni jadal rivojlantirish, xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishgan sportchilarni ragʻbatlantirish va qoʻllab –quvvatlash masalalari ilmiy nazariy va amaliy jihatdan tahlil etilgan.

104-108 92 24
Sport faoliyatida gender xususiyatlarini inobatga olish
Sojida Yaxyoyeva

Ushbu maqolada sport faoliyatidagi gender tengligi masalalari va sport jarayonlarida gender xususiyatlarini inobatga olish zarurati haqidagi maʼlumotlar taqdim etilgan.

122-124 16 0
Turkistonda jismoniy tarbiya va sport (XIX asr oxirlari - XX asr boshlari)
Ilhomjon Tursunaliyev, Abduraxim Xasanov

Jismoniy tarbiya va sport umummadaniyatning tarkibiy qismi sifatida amaliy jihatdan o‘z mazmuniga ega. Maqolada XIX asr o‘rtalari va XX asr boshlarida Turkistonda rus tilida o‘qitadigan maktablarda jismoniy tarbiya va sportning ahvoli, uni rivojlantirish uchun ko‘rilgan choralar, yosh avlod ta'lim-tarbiyasida jismoniy tarbiya va sportning o‘rni va ahamiyati, uning ijtimoiy mohiyati haqida so‘z boradi.

Yetnik xususiyatlarni hisobga olgan holda sportchilarda vosita sifatlarining rivojlanish darajasini bashorat qilish mezonlari sifatida dermatoglifik ko‘rsatkichlar
Umida Musaeva, Umida Mirzaeva

Maqolada 120 nafar эvropalik sportchilarda tsiklik sport turlarida, xususan, qisqa masofaga suzuvchilar va yengil atletika sprinterlarida dermatoglif belgilari tahlil qilindi. Naqshlarni umumiy soni va harakat sifatlarining rivojlanish darajasi o'rtasida ijobiy bog'liqlik aniqlandi. Naqshlarni umumiy sonining past ko'rsatkichlari evropalik populyatsiyasi sportchilarida harakat sifatlarining yuqori darajada rivojlanishi bilan bog'liq.

Yoshlarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda jismoniy tarbiya va sportning o'rni
Navbahor Tleubergenova

Ushbu maqolada yoshlarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasi, xususan, jismoniy tarbiya va sportning shaxsning barkamol rivojlanishiga ta'siri masalalari ko'rib chiqiladi. Shu bilan birga, jismoniy madaniyat va sport shaxsni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning eng muhim vositasi, keyinchalik shaxsning ijobiy fazilatlarida namoyon bo'ladigan eng muhim elementlarni birlashtirish vositasi sifatida taqdim etiladi.