{$ numTitles} elementlar

Barcha narsalar

17-18 yoshli bokschi qizlarning jismoniy tayyorgarligini aniqlash
Farxod Turdiyev, Ziyodulla Xadiyatullaev

Ushbu maqolada O‘zbekiston boks terma jamoasida shug‘ullanib kelayotgan 17-18 yoshli bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarlik, jismoniy sifatlar, kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik, ko‘rsatkichlarini aniqlangan.

17-21 138 23
30-35 yoshli ayollar oʻrtasida jismoniy sogʻlomlashtirish mashgʻulotlarini qoʻllash samaradorligi
Nodira Xudayberdiyeva

Ushbu maqolada 30-35 yoshli ayollar uchun fitnes dasturlarining samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida muntazam jismoniy mashqlar, ovqatlanish odatlari va turmush tarzidagi oʻzgarishlarning 30-35 yoshli ayollarning umumiy salomatligi va farovonligiga qanday taʼsir koʻrsatishi oʻrganilgan. Maqolada adabiyotlarning keng qamrovli sharhi va empirik tahlil asosida aholining ushbu guruhi orasida jismoniy salomatlikni mustahkamlashga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlarning muhimligi alohida taʼkidlanadi.

20-25 52 11
Aholi orasida sog‘lom turmush tarzini oshirishda badminton sport turining ilmiy amaliy ahamiyati
Avazjon Karimov

Badminton sporti sportchilarning jalb qilinishi bo‘yicha jahonda futboldan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi sport turi hisoblanadi. U bilan shug‘ullanish kishilarda energiyani eng ko‘p sarflashiga sabab bo‘ladi. Bir soat o‘ynash 480 kilokaloriyaning yo‘q bo‘lishiga xizmat qiladi. Agar bir o‘yin davomida sportchining barcha harakatlari yig‘ilsa, uzunlikka u 10 kilometrcha “chopadi”, balandlikka esa 1 km sakraydi. Badminton bilan shug‘ullanish ko‘z nurini o‘tkir qiladi, miyani charxlaydi va yurak ishini yaxshilaydi. Shuningdek, strategik fikr yuritish hamda tezkor reaksiyalar uchun ham foydali. Volan parvozi trayektoriyasini kuzatib va uning yerga tushish joyini chamalay turib, inson o‘z miyasini tezda qaror qabul qilishga majburlaydi va bu keyinchalik stress holatida ishlashda qo‘l keladi.

Atrof-muhit sharoitida jismoniy ishchanligi ko‘rsatkichlarining hususiyatlari
Ortug‘mat Jumanov

Maqolada shaxtyorlar kasbiy guruhlarining yosh tuzilmasi tahlil qilinadi. Olingan ma’lumotlar konchilar kasblarining yosh tuzilmasiga mehnat sharoitlarining muayyan ta’siri mavjudligini ko‘rsatadi. Shaxtyorlar (tog‘ ishchilari)ning funksional imkoniyatlari  ularning ish tajribasiga qarab o‘rganilgan. Turli kasbdagi konchilarning kompensatsion imkoniyatlari ta’kidlangan va batafsil muhokama qilingan. Xususan, tayanch operatorlarda jismoniy ishchanligi va ish hajmi bevosita kombinatsiyalangan mashinalarda ko‘mir qazib olish tezligiga bog‘liq bo‘lishi aniqlangan.

83-86 146 21
Barqaror jismoniy faollikni odat sifatida shakllantirish modeli: ta’lim amaliyotlari va tizimli boshqaruvning ahamiyati
Maxmud Axmatov

Maqolada aholining turli yosh guruhlarida barqaror jismoniy faollik ko‘nikmalarini shakllantirishning milliy hayotiy siklik tizimini yaratish masalalari ko‘rib chiqilgan. Ijtimoiy va yosh omillarini hisobga olgan holda hayot siklining barcha bosqichlarida jismoniy rivojlanishning uzluksizligini ta’minlaydigan vertikal-gorizontal boshqaruv modeli taklif etilgan. Sog‘lom turmush tarzi motivaциyasini shakllantirishning asosiy davri sifatida ta’lim bosqichiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bolalik va o‘smirlik davrida jismoniy faollikka ijobiy munosabatni yaratish yetuk yoshda barqaror sport odatlarini saqlab qolish ehtimolini sezilarli darajada oshirishi isbotlangan.

Basketbol boʻyicha trener va jismoniy tarbiya oʻqituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari
Marat Atashov

Ushbu maqolada basketbol sport turi boʻyicha trener va jismoniy tarbiya oʻqituvchilarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Unda mustaqillikdan soʻng Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oshirilgan islohotlar, ularning yosh avlodni sogʻlom tarbiyalashdagi oʻrni va ahamiyati tahlil qilingan. Basketbol nazariyasi va uslubiyatini oʻqitish orqali boʻlajak trener va oʻqituvchilarda pedagogik, gnostik, kommunikativ hamda tashviqotchilik koʻnikmalarini shakllantirish yoʻnalishlari ochib berilgan. Shuningdek, basketbol texnikasi va taktikasi, mashgʻulotlarni bosqichma-bosqich oʻrgatish uslublari, jismoniy mashqlarning psixofunksional taʼsiri va ularning sogʻlomlashtiruvchi ahamiyati ilmiy asosda bayon etilgan. Maqola yakunida trenerlarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uygʻunlashtirish zarurligiga urgʻu berilgan.

6-11 54 13
Futbol akademiyalarida sport zaxirasini ko‘p yillik tayyorlash tizimi
Sobirxon Akzamov

Mazkur maqolada futbol akademiyalarida sport zaxirasini ko‘p yillik tayyorlash tizimining nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Ushbu tizim sportchilarni bosqichma-bosqich rivojlantirish, funksional tayyorgarlikni takomillashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, individual yondashuv, ortopedik monitoring va yuklamalarni optimallashtirish orqali jarohatlar xavfini kamaytirish masalalarini qamrab oladi.Tadqiqotda zamonaviy texnologiyalar va fanlarning integratsiyasi orqali sport natijalarini yaxshilash ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Futbol akademiyalarida sportchilarni tayyorlash samaradorligini oshirish va uzoq muddatli rivojlanishni ta'minlash uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.

13-19 207 23
Futbolchilarning mashg‘ulot jarayonini boshqarishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish
Asqar Talipdjanov

Ushbu maqolada zamonaviy texnologiyalardan foydalanib yuqori malakali futbolchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini boshqarish tizimi tavsiflanadi. Yuqori malakali futbolchilarning mashg‘ulotlar va o‘yinlar davomida bajaradigan harakat hajmi aniqlangan. Olingan natijalardan futbol sohasidagi mutaxassislar foydalanishlari mumkin.

Futbolda mashg‘ulot va musobaqa yuklamalarini nazorat qilish asosida mashg‘ulot jarayonini boshqarish
Asqar Talipdjanov

Ushbu maqolada yuqori malakali futbolchilarni tayyorlashda ixtisoslashtirilgan mashqlarning mashg‘ulotlar samaradorligi tezkor nazorat qilish natijalarining tahlili orqali ko‘rib chiqiladi. O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, yuklamaning maxsus mashg‘ulot ta’siri (MMT) haqidagi ma’lumotlar faqatgina ular asosida mashg‘ulot yuklamasini tezkor tartibga solish amalga oshirilgandagina samarali bo‘ladi.

Gimnastika ko‘pkurashi turlariga oid mashqlarni tizimli o‘rgatishning turli tayyorgarlikka ega gimnastikachilar texnik mahorati darajasiga ta’siri
Sergey Eshtayev

Ushbu maqola sport gimnastikasi misolida sportchilarni ko‘p yillik tayyorlash tizimidagi ta’lim jarayonini tashkil etish shakllarining o‘zgarishini tadqiq etishga bag‘ishlangan. O‘qitishning uchta asosiy modeli - chiziqli, konsentrik va spiral modellar ko‘rib chiqilib, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, afzalliklari va gimnastikachilarning tayyorgarlik darajasiga ko‘ra optimal qo‘llash shartlari yoritib beriladi. Sportchilarning jismoniy, texnik va psixofiziologik rivojlanishidagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda, o‘quv-mashg‘ulot jarayonini rejalashtirish uchun moslashuvchan va individuallashtirilgan yondashuvning ahamiyati ta’kidlanadi. Ko‘p bosqichli nazorat va turli xil o‘qitish tuzilmalarini uyg‘unlashtirgan holda o‘tkazilgan pedagogik tajriba harakat ko‘nikmalarini shakllantirish samaradorligini oshirganligini ko‘rsatdi.

Jamiyatda jismoniy faollik madaniyatini rivojlantirishning muammo va еchimlari
Utkirbek Abdakimov

Mazkur maqolada jamiyatda jismoniy faollik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish masalalari yoritilgan. Sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, taʼlim tizimida jismoniy faollikni ragʻbatlantirish hamda ommaviy sport orqali aholi salomatligini mustahkamlash yoʻllari ilmiy asosda tahlil qilingan. Shuningdek, milliy va xalqaro tajribalarga tayanadigan taklif va tavsiyalar beriladi.

26-30 4 5
Jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini rivojlantirishda nodavlat sport taʼlim muassasalarining roli
Abdimalik Shopulatov

Ushbu maqolada mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishda malakali mutaxassislar tayyorlash zaruriyati hamda mazkur jarayonda nodavlat sport taʼlim muassasalarining roli tahlil qilingan. Shuningdek, nodavlat sport taʼlim muassasalari orqali malakali sportchilarni tayyorlash rivojlangan demokratik va erkin iqtisodiyotga asoslangan jamiyatlarga xos ekanligi ilmiy asoslab berilgan.

30-35 127 102
Keksa yoshdagi odamlarda muntazam jismoniy mashg‘ulotlarning ta’sirini baholashda kristallosalivamonitoring
Andrey Martusevich, Svetlana Sokolovskaya, Anastasiya Kashirina, Natalya Nezhkina, Vladimir Konones, Vera Badyanova

Keksa yoshdagi odamlarda metabolik holatni o‘rganishda biologik suyuqliklarni noinvaziv usullar bilan kuzatish dolzarb tadqiqot sohasi bo‘lib qolmoqda. Biologik suyuqliklarning kristallogenik xususiyatlari va odamlarning muntazam jismoniy faolligi o‘rtasidagi bog‘liqlik ilgari atroflicha o‘rganilmagan. Ushbu tadqiqotning maqsadi keksa odamlarda muntazam jismoniy mashqlar asosida so‘lakning fizik va kimyoviy xususiyatlarini qiyosiy baholashdan iborat. Tadqiqotda o‘rtacha yoshi 64,7±2,9 bo‘lgan 94 kishi ishtirok etdi. Guruh oddiy jismoniy mashqlar bilan faol shug‘ullangan 49 kishidan (asosiy guruh) va muntazam jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanmagan 45 keksa ishtirokchidan (nazorat guruhi) iborat edi. Barcha bemorlar 2 ta nazorat nuqtasida tekshirildi: tadqiqot loyihasiga kiritilganda va u tugagandan 6 oy o‘tgach. Ushbu ikki nazorat nuqtasida so‘lakning kristallogen xususiyatlari sinovdan o‘tkazildi. Yuzning kristalloskopik shaklini tavsiflash uchun patentlangan yarim miqdoriy parametrlar tizimidan foydalanildi. 6 oylik kuzatuvdan so‘ng ikkala guruhda ham quritilgan so‘lak mikroko‘zidagi kristall elementlar miqdorini tavsiflovchi kristallanish indeksi va ularning tuzilishining murakkabligini ko‘rsatuvchi struktura indeksi qiymati pasaygani aniqlandi. Bundan tashqari, namunaning chekka oqsil qismi maydoni ko‘rsatkichining kamayishi va kristallarning parchalanish darajasining oshishi kuzatildi. Bu o‘zgarishlar keksa odamlarda metabolik holatning buzilishini ko‘rsatadi. Barcha salbiy o‘zgarishlar faqat sport bilan shug‘ullanmagan keksalarda yaqqol namoyon bo‘ldi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, muntazam jismoniy mashqlarni e’tiborsiz qoldiradigan bemorlar guruhida organizmning qarishini ko‘rsatadigan metabolik o‘zgarishlar sezilarli darajada kuchliroq namoyon bo‘ladi. Tadqiqot natijalari muntazam jismoniy faollikni rag‘batlantirish uchun ishlatilishi mumkin.

Mashg‘ulot va musobaqa janglarida bokschilarning asosiy harakatlarini qo‘llash ko‘rsatkichlarini individuallashtirish
Farhod Abdullаyev

Maqolada yosh bokschilarning mashg‘ulot va musobaqa janglarida asosiy harakat turlarini qo‘llash hajmi bilan ulardan foydalanish samaradorligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik darajasini aniqlash usullari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, yuqori sur’atda bajariladigan turli xil harakatlardan iborat bo‘lgan musobaqa janglarida yuqori natijalarga erishish yo‘llari ham aniqlangan.

6-12 178 27
Oliy maktab sharoitida suzishni o‘rgatish metodikasining qiyosiy tahlili
Galina Krasnova

Maqolada suzish bo‘yicha o‘quv jarayonining uslubiy usullari va o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Muayyan usulni tanlash va amaliyotda qo‘llash bir qator omillar va sharoitlarga bog‘liq ekanligi aniqlangan. Mualliflar suzish texnikasini o‘rgatishning turli usullarini qo‘llashlari ko‘rsatib o‘tilgan.

Oliy sport mahorati instituti uchun “Sportda axborot kommunikatsiya texnologiyalari” o‘quv fani
Abdujalil Tolametov

Ushbu maqolada oliy sport mahorati instituti 61010300-Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) bakalavriat taʼlim yo‘nalishi mutaxassisligi uchun sportda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish masalalari yoritilgan.

36-39 155 238
O‘quv mashg‘ulot guruhidagi uch xatlab sakrovchilarning funksional tayyorgarlik ko‘rsatkichlari sport natijalariga bog‘liqligi
Shaxribonu Mannonova

Maqolada uch xatlab sakrovchilarni funksional tayyorgarlik ko‘rsatkichlari mashg‘ulotdan oldin oddiy instrumental usullar va mashqlanish jarayonida Polar H 10 YuQS o‘lchash tasmasi orqali aniqlangan va tahlil qilingan.

11-16 119 13
Professional futbol jamoalarining yakkakurashlardagi samaradorlik ko‘rsatkichlarining qiyosiy tahlili
Akzamov Sobirxon

Ushbu maqolada professional futbol jamoalarining yakkakurashlardagi samaradorlik ko‘rsatkichlarini qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot O‘zbekiston Superligasining 2024-yilgi 1-mavsumi doirasida jamoalarning hujumdagi, himoyadagi, havodagi va neytral to‘p uchun kurashlardagi statistik natijalarini o‘rganadi. Maqola yakkakurashlar samaradorligining umumiy natijalarga, o‘yin strategiyalariga va jamoaviy taktikaga ta’sirini baholashni maqsad qilgan.

6-12 133 22
Sport murabbiylari tomonidan ingliz tilini o‘rganishda mahalliy ehtiyojlar va global imkoniyatlar
Rustamjon Tillavoldiyev

Ushbu maqola O‘zbekistonda sport murabbiylari orasida ingliz tilini o‘rganish jarayonlari, ularning kasbiy faoliyatida ingliz tilining ahamiyati va global muloqot kontekstida chet tilini bilishning dolzarbligi masalalarini o‘rganishga bag'ishlangan. Tadqiqot doirasida 120 nafar turli sport turlari bo‘yicha murabbiylar ishtirokida so‘rovnoma o‘tkazilib, ularning ingliz tili bilish darajasi, o‘rganish motivatsiyasi va kasbiy ehtiyojlari aniqlandi. Shuningdek, 15 nafar xalqaro miqyosda faoliyat yurituvchi murabbiylar bilan chuqurlashtirilgan intervyular o‘tkazildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, sport murabbiylari uchun ingliz tilini o‘rganishda mahalliy ehtiyojlar (masalan, xalqaro musobaqalar va treninglarda ishtirok etish) va global imkoniyatlar (jahon tajribasini o‘zlashtirish, xorijiy sportchilar bilan ishlash) o‘rtasidagi muvozanatni saqlash muhimdir. Tadqiqot natijasida sport sohasiga yo‘naltirilgan maxsus ingliz tili o‘quv dasturlari va metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

10-15 115 11
Tayyorgarlik mikrotsikllarida yuklamalarni parallel rejalashtirish samaradorligini o‘rganish
Asqar Talipdjanov

Tadqiqotda pedagogik tajriba natijalari tahlil qilingan bo‘lib, unda mikrotsiklda yuqori malakali futbolchilarning maxsus o‘quv-mashg‘ulot vositalari yuklamalarini rejalashtirish parallel rejalashtirish tamoyili asosida amalga oshirildi.

Taʼlimni yanada rivojlantirish va takomillashtirishda tarbiyaning tutgan oʻrni
Ajiniyaz Xojametov

Ushbu maqolada Respublikamizning ijtimoiy siyosiy hayotida milliy oʻzlikni anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlarni oʻzlashtirish orqali shaxs bilan jamiyat oʻrtasida uygʻunlikni vujudga keltirish, har tomonlama voyaga yetayotgan yoshlarning qobiliyatlari, isteʼdodlari, ichki imkoniyatlari, oʻziga xos individual-psixologik xususiyatlarini tadqiq etish, yosh avlodning shaxs va subyekt sifatida shakllanishi, aqliy rivojlanishi, tarbiyalanganlik darajasi va taʼlim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish haqida aytib oʻtiladi.

6-9 55 17
Triatlonchilarning velosiped segmenti mashg‘ulot jarayonini velosipedchilarning tezkor-kuch tayyorgarligi model tavsiflaridan foydalanish asosida tadqiq etish
Regina Niyazova

Maqolada velosipedchilarning tezlik-kuch tayyorgarligining model xususiyatlarini izlash va ularni triatlonda velosiped segmentida o‘quv-mashq jarayonini qurishda qo‘llash masalalari ko‘rib chiqiladi. Ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlari, makrosikllar va mashg'ulotlar davrlarining modellarini ishlab chiqish sport mahoratini shakllantirishning asosiy qonuniyatlariga rioya qilishni, eng yuqori sport natijalarini namoyish qilish uchun eng maqbul tayyorgarlik darajasiga erishish uchun individual moslashuv resurslaridan to‘liq foydalanish uchun shart-sharoitlarni ta'minlashni ta'minlashi kerak. Tadqiqot davomida yuqori malakali sportchilarning sport yutuqlarining yanada o‘sishi, birinchi navbatda, o‘quv jarayonining tuzilishini sifatli takomillashtirishga, triatlet tanasining o‘ziga xos sharoitlari, mashg‘ulot davri, holatini hisobga olgan holda o‘qitish vositalari va usullarini tanlashga bog'liqligi aniqlandi va murakkab tizimlarni o‘rganish va ularni yetarli darajada boshqarish usullarini tanlashning eng keng tarqalgan istiqbolli usuli turli xil usullardan foydalanish hisoblanadi. o‘quv jarayonida modellashtirish turlari.

Turli kasbdagi konchilarning maxsus kasb bardoshliligini rivojlantirishda vositalardan foydalanish
Ortugʻmat Jumanov

Maqolada konchilarning organizmini noqulay mehnat sharoitlariga moslashtirishga va ularning barqaror ish qobiliyatini saqlab qolishga moʻljallangan mashqlar meʼyorlari ishlab chiqilgan. Shuningdek, konchilarning statik chidamliligi oʻzgarishi jadval shaklida koʻrsatilgan. Shuningdek, togʻ-kon sanoatining barcha kasblari uchun umumiy jismoniy tayyorgarlik guruhlarida olib boriladigan uzluksiz mashgʻulotlarning namunaviy majmuasi ham taqdim etilgan.

20-24 168 26
Umumta’lim maktabidagi 7-10 yoshli bolalarda o‘ng va chap tomonlaridagi harakat funksiyalarini simmetrik rivojlanish imkoniyatlarini tahlili
Isroilov Shaakram, Tolametov Abdujalil, Isroilov Shoolim

Maqolada umumta’lim maktabidagi 7-10 yoshli bolalarni o‘rganish misolidan foydalanib, biz o‘ng va chap tomonlama vosita funksiyalarini bajarishda funksional asimmetriyaning namoyon bo‘lish darajasi va dinamikasini tavsiflovchi materiallarni tahlil qilamiz. Sinflarda maxsus maqsadli mashqlarni qo‘llash orqali 7 yoshli bolalarda o‘ng va chap tomonlama harakat funksiyalarini simmetrik rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilingan.

13-20 193 29
Umumta’lim maktabidagi 7-10 yoshli bolalarda o‘ng va chap tomonlaridagi harakat funksiyalarining simmetrik rivojlanish imkoniyatlari tahlili
Shaakram Isroilov, Abdujalil Tolametov, Shoolim Isroilov

Maqolada umumta’lim maktabining 7-10 yoshli o‘quvchilari misolida o‘ng va chap tomon harakat funksiyalarini bajarishda funksional asimmetriyaning namoyon bo‘lish darajasi va dinamikasini tavsiflovchi ma’lumotlar tahlil qilingan. Shuningdek, darslarda maxsus yo‘naltirilgan mashqlarni qo‘llash orqali 7 yoshli bolalarda o‘ng va chap tomon harakat funksiyalarini simmetrik rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.

12-19 68 16