{$ numTitles} elementlar

Barcha narsalar

Jismoniy tarbiya sohasi kadrlarini tayyorlashda kasbiy, gumanitar, mintaqaviy-milliy konseptual salohiyatni oshirish
Gulxayo Xolboeva

Ushbu maqolada jismoniy tarbiyaning sifatini tubdan oʻzgartiruvchi yana bir asosiy vazifasi – taʼlimni shaxsning jismoniy, axloqiy va aqliy rivojlanishining haqiqiy mexanizmiga aylantirish funksiyasi haqida fikrlar bayon etiladi [1, 3]. Shu bilan birga, ijtimoiy taraqqiyotning barcha sohalarida shaxsning rolini kuchaytirish jismoniy tarbiya tizimini jamiyatning sogʻlom inson salohiyatining asosiy manbai sifatida tubdan oʻzgartirishning oʻta muhim vazifasi, bu vazifalarni amalga oshirish uchun jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori pedagogik va ilmiy-tadqiqot madaniyatiga ega, keng maʼnoda kasbiy ijodkorlikka qodir mutaxassislar talab etilishi toʻgʻrisida ma’lumotlar taqdim etilgan.

23-29 74 27
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining samarqand filialida malaka oshirish va ilmiy ishlar, innovatsion faoliyat jarayonlarini takomillashtirish
Ulug‘bek Mamarasulov

Mazkur maqolada jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida malaka oshirish, ilmiy ishlar va innovatsion faoliyat jarayonlari natijalari va uni takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

15-17 228 6
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida seleksiya jarayonini tashkil etish metodologiyasi
Akromjon Dadabayev

Ushbu maqola Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida seleksiya jarayonlarini samarali tashkil etish metodologiyasini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Maqolada sport seleksiyasi jarayonlarini rejalashtirish, nazorat qilish va amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan. Shuningdek, seleksiya jarayonida aniqlangan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari batafsil tahlil qilingan.

Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida seleksiya jarayonining asosiy tamoyillari
Akromjon Dadabayev

Ushbu ilmiy maqolada, Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida seleksiya jarayonining asosiy tamoyillari yoritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-sonli qarori asosida, olimpiya va paralimpiya sportchilarni tayyorlash va seleksiya jarayonlarini samarali tashkil etish zarurati ko‘rib chiqiladi. Maqola seleksiya jarayonining ahamiyatini, uni tashkil etishning tamoyillarini, shuningdek, tayyorlash markazlarida ishlatiladigan metodlarni tahlil qiladi. Olimpiya va Paralimpiya sport turlaridagi muvaffaqiyatlar faqat tajribali va malakali sportchilarni to‘g‘ri tanlash va tayyorlash bilan bog‘liq ekanligi ta’kidlanadi.

6-10 58 1
Ommaviy sport va dam olish ishlarining yaxlit milliy modeli
Maxmud Axmatov

Maqolada O‘zbekistonda ommaviy sport ishlarining milliy modelini yaratish masalalari, uni tarkibiy qurish qoidalari va metodologiyasi, shuningdek institutsional yaxlitlikka asoslangan tashkiliy va boshqaruv texnologik mexanizmlari muhokama qilinadi.


Tadqiqot ommaviy sportni tashkil yetish va uni boshqarishning ko‘p qirrali, tizimli ravishda o‘zaro bog‘liq uzluksiz jarayoni g‘oyasiga asoslangan bo‘lib, uning doirasida aholining barcha ijtimoiy qatlamlari, ayniqsa bolalar, o'smirlar va yoshlarning jismoniy tayyorgarligi va sog‘lig‘ini yaxshilashga, shu jumladan ularning kasalliklarining oldini olish va himoya qilish qaratilgan vazifalar va chora-tadbirlarga tegishli talablar qo‘yiladi.

O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish borasidagi islohotlar
Ilhomjon Tursunaliyev , Zokir Rasulov , Oralbay Utenov

Mazkur maqolada O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish borasidagi islohotlar va uning ilmiy faoliyatdagi natijalari ochib berilgan.

12-16 127 61
Sport boshqaruvi va kadrlar tayyorlashda innovatsion yondashuv
Alisher Tishabayev, Bek Bekov, Nodirbek Matxoshimov

Ushbu maqolada mualliflar tomonidan sport boshqaruvi faoliyati, jismoniy tarbiya va sport sohasida murabbiy va sportchilarni tayyorlash hamda ularni malakasini oshirish, kasbiy faoliyatini baholash masalalari haqida so‘z yuritiladi.

20-22 88 42
Sport faoliyatiga qarab yoshlarda kognitiv funktsiyalar
Pavel Chaynikov, Natalya Solomatina, Sergey Muravyov

Мақолада турли спорт турлари билан мунтазам шуғулланаётган ёш одамларда когнитив функтсияларнинг қиёсий таҳлили тақдим этилган. Тадқиқот спорт билан шуғулланмайдиган тенгдошларидан фарқли ўлароқ, уларнинг индивидуал хусусиятларига кўра когнитив функтсияларнинг юқори даражасини намойиш этади. Спорт фаолиятининг паст, ўрта, юқори статик ва паст, ўрта, юқори динамик турлари билан шуғулланадиган одамларда когнитив функциялар даражасидаги фарқлар аниқланган.

Sport tadbirlarini tashkil qilishda mahalliy korxonalar, tadbirkorlar va davlat tashkilotlari bilan hamkorlik qilishning yetti qadami
Doniyorbek Norkulov

Ushbu maqola sport tadbirlarini tashkil qilishda mahalliy korxonalar, tadbirkorlar va davlat tashkilotlari bilan hamkorlik qilishning yetti qadamini tahlil qiladi. Tadqiqotda hamkorlikni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun aniq strategiyalar, ularning afzalliklari va mumkin boʻlgan toʻsiqlar koʻrib chiqiladi. Maqola sport sohasida davlat siyosati, mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish va jamoatchilikni jalb qilishga qaratilgan yondashuvlarni ochib beradi. Tadqiqot Fargʻona viloyatidagi sport musobaqalari misolida olib borilgan boʻlib, empirik maʼlumotlar va statistik tahlillarga asoslanadi.

23-27 33 0
Sportni ommalashtirishda marketingdan foydalanish: Kurash misolida
Tagne Frank Maksim

So‘ngi o‘ttiz yil ichida sport marketingi nafaqat marketingning o‘ziga xos shakli, balki mustaqil tadqiqot mavzusi sifatida ham o‘zini namoyon qildi. Ushbu maqolada sportda marketing, reklama, homiylik, ommaviy axborot vositalari, shuningdek sportning shuhrati va mashhurligini oshirish uchun marketingda ishlatiladigan elementlarning mohiyati tahlil qilingan. Bundan tashqari, unda ommaviylik darajasi past bo‘lgan sport turlarining jozibadorligini oshirishga qaratilgan kreativ marketing kampaniyalarini ishlab chiqish uchun Kurash sport tashkilotlari tomonidan nimalar qilinishi kerakligi muhokama qilinadi. Xulosada, Kurash kabi, tomoshabinlarni kamroq ommalashgan sport turlariga jalb qilishga yordam beradigan sport marketingi elementlari sifatida: sport ommaviy axborot vositalari, reklama, yulduz sportchilar va sportdagi homiylik ko‘rsatilgan.

17-19 198 76
Xitoy Xalq Respublikasida sportni rivojlantirish yo‘llarining tahliliy sharhi
Anna Chastoyedova

Ushbu maqolada Xitoy sport ananalarini meros qilib olish, milliy musobaqalar tizimini takomillashtirish, sportchilarni tayyorlash jarayonida nazariy va texnologik yangiliklarni organish va joriy etish, ananaviy yondashuvni zamonaviy sport tayyorgarligi talablariga moslashtirish istagini birlashtirgan Xitoy ilmiy va jurnalistik manbalarini tahlil qilish natijalari korib chiqiladi. Biroq, tadqiqot natijalari shuni korsatdiki, xitoylik sportchilarning katta yutuqlari sportni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yonalishlaridan biri ekanligi bilan mustahkamlanadi. Shuningdek, normativ-huquqiy bazani yaratish va xususiy investitsiyalarni ragbatlantirish, shuningdek, sport va talimni integratsiyalashuvini belgilovchi muhim omillar taqdim etilgan.

Yuqori malakali karatechilarning musobaqa oldi tayyorgarligini virtual reallik vositalaridan foydalangan holda boshqarish
Azizbek Raxmonov

Ushbu ilmiy ishda o‘quv jarayoniga virtual haqiqat vositalarini joriy etishni hisobga olgan holda yuqori malakali karatechilarning musobaqadan oldingi tayyorgarligini samarali boshqarishni izlash masalalari ko‘rib chiqiladi. Karate bo‘yicha o‘quv jarayonini qurishda virtual haqiqat (VR) vositalaridan foydalanish metodologiyasi tavsiflangan. Sport mahoratini shakllantirishning asosiy qonunlariga rioya qilgan holda yuqori malakali karatechilarni tayyorlashning musobaqadan oldingi bosqichi modelining tuzilishi berilgan. Yetarli boshqaruvni hisobga olgan holda o‘quv jarayonini qurish uchun innovatsion vositalar va usullarni o‘z ichiga olgan holda o‘quv jarayonining tuzilishini takomillashtirish.

“Sport menejeri” professiogrammasi mutaxassislarni tayyorlashda kompetensiyaviy yondashuvni amalga oshirishning zaruriy sharti sifatida
Oybek Qosimov

Maqolada mamlakatimizdagi sport menejerlari faoliyati bilan bog‘liq holat yoritilgan bo‘lib, sport menejerlarini tayyorlashda mavjud muammolar va ularning yechimlariga to‘xtalib o‘tilgan. Jismoniy tarbiya va sport ta’lim muassasalari bitiruvchilarida sport menejerining kasbiy faoliyatiga tegishli kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi ishlab chiqilgan. Muallif tomonidan sport menejeri kasbiy kompetentligini shakllantirishda asos bo‘luvchi professiogramma takomillashtirilgan.

8-14 119 3