{$ numTitles} elementlar

Barcha narsalar

Belarus Respublikasida jismoniy tarbiya, sport va turizm sohalari rahbar xodimlari va mutaxassislarining malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash tizimini normativ-huquqiy tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari
Oleg Lutsevich, Aleksey Smotritskiy

Maqolada Belarus Respublikasida kattalar qo‘shimcha ta’limining normativ-huquqiy tartibga solinishi, shuningdek, jismoniy tarbiya, sport va turizm sohasidagi rahbar xodimlar hamda mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim dasturlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi batafsil yoritilgan.

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarga malaka toifalarini berish tizimining huquqiy asoslari
Oybek Artikbayev

Ushbu maqola jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari, sport taʼlim muassasalari trener, yoʻriqchi-uslubchi va sport hakamlariga malaka toifalarini berish tizimini tartibga solinishi bilan bogʻliq qonun va qonunosti hujjatlarning qiyosiy tahlili asosida yoritilgan.

132-136 68 0
O‘zbekistonda sport hakamlari faoliyatini huquqiy tartibga solishning o‘ziga xos jihatlari
Anvar Xayotov

Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sport boʻyicha hakamlarning huquqiy maqomini aniqlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqilgan. Sport hakamlarining huquq va majburiyatlarini huquq normalari bilan tartibga solishning eng munozarali masalalariga e’tibor qaratilgan. Maqolada amaldagi qonunchilik normalari va asosiy manbalar tahlili asosida hakamlar huquqiy maqomining sohaviy tegishliligi boʻyicha xulosalar chiqarilgan, shuningdek, hakamlar faoliyatini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish boʻyicha takliflar bildirilgan.

136-141 197 19
Sport huquqining vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari
Anvar Xayotov

Ushbu maqolada qadimgi sivilizatsiyalar rivojlanishining dastlabki bosqichlarida jismoniy tarbiya va sport bilan bogʻliq huquqiy asoslarning shakllanishi koʻrib chiqilgan holda, oʻsha davrda ilgari surilgan hamda hozirgi kungacha oʻz dolzarbligi va ahamiyatini yoʻqotmagan koʻplab huquqiy tamoyillar yoritilgan. Shuningdek, maqolada sport huquqining alohida mustaqil huquq sohasi sifatida shakllanishi va sport huquqi tushunchasining huquqiy ta’rifi masalasi muhokama qilinadi.

107-113 361 21
Sport sohasida korrupsiyaning oldini olishning huquqiy asoslari
Oybek Artikbayev

Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslarini yaratilishi, korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha olib borilayotgan islohotlar, sport sohasida korrupsiya bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlar va ularni mazmuni mohiyati yoritilgan.

101-105 53 3
Sport sohasidagi munosabatlarni tartibga solishda “Lex sportiva” tushunchasi va ahamiyati
Muxtorjon Yetmishboyev

Ushbu maqola transchegaraviy sport munosabatlarini tartibga solishning eng muhim elementlaridan biri “Lex sportiva”ga bag‘ishlangan. Muallif “Lex sportiva” normalarining huquqiy tabiatini va ularning huquq tizimidagi o‘rnini o‘rganadi, shuningdek, ularni qo‘llash bilan bog‘liq dolzarb masalalarga to‘xtalib, ko‘rib chiqilayotgan normalarning rivojlanish istiqbollarini belgilaydi.

99-103 129 148
Sport ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etishning normativ-huquqiy asoslari
Oybek Artikbayev

Mazkur maqolada sport ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etishga oid bo‘lgan normativ huquqiy hujjatlarning mazmuni yoritilgan.

92-94 654 97
Sport xizmatlari iste'molchisi nuqtai nazaridan muxlis
Elbek Musayev

Maqolada fuqarolar uchun jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning ahamiyati qayd etilgan, muxlisning maxsus sport xizmatlari iste'molchisi sifatidagi huquqlari bilan bog'liq munosabatlarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish masalalari ko'rib chiqilgan, amaliyotdan misol keltirilgan, ba'zi xulosalar chiqarilgan va O'zbekiston Respublikasining milliy qonun hujjatlariga jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid o'zgartish va qo'shimchalar kiritish taklif etilgan.

114-120 148 10
Sportchi maqomining huquqiy tabiati va o‘ziga xos xususiyatlari
Anvar Xayotov

Sportchining huquqiy holati murakkab va ko‘p qirrali kategoriya bo‘lib, fuqarolik, mehnat, ma’muriy va sport huquqi elementlarini o‘z ichiga oladi. Ushbu maqomning huquqiy tabiati to‘g‘risidagi masala sportning ommalashuvi, xalqaro sport aloqalarining kengayishi va sport faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning kuchayishi sharoitida alohida dolzarblik kasb etadi. Ushbu maqolaning maqsadi sportchi maqomining huquqiy tabiatini tadqiq etish, uning o‘ziga xos xususiyatlarini va tartibga solishning asosiy elementlarini aniqlashdan iborat bo‘lib, bunda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini xalqaro huquq normalari bilan taqqoslagan holda tahlil qilishga alohida e’tibor qaratiladi.

108-112 138 8
Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining xalqaro huquqiy layoqati masalalari
Anvar Xayotov

Ushbu maqolada Xalqaro olimpiya qo‘mitasining xalqaro huquqiy layoqati, mohiyati, huquqiy layoqatni amalga oshirishning asosiy uslublari va yondashuvlari tahlil etilgan bo‘lib, XOQning Olimpiya Xartiyasi qoidalariga asoslangan qarorlari xalqaro huquq sub’yektlari, shu jumladan davlatlar uchun majburiyligi va ular tomonidan qatʼiy rioya qilinishi haqida fikr yuritilgan.

95-98 154 118
Xalqaro sport huquqida sport agentlarining roli
Oybek Ochilov

Ushbu maqolada xalqaro sport huquqi doirasida sport agentliklari faoliyatining huquqiy asoslari va oʻziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Sport agenti tushunchasi, uning tarixiy shakllanish jarayoni, shuningdek, sport agentlarining asosiy faoliyat yoʻnalishlari va ularning belgilari keng yoritilgan. Maqolada sport agentlari faoliyatining xalqaro va milliy darajadagi tartibga solinishi, mavjud normativ-huquqiy mexanizmlar, shuningdek, amaliyotda uchraydigan muammolar va ularni hal etish yoʻllari muhokama qilinadi.

110-117 166 9
Xalqaro sport tadbirlarida sportchilar va ishtirokchilarning huquqlarini buzganlik uchun tashkilotchi davlatning xalqaro-huquqiy javobgarligi
Bekzod Narimanov, Anvar Xayotov

Maqolada xalqaro sport tadbirlarini tashkil etuvchi davlatlarning javobgarligi xalqaro huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda davlatlarning xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish jarayonidagi majburiyatlarini belgilovchi huquqiy mexanizmlar, shuningdek Sochi-2014, Rio-2016 va Qatar-2022 kabi amaliy misollar o‘rganilgan. Muallif xalqaro darajada davlatlar javobgarligining yagona huquqiy modelini shakllantirish zarurligini asoslaydi, BMT doirasida maxsus ramka konvensiyasini va xalqaro monitoring tizimini joriy etishni taklif etadi. Tadqiqot natijalari sport sohasida inson huquqlarini himoya qilish, shaffoflik va davlatlarning javobgarligini oshirish zarurligini ta’kidlaydi.

Xalqaro sport tadbirlarini tashkil etuvchi davlatlarning xalqaro-huquqiy javobgarligi: chaqiriqlar va istiqbollar
Anvar Khayotov

Maqola yirik xalqaro sport tadbirlarini tashkil etuvchi davlatlarning javobgarligi bo‘yicha xalqaro-huquqiy asoslarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda sport sohasidagi davlat javobgarligini tushunishga oid nazariy-huquqiy yondashuvlar yoritilgan, umumjahon va mintaqaviy xalqaro-huquqiy hujjatlar, shuningdek Sport arbitraj sudi (CAS) amaliyoti tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasining sport tadbirlarini tartibga solish sohasidagi amaldagi qonunchiligi va uning xalqaro standartlarga mosligi alohida e’tibor bilan ko‘rib chiqilgan. Boshqa mamlakatlar (Rossiya, Qatar, Xitoy, Germaniya, Buyuk Britaniya) tajribasini qiyosiy tahlil qilish asosida milliy huquq tizimlar uchun asosiy xavf va muammolar aniqlanib, baholangan. Maqolada O‘zbekiston qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar, jumladan xavfsizlikni ta’minlash, ishtirokchilar huquqlarini himoya qilish va ekologik barqarorlikni ta’minlashning huquqiy mexanizmlarini kuchaytirish masalalari ko‘tarilgan.

Хаlqаrо spоrт мusоbаqаlаrini таshkil qilish vа oʻтkаzishning huquqiy jihатlаri
Oybek Kasimov

 Ushbu maqolada xalqaro sport musobaqalari tushunchasi, ularni o‘tkazishga oid umumiy qoidalar, xalqaro sport musobaqalarining reglamentatsiyasi kabi masalalar muhokama qilinib, muvaffaqiyatli, samarali xalqaro sport tadbirini tashkil qilish uchun zarur harakatlar tartibi aniqlangan.

128-135 112 10