{$ numTitles} elementlar

Barcha narsalar

Bo`lajak oqituvchilarning kompentensiyaga asoslangan yondashuv asosida vatanparvarlik kompetentligini takomillashtirish
Sardorxon Quvondiqov

Ushbu maqola bo‘lajak jismoniy madaniyat o‘qituvchilarda fuqarolik va vatanparvarlik kompetensiyasini rivojlantirish mezonlari va ko‘rsatkichlaridan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”ni joriy etishda tarbiyalanganlikni baholash indikatorlari sifatida foydalanilgan. Natijada bo‘lajak pedagoglarni talabalarda Vatanga sadoqat kompetensiyasini shakllantirishga tayyorgarligini tashxis etish imkoniyati oshgan.


Tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan vatnparvarlik tuyg‘usini rivojlantirishning kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan interfaol shakl, metod va vositalaridan “Tarbiya fanini o‘qitish texnologiyasi” qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan.


Mazkur takliflar bo‘lajak pedagoglarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash, ularda faol fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirishga imkon yaratgan.

98-101 148 26
Bo‘lajak jismoniy madaniyat o‘qituvchisining tabiiy-ilmiy fanlar boʻyicha kasbiy kompetentlikligini shakllantirishning tashkiliy – metodik asoslari
Nargiza Yuldaheva

Maqolada bo‘lajak jismoniy madaniyat o‘qituvchilarining tabiiy-ilmiy fanlar (anatomiya, fiziologiya, biomexanika va fizika) bo‘yicha kasbiy kompetentliklarini shakllantirishning tashkiliy-metodik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda ushbu fanlarni o‘qitishning zamonaviy usullari, pedagogik texnologiyalarning samaradorligi va ta’lim jarayonida integratsion yondashuvning ahamiyati o‘rganildi. Natijalar tabiiy-ilmiy bilimlarni jismoniy tarbiya bilan bog‘lash o‘qituvchilarning nafaqat nazariy tayyorgarligini, balki amaliy ko‘nikmalarini ham oshirishini ko‘rsatdi. Maqola oxirida ushbu jarayonni optimallashtirish bo‘yicha amaliy takliflar beriladi.

90-94 102 5
Farg‘ona shahar umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchi yoshlarni jismoniy mashq natijalari morfofunksion xususiyatlariga bog‘liqligini o‘rganish
Neymadjon Mamadjanov

Maqolada Farg‘ona shahar umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchi yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanadigan va shug‘ullanmaydigan o‘quvchilarning jismoniy hamda harakatli ko‘nikmalarining o‘zaro bog‘liqligini o‘rganishda kanonik qiymatlar usulining amaliy qo‘llanilishini tekshirish, shuningdek, ko‘rsatgichlar o‘rtasidagi kanonik qiymat, kanonik korrelyatsiya bog‘liqligini aniqlash masalalari yoritilgan. 

94-97 150 25
Funksional tayyorgarlik vositalari asosida kursantlarni ekstremal vaziyatlarga jismoniy tayyorlash metodikasi
Nuriddin Yulliyev

Mazkur maqolada funksional tayyorgarlik vositalari asosida kursantlarni ekstremal vaziyatlarga jismoniy tayyorlash metodikasini ishlab chiqish va uning samaradorligini eksperimental jihatdan asoslash masalalari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida kursantlar tajriba va nazorat guruhlariga ajratilib, funksional tayyorgarlikka yoʻnaltirilgan mashgʻulotlar tizimi joriy etildi. Eksperiment natijalari tezkorlik, kuch, chidamkorlik hamda funksional ish qobiliyati koʻrsatkichlarida ishonchli darajada ijobiy oʻzgarishlar kuzatilganini koʻrsatdi. Olingan natijalar funksional tayyorgarlik vositalari ekstremal xizmat sharoitida jismoniy barqarorlikni taʼminlash, harakat samaradorligini oshirish va kursantlarni amaliy xizmat faoliyatiga tayyorlashda yuqori samaraga ega ekanligini tasdiqlaydi.

75-80 37 15
Futbol akademiyalarida sport zaxirasini ko‘p yillik tayyorlash tizimi
Sobirxon Akzamov

Mazkur maqolada futbol akademiyalarida sport zaxirasini ko‘p yillik tayyorlash tizimining nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Ushbu tizim sportchilarni bosqichma-bosqich rivojlantirish, funksional tayyorgarlikni takomillashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, individual yondashuv, ortopedik monitoring va yuklamalarni optimallashtirish orqali jarohatlar xavfini kamaytirish masalalarini qamrab oladi.Tadqiqotda zamonaviy texnologiyalar va fanlarning integratsiyasi orqali sport natijalarini yaxshilash ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Futbol akademiyalarida sportchilarni tayyorlash samaradorligini oshirish va uzoq muddatli rivojlanishni ta'minlash uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.

96-102 109 22
IIV Akademiyasi kursantlarining jismoniy tayyorgarlik darajasini kompleks testlar asosida statistik tahlil qilish
Akram Mirzakulov

Mazkur maqolada IIV akademiyasi kursantlarining jismoniy tayyorgarlik darajasi turli jismoniy sinovlar orqali baholandi. Tadqiqotda tezkorlik, kuch, chidamlilik va funksional tayyorgarlik koʻrsatkichlari qamrab olindi. Olingan natijalar statistik usullar yordamida tahlil qilinib, oʻrtacha qiymat, standart ogʻish va variatsiya koeffitsiyenti aniqlandi. Tahlil natijalari kursantlarning jismoniy tayyorgarligi umumiy jihatdan barqaror ekanini, ayrim koʻrsatkichlarda esa individual farqlar mavjudligini koʻrsatdi.

70-74 42 11
Jangovar sambo mashgʻulotlari orqali kursantlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish
Abduvaxid Atashayxov

Maqolada jangovar sambo mashgʻulotlarini oʻquv jarayoniga joriy etish orqali kursantlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish masalalari yoritilgan. Tadqiqot davomida jangovar sambo asosida ishlab chiqilgan maxsus mashgʻulot metodikasining kuch, tezkorlik, chidamlilik va koordinatsion qobiliyatlarga taʼsiri tajriba-sinov yoʻli bilan oʻrganildi. Olingan natijalar tajriba guruhi kursantlarida jismoniy tayyorgarlik koʻrsatkichlari nazorat guruhiga nisbatan sezilarli darajada oshganini koʻrsatdi.

64-69 27 13
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida malaka oshirish, ilmiy ishlar, innovatsion faoliyat va istiqboldagi masalalar
Alisher Tishabayev

Ushbu maqolada Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanganligi, jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida amalga oshirilayotgan malaka oshirish, ilmiy ishlar va innovatsion faoliyat natijalari, uni takomillashtirish hamda istiqboldagi masalalar bayon etilgan.

165 15
Jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislar malakasini rivojlantirish yo‘llari
Abdimalik Shopulatov

Ushbu maqolada jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislar malakasini  rivojlantirish yo‘llari o‘rganilgan bo‘lib, kasbiy fanlar va trenerlik faoliyatini uyg‘unlashtirish, amaliyot davrlarini o‘zlashtirishga qaratilgan fanlar tashkil qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

123-127 138 13
Kredit-modular tizimi shartlarida talabalar samaraliligini saqlashga innovatsion yondorlash
Rushen Azizova

Maqolada aqliy va jismoniy faoliyatni yaxshilash, kasalliklarni kamaytirish va yangi sharoitlarda talabalarning ijtimoiylashuvini oshirish uchun turli jismoniy mashqlardan foydalanishning innovatsion yondashuvlari muhokama qilinadi. Maqolada o‘quv jarayonini tashkil etishning kredit-modul tizimini joriy etish natijasida talabalarning jismoniy va psixologik stressi bilan bog‘liq tadqiqot natijalari keltirilgan.

Kurash murabbiylarning kasbiy mahoratini rivojlantirish yoʻllari
Oltinxon Aʼzamxonov

Ushbu maqolada kurash boʻyicha murabbiylarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, kurash boʻyicha murabbiylarning kasbiy mahoratini takomillashtirishning shakl, metod va vositalarini zamonaviy usullari oʻrganilib, amaliyotda tatbiq etish jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasini boyitishga xizmat qiladi.

84-89 83 3
Malaka oshirish tizimida trenerlik mahoratini takomillashtirish metodikasi (ogʻir atletika misolida)
Mirjalol Sabirov

Ushbu maqolada mamlakatimizda ogʻir atletika sport turi boʻyicha murabbiylar malakasini oshirish tizimining dolzarbligi, mavjud muammolari va ularni bartaraf etishning nazariy-pedagogik asoslari tahlil qilinadi. Shuningdek, murabbiylik faoliyatida kasbiy tayyorgarlikni oshirishga qaratilgan innovatsion metodik yondashuvlar, eksperimental tadqiqotlar va ularning natijalari yoritilgan.

138-143 54 13
Oʻzbekistonda sport taʼlimining yangi tizimini joriy etish orqali samaradorlikka erishishning dolzarb masalalari
Bobur Hamrayev

Mazkur maqolada sport tizimida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida joriy etilgan raqamli axborot tizimlari faoliyatini tahlil qilish, “Yagona elektron platforma” orqali sportchilarning reytingi, musobaqalarda ishtiroki, yutuqlari, murabbiylar va hakamlar faoliyati hamda sport inshootlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar markazlashtirilgan holda raqamlashtirish orqali korrupsiyaviy holatlarning oldi olinayotgani, sportda boshqaruv samaradorligi oshayotgani ilmiy jihatdan asoslagan holda, Oʻzbekiston sport tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali tizimli va samarali boshqaruv modelini shakllantirish masalalari keng yoritilgan.

95-103 206 33
Paralimpiya sohasida malakali mutaxassislar tayyorlashning dolzarb va muhim jihatlari
Olimjon Shodiev

Maqolada paralimpiya harakatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan vazifalar va soha uchun malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoni tahlil qilingan. Tahlillar natijasida yurtimizda paralimpiya harakatini rivojlantirish uchun malakali mutaxassislar tayyorlash borasida ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy fikrlar keltirilgan.

114-119 139 22
Sport faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatlari: ustunlik va muammolar
Axmatjon Akbarov, Avazbek Djurabaev, Sevinch Abloqulova, Abdujalil Tolametov

Ushbu maqolada hozirgi kundagi zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalarini, shuningdek jismoniy tarbiya va sport sohasida axborot texnologiyalaridan foydalanishning imkoniyatlari, afzalliklari va muammolarini, kompyuterlar va uyali aloqa vositalarini inson salomatligiga salbiy ta’sirini o‘rganish hamda olingan natijalarni umumlashtirish, tahlil qilish va muhokamasi bo‘yicha ma’lumotlar muhokama qilinadi.

102-107 313 24
Sport faoliyatidagi malakali mutaxassislarni tayyorlashda raqamli texnologiyalardan foydalanishning o‘rni va ahamiyati
Rahmatillo Xudoyberdiyev

Ushbu maqolada sport faoliyatida malakali mutaxassislarni tayyorlashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati yoritib berilgan. Undan tashqari sportda raqamli qurilmalarni qo‘llashning ahamiyati haqida so‘z yuritilgan.

99-105 145 24
Sport sohasida kadrlar malakasini oshirish tizimining zamonaviy modeli: muammolar va yechimlar
Oybek Hayitov

Maqolada Oʻzbekiston sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash va ularning kasbiy kompetensiyasini oshirish tizimini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Sport taʼlimida klaster yondashuvi asosida taʼlim, fan va boshqaruv jarayonlarini integratsiyalashning afzalliklari tahlil qilingan. Shuningdek, malaka oshirish tizimidagi innovatsion yondashuvlar, ilmiy salohiyat oʻsishi va raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari koʻrsatib oʻtilgan.

59-63 45 23
Sport trenerlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalar boʻyicha malakasini oshirishda veb-platformalardan foydalanishning ilmiy-amaliy asoslari
Abdujalil Tolametov

Maqolada sport trenerlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha bilim, malaka va koʻnikmalarini oshirish masalalari ilmiy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, sport taʼlimi tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha savodxonlikni rivojlantirish, raqamli taʼlim muhitini joriy etish hamda mutaxassislar malakasini oshirish jarayonida AKTdan samarali foydalanishning ilmiy-nazariy va amaliy asoslari yoritilgan.

95-100 63 14
Talabalar bilan suzish mashg‘ulotlarini o‘tkazish muammolari
Galina Krasnova

Maqolada talabalar uchun suzish darslarini tashkil etish va o'tkazish metodologiyasining xususiyatlarining nazariy tahlili natijalari keltirilgan. Suzish darslarini tashkil etishning asosiy vazifalari va muammoli masalalari belgilab berildi. Anketa so'rovi natijalari va birinchi kurs talabalarining suzishga tayyorgarlik darajasini aniqlash natijalari bayonnomasining tahlili keltirilgan.

Ukrainada zamonaviy oliy ta'lim tizimida jismoniy madaniyatni tashkil etishga yangi yondashuvlar
Irina Skripchenko, Vlada Bilohur

Maqolada Ukraina oliy o‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya tizimidagi mavjud vaziyat ko‘rib chiqiladi. Unda ta’kidlanishicha, bu holat o‘quvchilarning salomatligi va jismoniy tayyorgarligining keskin yomonlashishi bilan bog‘liq va tubdan qayta qurishni talab qiladi. Hozirgi jismoniy tarbiya tizimiga nisbatan uning sog‘liqqa ta’siri haqidagi fikr nuqtai nazaridan bunday tashvishli holat ko‘plab sabablar va holatlar bilan bog‘liq: so‘nggi uch yil ichida uzoq muddatli karantin cheklovlari, harbiy holatni joriy etish va natijada masofaviy o‘qitish.

87-91 128 96
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining malakasini oshirishda multimediali ko‘rgazmali ta’lim resurslaridan foydalanishning samarali omillari
Abdujalil Tolametov

Maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining malakasini oshirish tizimida o‘quv jarayoni samaradorligini oshirishga yordam beruvchi multimediali ko‘rgazmali ta’lim resurslaridan foydalanish va tinglovchilarning motivatsiyasini oshirishiga oid masalalar bayon qilingan.

91-96 204 16